-
-
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
-
Qurilishda axborot texnologiyalari
Ushbu o’quv qo’llanma oliy ta`limning 5340500-Qurilish buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish, 5340200- Bino inshoatlari va qurilishi, 5320100–Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (qurilish), 5341800-Devorbop va pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi yo’nalishilari uchun mo’ljallangan. o’quv qo’llanma o’z ichiga axborot kommunikasion texnologiyalarining qurilish sahosidagi o’rni, axborot texnologiyalarida kompyuter grafikasini rivojlanishi natijasida qurilish sohasiga qo’llash, natijada “Qurilishda axborot texnologiyalari” faniga oid masalalariga C++ dasturlash tilida dasturlar yaratish kabi mavzularni o’z ichiga olgan. Bulardan tashqari fanning asоsiy vazifasi – qurilishda axborot tехnоlоgik jarayonlarni tashkil qilish va bоshqarish masalalarini hal qilishda infоrmatika fanining yutuqlaridan, ya’ni qurilishda matеmatik mоdеllashtirish jarayoniga algоritmlar tuzish, aхbоrоt ta’minоtini tayyorlash, dasturlardan fоydalanishdan ibоrat.
-
Avtomobil yo‘llari va shaharsozlik me’yoriy hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasining o‘ziga xos iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda avtomobil yo‘llarining elementlarini, undagi sun’iy inshootlarni, yo‘l poyi va yo‘l to‘shamalarini loyihalashni hamda yo‘llarni rekonstruksiya qilishda qo’llaniladigan zamonafiy me’yoriy hujjatlardan foydalanilgan holda loyihalash, qurish, ta’mirlash va saqlash ishlarida keng qo’llash to’g’risida ma’lumotlar yoritilgan. Ushbu Avtomobil yo‘llari va shaharsozlik me’yoriy hujjatlar fanidan tayyorlangan o’quv qo’llanmadan 5340600 - Yo‘l muhandisligi (Transport inshootlarining ekspluatasiyasi) hamda 5340800- (Avtomobil yollaridagi suniy inshootlar) ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar hamda shu yo‘nalishda faoliyat yurituvchilar foydalanishlari mumkin.
-
Ўзбекистон халқаро олимпия ҳаракати йулида
Ўзбекистонда Олимпия ҳаракати ва унинг ғоялари чуқурланиб бормоқда. Ўзбекистон спортчиларнинг ҳалқаро спорт майдонлари, Олимпия ўйинларидаги иштироки жаҳон миқёсига кенг таралмоқда. Ўзбек кураши Жаҳон спорти майдонига дадил чиқиб олди. Миллий қадриятлар, маънавий-маърифий маданиятимиз олимпия ўйинлраи ғоялари билан ҳамоҳанг равишда бойиб бормоқда.
-
O'zbek tili
Ushbu qo'llanma kollejlarning ta'lim rus tilida olib boriladigan guruhlari talabalarining o'zbek tilidan og'zaki va yozma nutqlarini boyitish maqsadida tayyorlangan. Asosiy e'tibor talabalarning mustaqil ravishda o'zbekcha matn ustida ishlashlari, topshiriqlarni ijodiy bajarishlariga, grammatik bilimlarni amaliy egallashlariga qaratilgan. Shunga ko'ra turli mazmundagi adabiy-badiiy matnlar bilan ishlashga oid topshiriqlar, yozma nutqni o'stirish bo'yicha mashqlar, izohlangan qoidalarga keng o'rin berilgan.
-
Ўзбек тили
Ўзбек тили курсининг илмий назарий ҳамда амалий масаслаларни ҳар томонлама чуқур ва пухта эгаллашда амалий машғулотларнинг аҳамияти бениҳоя каттадир. Шу сабабли нофилологик олий ўқув юртларининг ўқув юртларининг ўқув режасида мазкур курсга ажратилган соатларининг деярли ҳаммаси амалий машғулотлар учун режалаштирилган.
-
Дин ва ихлос
Халқимизни миллий истиқлол мафкураси руҳида тарбиялашда умуминсоний қадриятлар қатори ислом ахлоқи асосларини замон талаблари асосида ўрганиш, динга бўлган чуқур эътиқоди ва ихлосини тадқиқ этиш бугунги куннинг муҳим вазифаси бўлиб турибди. Рисола Олий ва Ўрта махсус ўқув юртлари талабаларига, исломий қадриятлари билан қизиқувчи кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
Спортивная метрология
В учебном пособии изложены метрологические основы современной теории педагогического контроля в физическом воспитании и спорте, математико-статистические методы и их применение для обработки и анализа результатов контроля и планирования учебно-тренировочного процесса. Книга предназначена для студентов, преподавателей, организаторов и менеджеров спорта.
-
Atrof muhit va iqtisodiy barqaror rivojlanish
Atrof-muhit va iqtisodiy barqaror rivojlanish” darsligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi 5630100 – “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” bakalavriyat yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Tabiiyki, ekologik fanlar, shu jumladan “Atrof-muhit va iqtisodiy barqaror rivojlanish” atrof-muhitni muhofaza qilish vazifalarini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Darslik muallif tomonidan 5630100 – “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” davlat standart o‘quv dasturiga muvofiq tayyorlangan bo‘lib, unda “Atrof-muhit va iqtisodiy barqaror rivojlanish” fanining nazariy va amaliy masalalari mavjud. Dunyo mikyosida globallashuv jarayoni tez sur’atlar bilan ilgarilayotgan bir pallada insoniyat uchun ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanish masalalari tobora dolzarb muammoga aylanib bormoqda. Bugungi kunda dunyoning qaysi burchagida bo‘lmasin ekologik muammolar mavjud. Ularni o‘z vaqtida, oqilona bartaraf etishesa jahon jamoatchiligi oldida turgan asosiy vazifa hisoblanadi.
-
Qurilish konstruksiyalari
Ushbu qo`llanmani yozishdan asosiy maqsad talabalar bo`lajak arxitektor mutaxassis sifatida loyihasi qilinayotgan bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalari bilan yaqindan tanishishlari, ularni bino va inshootlarning kerakli joylariga ishlata bilishlarini o`rgatish va shu "predmetni" yaxshi o`zlashtirishga yordam berishdir. O`quv qo`llanma qurilishda ishlatiladigan barcha konstruksiyalarni qamrab olishga harakat qilingan.
-
O'zbek tilining imlo lug'ati
Mazkur kitob hozir o'zbek adabiy tilining imlo qoidalariga asoslangan, fan-texnika sohasida yuzaga kelgan o'zgarish va ixtirolarga oid atamalarni o'z ichiga olgan, 19000 dan ortiq so'zdan tashkil topgan va ixcham shaklda tuzilgan imlo lug'atidir.Ushbu imlo lug'atidan o'qituvchilar, o'quvchilar,talabalar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, nashriyot xodimlari, hozirgi o'zbek adabiy tiliga qiziquvchilar, ilmiy xodimlar, umuman olganda, barcha vatandoshlarimiz foydalanishi mumkin.
-
Amaliy matematika unsurlari
Mazkur o'quv qo'llanmasida hisoblash matematikasining xatoliklar nazariyasi, algebraik va transsendent tenglamalarni yechish usullari, chiziqii va chiziqsiz tenglamalar yechish usullari, interpolyasion formulalar, differensial tenglamalarni taqribiy yechish usullari, aniq integrallarni taqribiy hisoblash formulalar keltiriladi. Amaliy matematikaning muhim bo'limlaridan bo'lgan ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistikaga bag’ishlanadi.
-
Aniq va aniqmas intеgrallar
Ushbu qo’llanma texnika oliy ta’lim muassasalari barcha ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun “Oliy matematika”, “Matematika”, “Matematika I, II”, “iqtisodchilar uchun matematika” fanlaridan ishchi o’quv dasturlari asosida tayyorlangan bo’lib, undi I-bosqich talabalari uchun mavjud fanlardan “Bir o’zgaruvchi funktsiyasining integral hisobi” bo’limida o’rganilishi rejalashtirilgan nazariy va amaliy mashg’ulotlarining barcha mavzularini qamrab olgan materiallar berilgan. Qo’llanma “Aniqmas integral” va “Aniq integral” bo’limlari mavzulariga doir asosiy nazariy tushunchalar, ularning tadbiqlariga oid misol va masalalarni o’z ichiga oladi.
-
Analitik geometriya va vektorlar algebrasi
Ushbu o‘quv qo‘llanmada quyidagi mavzular yoritilgan: vektorlar va ular ustida chiziqli algebraik amallar; vektorlar uzunligi va yo‘naltiruvchi kosinuslari haqida ma’lumotlar; vektorlarning skalyar, vektorli va aralash ko‘paytmalari; to‘g‘ri burchakli Dekart koordinatalar sistemasi tushunchasi va uning sodda masalalarga tatbiqlari; tekislikdagi chiziqlar haqida zarur tushunchalar; to‘g‘ri chiziqlar va ularning tekislikda joylashuviga oid masalalar; ikkinchi tartibli sirtlar va ularning xossalari; fazodagi sirt va chiziqlar tenglamalariga doir umumiy tushunchalar; fazodagi tekislik va chiziq tenglamalari; tekislik va to‘g‘ri chiziqlarning o‘zaro joylashuvi masalalari; to‘g‘ri chiziq va tekislik tenglamalarini tuzish masalalari; ikkinchi tartibli sirtlar haqidagi asosiy tushuncha va ma’lumotlar.
-
Amaliy ingliz tili
Milliy dasturning eng muhim xususiyatlaridan biri, xorijiy tillarni puxta egallaydigan, O’zbekistonimizning xalqaro andozalardagi taraqqiyotini ta'minlay oladigan, dadil, mustaqil fikrlaydigan, malakali, bilimli va ma'nan boy kadrlarni tayyorlashdan iborat. So’nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim sohasini rivojlantirish, ayniqsa, chet tillarni o’rganish va o’qitishning kompleks tizimini shakllantirish borasida ko’plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mazkur o’quv qo’llanma chet tili asosiy mutaxasislik bo’lmagan amaliy xorijiy til dasturi asosida tuzilgan bo’lib, magistrantlarni mutaxasislik doirasida bo’lgan ilmiy adabiyotni o’qishi, tushunishi, ingliz tilida o’rganilayotgan mavzu bo’yicha o’zaro suhbat qila olishlarini ko’zda tutadi. Amaliy xorijiy tilni o’rgatishdan asosiy maqsad – bo’lg’usi mutaxassislarda kundalik hayotlari, ilmiy va kasbiy faoloyatlarida chet tili yoki bir necha mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.
-
Arxitektura va dizayn grafikasi
Ushbu o'quv qo`llanmaning asosiy vazifasi, talabalar tomonidan "Arxitektura va dizayn grafikasi" fanini oson o'zlashtirishga yordam berish. Undan tashqari shu fandan dars beruvchi o'qituvchilarga dasturulamal bo`lib xizmat qilish. O'quv qo'llanmada arxitektura va dizayn grafikasining barcha jihatlarini va usullarini qamrab olishga harakat qilingan. Har bir bobi shu bobga kerakli rasm va illyustratiyalar bilan boyitilgan. Undan tashqari har bir bobdan keyin shu bobga taalluqli savollar berilgan. O'quv qo'llanmaning oxirida atamalar lug'ati ham kiritilgan.
-
O‘zbek tili stilistikasi
Mustaqillikka erishganimizdan keyin hayotimizga ko‘plab yangiliklar kirib keldi. Har kungi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-mahiaviy, huquqiy, ilmiy muloqotlarda foydalanilayotgat; so‘zlar, iboralarning ishlatilish doirasi, yozma va og‘zaki shakllari o‘zgarib, kengaymoqda. Shuningdek, ulardan foydalanish qoidalari, tartiblari, usullari ham rang-baranglashib bormoqda. Bunday o ‘zgarishlar, yangilanishlar hamma sohada, shu jumladan, Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan fanlar doirasida ham o‘z ifodasini topmoqda.