-
Energetikaning boshqa tarmoqlari,
-
Iqtisodiyot nazariyasi. Siyosiy iqtisod. Makro iqtisodiyot. Mikro iqtisodiyot,
-
Mikroiqtisodiyot
B.U.Todjiyev, J.A.Atajanov, Z.B.Abdukarimova, J.E.Atayev, Sh.B.Ruzmetov, S.S.San`atbekov,Iqtisodiyot nazariyasi. Siyosiy iqtisod. Makro iqtisodiyot. Mikro iqtisodiyot, -
Umumtexnikaviy fanlar,
-
-
Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va apparatlari,
-
Matematika o`qitish texnalogiyalri va loyihalash
Barakayev M., Tojiyev M., Yunusova D., Mamadaliyev K.,Maktabgacha tarbiya. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi, -
To'qimachilik mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari
A.E.Gulamov, N.M.Islambekova, A.P.Eshmirzayev, U.N.Azamatov,Umumiy texnologiya. Sanoat ishlab chiqarishning asoslari, -
Xom ashyo. Materiallar. Materialshunoslik,
-
Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va apparatlari,
-
Umumiy texnologiya. Sanoat ishlab chiqarishning asoslari,
-
Ona tili. Akademik litsey 2-bosqich o'quvchilari uchun
N. S. Sulaymonova, T. X. Xoljurayev, O. S. Usmanova, S. Y. Gazibekova, M. Yu. Karimova, S. R. Botirova, F. X. Namozova,Adabiyot, -
Adabiyot. Akademik litsey 2-bosqich o'quvchilari uchun
N. S. Sulaymonova, O. S. Usmanova, T. X. Xoljurayev, F. X. Namozova, M. Yu. Karimova, S. R. Botirova, S. Y. Gazibekova,Adabiyot, -
Ona tili. Akademik litsey 1-bosqich o'quvchilari uchun
N. S. Sulaymonova, O. S. Usmanova, T. X. Xoljurayev, F. X. Namozova, M. Yu. Karimova, S. R. Botirova, S. Y. Gazibekova,Tilshunoslik, -
Adabiyot. Akademik litsey 1-bosqich o'quvchilari uchun
N.S.Sulaymonova, T.X. Xoljoʻrayev, S.Y. Gazibekova, O.S. Usmanova, M.Yu. Karimova, S.R. Botirova, F.X. Namozova,Adabiyot, -
-
-
-
-
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning nazariy asoslari
K.R.Yakubov,Darslikda quyosh, shamol, biogazdan, vodorod, geotermal energiyadan va gibrid turdagi energiya manbalaridan foydalanishning nazariy asoslari va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishdagi xorij mamlakatidagi texnologiyalar, shu bilan birga, respublikamizdagi shu sohada qilingan va qilinayotgan amaliy ishlar keltirilgan.Darslik asosan, “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va atrof-muhit fizikasi”, “Fizika” va “Energetika” yo‘nalishi magistrantlari va shu sohalarda o‘qiyotgan talabalariga “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning nazariy asoslari” va “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” fanlaridan noan’anaviy turdagi energiya olish usullari va vositalardan foydalanish to‘g‘risidagi tushunchalarni beradi.
-
Menejment
Abdullayev Farxod,Ushbu darslik oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, menedjment fanining nazariy hamda amaliy jihatlarini uyg‘un holda yoritadi. Unda menedjmentning rivojlanish tarixi, tashkilotlarni boshqarish tamoyillari, strategik rejalashtirish, qaror qabul qilish jarayoni, kadrlar siyosati va boshqa asosiy yo‘nalishlar tizimli bayon etilgan.Darslik talabalarda strategik va tahliliy fikrlash, tizimli yondashuvni shakllantirish, shuningdek boshqaruv qarorlarini amaliyotda samarali qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
-
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
O.R.Xujaniyozova,Darslik mazkur fanni oʻrganishning nazariy va amaliy asoslarini qamrab olgan. Darslikning maqsadi pedagogik va psixologik tafakkurni shakllantirish uchun dars oʻtishda qoʻllaniladigan asosiy metodlar bilan tanishtirish, maʼruza,amaliy, seminar darslarini tashkil etish, oʻquv jarayonini tashkil etish va uni takomillashtirish, Maxsus fanlarni oʻqitish metodikasi fanni oʻrganishning koʻrgazmali, information taʼminoti asosida talabalarda Maxsus fanlarni oʻqitish metodikasi fanlaridan dars oʻtish malakasini hosil qilish boʻyicha bilim berishdir.
-
Mikroiqtisodiyot
B.U.Todjiyev, J.A.Atajanov, Z.B.Abdukarimova, J.E.Atayev, Sh.B.Ruzmetov, S.S.San`atbekov,Mazkur darslikda 60410200–Buxgalteriya hisobi ta’lim yo‘nalishi talabalari mikroiqtisodiyot fani doirasidagi yangi bilimlarni egallashlari uchun o‘ziga xos usulidan foydalanishga harakat qilindi. Ushbu kitob talabalarning iqtisodiyot dunyosidagi bilimlarning kengayishiga, hozirgi o‘zgarib borayotgan shiddatli dunyoda ularning iqtisodiy dunyoqarashlarini shakllanishiga yordam beradi. Darslik mavzu doirasidagi asosiy tushunchalarning mazmun mohiyati, muqobillar orasidan maqbul variantni tanlash maqsadida test savollari, talabalarning fikrlash qobiliyatini oshirish maqsadida to‘g‘ri va noto‘g‘ri shakllardagi fikr bildirish uchun mulohazalar, talabalarning asosiy iqtisodiy tushunchalarning mohiyatini anglab yetishi maqsadidagi moslashtirish savollari, masalalar, shu bilan bir qatorda iqtisodiyotga oid qiziqarli hikoyalarda ochiq holatda qolib ketgan jumlalarni to‘ldirish, aqlni charxlash maqsadidagi juda ko‘plab topshiriqlar to‘plamini va iqtisodiyot olamiga oid qiziqarli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
-
Метрология, стандартлаштириш ва сертификатлаштириш
Исаев Р.И. Каримова У.Н.,Метрология бўйича – алоқа техникасида қўлланилиб келинаётган метрология асослари, ўлчаш усуллари, ўлчаш воситалари, ўлчашлар бирлилигини таъминлаш тизими, соҳанинг асос метрология хизматининг вазифалари, ўлчаш хатоликлари, ўлчаш ноаниқлигини баҳолаш, ахборот ўлчаш асбоблари ва тизимлари ва интеллектуал ўлчаш тизимлари ёритилган. Стандартлаштириш бўйича – давлат ва телекоммуникация ва ахборот-коммуникация технологиялари соҳасида стандартлаштиришнинг норматив – хуқуқий асослари ва тизимлари, норматив ҳужжатларнинг даражаси, тури, уларни жорий қилиш, текшириш, қайта кўриб чиқиш, ўзгартириш ва бекор қилиш, техник қўмиталар, асос стандартлаштириш ташкилоти, штрих кодлаш тизими ва унинг норматив – хуқуқий асослари ёритилган.
-
Materialshunoslik
Sh.X. Jaloldinova,Ushbu darslik 6001123-Texnologik ta'lim yo'nalishi talabalari uchun "Materialshunoslik" fani Davlat ta'lim standarti asosida tuzilgan o'quv dasturga muvofiq tayyorlangan.Ma'ruza matn, laboratoriya ishlari sarlavha, ishning maqsadi, nazariy qism, ish bajarish jihozlari, tartibi, tekshirish savollari, hisobot yozishdan iborat. Ma'ruza matn, laboratoriya ishlarini bajarish talabalar nazariy bilimlarini amaliyotda tadbiq qilishni ta'minlaydi va mustahkamlaydi.
-
Кимёвий технологиянинг назарий асослари
Юсупбеков Н.Р.,Дарслик кимёвий технология, жумладан нефть ва углеводородларни чуқур қайта ишлашнинг назарий асосларига бағишланган. Кимёвий технология кимё ва унга алоқадор тармокларнинг асосий илмий-услубий асоси сифатида талқин қилинади. «Саноат 4.0» стратегияси асосида нефть ва табиий газни чуқур қайта ишлашнинг инновацион технологияларини яратишнинг илмий-назарий асослари шакллантирилган. Моддалар ва моддаларнинг кимёвий ўзгариши қонуниятлари кўрсатилган. Кимё-технологик жараёнларнинг термодинамик асосларини тақдим этишда термодинамиканинг биринчи ва иккинчи қонунларининг моҳияти очиб берилади ва уларнинг кимё ва кимёвий технологияда қўлланилиши кўрсатилади. Кимёвий термодинамиканинг асосий тенгламалари берилган. Эритмаларнинг турлари, уларнинг ҳосил бўлиш термодинамик шартлари, идеал эритма компонентларининг хоссалари ва характеристикалари акс эттирилган. Кимё-технологик жараёнлар ва тизимларни математик моделлаштиришда кимёвий кинетика қонуниятларидан фойдаланиш масалалари келтирилган. Кимёвий технологиянинг қурилмаларининг монанд моделларини яратиш услубияти асослаб берилган. жараёнлари ва Кимёвий реакторларни алгоритмлаш ва ҳисоблаш масалалари муҳокама қилинади, шунингдек якуний саноат маҳсулоти сифатининг виртуал анализаторларидан фойдаланган ҳолда мураккаб кимё-технологик жараёнлар ва ишлаб чиқаришларни аниқ-башоратли ва такомиллаштирилган бошқаришни таҳлил килиш ва синтезлаш масалалари келтирилган. Дарслик талабалар, магистрантлар, илмий-тадқиқот институтлари мутахассислари, конструкторлик бюролари, техника ва технология олий ўқув юртлари ходимлари учун мўлжалланган.
-
Matematika o`qitish texnalogiyalri va loyihalash
Barakayev M., Tojiyev M., Yunusova D., Mamadaliyev K.,Ushbu darslik pedagogika amaliy ta `lim muassasalarining "Matematika o`qiiish metodikasi bakalavriat yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan bo`iib. unda matematika turkimiga kiruvchi fanlar o`quv jarayonini loyihalashda pedagogik texnotogiyaning o`rni. ilmiy asoslangan tarifi, pedagogik texnotogiya va uning tarkibiy qismi bo`lgan matematika o`quv jarayonini loyihalashning metodologik va nazariy asoslari, matematika o`quv jarayonini loyihalash asosi bo`lgan pedagogik texnotogiya tamoyillari, matematika o`quv mashg`ulotlarni loyihalash metodikasi va masalalari o`rin olgan.
-
To'qimachilik mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari
A.E.Gulamov, N.M.Islambekova, A.P.Eshmirzayev, U.N.Azamatov,Тўкимачилик маҳсулотлари технологияси ва жиҳозлари» (ипак маҳсулотларини ишлаб чикариш) фанидан тайёрланган дарсликда тут ипак қуртини ривожланиши боскичлари, пиллани дастлабки ишлаш ва қуритиш технологияси, пилла чувиш технологияси, табиий ва кимёвий ипларни эшиш, ипларни эшиш машиналари ва махсус соҳада қўлланиладиган эшилган иплар, йигирилган ипак ипларини ишлаб чикариш технологияси батафсил ёритилган. Шу билан бирга таянч иборалар ва фойдаланилган адабиётлар рўйхати келтирилган.
-
Xomashyoni to'qivchilikka tayyorlash
B.X.Boymuratov, A.D.Daminov,Ushbu darslikda to'quv dastgohlarida to'qima ishlab chiqarish uchun tanda va arqoq iplarini tayyorlash bo'limi uskunalari hamda texnologik jarayonlari bo'yicha savollar keng yoritilgan. Darslikda har bir texnologik jarayonlarning maqsadi, uskunalarning tuzilishi, ishlashi, rostlanishi, unumdorliklari, jarayonlar bo'yicha chiqindilar, texnologik omillar, o'ramalarning turlari va ularning shakllanishi kabi ma'lumotlar keng berilgan. Jarayonlar bo'yicha dunyo to'qimachiligida yetakchi bo'lgan va respublika korxonalariga o'rnatilayotgan zamonaviy uskunalar keltirilgan. Darslik 5320900-"Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (to'qima)" ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan bakalavr talabalar uchun "Xomashyoni to'quvchilikka tayyorlash" fanini o'zlashtirishi uchun asosiy manba sifatida tayyorlangan bo'lib, undan magistr talabalar, soha mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin.
-
Yigirish texnologiyasi
A. Pirmatov,Ushbu darslikda yigirilgan iplarni ishlab chiqarish texnolo-giyalari, texnologik jarayonlarning maqsadi, mohiyati hamda texnologik mashinalarning tuzilishi va ishlashi bayon etilgan. Yigirish texnologiyasi oʻtimlariga mansub xomaki mahsulotlarni tayyorlash usullari va jarayonlari to'g'risida batafsil ma'lumotlar keltirilgan.
-
Tikuv buyumlari texnologiyasi
M.K.Rasulova,Ushbu o'quv qo'llanmada turli qomatlarga kiyim konstruksiyalash nazariyasi va amaliyotiga oid materiallar bayon etilgan. Yelkali va bet kiyimlari konstruktiv asoslarini qurish usullari, tipaviydan farq qiluvchi qomatlarga kiyindari loyihalash xususiyatlari, trikotaj tabiiy va sun'ly mo'yna, tabiiy va sun'iy charından zamonaviy kiyimlarni konstruksiyalash sususiyatlari, kiyimlarni loyihalashes avalashtirish masalalarini yechish usullari keltirilgan.
-
Ona tili. Akademik litsey 2-bosqich o'quvchilari uchun
N. S. Sulaymonova, T. X. Xoljurayev, O. S. Usmanova, S. Y. Gazibekova, M. Yu. Karimova, S. R. Botirova, F. X. Namozova,Mazkur ona tili fani uchun moʻljallangan darslik oʻzbek (oʻz ona tili) tilida soʻzlashuvchi guruhlar uchun tuzilgan boʻlib, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tavsiya qilgan namunaviy dastur va namunaviy oʻquv reja asosida tuzilgan. Darslik oʻquv yili davomida rejaga binoan olib boriladigan mavzularni oʻz ichiga qamrab olgan. Unda barcha fanlarga aloqador ilmiy va didaktik matnlar orqali oʻquvchining nutqiy konpetensiyalarni rivojlantiradigan mashq va topshiriqlardan foydalanish koʻzda tutilgan.Soʻz boyligini oshirish va mantiqiy savodxonlikka alohida urgʻu berilgan. Mumtoz va zamonaviy adabiyot, jahon adabiyoti durdonalari hamda bugungi kundagi dolzarb mavzular bilan bevosita bogʻliq matnlar oʻrin olgan
-
Adabiyot. Akademik litsey 2-bosqich o'quvchilari uchun
N. S. Sulaymonova, O. S. Usmanova, T. X. Xoljurayev, F. X. Namozova, M. Yu. Karimova, S. R. Botirova, S. Y. Gazibekova,Mazkur darslik adabiyot fani uchun ta’lim oʻzbek tilida olib boriladigan guruhlarga moʻljallangan , Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tavsiya qilgan namunaviy dastur va namunaviy oʻquv reja asosida tuzilgan. Darslik oʻquv kursi boʻyicha reja asosida barcha mavzularni toʻliq qamrab olgan. Darslikda oʻzbek va jahon adabiyotining yirik vakillari hayoti, ijodi va sara asarlaridan namunalar keltirilgan. Asarning mazmun-mohiyatini anglash, mantiqiy fikr yuritishga undaydigan savollar va topshiriqlarga alohida urgʻu berilgan. Mumtoz va zamonaviy adabiyot, jahon adabiyoti durdonalarini bugungi kun bilan solishtirib, oʻquvchining mustaqil fikrini oʻstirishga qaratilgan dolzarb mavzular bilan bevosita bogʻliq badiiy asar parchalari berilgan
-
Ona tili. Akademik litsey 1-bosqich o'quvchilari uchun
N. S. Sulaymonova, O. S. Usmanova, T. X. Xoljurayev, F. X. Namozova, M. Yu. Karimova, S. R. Botirova, S. Y. Gazibekova,Maskur ona tili fani uchun moʻljallangan darslik oʻzbek (oʻz ona tili) tilida soʻzlashuvchi guruhlar uchun tuzilgan boʻlib, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tavsiya qilgan namunaviy dastur va namunaviy oʻquv reja asosida tuzilgan. Darslik oʻquv yili davomida rejaga binoan olib boriladigan mavzularni oʻz ichiga qamrab olgan. Unda barcha fanlarga aloqador ilmiy va didaktik matnlar orqali oʻquvchining nutqiy konpetensiyalarni rivojlantiradigan mashq va topshiriqlardan foydalanish koʻzda tutilgan.Soʻz boyligini oshirish va mantiqiy savodxonlikka alohida urgʻu berilgan. Mumtoz va zamonaviy adabiyot, jahon adabiyoti durdonalari hamda bugungi kundagi dolzarb mavzular bilan bevosita bogʻliq matnlar oʻrin olgan
-
Adabiyot. Akademik litsey 1-bosqich o'quvchilari uchun
N.S.Sulaymonova, T.X. Xoljoʻrayev, S.Y. Gazibekova, O.S. Usmanova, M.Yu. Karimova, S.R. Botirova, F.X. Namozova,Mazkur darslik adabiyot fani uchun ta’lim oʻzbek tilida olib boriladigan guruhlarga moʻljallangan , Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tavsiya qilgan namunaviy dastur va namunaviy oʻquv reja asosida tuzilgan. Darslik oʻquv kursi boʻyicha reja asosida barcha mavzularni toʻliq qamrab olgan. Darslikda oʻzbek va jahon adabiyotining yirik vakillari hayoti, ijodi va sara asarlaridan namunalar keltirilgan. Asarning mazmun-mohiyatini anglash, mantiqiy fikr yuritishga undaydigan savollar va topshiriqlarga alohida urgʻu berilgan. Mumtoz va zamonaviy adabiyot, jahon adabiyoti durdonalarini bugungi kun bilan solishtirib, oʻquvchining mustaqil fikrini oʻstirishga qaratilgan dolzarb mavzular bilan bevosita bogʻliq badiiy asar parchalari berilgan
-
Geometriya 1-qism
I. Isroilov, Z. Pashayev,Ushbu darslik „Geometriya“ fanidan akademik litseylar uchun amaldagi dastur asosida yozilgan bo‘lib, unda „tekislikdagi geometriya“ bo‘yicha umumta’lim maktablarida amalda bo‘lgan o‘quv dasturlaridagi materiallarga qo‘shimcha juda ko‘p ma’lumotlar berilgan. Shu sababli, darslikdan umumta’lim maktablari o‘qituvchilari hamda matematika chuqur o‘qitiladigan maxsus maktab o‘quvchilari ham foydalanishlari mumkin.
-
Физика курси
М.Исмоилов,Ушбу китобнинг мақсади талабаларни физиканинг асосий ғоя ва усуллари билан таништириб, физика қонун-қоидаларидан онгли равишда фойдаланишга ҳамда келгусида физикага асосланган фанларни яхши ўзлаштиришга қаратилган. Талабалар ўзлаштирган билимларини текшириш учун ҳар бир бобнинг охирида такрорлаш саволлари келтирилган. Ўқув қўлланма алоқа техника билим юртларининг муҳандис техник ихтисоси бўйича ўқувчи талабаларга мўлжалланган ягона қўлланмадир. Ундан педагогика олийгоҳлари талабалари ва физика ўқитувчилари ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
-