-
-
Tilshunoslik,
-
-
-
Tilshunoslik,
-
Adabiy tekstlar, badiiy havaskorlikning repertuar nashrlari,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Transport vositalarini loyihalash va hisoblash
A.A.Muxitdinov, O.K.Qosimov, R.T.Xalikov,Transport asosiy masalalari, -
-
Сайланма. АДАБИЙ ПОРТРЕТЛАР. Икки жилдлик. Иккинчи жилд
Матёқуб Қўшжонов,Таниқли адабиётшунос олим, Ўзбекистон ССР Фанлар академиясининг мухбир аъзоси, Ҳамза номидаги республика Давлат мукофоти лауреати Матёқуб Қўшжоновнинг икки жилдлик сайланма асарлари чоп этилмоқда.
-
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi
Dadbayev H. A., Xolmanova Z. T.,Mazkur qo`llanma "Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi" fanining mazmun-mohiyatini yoritish maqsadida tuzilgan bo`lib, turkiy tillarning grammatik tizimi, umumturkiy taraqqiyot davri va hozirgi rivojlanish bosqichidagi fonetik-fonologik, leksik-semantik. struktur- grammatik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlami o‘zida jamlagan. Qo‘llanma o‘zbek tili, qardosh turkiy tillar va rus tilidagi mavjud adabiyotlar asosida tuzilgan bo‘lib, fanning asosiy masalalarini qamrab oladi.
-
INJENERLIK GEODEZIYASI
A.N.Inamov, J.O.Lapasov, S.I.Xikmatullayev,Mazkur o`quv qo`llanmada injenerlik geodezik ishlarning quyidagi asosiy turlari: topografik-geodezik qidiruv, chiziqli inshootlarni trassalash, inshootlar deformastiyasini kuzatish, gidrotexnik, yerosti hamda noyob inshootlarni loyihalash va qurishdagi geodezik ishlarning nazariyasi va amaliyoti bayon etilgan. Oliy o`quv yurtidagi 5111000-Kasbiy ta'lim:(5450200-Suv xo'jaligi melioratsiyasi), 5111000-Kasbiy ta'lim: (5450400-Gidrotexnika inshootlari va nasos stantsiyalaridan foydalanish), 5141100-Gidrologiya (suv oborlarida), 5340700-Gidrotexnika qurilishi (suv xo'jaligida), 5450100-Irrigatsiya tizimlari va suv energiyasidan foydalanish, 5450200-Suv xo'jaligi va melioratsiya, 5450300-Suv xo'jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish, 5450400-Gidrotexnika inshootlari va nasos stantsiyalaridan foydalanish bakalavriat ta`lim yo`nalishlari talabalari uchun mo`ljallangan.
-
Ўзбекистоннинг янги тарихи Биринчи китоб
Содиқов Ҳ , Шамсиддинов Р,«Ўзбекистоннинг янги тарихи» ҳалқимиз ва мамлакатимизнинг кўҳна ва бой тарихини чуқур ўрганиш ҳамда ҳаққоний таҳлил қилиш йўлида қўйилган дастлабки қадамдир. Бу китобнинг ёзилишида Юртбошимиз Ислом Каримовнинг: «Тарихга мурожаат қилар эканмиз, бу ҳалқ хотираси эканлигини назарда тутишимиз керак
-
ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИЯ ТЕРМИНЛАРИНИНГ ҚИСҚАЧА ИЗОҲЛИ ЛУҒАТИ
Дурдона ХУДОЙБЕРГАНОВА,Мазкур луғатда лингвокультурологияга оид асосий тер- минларнинг маъноси изоҳлаб берилган. Ундан ушбу соҳа бўйича тадқиқот олиб бораётган тилшунослар, шунингдек, филология йўналишида таълим олаётган талабалар, умуман филолог мутахассислар фойдаланишлари мумкин.
-
Ижод масьуляти
Матёлуб Кошжонов,Адабий-танкидий маколалар уларни окувчилар учун махсус йозилган китоб
-
Muloqot psixologiyasi.
M . Maxsudova,Ushbu o‘quv qo‘llanma Davlat ta’lim standartlari (DTS) talablari asosida pedagogika-psixologiya bo'limi talabalari uchun, shuningdek, kasb-hunar kollejlarining o ‘quvchilari, pedagog, psixologlar, ota-onalar uchun mo'ljallangan. Unda muloqot shakllari, vositalari, turli yoshdagi bolalarning boshqa kishilar bilan qanday muloqotda bo‘lishlari lozimligi bo'yicha amaliy maslahatlar bayon etilib, pedagogik muloqotni to‘g‘ri amalga oshirish usullari, ijtimoiy-psixologik trening orqali muloqot sifatlarini shakllantirish omillari haqida fikr yuritilgan.
-
Тупроқшунослик
Махсудов Х.М., Раупова Н.Б., Камилов Б.С., Намозов Х.Қ.,Дарслик қишлоқ хўжалик олий ўқув юртларида бакалавр таълим йўналишида ўқиётган талабалар учун мўлжалланган. Ўшбу дарслик тупроқшунослик фанининг мақсад ва вазифалари тупроқшунослик фан сифатида ривожланиши фан сифатида ривожланиши бунда рус ва ўзбек тупроқшунослик олимларнинг тарихий кашфиётлари, умумий тупроқшуносликнинг асослари тупроқ пайдо бўлиш жараёнларининг умумий схемаси, тупроқнинг таркиби ва хоссалари, унинг беосферадаги, шунингдек, қишлоқ хўжалигидагироли ва функцияларикаби масалалар батафсил баён этилган.
-
Ҳуқуқий маданият назарияси
У.Таджиханов, А.Саидов,Дарсликнинг умумий қисмида ҳуқуқий маданият назарияси фанининг предмети, методлари, асосий тушунчалари ва тузилиши баён этилади. Шунингдек унда ўзбек миллий давлатчилиги ва ҳуқуқий-тарихий тажрибалари, ҳуқуқий маданият ривожланишининг асосий тамойиллари, Ўзбекистон Конституциясининг ҳуқуқий маданият таянчи эканлиги республика ташқи сиёсати маданияти асослари ёритиб берилади.
-
Yer monitoringi
R.A.Turayev,Ushbu kitob orqali o`quvchilar mamalakatimizda yer fondidan foydalanishni tashkil etishda yer tuzish, yer kadastri va yer monitoringi ma`lumotlaridan foydalanish orqali yangi ilmiy-texnikaviy yangiliklardan xabardor bo`ladilar.
-
Gistologiya
E/Qodirov,Malumki, shu vaqtgacha «Gistologiya» kursidan dastur asosida darslik yozilgan emas. Shuni nazarda tutib, ushbu darslikda umurtqalilardan amfibiyalar, reptiliyalar, qushlar va sut emizuvchi hayvonlar to‘qimalarining gistologik tuzilishiga oid ma’lumotlar zamonaviy usullardan foydalanib, hozirgi zamon talablariga javob beradigan darajada yoritilgan. Darslik universitetlar va pedagogika institutlarining biologiya fakultetlari talabalariga mo‘ljallangan.
-
Turk tilining nazariy grammatikasi
Xudayberganova Z.,Ushbu o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlari "Filologiya va tillarni o'qitish (turk tili)" ta'lim yonalishi bo'yicha tahsil olayotgan talabalarga mo'ljallangan bo'lib, turk tilida morfologik va sintaktik sathiga oid nazariy ma'lumotlarni qamrab olgan. Qo'llanmadagi ma'lumotlar "Lingvistika (turk tili)' magistratura mutaxassisligi bo'yicha tahsil olayotgan talabalar, shu yo'nalishda ish olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar uchun nazariy ko'mak beradi.
-
Umumiy tilshunoslik
Turobov.A.M,Mazkur o'quv qo'llanmada jahon tilshunosligi tarixining bosib o'tgan taraqqiyot bosqichlari, tilshunoslik maktablari, til va nutq birliklari, tilshunoslik metodlari haqida fikr yuritildi. Umumiy tilshunoslik fanining nazariy asoslari va mehanizmlari yoritilgan bo'lib, u 5120100 filologiya va tillarni o'qitish bakalavriat ta'lim yo'nalishining "Umumiy tilshunoslik" fanidan o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etiladi.
-
Ҳуқуқий маданият назарияси 2 том
Таджиханов У., А.Саидов,Дарсликнинг маҳсус қисмида ҳуқуқни муҳофаза қилиш органларининг ҳуқуқий маданияти, қонунга итоаткорлик ва ҳуқуқий тарбия, судлов ҳуқуқий маданияти ҳамда ёшлар ҳуқуқий маданияти ва тарбиясига оид муаммолар таҳлил этилади.
-
Дийдорнома
Матёлуб Кошжонов,Азал-азалда бўлганидек, ХХ асрда ўзбек диёрида ҳам қатор улуғ сиймолар дунёга келди. Мазкур китобда шундай давлат арбоблар, адибу алломаларнинг ҳаёти, ижодий-илмий фаолияти, айрим хислатлари хусусидаги лавҳалардан иборатдир. Зотан, бу улуғ сиймоларнинг ҳаётига тегишли лавҳалар келажак авлод учун сабоқдир. Китоб кенг ўқувчилар оммасига мўлжалланган.
-
Psixologik maslahat
Zamira Nishanova, Shodiya Asomuddinova,O'quv qo'llanmada psixologik maslahatni tashkil etish texnikasi, bosqichlari, texnologiyasi kabi maslahatning qiziqarli jarayonlari aks etgan. Mazkur faoliyat psixolog mutaxassisdan maxsus, juda chuqur bilim hamda kasbiy tayyorgarlikni talab etadi. O'quv qo'llanmada psixolog-maslahatchi uchun juda muhim masalalar ustida kengroq to'xtalib o'tilgan. Qo'llanmadan oliy o'quv yurtlari pedagogika-psixologiya yo'nalishi (5140800) bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar, o'qituvchilar, ilmiy xodimlar, umuman, shu sohaga qiziqqan keng kitobxonlar ommasi foydalanishlari mumkin.
-
Жаҳолат асираси
Рустам Жабборов,Тақдир, аслида худо томонидан буюрилган инъом. Ва Аллох, таоло бизни ақл билан қам сийлаганки, нима яхши-ю нима ёмон, нима туғри-ю, нима нотуғри, биз бораётган манзил нурафшонми ёки зулматми - уларни бир-биридан фарқлаш ва муносиб қаёт йулини танлашимизни узимизга қуйиб берган
-
O`zbekiston tarixi
Q.Ergashev, H.Hamidov,Mazkur o‘quv qo‘llanmada 0‘zbekiston, o‘zbek xalqining qadimdan bugungi kungacha bosib o‘tgan boy va qiziqarli tarixi va undagi tarixiy jarayonlari xolisona tarzda yoritib berishga harakat qilingan
-
Transport vositalarini loyihalash va hisoblash
A.A.Muxitdinov, O.K.Qosimov, R.T.Xalikov,Ushbu o'quv qo'llanma avtomobil agregat,uzel va tizimlari konstruksiyalarini loyihalashda hamda ishlab chiqarilayotgan konstruksiyalarni mukammallashtirishda hosil bo'ladigan muammolarni yechish uslublarini o'rganishga bag'ishlangan.
-
Matematika tarixi
A.A.Normatov,Matematika tarixi matematikani rivojlanish tarixini, bunda xalqlarning, alohida olimlarning va olimlar kollektivining fan taraqqiyotiga qo’shgan hissalarini o’rganishni, matematik tushunchalarni, qonunlarni paydo bo’lish va ularning fandagi va hayotdagi rolini o’rganish bilan shuғullanadi.