-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
Yarimo'tkazgichlarning optik va fotoelektrik xossalari
D.E.Koshchanova, D.SH.Razzokov,Fizika, -
-
Farmakologiya, farmatsiya, toksikologiya,
-
Shaharlarni rejalashtirish, qurilish va rekonstruksiya qilish
O.A.Bader, B.I.Mutalova,Arxitektura, -
Ўзбекистон шароитида энергия самарали биноларни лойиҳалаш
Маракаев Р.Ю., Норов Н.Н.,Arxitektura, -
Ҳисоблаш математикаси ва программалашдан лаборатория ишлари
А.А.Абдуқодиров, Э.И.Кузнецов,Matematika, -
-
-
Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi
X.Vaxobov, A.A.Abduqosimov, N.R.Alimkulov,Tabiiy fanlar, -
-
Oziq-ovqat konsentratlari ishlab chiqarish,
-
Umumiy falsafa,
-
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
Inter'yer va jihozlash: zamonaviy interyerda yoritish va axborot tizimlari
Qodirova Surayyo Adilovna, Raximov Lazizbek Shahnazarovich,Arxitektura, -
-
O‘simliklarning kasalliklari va ularga qarshi kurash (fitopatologiya),
-
-
Qishloq xo‘jalik o‘simliklari va o‘rmonlarni zararkunandalar, kasalliklar va zararli meteorologik omillardan himoya qilish,
-
Texnologik jarayonlarda mahsulot sifatini boshqarish
Xodjayev.Q.SH.,Ushbu o'quv qo'llanma 60721300 Paxtani dastlabgi ishlash texnologiyasi yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda paxta tolazash korxonalaridan chiqadigan mahsulotlar paxta, paxta tolasi, momiq, chigit, jun va kanob tolalari sifat ko'rsatkichlari hamda, ularni aniqlash tartibi keltirilgan.
-
Yarimo'tkazgichlarning optik va fotoelektrik xossalari
D.E.Koshchanova, D.SH.Razzokov,Ushbu o'quv qo'llanma Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat Universiteti fizika ge lanma universitetlarning 70530504 Yarimo'tkazgichlar fizikasi yo'nalishlari bo'yicha ta'lim sizyotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Unda Yarimo'tkazgichlar fizikasi to'g'risida umumiy ma'lumotlar, ularning kristall tuzilishi va zonalar nazariyasi, elementlari, xususiyat va parametrlari hamda fizik xususiyatlariga doir mantiqiy amallar, haqida ma'lumot va boshqalar keltirilgan. Undan tashqari universitetlarning "elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari ta'lim yo'nalishlari talabalari va texnika oliy o'quv yurtlarining talabalari ham foydalanishlari mumkin.
-
Стилистика русского языка
С.А.Рузметов, У.Р.Махмудов,Данное учебное пособие представляет собой издание,которое адресовано магистрантам и студентам, изучающим стилистику русского языка. В ней в логической последовательности приводится материал по следующим модулям указанной дисциплины: 1) Стилистика как наука: основные категории и понятия 2) Стилистика в аспекте уровней языка 3) Функциональные стили современного русского языка. Каждая предлагаемая тема в пособии содержит сжатый теоретический материал, контрольные вопросы и тестовые задания для самопроверки, опорные схемы и таблицы, ссылку на видеоматериал для закрепления темы и подборку интересных фактов в целях повышения мотивации.
-
Фармакогнозия
Р.А.Алимова, М.Т.Сагдиев, Б.А.Адилов, М.С.Абдуллаева,Ушбу ўқув қўлланма 5411100 - “Доривор ўсимликларни етиштириш технологияси ” йўналиши талабалари учун мўлжалланган. Қўлланмада доривор ўсимликлар ва уларнинг тавсифи бўйича назарий тушунчалар баён этилган. Ҳар бир бобда доривор хом ашёлар таркибидаги асосий биологик фаол моддаларнинг тузилиши, физик-кимёвий хоссалари, уларни макро ва микроскопик, биокимёвий тахлил этиш йўлларига таълуқли лаборатория машғулотлари келтирилган бўлиб, бу талабаларни фанни чуқур ўзлаштиришларида муҳим ахамиятга эга. Қўлланмада УзР Давлат Фармакопеясида рўйхатга олинган ҳамда мамлакатимизда кенг тарқалган ўсимликлар (хом ашё) келтирилган.
-
Shaharlarni rejalashtirish, qurilish va rekonstruksiya qilish
O.A.Bader, B.I.Mutalova,Mazkur qo'llanmada shaharlarni rejalashtirish, qurish va rekonstruksiyalash tasnifi, ularning shahar xo'jaligini obodonlashtirishdagi o'rni, konstruktiv yechimlari, ulardan samarali foydalanish masalalari ochib berilgan. Unda har bir muayyan holda samarali usullar qo'llash, murakkab hollarda loyihalashning muqobil usullaridan foydalanish va shu asosda sharsozlikning oqilona yechimlarini topish masalalari ko'rilgan.
-
Ўзбекистон шароитида энергия самарали биноларни лойиҳалаш
Маракаев Р.Ю., Норов Н.Н.,Ўқув услубий қўлланмада иссиқлик тежаш имконини берувчи биноларни лойиҳалаш ва тадқиқ қилиш тўғрисидаги назарий ва илмий-амалий маълумотлар, конструктив ечимлар, уларга баҳо бериш ва турли хил гелиосистемаларни қўлланиши ҳақида маълумотлар берилган. Бугунги кунда қуёш нуридан бинони иситишда ва иссиқ сув билан таъминлашда фойдаланиш бўйича тадқиқот, тажриба синовлар ва амалий ишлар олиб борилмоқда.
-
Ҳисоблаш математикаси ва программалашдан лаборатория ишлари
А.А.Абдуқодиров, Э.И.Кузнецов,Ушбу қўлланма "ҳисоблаш математикаси ва дастурлаш" курсига донр лаборатория ишлариии ва уларни ечишга оид қисқача назарий маълумотларни ичига олади. Қўлланмадаги лаборатория ишларини бажаришда БЕЙСИК дастурлаш тилидан фойдаланилган.
-
Электр ўлчаш асбоблари
Ш. М. Алукер,Китобда электр ўлчаш асбобларининг тузилиши, уларни ишлатиш ва ремонт қилишнинг асосий масалалари баён қилинган. Ушбу ўқув қўлланма 288 саҳифадан иборат бўлиб, узоқ йиллар давомида олий ва ўрта махсус таълим муассасаларининг электротехника ва энергетика йўналишларида асосий манбалардан бири сифатида қўлланилган.Китобда электр ўлчашлар соҳасининг ўша даврдаги энг муҳим ва фундаментал жиҳатлари батафсил баён этилган.
-
Urbanistika va shaharsozlik
Oripova Sarvinoz Abduqaxor qizi,Mazkur o‘quv qo‘llanma urbanistika va shaharsozlik fanining mazmun-mohiyati, rivojlanish bosqichlari hamda zamonaviy urbanizatsiya jarayonlarining ilmiy asoslarini o‘rganishga qaratilgan. Unda shaharlarning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik ahamiyati, barqaror shahar rivojlanishi tamoyillari, shahar rejalashtirishning zamonaviy usullari va texnologiyalari keng yoritilgan. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasida urbanizatsiya jarayonlari, shaharsozlik sohasida kuzatilayotgan dolzarb muammolar, ularni hal etish yo‘llari hamda davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratilgan.
-
Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi
X.Vaxobov, A.A.Abduqosimov, N.R.Alimkulov,Ushbu o’quv qo’llanmada materiklar va okeanlarning umumiy tabiiy geografik xususiyatlarini tavsiflash, ularning geografik o’rni, chegaralari, o’rganilish tarixi, geologik tuzilishi, muzliklari, rel’efi, foydali qazilmalari, iqlimi va iqlim mintaqalari, ichki suvlari, tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosi, tabiat mintaqalari, antropogen landshaftlari va tabiatni muhofaza qilish tartibida berilgan. Umumiy tabiiy geografik tavsifdan keyin materiklarning regional tavsifi berilgan. Okeanlarning tabiiy geografik tavsifi Dunyo okeani tabiatining asosiy xususiyatlari - okean tagining geologik tuzilishi va rel’efi, suvlari, okeandagi hayot, okean yuzasidagi va okean tagidagi geografik zonalar, okean tabiatini muhofaza qilishning asosiy muammolari tizimida yoritilgan. O’quv qo’llanma 5110500-geografiya o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi talabalari va geografiya fani bilan qiziquvchilarga mo’ljallangan.
-
Geografiya ta'limi metodikasi
Vaxobov H.,Maskur o’quv qo’llanma universitetlarning 5440500-geografiya mutaxassisliklari talabalariga shuningdek, geografiya o’qituvchilari tayyorlaydigan pedagogika universitetlari va institutlarning talabalariga hamda maktab geografiya o’qituvchilari uchun mo’ljallangan. Maskur o’quv qo’llanma kirish va olti qismdan iborat. Birinchi qismGeografiya o’kitish metodikasi fanining maksadi va vazifalariga hamda ushbu fanning rivojlanish tarixiga bag’ishlangan. Qo’llanmaning ikkinchi qismi- O’qitish metodlariga qaratilgan, unda yangi pedagogik va axborot texnologiyalariga katta e’tibor berilgan. O’quv vositalariga o’quv qo’llanmaning 3-qismi bag’ishlangan, qo’llanmaning 3-qismi geografiya darsi va uning turlariga bag’ishlangan. Unda geografiya darsiga qo’yiladigan talablar, geografiya darsining tuzilishi va o’lchamlari hakida bilimlar yoritilgan. Maktabdan va sinfdan tashqari ishlar qo’llanmaning beshinchi qismida berilgan. Unda o’quv sayoxatlari, to’garaklar, olimpiadalarni o’tkazishni ilmiy-metodik asoslari yoritib berilgan. Maktab geografiya predmetlarining mazmuni oxirgi qismda berilgan.
-
Oziq-ovqat qo'shimchalari
Baxtiyarov Sardorbek,Ushbu o'quv qo'llanma, «Oziq-ovqat texnologiyasi» yo'nalishida ta'lim olayotgan bakalavrlarga o'quv qo'llanma sifatida foydalanishga mo'ljallangan.
-
Falsafaning mohiyati va jamiyat taraqqiyotidagi roli
G'ulamov Obidjon G'ayratovich,Mazkur uslubiy qo'llanma Falsafaning mohiyati va jamiyat taraqqiyotidagi roli mavzusining tahliliga bag'ishlangan. Unda "Falsafa" atamasining kelib chiqishi, dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va funksiyalari, dunyoqarashning tarixiy shakllari, falsafaning jamiyatdagi ahamyati va roli yoki amaliy falsafa, hozirgi dunyoda falsafaning ahamyati tushunchalari bilan bog'liq ilmiy fikr-mulohazalar keltirilgan.
-
Теплотехника ва гидравлика асослари
О.В.Черняк,"Теплотехника ва гидравлика асослари" китобида гидравлика, назарий термодинамика ва иссиқлик алмашинувига оид масалалар баён қилинган; иссиқлик алмашинув аппаратлари ҳақида тушунча берилган; Электр станциялар ва ёқилғининг барча турлари тўғрисида келтирилган; ўтхоналарнинг асосий турлари, шунингдек, қозон агрегатининг ишлаш принципи кўриб чиқилган.
-
Токарликнинг махсус технологиясига оид топшириклар
И.П.Максимов,Қўлланмада қирқиш режимини аниқлашга ва кескич асосий бурчакларини ҳисоблаш ҳамда танлашга, материалларга ишлов бериш технологиясига, станокларни созлаш ва тузатишга, асбоблар заготовкасининг геометрик параметрларини аниқлашга, ишлов бериш технологик жараёнини тузишга оид топшириқлар берилган.
-
Inter'yer va jihozlash: zamonaviy interyerda yoritish va axborot tizimlari
Qodirova Surayyo Adilovna, Raximov Lazizbek Shahnazarovich,Mazkur darslik zamonaviy interyerda yoritish va axborot tizimlari loyihalashda talabalarga oson tushunarli tarzda ma'lumotlar keltirilgan. Arxitekturaviy loyihalashda "Interyer va jihozlash" boshlang'ich me'moriy asos bo'lib, zamonaviy va me'yoriy qoidalarga asoslanib tushuntiriladi. Barchamizga ma'lumki, har qanday ichki tuzulishini zamonaviy va me'yoriy qoidalarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Ya'ni arxitekturaviy loyihalashda "Interyer va jihozlash" bosqichma-bosqich amaliy ravishda to'liq o'tilishi natijasida yangi ichki tuzilishlar yuzaga keladi.
-
Stress psixologiyasi
Iskandarov E.G'.,Stress psixologiyasi insonning tashqi va ichki omillarga nisbatan bildiradigan ruhiy hamda fiziologik reaksiyalarini, stressning yuzaga kelish mexanizmlarini va shaxsning emotsional barqarorligiga ta'sir etuvchi omillarni o'rganuvchi psixologiya fanining muhim yo'nalishlaridan biridir. Ushbu soha stressorlarning tabiati, ularning kognitiv baholanish jarayonlari, shaxsning moslashuv strategiyalari hamda stressni boshqarish usullarini ilmiy asosda izohlaydi. Stress psixologiyasi shaxsning psixik salomatligini mustahkamlash, stressni kamaytirish va sog'lom moslashuvni rivojlantirishga xizmat qiluvchi nazariy hamda amaliy tamoyillarni yoritadi. Mazkur qoʻllanmada stressning psixologik jarayonlari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinib, ularni samarali boshqarish bo'yicha zarur bilimlar bayon etilgan.
-
Ғўза касалликлари
М.А.Каримов,Қишлоқ хўжалиги олий ўқув юртларининг студентлари учун ғўза касалликларига доир адабиёт кам бўлганлигини хисобга олиб,мазкур қўлланмани нашр эттириш зарурати туғилди Қўлланмада ғўзада учрайдиган барча касалликлар ва уларга қарши кураш чоралари батафсил ёритилган.
-
Ғўзани суғориш
Н.Ф.Беспалов,Турли тупроқ шароитида суғориш режимини мақсадга мувофиқ ташкил этиш пахтачиликдаги долзарб масалалардан биридир.Бу китобда ишлаб чиқариш тажрибалари асосида республикамиз жанубий районларида ўрта ва ингичка толали ғўза навларининг суғориш режими баён қилинади.Сув танқис шароитда зовур сувларидан фойдаланиш бўйича илмий асосланган маслаҳатлар берилади.Гидромодул районлар бўйича суғориш режими илова қилинади.
-
Ўсимликлар физиологияси ва микробиология асосларидан амалий машғулотлар
Г.Д.Мустақимов,Бу китобда ўсимликларнинг ўсиш ва ривожланиш процесслари,табиатда учрайдиган зарарли ва фойдали микроорганизмлар,улар устида олиб бориладиган амалий машғулотлар ҳамда бу машғулотларни бажариш вақтида ишлатиладиган буюм ва реактивлар қисқача ва тушунарли қилиб баён этишга ҳаракат қилинади.