-
-
-
-
-
-
-
-
Huquq sohalari,
-
Matematika.,
-
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
-
Kolloid kimyo (fizika - kimyo dispers sistemalar),
-
-
-
-
-
Maktabda standart va nostandart masalalar
J.Aliyeva, A.Axlimirzayev, E.Raximberdiyev, E.Qochqarov,Matematika., -
O'ZBEK DIALEKTOLOGIYASI
T. J. ENAZAROV, V. A. KARIMJONOVA, M. S. ERNAZAROVA, SH. S. MAHMADIYEV, K. G‘. RIXSIYEVA, -
-
Оддий дифференциал тенгламалар
Салоҳитдинов М. С., Ғ.Н.Насритдинов,Мазкур дарслик магистратуранинг "Математика" ( дифференциал тенгламалар) мутахассислиги стандартига мос ҳолда тузилган. Дарслик тўрт бобдан иборат бўлиб, у дифференциал тенгламалар учун классик ва ноклассик чегаравий масалаларни ва уларнинг ечиш усулларини ўрганишга бағишланган.
-
Залолатга ботма,эй инсон
Тоҳир Малик,Ўзбекистон халқ ёзувчиси Тохир Малик томонидан тартиб берилган бу китобда адиб бизларни энг ёмон иллат ҳақидаги суҳбатга чорлайди. Ҳеч биримизга сир эмаски, майхўрликка, гиёҳвандликка берилганлар, адашган бандалар орасида ўзимиз учун энг ардоқли бўлмиш инсонлар - бировимизнинг ота-онамиз, бировимизнинг оғаиниларимиз, яна бировимизнинг фарзандимиз, яқин ёки узоқроқ қариндошимиз, қўшнимиз, ҳамкасбимиз... ҳам бор. Эҳтимол улар ҳидоятдан адашганларини биларлар, эҳтимолки, билмаслар. Билмаганларга билдириб қўйиш вазифамиз эмасми? Эҳтимол улар жаҳолат ва гуноҳлар жаридан қутулмоқчилару аммо тўғри йўлга чиқишга кучлари етмаётгандир. Уларга ёрдам қўлини узатиб, иймонсизликдан қутулишга кўмаклашиш бурчимиз эмасми? Мазкур китоб ана шу хайрли ишимизда кўмак берар, иншааллоҳ!
-
МАЪНАВИЯТ ГУЛТОЖИ
ОЛИМЖОН БЎРИЕВ,Шоир Олимжон Бўриевнинг Расулуллох; саллаллоҳу алайҳи васалламга бағишланган «Мухаммад Пайғамбар, буюк муқаддис«Ал-Бухорий» шеърий қиссалари, Ҳадисларнинг шеърий талқинидан тузилган «Маънавият гултожи» мажмуаси тарихий исломий манбалар асосида яратилган. Пайғамбар — Муқаддис — Хадислар рамзий бир бутунликни ифода этади, бамисоли Қуёш— Ой — юлдузлар янглир муштарийлар қалбини мунаввар этиб, чароғонлик дунёсига етаклайди ҳамда ёш китобхонларни пок ниятли, иймон-эътиқодли, ватанпарвар, комил инсон бўлиш ва маънавий дурдоналарни қадрлашга даъват этади. Китобдан «Одобнома» дарсларида фойдаланиш мумкин. Шоир мазкур китобини Бухорои шарифнинг 2500 йиллиги ва буюк муқаддис Имом ал-Бухорий таваллудининг 1225 йиллигига бағиилайди.
-
Elektromexanika
U.T. Berdiyev N.B. Pirmatov,Darslikda turli sohalarda keng qo'llaniladigan transformatorlar, sinxron, va o'zgarmas tok mashinalarining tuzilishi, ba'zi elektr qurilmalarining boshqarish sxemalarini o'rganish bo'yicha ma'lumotlar berilgan
-
Estrada ommaviy tomoshalar rejissurasi
Egamberdiyev F.,Ushbu o`quv qo`llanmada estrada va ommaviy tomoshalar rejissurasining nazariy va amaliy asoslari, fanning o`qitishning an`anaviy va zamonaviy metodikasi haqida yozilgan.
-
Jahon etnologiyasi asoslari
Jabborov I.,Milliy mafkuraning shakllanishi 0 'zbek xalqining, ayniqsa, yoshlar ongi, bilim darajasining o'sishi bilan bevosita bog 'liq. Ularning jahon xalqlari etnik qiyofasini tasavvur qilishi, ayrim millat va elatlarning etnogenezi, etnik tarixi, moddiy-ma 'naviy hayotini, milliy his-tuyg 'ulari, tabiatini bilishi juda muhim zaruriyat desa bo'ladi. Ushbu kitobda jahon xalqlarining kelib chiqishi, etnik jarayoni, hakllanishi, joylashuvi, madaniy-maishiy turmushi, moddiy-ma 'naviy madaniyati, urf-odat va bayramlari, diniy tasavvurlari xususida batafsil ma 'lumotlar berilgan
-
-
Аҳоли ва ҳудудларни фавқулодда вазиятлардан муҳофаза қилишнинг ҳуқуқий асослари
Илёсова З. Ф.,Тўпламда Фавқулодда вазиятлар вазирлиги фаолиятини белгиловчи профилактик чора-тадбирларни олиб бориш, фуқаро муҳофазаси тузилмалари фаолиятини ташкил этишга қаратилган.
-
Elliptik tipdagi tenglamalar
U.I.Baltayeva, M.M.Xasanov, H.E.Yakubov,Uslubiy qo‘llanmaning asosiy maqsadi-oliy o‘quv yurtlarida matematika, amaliy matematika va informatika, mexanika va fizika bakalavr yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarda ”Elliptik tipdagi tenglamalar” faniga bo‘lgan qiziqishlari va bilimlarini yanada oshirishdan iborat.
-
Комплекс анализ (маърузалар)
Худайберганов Г., А.Ворисов, Ҳ.Мансуров,Мазкур қўлланма университетларнинг математика, механика, тадбикий математика ва информатика йўналишлари бўйича бакалаврлар тайёрлайдиган факультетлар талабапари учун мўлжалланган.
-
Iqtisodiy ta`limotlar tarixi
A.Razzoqov, SH.Toshmatov, N.O`rmonov,Darslikda qadimdan to hozirgi davrgacha paydo bo'lgan iqtisodiy fikr, g‘oya, qarash va ta’limotlaming mazmuni, mohiyati, ulaming evolutsiyasi va bugungi kundagi ahamiyati tarixiy ketma-ketlik asosida yoritilgan.
-
Олтой тилларида муштарак маиший лексика
Ш.Усмонова,Монографияда олтой тиллари ва шеваларидаги муштарак маиший лексика семантик-функционал, фонетик ва структурморфологик аспектларда таҳлил қилинган. Тадқиқотда туркий,муғул, тунгус-манжур, корейс ва япон тилларидаги маиший лексик бирликларнинг шаклланиши, таравдиёти, узаро муносабати, бирбирига таъсири, ясалиши, келиб чикиши, аталиш усуллари атрофлича ёритилган.
-
Fizik va kolloid kimyo
Rafikov A.S I.I.Ismoilov,Ushbu darslik bilim sohasi: 300000 - Ishlab chiqarish-texnisoha; la’Iim sohasi: 320000 - Ishlab chiqarish texnologiyalari; ta’lim yo‘nalishlari: 5320400 - Kimyoviy texnologiya (to‘qimachilik sanoati), 5320400 - Kimyoviy texnologiya (qog‘oz sanoati) 5320900 - Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (teri va mo‘ynaga ishlov berish) uchun “Fizik va kolloid kimyo” fan dasturi asosida tayyorlangan. Undan texnika oliy o‘quv yurtlarining boshqa bakalavriat yo‘nalishlari talabalari ham foydalanishlari mumkin.
-
Ferment Muhandisligi
Anvar Tadjiev,Unda talabalar Ferment muhandisligi fani yuzasida zamonavi ma'lumotlar bilan uyg'unlashgan, ilg'or pedagogik texnologiya va ushbu yo'nalishda qo'lga kiritilayotgan yutuqlar asosida tuproq, o'simlik va mikroorganizm fermentlarining tabiat, ishlab chiqarish va inson hayot faoliyatidagi tutgan o'rni va ahamiyati, fermentlarning biokimyoviy jarayonlardagi ishtiroki, tashqi muhit omillarining ta'siri hamda asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashdagi mikroorganizm va o'simlik fermentlarining ahamiyati, dunyo mamlakatlarida ferment ishlab chiqarishninig bugungi kundagi ahamiyati va tutgan o'mi to'g'risida talabalar uchun oson o'zlashtiriladigan, eslab qolish va mustaqil fikrlashga yo'naltirilgan ma'lumotlarni qamrab oladi. Shuningdek ushbu o'quv qo'llanmadan oliy o'quv yurti bakalavriat va magistratura talabalari, ushbu sohada ilmiy izlanishlar olib borayotgan doktorant, mustaqil izlanuvchi hamda erkin tadqiqotchilar uchun ham manba sifatida foydalanishlari uchun tavsiya etiladi.
-
Kaktuslar ham Gullaydi
SONGUL UNSAL,Qalbingiz g'amga botgani tufayli: "Ushbu tuyg'u doimo qal-bimning bir chetida saqlanib qoladi", - deya ich-ichingizdan his qilyapsiz. "Unuting", "Baxtli bo'ling", "O'tib ketadi" kabi gaplarni eshitishdan charchagandirsiz, balki. Shu sababli sizga: "Unuting", - demayman, ammo hayotingizni ham davom ettiring. Ko'zingizga zulmat kabi ko'rinayotgan o'z hayotingizga o'zi-ngizdan boshqa hech kim yorug'lik baxsh eta olmaydi. Bularni o'ylar ekansiz, qalbingizda borgan sari alangalanayot-gan g'am-alamlar yong'iniga to'xtashni buyuring. Bilaman: har kimning dardi o'zi uchun ortiqchalik, ko'plik qiladi.
-
Jahon xalqlari etnologiyasi
Salimov T.U,O`quv qo`llanmada "Jakon xalqlari etnologiyasi" fanini o`rganuvchi mutaxassis talabalar uchun mo`ljallangan bo`lib,unda jahon xalqlarining etnologik klassifikatsiyasi,an`anaviy xo`jaligi,turar joylari,kiyim-kechaklari,taqinchoq vabezaklari,uy-ro`zg`or buyumlari,taomlari,ichimliklari haqida so`z yuritiladi
-
Оддий дифференциал тенгламалар
Салохиддинов М.С., Насритдинов Ғ.Н.,Ушбу дарслик университетларнинг математика ва амалий математика ихтисосликлари бўйича таълим олаётган талабалари учун мўлжалланган бўлиб, ундан педагогика олийгоҳлари, олий техника ўқув юртлари талабалари учун ҳам мўлжалланган. Дарсликда дифференциал тенгламалар назариясини баён қилиш билан бирга, унинг амалий масалаларни ечишга татбиқ этилишига ҳам катта эътибор берилган
-
Maktabda standart va nostandart masalalar
J.Aliyeva, A.Axlimirzayev, E.Raximberdiyev, E.Qochqarov,Ushbu uslubiy qo`llanma maktab matematika kursida uchraydigan standart va nostandart masalalar va ulami o`rganish uslublariga bag`ishlangan. Qo`llanmada standart va nostandart masalalarning mazmun-mohiyati ochib berilgan hamda tenglamalar mavzusi bo`yicha yetarlicha standart va nostandart masalalar yechimlari biian berilgan. Ushbu uslubiy qo'llanmadan maktab, akademik litsey o`quvchilari hamda oliy o`quv yurtlarining matematika yo`nalishi talabalari foydalanishlari mumkin.
-
O'ZBEK DIALEKTOLOGIYASI
T. J. ENAZAROV, V. A. KARIMJONOVA, M. S. ERNAZAROVA, SH. S. MAHMADIYEV, K. G‘. RIXSIYEVA,Mazkur ishda mualliflar bu sohadagi bir necha yillik tajribani va ilmiyamaliy kuzatishlarini jamlab berishga harakat qilgan. Unda quyidagi bo‘limlar bor: Kirish, ma‘ruza mavzulari, ishchi o‘quv dasturi, test savollari, amaliy mashg‘ulot savollari, dialektologik amaliyot uchun ko‘rsatmalar, yozma ishlarni baholash mezonlari, “Dialektologik amaliyot” vaqtida to‘plangan materiallardan namunalar, Ilova, adabiyotlar ro‘yxati. Ularda mualliflar shu fan sohasidagi ilmiy-nazariy fikrlami qayd etib, bu fanni o‘qitishning, shuningdek, har yili ushbu fandan “Dialektologik amaliyot”ni o‘tkazish jarayoniga oid yo‘l-yo‘riqlar majmuining o‘ziga xos jihatlarini va yaratilishi lozim bo‘lgan ko‘p tomli “0 ‘zbek xalq shevalari lug‘ati”ni tuzish muammosining bugungi kungacha e‘tiborga olinmagan tomonlari haqida to‘xtalgan. Ushbu darslik filolog talabalarga, shuningdek, o‘zbek shevashunosligining dolzarb muammolari bilan qiziqqan tadqiqotchilarga mo‘ljallangan
-
Комплекс анализ
Г.Ҳудойберганов, А.Ворисов, Ҳ.Мансуров,Мазкур қўлланма университетларнинг математика, механика, тадбиқий математика ва информатика йўналишлари бўйича бакалаврлар тайёрлайдиган факультетлар талабалари учун мўлажалланган.