-
Siyosat va uning hamjamiyat taraqqyotidagi roli,
-
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
Biologik preparat olish biotexnologiyasi
N.M. Ibragimova, Sh.U. Norimov, A.Y. Tadjiyev, D.X. Otanazarov,Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va apparatlari, -
-
-
Algoritm tillari va dasturlash 1
Mamadaliyev X, Turg'unov A, Matyakubov M, Sapayev Sh.,Ilmiy axborot faoliyati. Informatika, -
-
Analitik kimyo,
-
-
Ўрта Осиёда фалсафий ва ижтимоий-сийсий фикрнинг шаклланиши ва ривожланиши тарихидан лавҳалар
Искандаров Биродар,Falsafa tarixi, -
Un va yorma ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalaridan laboratoriya mashg`ulotlari
H.B. Ergasheva,Oziq-ovqat konsentratlari ishlab chiqarish, -
-
Qurilishning nazariy asoslari,
-
-
Musiqa,
-
Электротехника асослари. Трактор, комбайн ва автомобилларнинг электр жиҳозлари
Ф.Д.Жирнов, Н.И.Майский, В.Н.Майский,Umumtexnikaviy fanlar, -
-
-
Инсон қадри, унинг ҳуқуқ ва эркинликлари, қонуний мафаатлари учун
Мирзиёев Ш.М.,2021 йил 24 октябрда мамлакатимиз ҳаётида муҳим сиёсий воқеа - Ўзбекистон Республикаси Президенти сайлови бўлиб ўтди. Сайлов якунларига кўра Тадбиркорлар ва ишбилармонлар ҳаракати - Ўзбекистон Либерал- демократик партиясидан номзод Шавкат Миромонович Мирзиёев 80.12 фоиз овоз олиб, Ўзбекистон Республикаси Президенти этиб сайланди. Ушбу китобдан Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Тадбиркорлар ва ишбилармонлар ҳаракати - Ўзбекистон Лиерал - демократик партиясининг Х съездиди, Қорақалпоғистон Республикаси вилоятлар ва Тошкент шаҳри сайловчилари вакиллари билан ўтказган сайловолди учрашувларида сўзлаган маърузалари шунингдек Президентлик лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталари қўшма мажлисидаги нутқи ўрин олган
-
Xorazm tarixi (miloddan avvalgi VI milodiy IX asrlar)
Sobirov Q.,Mazkur o'quv qo'llanma Oliy ta'lim muassasalari Ijtimoiy iqtisodiy fanlar fakulteti tarix kafedrasi o'quv rejasida qayd qilingan O'zbekiston tarixini ibtidoiy jamoa tuzumi, qadimgi davr va o'rta asrlar davri tarixini o'rganishda dasturiamal bo'lib xizmat qiladi.
-
Кенг ихтисосли ёш механизаторлар учун қўлланма
Т.А.Ефименко, Е.Д.Милованов,Ўқув қўлланма энг янги моделдаги, шунингдек илгари ишлаб чиқарилган, лекин ҳозирда ҳам хўжаликларда кенг фойдаланилаётган қишлоқ хўжалик машиналари ва тракторларининг тузилиши, ишлатилиши ва ростланишига доир савол ва жавоблар тарзида тузилган.Китоб қишлоқ профессионал-техника билим юртлари ўқувчилари учун ўқув қўлланма сифатида мўлжалланган. У колхоз ва совхозларнинг барча ёш механизаторлари учун ҳам фойдалидир.
-
Kompyuterli matematik tizimlar
Madatov Xabibulla,Mazkur o'quv qo'llanma "Kompyuterli matematik tizimlar" fanini o'rganayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda zamonaviy kompyuterli matematik tizimlarining nazariy asoslari, matematik va dasturiy imkoniyatlari hamda amaliy qo'llanilishi batafsil yoritilgan. Qo'llanmada kompyuterli matematik tizimlarining sinflari va tuzilmasi, MATLAB tizimining tarkibi, arifmetik, mantiqiy va simvolik ma'lumotlar sinflari, tuzilmalar va yacheykalar massivi, ma'lumotlar sinfini tekshirish, vektorlar, skalyar ko'paytma va vektor normasi kabi mavzular ilmiy-uslubiy jihatdan izchil bayon qilingan. Shuningdek, nazariy tushunchalar amaliy misollar, MATLAB dasturlash muhiti elementlari, nazorat savollari hamda test topshiriqlari bilan boyitilgan. Mazkur o'quv qo'llanma talabalar, magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar hamda kompyuterli matematik tizimlari, matematik modellashtirish va ilmiy hisoblash texnologiyalari bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar uchun foydali manba hisoblanadi.
-
Biologik preparat olish biotexnologiyasi
N.M. Ibragimova, Sh.U. Norimov, A.Y. Tadjiyev, D.X. Otanazarov,"Biologik preparatlarni olish biotexnologiyasi" faniga bag'ishlangan ushbu o'quv qo'llanma 70710201-Biotexnologiya ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan magistratura talabalari uchun mo'ljallangan. Qo'llanma Davlat ta'lim standarti va tegishli o'quv dasturlari asosida tayyorlangan bo'lib, magistrantlarga fan doirasidagi zarur nazariy bilimlarni o'zlashtirish hamda amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. O'quv qo'llanmada quyidagi mavzular: Biologik faol moddalar ishlab chiqarish uchun texnik vositalar va moslamalar, o'simlik xom ashyosidan biofaol moddalarni ekstraksiyalash, hayvon organlarini ekstraktsiyaga tayyorlash, mahsulotni quritish jarayoni o'rganish, oqsil miqdorini aniqlash, pepsin fermentining faolligini aniqlash, tuxum sarig'i tarkibidagi fosfolipidlar aralashmasini ekstraksiyalash, biologik faol moddalarni tahlil qilishda moddalarni tozalashda xromatografiya usullari klassifikatsiyasi, biologik faol moddalarni tahlil qilishda yupqa qatlamli va gaz xromatografiyalari, o'simliklarni kasalliklardan biologik usulda himoya qilish usullari, o'simlikshunoslikda tibbiyotda qo'llaniladigan antibiotiklardan foydalanish, entobakterin ishlab chiqarish texnologiyasi, suyuq ozuqada o'stirish usuli orqali boverin olish texnologiyasi, lipidlarni ajratib olish usuli, polifenollarni ajratib olish texnologiyasini o'rganish, flavanoidlarni ajratib olish texnologiyasini o'rganish, fosfobakterin olish texnologiyasini o'rganish, quruq azotobakterin olish texnologiyasini o'rganish, lipidlarni ajratib olish texnologiyasini o'rganish, fermentlarni ishlab chiqarish biotexnologiyasi, dorivor o'simlik xomashyolarini ekstraksiyaga tayyorlash, sirka kislota olish texnologiyasini o'rganish, tabiiy shirinlashtiruvchi biofaol qo'shimchalar olish texnologiyasi boʻyicha mavzular berilgan.
-
Монтажчилик асослари
В.А.Крилов,Ушбу ўқув қўлланмада саноат корхоналари, машинасозлик ва қурилиш объектларида технологик ускуналарни монтаж қилиш (ўрнатиш) жараёнларининг назарий ва амалий асослари тизимли равишда баён этилган. Китобда такелаж ишлари (оғир юкларни кўтариш ва кўчириш мосламалари), деталларни йиғиш, ажраладиган ва ажралмайдиган бирикмалар технологияси, шунингдек, умумий мақсаддаги машиналар (насослар, компрессорлар, вентиляторлар ва кранлар) монтажи батафсил ёритилган. Ускуналарни ўрнатишдаги аниқ ўлчов ишлари, созлаш (наладка) ва синовдан ўтказиш усулларига алоҳида эътибор қаратилган. Монтаж ишларини хавфсиз бажариш бўйича техника хавфсизлиги қоидалари келтирилган. Китобда такелаж ишлари (оғир юкларни кўтариш ва кўчириш мосламалари), деталларни йиғиш, ажраладиган ва ажралмайдиган бирикмалар технологияси, шунингдек, умумий мақсаддаги машиналар (насослар, компрессорлар, вентиляторлар ва кранлар) монтажи батафсил ёритилган. Ускуналарни ўрнатишдаги аниқ ўлчов ишлари, созлаш (наладка) ва синовдан ўтказиш усулларига алоҳида эътибор қаратилган. Монтаж ишларини хавфсиз бажариш бўйича техника хавфсизлиги қоидалари келтирилган.
-
O't o'rish va yig'ish mashinalari
Mavlanov F.X.,Ushbu o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalarga O'rim-yig'im mashinalarini loyihalash fanini o'rganishda asosiy adabiyotlardan biri sifatida mo'ljallangan. Unda hozirgi kunda respublikamizda eng ko'p yetishtirilayotgan ozuqabop o'tlar hosilini o'rish va yig'ish mashinalarining turlari, ishlashi, tuzilishi, texnik xarakteristikasi hamda asosiy ishchi parametrlarini hisoblash va loyihalash to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan. Undan tashqari o't o'rish mashinalarini loyihalashga oid bo'lgan standart kattaliklar, ularning tanlash qoidalari, amaliy mashg'ulotlar uchun materiallar va ushbu mashinalarga qo'yiladigan agrotexnik talablar boʻyicha ham batafsil ma'lumotlar kiritilgan.
-
Algoritm tillari va dasturlash 1
Mamadaliyev X, Turg'unov A, Matyakubov M, Sapayev Sh.,Mazkur o'quv qo'llanma 60540200 Amaliy matematika ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda zamonaviy dasturlash texnologiyalari va C++ dasturlash tilining nazariy hamda amaliy asoslari yoritilgan. Qo'llanmada dasturlash tillarining rivojlanishi, C++ tilining tuzilishi, Net platformasi, Microsoft Visual Studio muhiti, shuningdek tilning asosiy tushunchalari, operatorlari va ma'lumotlar turlari keng bayon etilgan. Amallar ustivorligi, mantiqiy va razryadli operatorlar, matematik funksiyalar hamda tur almashtirish qoidalari amaliy misollar asosida tushuntirilgan. Har bir mavzu bo'yicha masalalar, ularni yechish algoritmlari, C++ va Python dasturlash tillarida tuzilgan dasturiy namunalar keltirilgan. Shuningdek, talabalar bilimini mustahkamlash va baholash uchun nazorat savollari berilgan.
-
Ҳисоблаш машиналари ва уларни ишлатиш
У.Мамарасулов,Учёт ишларида замонавий ҳисоблаш техникасидан кенг фойдаланиш, уларни механизациялаш йўли билан ҳисобчи кадрлар сони, пул ва материал сарфларини кескин камайтиришга, учёт ишлари таннархини пасайтиришга эришиш мумкин.
-
Analitik kimyodan laboratoriya mashgʻulotlari (miqdor analizi)
Y.R.Taxirov,Mazkur oʻquv qoʻllanmada “Analitik kimyo” fanidan laboratoriya mashgʻulotlari mavzulariga oid bajarilishi koʻzda tutilgan tajribalar boʻyicha koʻrsatmalar, har bir bob boʻyicha nazorat savollari, testlar, masala va misollar kеltirilgan. Oʻquv qoʻllanma “Kimyo” yoʻnalishi talabalari uchun moʻljallangan. Bundan tashqari, oʻquv qoʻllanmadan analitik kimyo fani oʻqitiladigan boshqa ta’lim yoʻnalishi talabalari, shuningdek, ilmiy tadqiqotchilar ham foydalanishlari mumkin.
-
Слесарлик иши
Э.И. Крупицкий,Ушбу китоб профессионал-техника билим юртларида ҳap хил ихтисосдаги слесарлар тайёрлаш учун махсус технологиядан ўқув қўлланмаси ҳисобланади. Унда янги норматив маълумотлар ҳисобга олинган, янти жиҳозлар баён қилинган. Ўқув материали информация улушларига бўлинган, савол ва топшириқлар системаси кўзда тутилган. Қўлланмадан металлга ишлов бериш касбидаги ишчи ва мастерлар ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
Ўрта Осиёда фалсафий ва ижтимоий-сийсий фикрнинг шаклланиши ва ривожланиши тарихидан лавҳалар
Искандаров Биродар,Ўрта Осиёдаги ижтимоий-фалсафий фикр бир текисда ривожланган эмас. У муайян тарихий шароитга боғлиқ ҳолда ривожланиб борди. Ўрта Осиёдаги фалсафий, ижтимоий-сиёсий фикр тарихини ўрганишда шу кунга қадар маълум ютуқларга эришилди. Бу борада, аввало, академиклар И. М. Мўминов, М. М. Хайруллаев, В. Ю. Зоҳидов, профессор Ж. М. Бобоев, Ф. Болидов, Й. Ж. Жумабоев, ва бошқаларнинг тадқиқотларини кўрсатиш мумкин.
-
Un va yorma ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalaridan laboratoriya mashg`ulotlari
H.B. Ergasheva,Ushbu o`quv qo`llanma 5321 000 – Oziq-ovqat texnologiyasi (don mahsulotlari) yo`nalishi bo`yicha tahsil olayotgan bakalavriat talabalari hamda un va yorma zavodlarida faoliyat yurituvchi muhandis-texnologlar uchun mo‘ljallangan. Taraqqiyotimiz darajasini muttasil o‘sib borishini ta’minlab, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdori va sifatini oshirish iqtisodiy va sotsial muammolarni keng ko‘lamda kompleks hal qilishda asosiy omillardan biri bo‘lgan yetuk mutaxassislar, oziq – ovqat muhandislari tayyorlash ishi muhim vazifalardan biri ekanligi zamon taqazosidir.
-
Тафаккур психологияси
Ғозиев Э,«Тафаккур психологияси» номли ушбу ўқув қўлланмаси университетларнинг студентларига мўлжалланган бўлиб, психология программасида кўзда тутилган талаб ва принциплар асосида ёзилган.
-
Сувоқчилар плитачилар ва нақшчилар учун материалшунослик
А.В.Александровский,Сувоқчилар, плитачилар ва нақшчилар учун материалшунослик» — бу бинокорлик (қурилиш) ишларида ишлатиладиган материалларнинг турлари, хоссалари ва уларни қўллаш қоидаларини ўргатадиган касб-ҳунар таълими қўлланмасидир. 1967 йилда нашр этилган ёки шу даврдаги дастурлар асосида тайёрланган бундай китоблар биноларни сувоқ қилиш, плита ёпиш ва нақш (безак) беришда ишлатиладиган бириктирувчи моддалар, эритмалар ва безак материаллари ҳақида асосий билимларни беради.
-
Chizmatasvir (2-qism)
X.O.Karimov,O‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarining 60210500 –“Rangtasvir (dastgohli rangtasvir)” ta’lim yo‘nalishi 3–4-kurs talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, chizmatasvir fanining nazariy va amaliy bilimlarini chuqurlashtirish hamda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Qo‘llanmada ijodiy chizmatasvir metodikasi, eskiz va xomaki chizgilar, yoddan va xotiradan rasm ishlash, interyer va eksteryerni tasvirlash, perspektiva qonuniyatlarini amalda qo‘llash, shuningdek, inson qomatining plastik-anatomik tuzilishi, konstruktiv qurilishi va proporsional nisbatlari bo‘yicha nazariy hamda amaliy tavsiyalar yoritilgan. Qo‘llanma klassik akademik tasviriy san’at an’analari va zamonaviy pedagogik yondashuvlar uyg‘unligi asosida tayyorlangan bo‘lib, talabalarning kuzatuvchanligi, fazoviy tafakkuri,tasviriy xotirasi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi hamda tasviriy san’at yo‘nalishi talabalari, magistrantlar va pedagoglar uchun ‘quv-metodik manba sifatida tavsiya etiladi.
-
Xorazm maqomoti va suvora turkumlariga nazira qilingan ashulalar
Z. Roʻzmetov,Xorazm maqomoti va suvora turkumlariga nazira qilingan ashulalar” oʻquv qoʻllanmasi 2024-yilda 60211400-Vokal san’ati (an’anaviy xonandalik) bakalavriat ta’lim yoʻnalishi uchun ishlab chiqilgan “Maqom yakka xonandiligi” fani dasturi asosida tayyorlandi. Oʻquv qoʻllanmada Xorazm maqomoti va suvora turkumlariga nazira qilingan ashulalar, ijodkorlarning musiqiy merosi tasnifi, qoʻshiqlarning nota matni yaratilish tarixi bayon etilgan.
-
Электротехника асослари. Трактор, комбайн ва автомобилларнинг электр жиҳозлари
Ф.Д.Жирнов, Н.И.Майский, В.Н.Майский,Бу дарслик қишлоқ хўжалигини механизациялаштириш соҳасида электротехниканинг роли, электр ускуналарининг ишлаш принциплари ва улардан тўғри фойдаланиш қоидаларини ўргатишга мўлжалланган. Бу китобда қишлоқ хўжалигини механизациялаштиришда электротехниканинг роли ҳақида ёзилган. Мазкур дарслик ўрта махсус ва қишлоқ хўжалиги касб-ҳунар таълими муассасалари талабалари ҳамда соҳа мутахассисларига мўлжалланган бўлиб, умумий ҳажми 229 бетни ташкил этади.
-
Ўзбек халқ чолғуларида ижрочилик тарихи
А. Одилов,Ушбу ўқув қўлланмада кўпдан бери қаламга олинмаган ўзбек халқ чолғуларида мусиқа ижрочилигининг асосий босқичлари ҳақида илк бор сўз юритилади.
-
Қишлоқ хўжалик машиналари ремонти
В.Булкин,Пахтачиликда ишлатиладиган кўпгина янги машиналар стойкалари, чимқирқарлари, дискли пичоқлари, рамалари, автоматлари, стойкалари, чимқирқарлари, дискли пичоқлари, рамалари, автоматлари ремонтининг технологияси баён этилди. Қўлланмада пахтачиликда ишлатиладиган кўпгина янги машиналар ремонтининг технологияси баён этилган.