-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Personalni boshqarish
F.H. Nazarova, Z.Ya. Xudayberdiyev, A.X. Nazirov, K.M. Xurramov, O.A. Saydaxmedov,Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil, -
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
-
“Analitik kimyo” fanidan laboratoriya mashgʻulotlari
Taxirov Y.R., Matmuratov Sh.A., Ashirov M.A.,kimyo, -
-
Arxitektura,
-
Bolalik xotiralarim
Oybek,O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi <<<Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida»gi qarorida yosh avlodning ma'naviy-intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqa-rashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo'lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e'tibor qaratilgan. O'zbekiston xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad O'g'li Oybekning «Bolalik xotirlarim» qissa mutolaa qilgan yosh kitobxonlarning ma'naviy olami shunga yarasha boʻladi. Ushbu nashrning o'ziga xos jihatlaridan biri shundaki, unda bugungi yosh kitobxonlarga ayrim so'z hamda iboralar yanada tushunarli bo'lmog'i uchun tegishli va zarur izohlar ham berilgan.
-
Mehrobdan chayon
A. Qodiriy,Milliy tariximizda Abdulla Qodiriy siymosi haqiqat va jaso-rat timsoli sifatida tilga olinadi. Uning muhtasham asarlari esa badiiy didimizni, milliy o'zligimizni anglashda beqiyos xizmatlar qildi. Zero, Abdulla Qodiriy yaratgan Otabek, Anvar, Kumush va Ra'no kabi obrazlar sof milliy xarakterimizni tarannum etgan.
-
Меҳробдан чаён
Қодирий Абдулла,Туркистон феодалларининг кейинги вакили бўлган Худоёрнинг ўз хоҳиши йулида деҳқон оммаси ва майда хунарманд - косиб синфини қурбон қилиши, мамлакат хотин-қизларини истаганча тасарруф этиши, бунга қарши келгучилар тиласа ким бўлмасин, расмсиз жазо бериши румоннинг мавзуидир. Худоёрнинг бу йулдаги биринчи истинодгоҳи бўлган уламолар, уларнинг ички-ташқи аҳволи, ахлоқи, Мадраса ва оила ҳаёти, уламода инсоний ҳис битканлиги ва қолгани ҳам хабосат пардаси остида сезилмас даражага етканлини мундарижа сирдирран қаадар баён қилинадир.
-
O'zbek bobo
Sh.Xolmirzayev,O'zbekiston xalq yozuvchisi, Hamza nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti sohibi Shukur Xolmirzayev o'zbek adabiyotining rivojiga munosib hissa qo'shgan adiblarimizdan biridir.
-
Кимё тарихи
Э.У.Эшчанов,Ушбу Кимё тарихи курси бўлимидан маърузалар матни кимё мутахассислиги бўйича таълим олаётган талабалар учун мўлжалланган бўлиб маърузалари енгил тилда қисқача баён қилинган
-
Бобур сайёҳ ва табиатшунослик
Ҳ.Ҳасанов,Ҳамидулла Ҳасановнинг “Бобур — сайёҳ ва табиатшунос” асарида Заҳириддин Муҳаммад Бобурнинг кўп қиррали фаолияти, айниқса унинг сайёҳлик ва табиатшунослик жиҳатлари ёритилади. Муаллиф Бобурнинг саёҳатлари давомида турли ҳудудлар географияси, иқлими, ўсимлик ва ҳайвонот дунёси ҳақида берган маълумотларини таҳлил қилади.
-
Халқаро ҳуқуқ
Д.Мусаев, Д.Саттаров, А.Мўминов,Ушбу китоб халқаро ҳуқуқ фани бўйича ўқув қўлланма сифатида тавсия этилмоқда. Унда ҳозирги замон халқаро ҳуқуқининг келиб чиқиши ва ривожланиши, унинг асосий тушунча ва принциплари, институтлари ва соҳаларининг тараққиёт қонунлари ўз аксини топган. Ўқув қўлланмани ўқитишдан асосий мaқcaд курсантларга, тингловчиларга ва амалиётчи ходимларга ҳозирги замон xaлқapo ҳуқуқнинг қоидалари, ташкилотлари ва соҳаларини ўрганишда ёрдам кўрсатишдан иборат. Мазкур ўқув қўлланма халқаро ҳуқуқнинг асосий институтлари ва тармоқларига доир маълумотлар бериб, халқаро ҳуқуқнинг амалдаги нормалари ва давлатларнинг халқаро ҳамкорлик тажрибаларига баҳо бериш кабиларни ўзида мужассамлаштирган. Ўқув қўлланма институт курсантлари, тингловчилари, ўқитувчилари ва халқаро муносабатлар соҳасига ихтисослашган бошқа идора ва ташкилотлар ходимлари учун ҳамда халқаро ҳуқуқ муаммолари билан қизиқувчи кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
Maugli
Jozef Redyard Kipling,Bolalik dunyomiz bilan bog‘liq shirin xotiralarni yodga olganda, beixtiyor qalbimiz sevinchga, yuragimiz haroratga to‘ladi. Uning har bir dami, har bir lahzasi shu qadar yodimizga muhrlanganki, o‘sha quvonchli fursatlarni farzandimiz yuz-ko‘zida ko‘rgimiz keladi. Bizning sevimli ertak qahramonimiz bugun bolamiz quvonchiga sabab. Maugli haqida hikoya qiluvchi mazkur kitobni ham aynan yosh kitobxonlarimiz qalbiga sevinch ulashish, suyumli multqahramonlari bilan satrlar orqali hamsuhbat bo‘lsinlar, degan niyat bilan nashrga tayyorladik. Unutmang, Maugli – o‘zgarmagan, uning boshdan kechirganlari, o‘rmondagi hayoti, sarguzashtlari ham o‘sha-o‘sha. Ammo u qalban sizga qanchalik yaqin? Uning yuragida nimalar pinhon? Bu savollarga aynan kitobdan javob topasiz.
-
Одам физиологияси
ҒСатипов,Ушбу ўқув -услубий қўлланмада Одам физиологияси фани бўйича асаб юрак-кон томирлари тизими ички секреция безлари нафас олиш аъзолари ва анализаторлар тўғрисида маьлумотлар берилган
-
Уч юз олтмиш тўрт кун
Султон Х.,Ушбу тўпламдан ўрин олган асарларда тасвирланган одамлар ниҳоятда аниқ, мукаммал образ даражасига етган бадиий қиёфалардир. Бу қиёфалар гўё моҳир рассом томонидан аслига қараб чизилган гўзал сувратлар каби таассурот қолдиради.
-
Komissar Megre
Jorj Simenon,Chunki ular shu tobda o'zlarini qiziqtirayotgan savolga baribir javob topa olmasliklarini biladilar. Xo'sh, Jorj Simenonning ushbu kitobini, aytaylik, Megre va vinofurush» romanini mutolaa qilgan o'quvchini birinchi navbatda nima qiziqtiradi? Sezib turibmiz, hozir siz: «Jilber Piguning keyingi taqdiri nima bo'ldiykin?» deb o'zingizcha bosh qotirmoqdasiz. Mabodo: «Bu savolga javob berishdan ojizmiz» desak, «Ana, aytmaganmidim!» deya chuqur uf tortasiz.
-
Бевалар
Зулҳумор Солиева,Ғарб мутафаккирларидан бири «менга бир аёлни изммига солишдан кўра, бутун Европани бўйсундириш осонроқ кечган бўларди», деб ёзганди. Дарҳақиқат, аёл, унинг табиати, дарди, қарашлари, мyҳaббaти, қуйингки, дунёни ушлаб турган гўзаллигининг сири нимада эканлиги ҳамон жумбоқлигича қолмоқда.
-
Ekologiya huquqi
J.T.Xolmo`minov,Ushbu darslikda 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (yangi tahrirdagi) talablari asosida ekologiya huquqi, o'simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va o'rmonlarning huquqiy holati, muqobil energiya manbalaridan foydalanish, antropogen o'zgargan hududlarda va chiqindilardan foydalanish jarayonida atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilishning huquqiy tartibi va O'zbekiston Respublikasining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro hamkorligi masalalariga alohida e'tibor berilgan.
-
Personalni boshqarish
F.H. Nazarova, Z.Ya. Xudayberdiyev, A.X. Nazirov, K.M. Xurramov, O.A. Saydaxmedov,O‘quv qo‘llanmada «Personalni boshqarish» kursi bo‘yicha asosiy mavzular matni berilgan bo‘lib, unda jahon oliyaviyiqtisodiy inqirozining kelib chiqish sabablari va uning oldini olish choratadbirlari to‘g‘risidagi malumotlar o‘z aksini topgan. Bundan tashqari, korxona va tashkilotlarni shakllantirishda inson omili, inson resurslarini boshqarish funksiyasining rivojlanishi, korxona va tashkilotlarda personalni boshqarish strategiyasi, personal bilan ishlashni boshqarish, personalni rivojlantirish, personalning xizmatkasbi bo‘yicha ko‘tarilishi va xizmat martabasini boshqarish kabi mavzular ochib berilgan.
-
Ekologiya huquqi
H.I. To`xtashev,O'quv qo'llanma ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va undan foydalanishni huquqiy ta'minlash sohasidagi ilmiy konsepsiyalar, sohada qabul qilingan dastur va strategiyalarni inobatga olgan holda tayyorlangan bo'lib, uning mavzulari an'anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda yangi muammo va nuqtayi nazarlar talqini asosida yoritilgan. Unda mamlakatimizda ekologik-huquqiy munosabatlar obyektlari, subyektlari hamda ular o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik va farqli jihatlarga alohida e'tibor qaratilgan. Binobarin, ekologiya huquqining shakllanishi va rivojlanishi, usullari, ekologik nazorat, monitoring va ekspertiza o'tkazish shartlari va tartibi, ekologik-huquqiy javobgarlik, yer, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi, yer osti boyliklari va atmosfera havosini muhofaza qilish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, antropogen o'zgargan hududlar, chiqindi hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi eng muhim jihatlar yoritib berilgan. O'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining talabalari, o'qituvchilari, mutaxassislar, ilmiy izlanuvchilar, magistrlar hamda ekologiya va atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilish masalalariga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo'ljallangan.
-
PERSONALNI BOSHQARISH
A.Xayitov,Ушбу нашрда бошқарувнинг асосий моделлари ва уларнинг хусусиятлари билан таништиради. Тингловчиларга шахсиятни шакллантириш ва тарбиялашнинг муваффақиятли ечимлари таклиф қилинади. Бу маълумотларни кўриб чиқиш жараёнида улар турли жамоатчилик соҳаларида шахсиятни қандай самарали бошқариш мумкинлигини ўрганадилар. Муаллиф шахсий бошқарувни муваффақиятли амалга ошириш учун зарур бўлган кўникмаларни ва билимларни қайта кўриб чиқади
-
O`zbek tilining imlo lug`ati
Jomonov R.,Ushbu lotin yozuvidagi o`tish munosabati bilan Tilshunoslik instituti xodimlari o`zbek tilida faol ishlatilatiladigan so`zlar lug`atini tuzib, keng o`quvchilar ommasiga mo`ljallangan.
-
“Analitik kimyo” fanidan laboratoriya mashgʻulotlari
Taxirov Y.R., Matmuratov Sh.A., Ashirov M.A.,Ushbu oʻquv-uslubiy qoʻllanma “Analitik kimyo” faniga oid boʻlib, talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi. Oʻquv-uslubiy qoʻllanmada asosan analitik kimyo faninig nazariy asoslarini, asosiy tushunchalari va usullarini, analitik reaksiyalarni amalga oshirishning shart-sharoitlari va bajarish usullari, atrof-muhitdagi har-xil ob’ektlarning elementar kimyoviy tuzilishini, sifat aniqlashni ta’minlaydigan metodlar, kation va anionlarni sifat aniqlash reaksiyalari, kation va anionlarni aralashmalarini analiz qilish tartibi, quruq tuzlarni aniqlash usullari bo‘yicha laboratoriya mashgʻulotlarini bajarish uchun koʻrsatmalar berilgan.
-
Bog'lovchi va shisha materiallar
R.A.Rahimov,O'quv qo'llanma-12 bobdan iborat bo'lib, ularda qurilish materiallari fani va uning vazifalari, buyumlarni olish uchun xom materiallar, ishlab chiqarish texnologiyasi, xossalari va ularni tajriba ishlarini bajarish orqali aniqlash usullari, samarali ishlatish sohasi, tashish va saqlash qoidalari muayyan misollar asosida atroflicha bayon qilingan. Shuningdek, unda nazariy va amaliy-tajribaviy mashg'ulotlar o'zaro mutanosiblikda yoritilgan. O'quv qo'llanmadan qurilish va kimyoviy texnologiya yo'nalishlari bo'yicha taxsil olayotgan oliy o'quv yurtlari talabalari xam foydalanishlari mumkin.
-
Shaharsozlik yodgorliklarini qayta qurish
Po'latov X.Sh, Mamatmusaev T.Sh,Mazkur o'quv-uslubiy majmuada turar-joy tumani va kichik tumanning arxitekturaviy-rejaviy strukturasini shakllantirish asoslari bo'yicha nazariy bilimlar berilgan. Shu bilan birga ularni ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish, yashash muhitini shakllantirishning kompozitsion usullari ko'rib chiqiladi.