-
-
-
-
Ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika
Farmonov Sh. Q., Turgunbayev R. M., Sharipova L. D., Parpiyeva N. T.,Matematika., -
-
-
-
-
-
Geometriya,
-
Xususiy filologiya. Tekstologiya,
-
-
-
Adabiyot,
-
-
-
-
Geometriya,
-
-
-
O'zbek Mifologiyasi
M.Jo'rayeva, D.O'rayeva,O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi grifi bilan universitetlarning 5120100 - Filologiya va tillarni oʻqitish (o'zbek tili) bakalavr ta'lim yo'nalishining 4-kurs talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan.
-
Аналитик геометрия
Бахвалов С.В,Дарслик университетларнинг физика-математика факультетлари учун тузилган программага мувофиқ ёзилган бўлиб, унда аналитик геометриянинг традицион масалалари, иккинчи тартибли чизиқлар ва сиртлар, чизиқли алмаштиришлар ва бошқалар баён этилган.
-
O'ZBEK DIALEKTOLOGIYASI
Ashirboyev Samixon,Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining o‘zbek tili va adabiyoti bakalavriat yo‘nalishi ta'lim dasturida talabalarga o‘zbek shevalari to‘g‘risida ilmiy va amaliy bilimlami berish ko‘zda tutilgan. Ushbu darslikda o‘zbek dialektologiyasining nazariy asoslari aks ettiriigan. Darslik ma’ruza matnlari, amaliy mashg'ulot materiallari, mustaqil ishlar mazmuni, ushbu fandan malakaviy (o‘quv) amaliyoti dasturi materiallari hamda talabalar bilimini nazorat qilish bo‘yicha testlami o‘z ichiga olgan. Unda asosiy tushunchalar o‘zbek va ingliz tillarida berilgan. Darslikdan magistrantlar, ilmiy xodimlar ham foydalanishlari mumkin.
-
Ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika
Farmonov Sh. Q., Turgunbayev R. M., Sharipova L. D., Parpiyeva N. T.,Darslik pedagogika oliy ta’Iim muassasalari "Matematika va informatika” bakalavriat ta’Iim yo'nalishi o'quv rejasidagi "Ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika" fanining amaldagi dasturi asosida yozilgan. Unda fan bo'limlari bo'yicha nazariy ma’lumot va ularga doir misollar yechib ko'rsatilgan. Bob oxirida o'z-o'zini tekshirish uchun savollar berilgan, hamda nazariy ma’lumotiarni o'zlashtirish uchun test topshiriqlari berilgan.
-
Аналитик геометрия
М. Камолов,Бу китоб олий техника ўқув юртларининг студентлари учун Олий ва махсус ўрта таълим министрлиги томонидан тасдиқлаган. Ўқув қўлланма олий математика курси программасининг аналитик геометрия қисмига мувофиқ ёзилган. Шу билан бирга, назарий масалаларнинг нуқтаи назаридан қўйилиши ва исботланиши мумкин қадар тўла-тўкис бўлишига ҳаракат қилинган, программадан ташқари берилган материаллар учраган жойларда бу масалалар билан тўла танишмоқни истаган студентлар учун керакли адабиёт кўрсатилган.
-
Баркамол авлод-келажагимиз таянчи
Қуронов Н.,Ушбу китобдан Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг асарлари, нутқ ва маърузаларида, суҳбат ва интервъюларида юртимизда ҳам жисмоний, ҳам маънавий жиҳатдан етук, ҳар томонлама баркамол авлодни тарбиялашнинг моҳияти ва аҳамяти, бу борадаги энг муҳим устувор мақсад-вазифалар ҳамда уларни амалга ошириш йўллари ҳақида билдирилган фикр-мулоҳазалари, Баркамол авлод йили Давлат дастури бўйича қабул қилинган Фармойиш ва Қарори, шунингдек, ватандошларимиз, хорижлик илм-фан номояндаларининг мамлакатимизда ёш авлод камолоти йўлида амалга оширилаётган улкан ишларга муносабати, холис ва ҳаққоний баҳолари ўрин олган.
-
Клод Гё
Виктор Гюго,Виктор Гюгонинг асарлари XX асрнинг эллигинчи йилларидан бошлаб ўзбек тилига таржима қилина бошланган. “Клод Гё” қиссасини Қ.Мирмухамедов, "Шоҳона ишрат” драмасини Э.Болидов таржима қилган. Шунингдек, Виктор Гюгонинг ўлим жазоси тўғрисида сўзлаган нутқлари таржимаси Э.Эрназаров томонидан амалга оширилган.
-
Геометрия 1- қисм
Н.Д.Додожонов , М.Ш.Жўраева,Мазкур қўлланма геометрия курсининг векторлар алгебраси элементлари ,координаталар методи , алмаштиришлар назарияси , квадратик формалар ва квадрикалар, кўпёқлар назарияси каби бўлимларни ўз ичига олади.
-
O'zbek tili tarixi
NASIMXON RAHMONOV , QOSIMJON SODIQOV,Mazkur darslik qadimgi turkiy tilning shakllanishi va taraqqiyoti bosqichlarini, tilning etnik jarayon bilan bog'liq jihatlarini va qadimgi turkiy laming yozuv xususiyatlarini, qadimgi turkiy tilning fonetik qurilishini, leksik qatlamini, morfologik tuiUishini, sintaktik-stilistik xususiyatlarini o 'z ichiga oladi. Shuningdek, turkiy tillar tarixini davrlashtirishga oidyangicha qarashlar ham mazkur darslikdan o ‘rin olgan. Turkiy xalqlar bir necha asrlar davomida istifoda etgan turkiy-run, eski uyg‘ur, moniy kabi qator yozuvlarning tarixiy taraqqiyoti, qadimgi turkiy tilning manbalari ham turkologiyaning keyingi yutuqlari asosida tahlil qilingan. Tel
-
Аналитик геометрия ва чизиқли алгебрадан масалалар ечиш бўйича қўлланма
Латипов Х.,Уқув қўлланма олти бобдан иборат бўлиб, хар бир бобда амалий машғулотда ечиладиган мисол ва масалаларни ечиш учун зарур қисқача назарий маълумотлар берилди.
-
Хоразм достонлари: Ошиқнома 2-китоб
С.Р. Рўзимбоев,Ушбу нашрга Хоразмда кенг тарқалган ишқий-саргузашт мавзусидаги туркум достонлар жамланган. Мажмуага киритилган достонларнинг барчаси тошбосма ва қўлёзма нусхалари асосида тайёрланган.
-
Адабиётшунослик асослари
Т.Бобоев,Mazkur kitob muallifning "o'qituvchi" nashiriyoti tomonidan 1979 yilda chop etilgan adabiyotshunoslikka kirish kursi bo'yicha o'quv-metodik qo'llanmasining qayta ishlangan va to'dirilgan ikkinchi nashridir
-
Matematik analiz 1-qism
Turgunbayev R. M.,Ushbu darslikda matematik analizning analizga kirish, bir o`zgaruvchili funksiyaning differensial va integral hisobiga oid nazariy materiallar to`liq berilgan. Nazariy holatlarni iochib beruvchi misol va masalalar keltirilgan.
-
Хоразм достонлари: Ошиқнома 1-китоб
С.Р. Рўзимбоев, Г.О.Эшчонова, С.С.Рўзимбоев,Ушбу нашрга Хоразмда кенг тарқалган ишқий-саргузашт мавзу сидаги "Ошиқ" туркуми достонларига яқин бўлган ва негизида эртак сюжетлари ётган ишқий-фантастик достонлар жамланган.
-
Elektr tizimlarni loyihalash
N.T. Toshpo`latov,Darslik elektr tizimlari loyihalash fanining namunaviy dasturi asosida 5310200 elektrenergetikasi suv xo`jaligida bakalavr ta`lim yo`nalishda tahsil olayotgan talabalar uchun yozilgan.
-
XX аср Ўзбек шеърияти анталогияси
А.Орипов ва бошқалар,XX аср узбек шеърияти истеъдодларга бой ва ранг-барангдир. Бу давр назмида ҳар бир шоирнинг ўзига хос бадиий-эстетик оламини курсатадиган асарлар оз эмас. Уларни одам кумсайди. Гоҳида такрор ва такрор мутолаа қилгиси келади. «XX аср ўзбек шеърияти антологияси»ни тузувчилар уни тайёрлашда ўқувчи руҳиятидаги ана шу маънавий эҳтиёжни эътиборга олишга ҳаракат килдилар. Ушбу анталогия шеърият мухлисларига узига хос совға булибгина қолмай, ундан олий ўқув юртларида, коллеж, лицей ва ўрта мактабларда қўшимча ўқув қўлланма сифатида ҳам фойдаланиш мумкин.
-
Baxt kaliti
Jumanova Tozagul,Yosh ijodkor Tozagul Jumanovaning ushbu to'plam-dagi jajji bitiklari maroq bilan o'qiladi. Darhaqiqat, tiniq, jonli tasvirlar o'quvchini o'ziga rom etadi. Tozagul - bolaparvar, oilaparvar qalamkash. U bolajonlar ko'ngli-ni, kechinmalarini teran anglaydi, shuningdek, tabiatni, jonivorlar, qushlar olamini ham yaxshi biladi. Ertak tariqasida qalamga olingan ibratli voqealar, kechinmalar bolajonlarimizning ma'naviy olamini boyftishga hissa qo'shishiga ishonamiz.
-
Chiziqli algebra va analitik geometriyadan masalalar yechish
Latipov X.P.,O`quv qo'Ilanma oliy texnika o‘quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan. Mazkur qo'llanma 5 bobdan iborat. Dastlabki uchta bobida chiziqli algebra elementlari, 4-bobda tekislikda analitik geometriya, 5- bob fazoda analitik geometriyaga mo`ljallangan bo‘lib, birinchi kursda amaliy mashg‘ulot darslarida o'tiladigan "Oliy matematika" kursini o‘z ichiga oladi.
-
Adabiyot nazariyasi
I. SULTON,Atoqli adabiyotshunos olim, akademik Izzat Sulton o'zbek tilidagi - birinchi Adabiyot nazariyasi" darsligining muallifi. 1939- yilda nashr etilgan mazkur darslik uzoq yillar mobaynida nafaqat O'zbekistonda. balki O'rta Osiyodagi boshqa respublikalarda ham fanning shu sohasi bo'yicha birdan-bir o'quv qo'llanmasi bo'lib xizmat etgan. Qo'lingizdagi Adabiyot nazariyasi" darsligi olimning uzoq yillar davomida adabiyotshunos va yozuvchi sifatida olib borgan faoliyatining ma'lum ma'noda ijodiy samarasi, adabiy-nazariy yakunidir. Izzat Sulton ushbu darslikda adabiyotning ijtimoiy vazifalari va o'ziga xosligi, adabiy asar, adabiy turlar va janrlar, she'riy nutq, ijodiy metod va uslub singari nazariy masalalarni bugungi qarashlar asosida tushuntirish va talqin etishga alohida e'tibor bergan. U yoki bu masalaga oid nazariy fikrlarini jahon adabiyoti, shu jumladan, o'zbek adabiyoti materiallari asosida dalillagan. Darslik oliy o'quv yurtlarining filologiya fakultetlari, ijtimoiy- gumanitar yo'nalishdagi o'rta va maxsus o'quv yurtlarining talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Umumiy psixologiya
P.I.Ivanov, M.E.Zufarova,Mazkur darslikda psixologiya fanining muammolari, bilish jarayonlari, hissiyc va iroda, shaxsning individual psixologik xususiyatlari, ulaming nerv-filiologi mexanizmlari va psixik rivojlanish qonuniyatlari bayon etilgan. Darslik Oliy ta'lim muassasalarining o'qituvchi va talabalariga mo'ljallangan.