-
-
-
Konstitutsion huquq,
-
O`zbekiston respublikasi konstitutsiyasi va fuqarolarning siyosiy huquqlari
Bekov Ihtiyor, Husainov Ulug`bek,Konstitutsion huquq, -
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va jamoat birlashmalari
Xamidova Kamola,Konstitutsion huquq, -
Konstitutsion huquq,
-
-
Qurilishda metrologiya standartlashtirish va sifat nazorati.
Q.S.Abdurasulov, B.F.Hobilov, M.Q.Nazarova,Iqtisodiyot, -
Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi,
-
-
Oliy ta’lim. Oliy ta’lim pedagogikasi. Bakalavr. Magistratura,
-
Oliy ta’lim. Oliy ta’lim pedagogikasi. Bakalavr. Magistratura,
-
Oliy ta’lim. Oliy ta’lim pedagogikasi. Bakalavr. Magistratura,
-
Maktabgacha tarbiya. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi,
-
Maktabgacha tarbiya. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi,
-
Maktabgacha tarbiya. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi,
-
Maktabgacha tarbiya. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi,
-
"Milliy tarbiya asoslari" fanidan seminar va amaliy mashg'ulotlarni interfaol metodlar asosida tashkil qilish
H.R. Shernafasova, D.H. Safayeva.,Maktabgacha tarbiya. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi, -
Maktabgacha tarbiya. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi,
-
-
Россия узра момақалдироқ
Андрей Алдан-Семёнов,А.Алдан-Семёнов мамлакатимизда, шунингдек чет-элларда "Қизил ва оқ" ва "Океан соҳилида" номли тарихий романлари билан кенг танилган. Ёзувчининг ушбу китоби эса Михаил Васильевич Фрунзе ҳаёти ва фаолияти бағишланган. Фрунзе бу повестда давлат арбоби, Музаффар саркарда, дилкаш инсон сифатида гавдаланади.
-
Конституция ва оила
Отахўжаев Фозилхўжа,“Оила жамиятнинг асосий бўғинидир ҳамда давлат ва жамият муҳофазасида бўлиш ҳуқуқига эга”, дейилади Ўзбекистон Республикасининг Конституциясида. Оилада фарзанд дунёга келади ва камол топади. Унда миллат яшайди. Эр-хотин, фарзандлар, уларнинг ўзаро муносабатлари амалдаги қонун ҳужжатларимизда нечоғли акс этган. Ушбу рисолада ана шулар ҳақида баён қилинади. Рисола кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
Ўзбекистон Республикасининг конститутцияси ва халқ ҳокимиятчилиги
Аҳмедов Даврон,збекистон давлатининг асосий қонуни бўлиб, унда давлат тузилиши, жамият ҳаётининг асосий тамойиллари ҳамда фуқароларнинг ҳуқуқ ва эркинликлари мустаҳкамланган. Конституция мамлакатда демократик давлат ва фуқаролик жамиятини барпо этишнинг ҳуқуқий асосини белгилайди. Конституцияда халқ ҳокимиятчилиги муҳим тамойил сифатида белгиланган. Унга кўра, давлат ҳокимиятининг ягона манбаи — халқ ҳисобланади. Халқ ўз ҳокимиятини бевосита, яъни референдумлар ва сайловлар орқали, шунингдек ўз вакиллари орқали амалга оширади. Халқ ҳокимиятчилиги принципи фуқароларнинг давлат бошқарувида иштирок этиши, сайлаш ва сайланиш ҳуқуқи, давлат органлари фаолияти устидан жамоатчилик назоратини амалга ошириш имконияти билан намоён бўлади. Шу тариқа Конституция мамлакатда демократияни мустаҳкамлаш ва халқ иродасини амалга оширишда муҳим ҳуқуқий асос бўлиб хизмат қилади.
-
O`zbekiston respublikasi konstitutsiyasi va fuqarolarning siyosiy huquqlari
Bekov Ihtiyor, Husainov Ulug`bek,O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlatning asosiy qonuni bo‘lib, unda mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tizimi hamda fuqarolarning huquq va erkinliklari mustahkamlab qo‘yilgan. Konstitutsiya fuqarolarning davlat boshqaruvida ishtirok etishi, erkin fikr bildirish va jamiyat hayotida faol qatnashish huquqlarini kafolatlaydi. Konstitutsiyada fuqarolarning siyosiy huquqlari alohida o‘rin egallaydi. Unga ko‘ra fuqarolar saylash va saylanish, davlat organlari faoliyatida ishtirok etish, siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalarini tuzish, tinch yig‘ilishlar o‘tkazish hamda fikr va so‘z erkinligiga ega. Bu huquqlar fuqarolarga mamlakat siyosiy hayotida faol qatnashish imkonini beradi va demokratik jamiyatning rivojlanishiga xizmat qiladi. Shu tariqa Konstitutsiya fuqarolarning siyosiy huquqlarini himoya qiluvchi asosiy huquqiy hujjat bo‘lib, davlat va jamiyat rivojida muhim ahamiyatga ega.
-
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va jamoat birlashmalari
Xamidova Kamola,O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 13 yilligiga bag`ishlanadi.O‘zbekiston Respublikasining “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonuni fuqarolarning ixtiyoriy ravishda birlashib, turli ijtimoiy, madaniy, siyosiy va boshqa manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish uchun tashkil etadigan jamoat birlashmalarining huquqiy asoslarini belgilaydi. Qonunda quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi: jamoat birlashmalarini tuzish tartibi;ularning huquq va majburiyatlari;davlat bilan o‘zaro munosabatlari;ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni;jamoat birlashmalarining faoliyatini to‘xtatish yoki tugatish tartibi. Ushbu qonun fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga, fuqarolarning jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga va ularning manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.
-
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси ва Вазирлар Маҳкамаси
Э. Рахманов,Ушбу рисолада Ўзбекистан Республикасининг Ҳукумати Вазирлар Маҳкамасининг конституциявий мақоми ёритилган. Рисоланинг асосий мақсади, мустақилликни қўлга киритиш ва уни мустаҳкамлаш билан боғлиқ мураккаб шароитда амалга оширилаётган изчил ислоҳотлар давомида давлат ҳокимиятининг ижро органларини ташкил этилиши ва улар фаолиятининг конституциявий-ҳуқуқий жиҳатдан белгиланишига конституциявий ҳуқуқ фани нуқтаи назаридан баҳо бериш ҳамда ижро этувчи ҳокимият органлари тизимининг конституциявий-ҳуқуқий механизмини Ўзбекистон Республикасининг ўзига хос тараққиёт йўли ва хорижий тажриба билан уйғунлаштирилган ҳолда баён этишдан иборат. Рисола кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
Дороги шли через войну
А.М.Александров,Три фронтовых друга — русский Юрий Дронов, армянин Виктор Мурадян, таджик Мирзо Бобаджанов — прошли жестокие испытания на непомерно длинной и трудной дороге войны. Об их судьбе и испытанной в боях дружбе, о героических подвигах и послевоенных встречах рассказывается в повести «Дороги шли через войну». Тему подвига на войне, интернациональной дружбы и боевого братства автор продолжает и в очерке «Тихмяновская высота». Для массового читателя.
-
Qurilishda metrologiya standartlashtirish va sifat nazorati.
Q.S.Abdurasulov, B.F.Hobilov, M.Q.Nazarova,Darslik bino va inshootlarni loyihalash konstruksiyalarni sinash va hisoblash,ularni qurilish jarayonida baholash (metrologiya,material va konstruksiyalarni tayyorlash jarayonida sifat nazoratini amalga oshirish, hamda standartlash ishlarini boshqarish va boshqa qurilishdagi dolzarb masalalarga bag`ishiangan).
-
Қишлоқ хўжалик мелиорацияси ва сув таъминоти
Г.Г.Подгорнов,Бу китоб қишлоқ хўжалик олий ўқув юртлари ер тузиш факультетларининг студентлари учун ўқув қўлланмасидир. Унда гидравлика, гидрология ва гидрогеологияга оид асосий маълумотлар баён этилган, китобнинг асосий қисми гидротехникавий мелиорацияга бағишланган.
-
Mutaxassislikka kirish
N.R.Axmadov,Mazkur darslik 60310900-Psixologiya (amaliy psixologiya) bakalavriat ta'lim yo'nalishining oʻquv rejasidagi "Mutaxassislikka kirish” nomli fan dasturi asosida yaratilgan boʻlib, mutaxassislikka kirish, psixologiyaga tarixi, psixologiyaning zamonaviy tadqiqot metodlari, shaxs, kasb, motivatsiya, professiogramma, psixologik testlar, psixologiyaning sohalari toʻg'risidagi materiallarni oʻzida mujassamlashtirgan.
-
Mutaxassislikka kirish
Xalmirzayeva S. S.,Ushbu o‘quv qo‘llanma “Tibbiy profilaktika ishi”– 60910400 ta’lim yo‘nalishi 1 kurs talabalari uchun ishlab chiqilgan, «Mutaxassislikka kirish» fani tibbiy profilaktika ishi”– 60910400 ta’lim yo‘nalishi namunaviy o‘quv rejasining majburiy modular bloki, 1.37-punktida berilgan. O‘quv qo‘llanmada «Mutaxassislikka kirish» fanining nazariy asoslarini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy bilimlar hajmi to‘liq yoritilgan. Talabalar bilimining yakuniy darajasini aniqlash maqsadida, o‘quv qo‘llanmada vaziyatli masalalar, savollar, testlar va glossariy keltirilgan. O‘quv qo‘llanmada 6 ta jadval, 49 ta mavzularga oid rasmlar kelritilgan.
-
Mutaxassislikka kirish
Voris Axrorov, Azizuddin Khan,Ushbu darslik shaxs va jamiyat munosabatlarini tizimli tarzda oʻrganuvchi psixologiyaning muhim tarmoqlaridan biri boʻlgan mutaxassislikka kirish faniga bagʻishlangan. Unda psixologik bilimlar turlari, psixologik bilimlar tarixi, psixologiyadagi dastlabki mashhur psixologlar, psixologiya metodlari, kasbiy kamolot tushunchasi, psixologiya kasb sifatida, psixolog faoliyatining koʻrinishi va sohalari, psixolog shaxsi, kasbiy shakllanishning bosqichlari va shart-sharoitlari, psixolog faoliyatini nazorat qiluvchi axloqiy me'yorlari va etik tamoyillar, mashhur psixologlarning hayoti va ijodiy yoʻli, Oʻzbekistonda psixologiya fanining qisqacha tarixiy taraqqiyoti bayon etilgan. Ushbu darslikda zamonaviy psixologiyada bugungi kun uchun dolzarb boʻlgan mavzular qamrab olingan. Bu mavzularni yoʻritishda xorij hamda rus psixologiyasi namoyandalarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan yetuk professor-oʻqituvchilarning darslik va oʻquv qoʻllanmalaridan foydalanilgan. Darslikdan oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan psixologiya, amaliy psixologiya ta'lim yoʻnalishi talabalari, shuningdek, shu sohada faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar va psixologiya sohasiga qiziquvchi barcha kitobxonlar foydalanishi mumkin.
-
Mutaxassislikka kirish
G.Izbullayeva,Darslik «Mutaxassislikka kirish» fanini bo‘lajak o‘qituvchi, tarbiyachilarni tayyorlash, O‘zbekiston ta’lim tizimi, ta’lim muassasalarini tashkil etilishining huquqiy, me’yoriy va uslubiy asoslari, auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘quv faoliyati, kasbiy faoliyatining asosiy vazifalari, pedagoglarga qo‘yiladigan talablar va ta’lim sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bilan tanishtirishdan iborat. Oliy ta’lim davlat standarti asosida fanning namunaviy o‘quv dasturiga mos ravishda 60110100 – Pedagogika (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi) ta’lim yo‘nalishiga mo‘ljallangan mazkur darslikdan oliy o‘quv yurtlari talabalari va professor-o‘qituvchilari hamda pedagogika sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarni olib boruvchilar foydalanishlari mumkin.
-
Milliy tarbiya asoslari
Raxmonova Muqaddas Qaxramonovna,Mazkur o'quv-qo'llanma milliy tarbiya tizimining nazariy va amaliy jihatlarini chuqur o'rganish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy o'zlikni anglash va ma'naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan. Ushbu qo'llanma, avvalo, o'zbek xalqining boy madaniy va tarixiy merosiga asoslangan holda milliy tarbiya mazmunini o'quv jarayoniga tatbiq qilish imkoniyatlarini ko'rsatib beradi. Mazkur o'quv-qo'llanma pedagoglar, tarbiyachilar. ilmiy tadqiqotchilar va talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, milliy tarbiya jarayonida qo'llanilishi mumkin bo'lgan metodik tavsiyalar, amaliy usullar va namunaviy dars ishlanmalari bilan boyitilgan. Ushbu qo'llanma nafaqat ta'lim muassasalarida, balki oilaviy tarbiya, mahalla va boshqa ijtimoiy tuzilmalar faoliyatida ham samarali qo'llanilishi
-
Milliy tarbiya asoslari
H.R.Shernafasova,Mazkur no'quv qo'llanma 60110100 - Pedagogika ta'lim yo'nalishi talabalarini "Milliy tarbiya asoslari" fani mavzularini o'rganishlari uchun mo'ljallangan. Pedagogika ta'lim bakalavirlari, bo'lg'usi pedagogik faoliyat yurutuvchi kadirlar samaradorlikka erishish uchun o'quv qo'llanmadagi ma'lumotlardan ijodiy foydalanishlarini tavsiya qilamiz.
-
Milliy tarbiya asoslari
B.S.Siddiqov, I.I.Tuychiyeva,Mazkur darslik «Milliy tarbiya asoslari» namunaviy dastur asosida yaratilgan. Unda bo‘lajak o‘qituvchi, tarbiyachilarni tayyorlash, ta’lim-tarbiya tizimi, axloqiy madaniyat va axloqiy munosabatlarning o‘rni, yoshlarning ma’naviy tarbiyasini rivojlantirish va axloqiy jihatdan yetuk shaxs sifatida shakllantirish, milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analar bilan tanishtirishdan iborat. Oliy ta’lim davlat standarti asosida fanning namunaviy o‘quv dasturiga mos ravishda 60110100 – Pedagogika (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi) ta’lim yo‘nalishiga mo‘ljallangan mazkur darslikdan oliy o‘quv yurtlari talabalari va professor-o‘qituvchilari hamda pedagogika sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarni olib boruvchilar foydalanishlari mumkin.
-
Milliy tarbiya asoslari
Yakubova Zilola,Mazkur o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining 60110300- Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi ta'lim yo'nalishi talabalarda "Milliy tarbiya asoslari" fani o'quv fan dasturi asosida tayyorlangan bo'lib, ilmiy dunyoqarashni shakllantirishni, ularda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida olib borilayotgan ta’lim-tarbiya va metodik ishlarni zamon talablari darajasida yangicha yondashgan holda tashkil etish hamda milliy tarbiya negizida shaxs tarbiyasiga doir muhim davlat siyosatidagi ustuvor vazifalarini mukammal bajarishida xizmat qilishdan iborat. "Milliy tarbiya asoslari" fanida maktabgacha yoshdagi bolalarga milliy tarbiya, milliy ong, ma'naviy qadriyatlar va axloqiy fazilatlar mujassamlashgan bo'lishiga alohida e'tibor berilgan.
-
"Milliy tarbiya asoslari" fanidan seminar va amaliy mashg'ulotlarni interfaol metodlar asosida tashkil qilish
H.R. Shernafasova, D.H. Safayeva.,Mazkur uslubiy qoʻllanma pedagogika institutlarining “Pedagogika" ta'lim yoʻnalishi uchun "Milliy tarbiya asoslari" fani oʻquv dasturi asosida ishlab chiqilgan. Uslubiy qoʻllanmada "Milliy tarbiya asoslari” fanidan seminar, amaliy mashgʻulotlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar oʻz ifodasini topgan.
-
Milliy tarbiya asoslari
F.O. Mirzayeva, N.X. Voxidova, B.N. Saidova,Mazkur darslik pedagogika va psixologiya bakalavriat ta'lim yoʻnalishi uchun moʻljallangan boʻlib, u oʻz ichiga milliy tarbiya asoslari mazmuni, komponentlari, tamoyillari, metodlari shakllari va oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganish orqali tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish va milliy tarbiyaning nazariy asoslariga oid ma'lumotlarni iborat boʻlgan kurslarni qamrab olgan. Darslikda talabalar zamonaviy yondashuvlar, ilmiy-nazariy ma'lumotlar, faktlar, tarbiyaviy konsepsiyalar, ilgʻor g'oyalarni oʻzlashtirishi kelajakda ularga nafaqat hayotda mavjud muammolarni izohlash, tushuntirish, balki ularning keyingi rivojini taxmin qilish, tarbiyaviy faoliyatning oʻziga xosliklari, boshqarish usullari, pedagogik faoliyat olib borishning asosiy metod va shakllarini bilishi va ulardan foydalana olishi, talabalarda tarbiyaviy jarayonlarni tahlil qilish usullarini qoʻllash, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va boshqarishda pedagogik-psixologik tayyorgarlikka ega boʻlish kabi ma'lumotlarga ega boʻladilar.
-
Огаҳий асарлари 8-қисм
Муҳаммад Ризо Эрниёзбек ўғла,"Ахлоку-л-муҳсинийн" XV асрда яшаб ижод қилган хуросон-лик шоир ва мутафаккир Ҳусайн Воиз Кошифийнинг жаҳонга машҳур асарларидан биридир. Бу асар жаҳоннинг кўп тилларига таржима ки линган ва асрлар давомида одоб-ахлоқ бўйича асосий дарслик сифати да ўрганилган. Ушбу асарни 1858 йилда Муҳаммад Ризо Огаҳий ўзбек тилига таржима қилиб, маънавиятимиз ривожига муносиб ҳисса қўш ган. Зукко ўқувчиларга тақдим қилинаётган Огаҳий таржимасидаги "Ахлоку-л-муҳсинийн” асари сизларга манзур бўлади, деган умиддамиз.