-
-
-
Huquq sohalari,
-
-
Еkspеrimеntаl psixоlоgiyа
M.X. Karamyan, B.B. Nurullayeva, E.V. Bondareva, M.X. Djumaniyazova, F.E. Gaziyeva,Psixologiya, -
-
-
-
-
Huquq sohalari,
-
Badiiy,
-
-
Fuqaro protsessual huquqi,
-
-
-
-
Tasviriy san’at va arxitektura,
-
-
-
Ashyoda kompozitsiya
A. Orinov,Ushbu o‘quv qo‘llanma tasvir yaratish qonuniyatlari, chizmatasvir va uning qoidalari, chiziq, shtrix va ularning tasvirdagi ahamiyati, hajm va nur-soyalarni tasvirlash usullari, kompozitsiya, tasvirda badiiy obraz, tasvir va kompozitsiya qurish prinsiplari, sahnada shakl va rang kabi amaliy mashg‘ulot mavzularini o‘z ichiga oladi
-
Odam anatomiyasi
A.Najimova, G.Tadjibayeva,Odam anatomiyasi” fanidan amaliy mashg’ulotlari uchun tayyorlangan ushbu o’quv-uslubiy qo’llanma yangi Davlat ta’lim standarti va yangi Namunaviy dastur talablariga muvofiqlashtirib tuzildi. O’quv – uslubiy qo’llanmada “Odam anatomiyasi” fanidan har bir amaliy mashg’ulotning maqsadi, kerakli o’quv jihozlari, mashg’ulotning nazariy qismi va talabalar bajarishi kerak bo’lgan topshiriqlar keltirilgan. Mazkur o’quv – uslubiy qo’llanma oliy o’quv yurtlarining Biologiya, qolaversa boshqa barcha kunduzgi, sirtqi hamda kechki bakalavr ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun mo’ljallangan. Undan amaliy mashg’ulotlarni samarali va tushunarli, hamda eng muhimi qisqa vaqt ichida olib borishda foydalanish mumkin.
-
Fuqarolik protsessual huquqi (savollar va javoblar)
D.Y.Xabibullayev,Mazkur o'quv qo'llanmada Fuqarolik protsessual huquqi moduliga tegishli bo'lgan va o'quv dasturidagi barcha mavzularni qamrab olgan savollar va javoblar, har bir mavzuni to'liq o'zlashtirishga oid adabiyotlar ro'yxati berilgan. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual huquqi fanini o'rganish bo'yicha yozilgan mazkur o'quv qo'llanma professor-o'qituvchilar tomonidan o'qitishning interaktiv usullaridan keng miqyosda foydalangan holda ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarni qiziqarli va samarali o'tkazishga, talabalarni mavzularning asosiy mazmun-mohiyatini tez anglab olishi va tushunishiga, fuqarolarga huquqiy maslahatlar va boshqa turdagi yuridik yordam ko'rsatishda, olgan bilimlarini amalda qo'llashga yordam beradi. Mazkur o'quv qo'llanma nafaqat talabalar uchun, balki fuqarolik ishlari bo'yicha sudyalikka nomzodlar, sudyalar, prokuratura xodimlari, advokatlar, shuningdek, keng kitobxonlar ommasi uchun ham mo'ljallangan.
-
HR-menejment va biznes modellari
N.Tuxtasinov,"HR-menejment va biznes modellari” o'quv qo'llanmasi zamonaviy biznes muhitida inson resurslarini boshqarishning ahamiyati va uning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o'rnini chuqur tahlil qilishga bag'ishlangan. Unda inson resurslarining rivojlanish strategiyalari, inson kapitalining turlari va uning iqtisodiyot bilan bog'liqligi, shuningdek, tashkilot maqsadlariga erishish yo'lida resurslarni samarali boshqarish va brend boshqaruvi, autsorsingning kompaniyalar uchun asosiy afzalliklari va kamchiliklari kabi mavzular atroflicha bayon etiladi.
-
Еkspеrimеntаl psixоlоgiyа
M.X. Karamyan, B.B. Nurullayeva, E.V. Bondareva, M.X. Djumaniyazova, F.E. Gaziyeva,Mazkur darslikda “Eksperimental psixologiya” fanining mavzulari bo‘yicha asosiy ma’lumotlar keltirilgan. Darslik mavzulari uch bo‘limdan iborat: “Eksperimental psixologiyaga kirish”, “Shaxs. Ichki rеgulyаtsiyа”, “Bilish jarayonlari”. Barcha mavzular uchun amaliy va laboratoriya ishlarini bajarishga qaratilgan nazariy materiallar va topshiriqlar berilgan
-
Biznes huquqi
M.R. Tadjibayeva,Mazkur o'quv qo'llanma Biznes huquqi fani bo'yicha talabalarning o'quv salohiyatini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan bo'lib, undagi tushunchalar soddalashtirilgan tarzda taqdim etilgan va mavzu bo'yicha mustahkam poydevor yaratish uchun zarur bo'lgan asosiy bilimni qamrab oladi. O'quv qo'llanmada noan'anaviy yondashuvga amal qilingan bo'lib, har bir bobda asosiy huquqiy atamalar va tushunchalar, keyinchalik o'qish uchun havolalar, mavzu yakuni bo'yicha savollar, kazuslar va video materiallar uchun QR-kodlar mavjud.
-
Biznes huquqi
J. Askarov,Ushbu o'quv qo'llanmada tadbirkorlik huquqi va tushunchalari, tadbirkorlik subyektlari, ularning tashkiliy-huquqiy shakllari, tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, faoliyatini amalga oshirish, qayta tashkil etish, tugatishning huquqiy asoslari va tartibi, tadbirkorlik huquqi subyektlarining mulkka nisbatan huquqlari, tadbirkorlik shartnomalari, ularning o'ziga xos xususiyatlari, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini moliyaiashtirish va kreditlash, ularni soliqqa tortish, tadbirkorlik subyektlarining davlat tomonidan qo'llab-quwatlanishi, ularning huquqiy himoya tizimi va javob-garlik asoslari kabi mavzular yoritilgan.
-
Маънолар отаси ёхуд шоир Бедил
Ушбу методик-библиофафик кулланма шарк, шеъриятининг буюк мутафаккири, шоир ва адиб Мирзо Абдулкрдир Бедил таваллудининг 365 йиллигига багишланган. Кулланмада шоир ижодий меросини чукур урганиш ва уни таргиб кдлишда кутубхона, ахборот-кутубхона ва ахборот-ресурс марказларида утказилиши мумкин булган тадбирлар туркуми хамда адабиётлар руйхати берилган.
-
Iqtisodiy protsessual huquq
R.T. Berdiyarov, D.Y.Xabibullayev,Iqtisodiy protsessual huquqi moduli asosida tayyorlangan o'quv qo'llanma ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi qismida iqtisodiy ishlarni birinchi instansiya sudida ko'rish masalalari hamda ikkinchi qismida sud hujjatlarini qayta ko'rish institutlari bilan bog'liq mavzular savollar va javoblar tarzida bayon etilgan. O'quv qo'llanmani tayyorlash jarayonida sohaga doir amaldagi normativ-huquqiy hujjatlari, o'quv va ilmiy adabiyotlar hamda sud amaliyoti materiallaridan foydalanildi. Mazkur o'quv qo'llanma yurisprudensiya yo'nalishida ta’lim olayotgan oliy o'quv yurtlari talabalari hamda soha qonunchiligiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Девочка из пустыни
Артур Самари,Что может быть ужаснее для матери, чем потеря десятилетней дочки в бескрайних песках Кызылкума? Затем долгие годы поиска и случайная встреча через сорок лет. Это произошло в 1932 году XX века с Надеждой Гориной - дочерью известного московского профессора - таков необычайно интересный и увлекательный сюжет романа «Девочка из пустыни».
-
Iqtisodiy protsessual huquqi
Esanova Z., Xabibullayev D., Xolboyev S., Kalandarova M.,Ushbu darslikda Iqtisodiy protsessual huquq va iqtisodiy ishlarning taalluqliligi va sudlovga tegishliligi, iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari, iqtisodiy protessda isbotlash va dalillar, da`vo, sud xarajatlari kabi ko`plab boshqa ma`lumotlar berilgan.
-
Ўз кучингизга ишонинг ва олга интилишда шубда- гумонларга борманг
Синсеро Жен,Ўзини шакллантиришнинг синалган 25 методикасини ўз ичига жамлаган. Бу методикаларнинг ҳар бири Жен Синсеронинг шахсий тажрибасидан ўтиб, ижобий натижа берган. Бундан ташкари, муаллифнинг очик хазили, асов жасоратию пичинглари орқали ҳаёт шаклини ўзгартириш йулида мазкур китобдан кудратли куч оласиз.
-
Shaharsozlik tarixi
Po'lalov X.,Qo'llanmada jahon shaharsozligi tarixi davrma-davr yoritilgan. ()‘rta Sharq mamlakatlari, xususan, O‘rta Osiyo shaharsozligi o‘z o'rnini munosib ravishda olinishiga alohida e’tibor berilgan. Xronologik jihatidan ibtidoiy zamondan XX asrning ikkinchi choragi- gacha bo'lgan davrni qamrab olgan.
-
iqtisodiy protsessual huquqi (savollar va javoblar)
D.A. Egamberdiyev,Mazkur o'quv qo'llanmada Iqtisodiy protsessual huquqi moduliga tegishli bo'lgan va o'quv dasturidagi barcha mavzularni qamrab olgan savol-javoblar berilgan. O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual huquqi fanini o'rganish bo'yicha yozilgan mazkur o'quv qo'llanma professor-o'qituvchilar tomonidan o'qitishning interaktiv usullaridan keng miqyosda foydalangan holda ma’ruza va amaliy mashg'ulotlarni qiziqarli va samarali o'tkazishga, talabalarning mavzularni asosiy mazmun-mohiyatini tez anglab olishi ham-da tushunishiga, fuqarolarga huquqiy maslahatlar va boshqa turdagi yuridik yordam ko'rsatishda, olgan bilimlarini amalda qo'llashga yordam beradi. Mazkur o'quv qo'llanma nafaqat talabalar uchun, balki iqtisodiy ishlar bo'yicha sudyalikka nomzodlar, sudyalar, prokuratura xodimlari, advokatlar va keng kitobxonlar ommasi uchun ham mo'ljallangan.
-
Дилдаги сўзлар
Шарифа Салаева,Етти иқлимга донғи кетган улуғ боболаримизнинг пурмаъно сўзлари воситасида тасаввуримизни бойитамиз, ўзимизни қийнаётган жумбоқлар ечимини топамиз. Улар ёзиб қолдирган китобларни, айтган ҳикматли сўзларини ўқиб, илм-маърифат булоғидан сув ичамиз, маънавий чанқоғимизни қондирамиз. Бу билан онгимизда фикрлар уйғонади, атрофимизда бўлаётган ҳодисалар борасида мулоҳазалар туғилади.
-
iqtisodiy protsessual huquq
Z.Esanova,Ushbu darslikda iqtisodiy protsessual huquq va iqtisodiy ishlarning taalluqliligi va sudlovga tegishliligi, iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari, iqtisodiy protsessda isbotlash va dalillar, da’vo, sud xarajatlari, protsessual muddatlar, iqtisodiy ishni qo'zg'atish, tayyorlash va sudda muhokama qilish, birinchi instansiya sudining qarorlari, buyruq tartibida ish yuritish, soddalashtirilgan tartibda ish yuritish, alohida tartibda ish yuritish, korporativ nizolar bo'yicha ish yuritish, huquqiy ta’sir choralarini qo'llash to'g'risidagi ishlarni yuritish, hakamlik sudining hal qiluv qarorlari bilan bog'liq ishlarni yuritish, shuningdek, iqtisodiy protsessda chet ellik shaxslarning ishtiroki va sud hujjatlarini qayta ko'rish hamda sud huiiatlarining iirosi kabi mavzular yoritilgan.
-
Қайнона кундалиги
Дилфуза Собирова,Ушбу ҳикоялар тўпламидаги қаҳрамонлар сизга танишдек туюлади. Бу бежиз эмас, ахир уларнинг бари сизнинг кунда-кунора кўришадиган, қийин кунларида ҳамдард бўладиган, мушкулотларни бартараф қилишда елкама-елка турадиган замондошларингиздир. Муаллиф эса фақатгина воқеаларнинг моҳиятини очиб беради, хулоса чиқаришни эса ўзингизга ҳавола қилади.
-
Чизмачиликдан маълумотнома
И. Раҳмонов, А. Абдураҳманов,Бу китобда чизмалар чизиш ҳақидаги дастлабки маълумотлар, геометрик ясашлар, турли тасвирлар ясаш, аксонометрик проекциялар, техник расм, сиртларни текислик билан кесилиши, сиртларнйнг ўзар кесишиши, сиртларни текисликка ѐйиш, винт чизиқлар, резъбалар, турли бирикмалар, йиғиш чизмалари, турли схемаларга, конструкторлик-лойиҳалаш ишларини автоматлаштириш кабиларга оид маълумотлар тўлиқ баён қилинган
-
Xromatografik tahlil asoslari
N.K. Usmanova,Ushbu o‘quv qo‘llanma xromatografik tahlil asoslari fanini asosiy bo‘limi bo‘yicha fundamental ma’lumotlar hamda xromatografik tahlil turlari, apparatlar va ulardan foydalanish uchun zarur bilimlar keltirilgan. Namangan davlat universiteti kimyo kafеdrasining “Xromatografik tahlil asoslari” fani ishchi o‘quv dasturiga moslab tuzilgan
-
Меъморий шаклларни уйғунлаштириш ва безаш
Ўролов А.С.,Меъморий обидалар ва гўзал иншоотларни кўриб хайратга тушамиз. Чунки уларнинг шаклий тузилишидаги махобатлилик, уйғунлик ва мунаккашлик бизни ўзгача нафосат олами ва гўзаллик дунёсига етаклайди. Хўш, бу гўзалликнинг мазмун-моҳияти, мўъжизакор меъморчилик санъатининг сир-асрорлари нимада? Уларга эришишнинг кандай услублари мавжуд? Қўлингиздаги дарслик нафакат меъморларни, балки хар бир инсонни қизиқтирувчи ушбу саволларга жавоб беришга, мъморий гўзаллик сирлари ва услубларини ёритишга, улардан ижодий фаолият ва амалиётда фойдаланиш йулларини кўрсатиб беришга қаратилган.