-
Nasiba niyatga bog'liq
Atham Amin Nemutlu,Nasibangiz esa niyatingizda yashirin... Bor yo'g'ingizni qo'lingizdan tortib olsa ham, aylanib o'rgilib sizga haqqingizni qaytarib beradi! Aslo ro'yobga chiqmaydi demang! Chiqadi! Unutmang, Alloh gar xohlasa hatto qushlar ham fillarni yengadi azizim.
-
Мерос
Гулжадон, Абдурадмон к, изи,Салкам бир асрлик умрни коралаб қуйган ижод- кор Гулжах,он Абдурах,мон к,изи шеър ва х,икоялари орқали ўз х,аётий тажрибасини келажак авлод билан урток,лашади. Унинг ижодида панд-насих,ат асосий ўрин тутади. Китоб сизга манзур булади, деган умид- дамиз.
-
Alvido,qurol
Ernst Miller Heminguey,Qo'lingizdagi ushbu kitob AQSHDda yashab ijod etgan adib Ernst Miller Heminguey (1899-1961) qalamiga mansub. Ushbu romanni o'zbek tiliga rus tili orqali Ibrohim G'afurov "Alvido, qurol" nomi ostida tarjima qilgan Shuni bilingki, badiiy asarni tarjima qilish (ayniqsa, turkiy tillarga mansub bo'lmagan tildan tarjima qilish) shu asarni qaytadan yozish bilan teng qiyinchilikka ega. Shu tildagi iboralarni so'zlarni, jumlalarni yoki magol-matallarni maromiga yetkazib tarjima qilish juda mushkul ish hisoblanadi. Chunki bunda tarjimondan bevosita eng kamida ikkita xorijiy tilni mukammal bilish, shuningdek, o'sha til egalari - xalqning turmush- tarzi, etnografiyasini, madaniyatini va tarixini mukammal bilish talab etiladi. Shuning uchun Ibrohim G'afurov ham doimo xalqimizning, ayniqsa, o'quvchi yoshlarimizning tahsin-u tashakkuriga sazovor bo'lgan. Biz ham shular qatorida tarjimon Ibrohim G'afurovdan ushbu xizmatlari uchun behad xursandmiz! Ushbu kitob ilk bor o'zbek tilida 1986-yilda chop etilgan. Bu nashrida ayrim so'z va jumlalarning ma'nosi izohlanmagan yoki ruscha so'zlar, yoki baynalmilal jumlalar orqali berilgan edi. Bu holat bilan biz tarjimonlarni yoki nashriyot xodimlarini kamsitish fikridan yiroqmiz. Faqat hozirgi davr kitobxonlarining talab va iltimoslariga asosan asar tarjimasiga qo'shimcha izok-u iqtiboslar kiritildi, ruscha yoki baynalmilal so'zlar, imkoni boricha, o'zbekchalashtirildi. Shuningdek, hozirgi o'zbek adabiy tili qoidalari asosida qayta tahrirlandi. "Alvido, qurol" asarida birinchi jahon urushi tasvirlangan. Asar asosan avtobiografik xususiyatga ega, ya'ni adib ushbu asarda bevosita o'zi ko'rgan va ishtirok etgan voqealarni qalamga olgan. Demak, ushbu asarni hech bir mubolag'asiz realistik roman deyishimiz mumkin.
-
Bo'tako'z
Chingiz Aytmatov,Chingiz Aytmatov "Bo'tako'z" qissasida mehnat va ishq-muhabbat tarannum etilgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Yozuvchi qancha ruhiyat tahliliga kirib borsa, shuncha ajdodlar merosiga e`tibor qaratadi. Shuning uchun ham uning asarlarida inson qismati orqali ruhiyat va qadriyat tushunchasi zimdan kurash olib boradi. Bu jihat sizga taqdim etilayotgan uch go'zal qissada ham aks ettirilgan.
-
Alvido Gulsari
Chingiz Aytmatov,Yozuvchi Chingiz Aytmatov o'zining bu qissasida jahon urushining keyingi og'ir yillar qirg'iz cho'ponlari hayotida tasvirlangan.
-
Azizim
Gi De Mopassan,Mashhur fransuz mumtoz adibi Gi de Mopassan o'n to'qqizinchi asrda Fransiyada vashab, ijod etgan bo'lsa-da. uning o'tkir rcalistik ruhda yaratilgan hikovalari. romanlari butun dunyoda mashhurdir.Ushbu roman o'sha davr siyosatdonlarining va ular qo'lida qo'g'irchoq bo'lgan jurnalistlarning hayoti, siyosiy nayrangbozliklarini, fahsh va razolat bilan to'lgan ichki dunyosini ayovsiz suratda ochib tashlavdi. Roman o'z haqqoniyligi bilan siz, aziz kitobxonni ham maftun ctishiga ishonamiz.
-
Oydinda yurgan odamlar
Tog'ay Murod,O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti laureati Tog‘ay Murodning „Oydinda yurgan odamlar“ qissasi farzand ilinjida umr o‘tkazgan pokiza insonlar haqida Qissa nomini o‘qishingiz bilan allaqanday «sirli-kechalarni bag'riga oladi. Ko‘nglingizga ajib bir nur oqib kiradi. Ushbu kitob sizning sevimli asarlaringiz qatoridan o‘rin olishiga ishonamiz.
-
Uch baqaloq
Olesha Yuriy,Yuriy Karlovich Olesha (1899 – 1960)ning bolalar uchun yozgan «Uch baqaloq» ertak-romani jahon xalqlari tillariga tarjima qilingan. Shu kitob asosida yaratilgan balet, kinofilm million-million tomoshabinlarning sevimli san’at asarlariga aylangan. Har avlod yoshligida bu kitobni zavq bilan qo‘liga oladi, maroq bilan o‘qib chiqadi. Zulm, istibdod, haqsizlik avj olgan Uch Baqaloq mamlakatining mehnatkashlari donishmand doktor Gaspar, mohir dorboz Tibul, mard qurolsoz Prospero, tadbirkor qizaloq Suok kabi qahramonlar bilan birgalikda boyonlar saltanatiga qarshi bosh ko‘taradilar va g‘alaba qiladilar. Ana shu jang-u jadallar ertak janriga xos qiziqarli syujet ipiga tizilgan g‘aroyib sarguzasht va voqealar orqali hikoya qilinadi.
-
Qiyomat
Chingiz Aytmatov,Chingiz Aytmatovning «Qiyomat» romanida ezgulik va yovuzlik, haqiqat va yolg ‘onning, adolat va jaholatning о ‘zaro kurashi - inson va tabiat; tabiat va insoniyatning о ‘zaro uyg ‘unligi esa bo ‘rilar Akbara bilan Toshchaynar orqali tasvirlanadi.
-
Cўз латофати
Эркин Воҳидов,Адабий ижод ҳамиша Сўз оламига саёҳатдир. Ижодкор Сўзни тирик жон деб билади ва Сўз билан сўзлашади. Менинг бу ёзганларим ана шундай жонли тил билан жонли суҳбат бўлишини истайман. Умрини яшаб бўлган ва барҳаёт, мен англаган ва англаб етмаган соҳир хилқат билан кўнгил боғларида кезиб, хаёлан Сўз билан сўзлашсам, Тил билан тиллашсам, дейман. Сиз азизларимни ҳам бу сайрда ҳамроҳ бўлишга таклиф этмоқчиман. Сўз мўъжизаси қошидаги ҳайратларимга ошно қилмоқчиман.
-
Nasiba Niyatga bog'liq
Atham Amin Nemutlu,Nasibangiz esa niyatingizda yashirin... Bor yo'g'ingizni qo'lingizdan tortib olsa ham, aylanib o'rgilib sizga haqqingizni qaytarib beradi! Aslo ro'yobga chiqmaydi demang! Chiqadi! Unutmang, Alloh gar xohlasa hatto qushlar ham fillarni yengadi azizim.
-
SO‘Z CHAMANI
Erkin Vohidov,“So‘z chamani” turkumidagi mazkur kitobda 0‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning turli yillarda ijod etgan eng sara she’rlari jamlandi. Atoqli shoirimiz o‘z ijodi orqali ona Vatanga muhabbat, sevgi va sadoqat, fidoyilik va insoniylikni o‘ziga xos tarzda tarannum etgan. Ushbu nazmiy guldasta she’riyat muhiblari uchun manzur bo'lishiga ishonamiz.
-
Bo'ri o'g'li
Jek London,Amerikalik iste'dodli yozuvchi Jek London nomi o'zbek ki- tobxonlariga yaxshi tanish. Adibning „Martin Iden", „Uch qalb" romani, qissa va hikoyalari o'zbek tiliga tarjima qilingan. Qo'lingizdagi to'plamda Jek Londonning eng sara hikolari jamlangan. Ushbu kitob sizning ko'ngil mulkingizdan o'rin olishiga ishonamiz
-
Mungli ko‘zlar
Xudoyberdi To‘xtaboyev,Ota-onaga farzandining baxtidan bo‘lak ne’mat kerak emas. Xuddi shuningdek, farzand ham eng baxtiyor damlarida ota-ona yonida bo‘lgisi, baxtini ular bilan baham ko‘rgisi keladi. Ota-ona diydori, ota-ona mehrini ular har narsadan aziz biladilar. Qimmatli kitobxon! Sevimli yozuvchimiz Xudoyberdi To‘xtaboyevning siz, aziz kitobsevar do‘stlarimiz uchun taqdim etilayotgan mazkur kitobida ana shu mavzu qalamga olingan. Asarning yozilganiga oradan ancha fursat o‘tgan bo‘lishiga qaramay, u badiiy qimmatini hamon yo‘qotmagan, aksincha, har bir kitobxon ushbu asarni har gal qo‘liga o‘zgacha mehr va iztirob bilan oladi. Mol-dunyoni har narsadan ustun bilgan va oxir-oqibatda guldek farzandlarining achchiq qismatiga sabab bo‘lgan ota-ona haqida hikoya qiluvchi mazkur asar umid qilamizki, yana bir karra o‘zining yangi o‘quvchilarini kashf etadi
-
To‘siqlarga qaramay sevdik
Mirach Chag‘ri Oqtosh,Mirach Chag'ri Oqtosh Antaliyaning Manavgattumanida tavallud topgan va boshlang'ich o'quv yillarini Manavgat o'rta maktabida tamomlagan. Mirach Chag'ri Oqtosh o'zining ilk mualliflik kitobini maktabda yuqori sinflarda o'qib yurgan kezlari kitobxonlarga taqdim etgan.
-
Султон Жалолиддин
Э.Самандар,Романдаги асосий нарса жанг-жадаллар эмас, балки шундай бешафқат шароитда одамлар ўзларини қандай тутганликда, уларнинг онг ва руҳиятида содир бўлган эврилишлар жозибасини Озодлик ғоясининг мўъжизакорлигидадир.
-
Tom Soyerning boshidan kechirganlari
Mark Tven,Adib mazkur asarida yosh, o‘ta qiziqqon vasho‘x, chigal to‘siqlardan ham qiynalmay o‘ta oladigan, og‘ir va murakkab sharoitlarda ham o‘zini tuta biladigan, uddaburon bola Tom Soyer haqida hikoya qiladi. Tomning o‘ta makkor va firibgar hindi Joning iziga tushishi va undan qo‘rqmasligi, g‘ayritabiiy xayollar olamida yurishi butun shaharcha ahlini, hatto Tomning do‘stlarini ham hayratga soladi. Doimo unga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lgan uztozi ham, uning sho‘xliklarini tanqid ostiga oladigan Polli xola ham oxir-oqibat Tomdagi jasoratga qoyil qoladilar
-
Ёлғизликнинг юз йили
Габриэль Гарсиа Маркес,Жанубий Америкада яшаб ижод этган адиб Габриэль Гарсиа Маркеснинг испан тилида ёзилган "Ёлғизликнинг юз йили" ("Cien anos de soledad") романининг ушбу нашри ҳозирги давр китобхонларининг талаб ва илтимосларига асосан қўшимча иқтибослар ва асар ҳозирги ўзбек адабий тили қоидалари асосида қайта таҳрирланди.
-
Тўққиз хоқон салтанати
Низом Шавкат,Хар бир миллатнинг хавасга арзигулик томонлари бор. Буни туркийга татбик этсак, ишлари юз карра, минг карра фахрланишга муносиб булиб чикади. Зеро, шон-шухрат илинжида халлослаган элу элатлар ичида у биринчи уринда турса ажабмас. Биз куйида шу халк утмишини ёритишга харакат килдик.
-
Vido
Odil Yoqubov,O'zbekiston xalq yozuvchisi, iste'dodli adib Odil Yoqu- bov o'nlab hikoyalar, qissalar, romanlar, pyesalar muallifidir. U badiiy asarlarida ular xoh hikoya, xoh qissa, xoh roman bo'lsin, hamma-hammasida insonlardagi ma'naviy- axloqiy fazilatlarni ardoqlashga, mehr-oqibatni ulug'lashga, sevgi-muhabbatni qadrlashga intilgan.Hikoyalar xazinasi» rukni ostida «Vido» kitobiga adibning eng sara hikoyalari jamlangan bo'lib, ushbu hikoya- larda turli xarakterdagi insonlarning taqdiri, kechinmalari, o'y-fikrlari, voqea-hodisalar o'ziga xos san'atkorona tarzda hayotiy tasvirlangan. Taqdim etilayotgan hikoyalarda o'sha davr ruhini saqlab qolish maqsadida shaharlar va atamalar nomi asliyatga asosan qoldirildi