-
Кекса мерганнинг сўнгги нишони
Мирзо А.,Бу дунёнинг ўткинчилигини яхши биламиз, бироқ кўпчилигимиз ўз билганимиздан қолмаймиз: шу қисқа ўмримизни нафсимизни қондиришнинг йулларини излаб топишга сарфлаймиз. Оқибатда тўрт оёқли чубин от ортимиздан қувиб етиб келганини сезмай ҳам коламиз.
-
Sherlok Xolms va doktor Uotsonning sarguzashtlari
Artur Konan Doyl,Bu to'plamda yozuvchining detektiv, ilmiy fantastika, sarguzasht asarlaridan saralab olingan, hayotiy dalillarga boy hikoya va qissalari joy olgan. Charlz Baskervilning g'aroyib tarzda o'ldirilishi odamlarni dahshatga soladi. Hamma ulkan mulk sohibining fosiq ajdodlari aybi uchun jazo sifatida botqoq tubidan chiqqan dahshatli it haqida turli vahima gaplarni aytishadi. Xonaki itlardan mutlaqo farq qiladigan, salobati o'rmon qora ayig'ini eslatadigan, bir oilaning iziga tushgan Baskervillar iti insonlar kabi xufiyona ish tutadi. Faqat bugina emas, mashhur izquvarlar Sherlok Xolms va doktor Uotsonning qator jinoyatlarni fosh qilishdagi bir-biridan qiziqarli sarguzashtlarini mazkur kitobdan bilib olishingiz mumkin.
-
Josus yoxud betaraf o'lka hikoyati
Jeyms Fenimor Kuper,Qo'lingizdagi ushbu kitob AQSHda yashab ijod etgan adib Jeyms Fenimor Kuper (1789-1851) qalamiga mansub "The Spy: a Tale of the Neutral Ground" romanining rus tili orqali (Ingliz tilidan rus tiliga E. A. Ber va Y. M. Shishmarevoylar "Шпион, или Повесть о нейтральной территории" nomi ostida tarjima qilishgan) Erkin Mirobidov tomonidan "Josus yoxud betaraf o'lka hikoyati" nomi ostida tarjima qilingan ko'rinishidir.
-
Oydin tunlar
Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy,Dostoyevskiy o'z asarlarida ko'pincha xo'rlangan, ijtimoiy adolatsizlikka duchor bo'lgan "kichkina odamlar "ning qismati hikoya qilingan. Shuningdek, roman va qissalarida aslzoda (dvoryan)larning ma'naviy-axloqiy tubanligini, mehnatkashlar shafqatsiz ekspluatatsiya qilinishini, rus "oqsuyaklari" tabaqasi, amaldorlari orasida ma'naviy qashshoqlik, amalparastlik, ochko'zlik va xudbinlik kabi illatlarning chuqur ildiz otganini ayovsiz fosh etadi. Uning asarlarini o'qir ekansiz, o'sha davr jamiyati va insonlar o'rtasidagi chuqur ziddiyat, ruhiy inqiroz va fojiaga guvoh bo'lasiz.
-
Saylanma
Muhammad Yusuf,O'zbek she'riyatida yetti yoshdan yetmish yoshgacha butun xalq sevib ardoqlaydigan millatimizning haqiqiy shoiri Muhammad Yusuf she'rlari qalblarga nur yanglig' kirib boradi. Shundanmi, uning nomini bilmaydigan she'riyat muxlislarini uchratish mahol. Qo'lingizdagi kitob ham Muhammad Yusuf lirikasidagi injalig-u nozikliklardan bahramand bo'lishingiz, qalbingizdagi muhabbatingiz yangilanishi uchun qaytadan nashrga tayyorlandi. Undan shoirning bir necha dostonlari va adib haqida zamondoshlarining xotiralari ham o'rin olgan.
-
Shuhrat
Ergashbay Matyakubov,Darhaqiqat, Shuhratning hikoya, qissa yoki romanlarini o'qir ekansiz, ularning aksariyatida, tinchlik mavzusi, dushmanga nafrat. Ona Vatanga muhabbat, do'stlik, mehr-oqibat, millatlararo totuvlik tarannum etilganiga guvoh bo'lasiz. Shuningdek, bir qancha hikoya va qissalarida esa yoshlarni ilm olishga, savodli bo'lishga undaydigan fikrlarga duch kelasiz. Masalan ushbu to'plamga kiritilgan "Otangga rahmat!", Komandirning hikoyasi" hikoyalarida yosh bolakayning o'z qishlog'ini dushmanlardan tozalashda ko'rsatgan matonati hikoya qilinsa, "Minnatdorlik hikoyasida millatlararo totuvlik g'oyasi olg'a suriladi.
-
Jinoyat va jazo
Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy,"Jinoyat va jazo" rus va jahon adabiyoti tarixidagi eng buyuk roman. Muallifning o'zi avvaliga aytganidek "bitta jinoyatning psixologik hisoboti" emas, Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy balki inson tabiati sirlarini chuqur o'rganuvchi asardir. Unda muallif abadiy savollarni ko'taradi: jinoyat va jazo, ruhiy shafqatsizlik va rahm-shafqat, qalbning o'limi va qayta tug'ilishi haqida falsafiy mulohazalar yuritadi. Muallif shunday mulohazalari orqali shiddatli syujetni ekzistensializmni eslatuvchi shaxs erkinligi haqidagi falsafiy masalalar bilan uyg'unlashtirib, adabiyot tarixidagi eng muhim romanlardan birini yaratadi.
-
Қилич ва қалқон
В. Кожевников,Вадим Кожевниковнинг "Қилич ва қалқон" романи совет разведкасининг фашистлар устидан олиб борган жасоратга тўла ишларидан ҳикоя қилади. Романда тасвирланган қаҳрамонлар совет разведкачилари руҳий оламига гўзал, иродаси ниҳоятда мустаҳкам ватанпарварлик ҳиссига эга бўлган кишилардир.
-
Қалб қасрининг султони Амир Темур
Таниқли ёзувчи Нурали Қобулнинг халамига мансуб ушбу асарда буюк бобокалонимиз Амир Темурнинг мардлиги, жасорати ва энг мухими бошқа хукмдорларникига ўхшамаган ҳассос қалби ўқувчиларга тушунарли тарзда очиб беришга харакат қилинди.
-
Abdulla Qodiriy
Ergashbay Matyakubov,O'zbekiston xalq yozuvchisi, o'zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriyning asarlarini o'qir ekansiz darhaqiqat, adibning qo'rqmasdan, haqiqatni ayta olganiga o'z davrining muammolarini ko'tarib chiqqaniga, guvoh bo'latz Adib ushbu to'plamdan o'rin olgan hikoya, ocherk va hajviyalarida axosan o'z davrining muammolarini ko'tarib chiggan.
-
Kes yulduzi
Aleksandr Belyayev,Aleksandr Belyayev "KES yulduzi" romanida kitobxonlami olimlar bilan birga samoviy sayohatga chorlaydi, ularni o'zining ilmiy va fantastik olamga jalb qiladi. Asarda Yerning sun'iy yo'ldoshi "KES"dagi hayvonlarning fikrlab gapirishi, o'simliklarning o'rmalashi va Oyning bizga ko'rinmaydigan tomonidagi tubsiz jarliklarda sodir bo'layotgan sirli hodisalar, insonning tabiatga bo'lgan munosabatini qayta ko'rib chiqishga majbur etadi. Bu tasvirlar odamlarning tafakkurini shoshiradi, ularning hayratlanishini va qo'rquvini kuchaytiradi. "KES"dagi o'simliklar va hayvonlar orasidagi aloqa, ularning insonlar bilan muloqoti, tabiatning sirli qirolligini ochib beradi. Oyning ikkiga ajralib ketishi esa uning fizik va metafizik sirlari haqidagi farazlarni yanada qiziqarliroq qilib ko'rsatadi.
-
Kashtanka
Anton Pavlovich Chexov,Rus millatiga mansub hikoyanavis adib Anton Pavlovich Chexov (1860-1904) atigi 44 yoshda dunyodan ko'z yumgan bo'lsa ham, umrining oxirlarigacha Lev Nikolayevich Tolstoy bilan hamnafas bo'lib, rus xalqini qalbiga malham bo'luvchi asarlar bitgan. Zamondoshlari va adabiyotshunos olimlar Chexovning fe'l-atvori haqida juda iliq so'zlar aytishadi. "Chexov: hazilkash, odamshinavanda, samimiy, sal tortinchoq, lekin, haqiqat uchun jonini ayamaydigan ijodkor, halol va mehribon shaxs..." It haqidagi kichik va go'yoki bolalarbop "Kashtanka" hikoyada o'sha davr jamiyatining asosiy muammolarini mujassamlashtira olgan va it fikrlari orqali inson va hayvonlar o'rtasidagi muhim munosabatlarni ko'rsatib bergan.
-
G'afur G'ulom
Ergashbay Matyakubov,O'zbekiston xalq yozarvchisi G'afur G'ulomning nasriy asarlarini o'qir ekansiz, ularning deyarli barchasida xalq g'amini, tashvishini muammolarini ko'tarib chiqqaniga guvoh bo'lasiz. Masalan, mazkur kitobdan o'rin olgan "Mening o'g'rigina bolam hikoyasida birinchi jahon urushi yillarida xalqimizning qanchalar qiynalganligini yoritadi. O'sha paytlarda yuz bergan ocharchilik, yetishmovchilik qanchalar dahshatli bo'lganligini "Qaysi burchakka, qaysi chordevorga bosh suqmang, o'n beshta yetim yuvuqsiz qo'lini cho'zib: "Amaki, non bering", deydi" jumlalari bilan tasvirlaydi.
-
Баҳорнинг ўн етти лаҳзаси
Юлиан Семёнов,1945 йил баҳор. Гитлерчилар Германиясининг сўнгги кунлари. Фашизм ўлим ёқасида етибди, аммо кураш тугаганича йўқ. Даҳшат ли, шиддатли кураш ҳали давом этмоқда. Ушбу романда ана шундай вазиятда душман уясида иш кўрган айғоқчи Максим Исаев ҳақида ҳикоя қилинади. Унинг зиммасига юкланган вазифа фашистларнинг Ғарб мамлакатлари бошлиқлари билан сепарат сулҳ тузишга урини шларини фош этиш ва барбод қилишдан иборат бўлиб, бу машаққат ли вазифани шараф билан бажаради
-
Oq so'yloq
Jek London,Mazkur asarda Oq so'yloqning tajovuzkor fe'l-atvorining mehr sari evrilishi, o'zi birga yashagan insonlardagi odatlarni o'zlashtirishi, «it - vafo» ta'rifini isbotlashi uchun uzun umr yo'llarini bosib o'tganligi haqidagi ta'riflar san'atkorona ifodalangan. Alaloqibat, mehr yurakdan chiqib, yuraklarni zabt etishi, ezgulik izsiz yo'qolishi mumkin emasligi nafaqat insonlarda, hatto vahshiy bo'ri timsolida ham o'z tasdig'ini topishi yozilmagan bir qonundir. Kitob o'zining qiziqarli voqealari bilan o'quvchini o'ziga asir etadi.
-
Кечинмалар 2
Жунайд Суави,Туркиялик ёзувчи Жунайд Суавининг 7 ёшдан 70 ёшгача мўлжалланган,ҳаммабоп ҳикоялари жамланган бу китоб дунёнинг ўндан ортиқ тилларига таржима қилинган.
-
Vatan sog`inchi. She`riy to`plam
E. Vohidov,Erkin Vohidov she'rlarini sevib mutolaa qilamiz. Boisi, shoirning soʻzi tiniq, ich-ichidan nurlanib turadi. Nafislik va zarofat, shaffoflik va dilsoʻzlik Erkin Vohidov she'riyatining umrboqiyligini ta'minlaydigan sifatlardir. Ushbu toʻplamda Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning turli yillarda yaratilgan dilbar she'rlarining eng saralari jamlangan. Ushbu saylanmada O`zbekiston Qahromoni, O`zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning turli yillarda yaratilgan dilbar she`rlarining eng saralari jamlangan.
-
Zulmat ichra nur
Mirkarim Osim,Alisherning nihoyatda o‘tkir zehnli bolgani, o'qish va yozishni juda erta o‘rganib olgani, eng muhimi - bolaligidan she’riyatga, adabiyotga g‘oyat qiziqqani haqida tarixiy asarlar guvohlik beradi. «Zulmat ichra nur» qissasida biz Alisherni to‘rt yoshligidanoq yaqindan tanib boramiz.Ushbu qissani to‘liq o‘qisangiz, Alisher Navoiy bobomizning naqadar chuqur aql, tajriba egasi bo‘lganini, u kishi oddiy dehqon bilan ham, zamona podshohlari bilan ham bemalol til topishib, murakkab muammolami oqilona hal etganini bilib ola
-
Ko'hna dunyo
Odil Yoqubov,Adib „Ko'hna dunyo" romanida ikki buyuk olimning bolaligi, ijtimoiy muhit, yoshlik yillari, ilk sevgisidan tortib, daho ijodkorga aylanguncha bo'lgan davrni jonli va rangli bo'yoqlarda tasvirlaydi. Ularning ilm-fan taraqqiyotiga qo'shgan buyuk ishlarini umumlash-tirishga harakat qiladi. Har ikki ulug' ajdodimizning hayoti va ilm-fan rivojiga qo'shgan hissasini badiiy obrazlarda aks ettirgan ushbu asar bugungi kun o'quvchisini befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz.
-
Kuntug`mish
[],Kuntug`mish dostoni tarkibidagi bu misralar sizning ruhiyatingiz va qalbingizdan allaqachon mustahkam o`rin olgan. Sizga yaqindan havola etilayotgan ushbu dostonlar guldastasida bunday satrlar mo`l-ko`l. Ularni qayta o`qish ruhiy-ma`naviy olamingizni yanada boyitish bilan birga o`zingiz mansub bo`lgan xalq ijodiga nisbatan g`urur va iftixor tuyg`laringizni yanada kuchaytirishi tabiiydir.