-
Tabiiy fanlar,
-
Tabiiy gazni qayta ishlash (Texnologiya va muhandislik loyihalari)
Alireza Bahadori; tarjimon Sh. Raxmonova,Umumtexnikaviy fanlar, -
Tasviriy san’at sohasida badiiy havaskorlik,
-
-
Qayta tiklanadigan tuproq tizimlariga biologik yondashuvlar I jild
Norman AphoffJenis E. Tis,Qishloq xo‘jalik biologiyasi, -
-
-
Ishlab chiqarish muhandisligi va tenologiyasi II jild
Serope Kalpakyan, Stiven R. Shmid.,Umumtexnikaviy fanlar, -
-
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
Қишлоқ хўжалиги экскаваторлари машинистлари учун ўқув қўлланмаси
Н.П.Воронцов-Вельяминов, Н.В.Пульманов, В.А.Ряхин,Umumtexnikaviy fanlar, -
Tabiiy fanlar,
-
Tabiiy fanlar,
-
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
Kadastr: yer resurslarini boshqarishda geo-axborot innovatsiyalari
Tahsin Yomralioglu, Jon Makloflin,Tabiiy fanlar, -
Madaniyatshunoslik nazariyasi,
-
-
KADASTR: tamoyillari va amaliyoti. I jild
Rojer Fisher, Jennifer Uittal.,Kadastr sohasining tamoyillari va amaliyotiga bag'ishlangan ushbu kitob amaliy faoliyat yurituvchi professional yer o'lchovchilar, huquqshunoslar, koʻch-mas mulkni o'tkazish bitimlarini rasmiylashtiruvchi yuristlar, ko'chmas mulk agentlari hamda ko'chmas mulk bilan bog'liq boshqa mutaxassislar, shuningdek, Janubiy Afrikada kadastr o'lchovlari, yerga egalik qilish va yer munosabatlarini boshqarish yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun keng qamrovli ma'lu-motnoma sifatida yozilgan.
-
Tabiiy gazni qayta ishlash (Texnologiya va muhandislik loyihalari)
Alireza Bahadori; tarjimon Sh. Raxmonova,O'quv qo'llanmada keltirilgan loyihalash bo'yicha tavsiyalar umumiy xa-rakterga ega boʻlib, aniq holatlar uchun mo'ljallanmagan. Ular oldindan loyiha-lash va texnologik jarayonlar spetsifikatsiyasini tuzish bilan shug'ullanuvchi muhandislar uchun ishlab chiqilgan. Kitobda berilgan tavsiyalar yosh muhan-dislar uchun o'quv qo'llanma, shuningdek, tajribali muhandislar uchun manba vazifasini bajaradi.
-
San'at asoslari: nazariya va amaliyot
Otto G. Otsvirk va boshq,"San'at asoslari: nazariya va amaliyot" dizayn tamoyillari va san'at element-larini o'z ichiga olgan, keng foydalanish uchun mo'ljallangan darslikdir. Kitob aniq nazariy tushunchalarni tasviriy san'atdagi rangli misollar bilan birlashtirib, talabalarni san'at sohasining asosiy elementlari va ularni qo'llash usullari bilan tanishtiradi.
-
Vokal san'ati
Frank Ebenezer Miller,Ushbu asar umumiy ma'lumotlardan ko'ra ko'proq maxsus sohaga qaratilgan bo'lib, ya'ni u notiqlar, xonandalar va san'atkorlarning ovozini asrash bo'yicha maslahatlarni o'z ichiga oladi. Muallif vokal mexanizmining funksional jihatlariga alohida e'tibor beradi. Asardagi tushuntirishlar sodda va ravon. Unda aniq talaffuz qilish bo'yicha keng qamrovli tamoyillar keltirilgan. Taqdim etilayotgan ushbu adabiyot ovoz haqida keng qamrovli tadqiqot, vokal san'atiga oid risola va bu sohadagi dastlabki asarlardan biri hisoblanadi.
-
Qayta tiklanadigan tuproq tizimlariga biologik yondashuvlar I jild
Norman AphoffJenis E. Tis,"Qayta tiklanadigan tuproq tizimlariga biologik yondashuvlar" asarida zamonaviy qishloq xo'jaligi sohasi tadqiqotchilari va amaliyotchilarining ishlari birlashtirilgan. Ushbu kitob 2006-yil-da nashr etilgan "Barqaror tuproq tizimlariga biologik yondashuvlar" nomli avvalgi jildning yangilangan nashridir. So'nggi o'n besh yil ichida bu mavzu boʻyicha shu qadar ko'p tadqiqotlar qilindiki, ikkinchi nashrni tayyorlash zarurati tug'ildi. Misol uchun, birinchi nashr chiqqanidan buyon o'simlik-tuproq mikrobiomlari haqidagi ma'lumotlar nihoyatda ko'paydi.
-
Dinamik meteorologiyaga kirish
Jeyms R. Xolton,Ushbu o'quv qo'llanma atmosfera dinamikasining nazariy asoslarini o'rganishga bag'ishlangan boʻlib, dunyo bo'ylab meteorologiya va iqlimshunoslik, gidrometeo-rologiya, fizika hamda tabiiy yer haqidagi fanlar bo'yicha talaba va mutaxassislarga mo'ljallangan. Darslikda atmosferaga nisbatan uzluksiz muhit deb qaraladi. Ob-havo va iqlimni shakllantiruvchi asosiy omillardan hisoblangan atmosfera harakatlari fizikaning fundamental saqlanish qonunlari asosida tavsiflangan. Kitob atmosfera harakatlarini boshqaruvchi asosiy fizik qonunlardan massaning saqlanishi, harakatning saqlani-shi va energiyaning saqlanishidan boshlab, murakkab dinamik hodisalar - frontogenez, siklon girdoblari, to'lqin dinamikasi va umumiy atmosfera sirkulyatsiyasigacha bo'lgan keng qamrovli mavzularni qamrab oladi. Har bir bob nazariy asoslarning masshtab tah-lili va izobarik koordinatalar tizimi orqali batafsil bayon etilgan.
-
Moliyaviy buxgalteriya hisobi II jild
Robert Libbi va boshq.,Mazkur xorijiy o'quv adabiyoti professor-o'qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalarning o'quv va ilmiy faoliyatida foydalanish uchun mo'ljallangan. Shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borayotgan mustaqil tadqiqot-chilar va keng ilmiy jamoatchilik uchun tavsiya qilinadi.
-
Ishlab chiqarish muhandisligi va tenologiyasi II jild
Serope Kalpakyan, Stiven R. Shmid.,Mazkur kitob ishlab chiqarish muhandisligi va texnologiyasi to'g'risida bo'lib, mu-alliflar fandagi erishilayotgan yutuqlar, asosiy tushunchalar, qonuniyatlar va amaliy ji-hatlari, avtomatlashtirish va innovatsion yondashuvlarni zamonaviy yoritishni maqsad qilgan. Qo'llanmada ishlab chiqarish jarayonlarining texnologik asoslari, uskunalar va texnologiyalar tanlash, ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etish, mehnat unumdor-ligini oshirish hamda mahsulot sifatini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.
-
Axborot texnologiyalari: nazariya va amaliyot
Ma'lumotlarni uzatish va qayta ishlashda kompyuterlardan foydalanish ax-borot texnologiyalari sohasining asosini tashkil etadi. Ushbu yo'nalish kompyu-ter texnikasi, dasturiy ta'minot, elektron tijorat, internet va telekommunikatsiyani qamrab oladi.
-
Geoinformatika: metodlar va qo'llanilish sohalari
Noel Leyn,Geoinformatika kartografiya, geologiya va geografiya fanlari infratuzilmasi sohasidir. Ushbu soha fazoviy ma'lumotlarni olish, tahlil qilish va vizuallashtirish imkonini beruvchi texnologiyalarga asoslangan. Geoinformatika tadqiqotlarida geofazoviy tahlil va modellashtirish, axborot tizimini loyihalash, geofazoviy ma'lumot bazalari, inson va kompyuter o'zaro ta'siri kabi sohalardan foydalaniladi. Geoinformatikada geoma'lumotni tahlil qilish uchun geovizualizatsiya va geokompyuterdan ham foydalaniladi. Geoinformatika sohalari xilma-xildir: sog'liqni saqlash, shaharsozlik va yerdan foydalanishdan tortib meteorologiya, iqlim o'zgarishi, atrof-muhitni modellashtirish va tahlil qilishgacha. Geoinformatika sohasi jadal rivojlanmoqda va ko'plab sohalarda qo'llanilmoqda. Ushbu kitob nazariya va tadqiqotdan tortib amaliy qo'llanilishgacha bo'lgan barcha dolzarb mavzularni qamrab olgan. Maqsad talabalar va mutaxassislarni ushbu sohadagi zamonaviy mavzular va istiqbolli rejalar bilan tanishtirishdir.
-
Metallurgiyaning fizik tamoyillari 1 jild.
Reza Abbaschian va boshq.,Ushbu kitob metallarning tuzilishi va ularning fizik-mexanik xossalarini shakllantiruvchi asosiy jarayonlarning ilmiy asoslarini tizimli ravishda bayon etishga bag'ishlangan. Asarda kris-tall tuzilish, dislokatsiyalar nazariyasi va plastik deformatsiya mexanizmlari chuqur tahlil qilinadi hamda ularning material xossalariga ta'siri ko'rib chiqiladi.
-
Konchilik muhandisligi faniga kirish I jild.
Xovard L. Xartman,"Konchilik muhandisligi faniga kirish" miqdoriy va raqamli yondashuvlarni birlashtirgan konchilik bo'yicha muhim darslikdir. Unda tog'-kon dasturlari batafsil yoritilgan, alohida mavzular aniq va har tomonlama chuqur tahlil qilingan, shuningdek, sohaga oid misollar va muammolar keltirilgan. Dastlabki boblar foydali qazilmalarni qazib olishning to'rt bosqichi (qidirish, razvedka qilish, ishlab chiqish va ekspluatatsiya qilish) va asosiy texnologik operatsiyalarni o'z ichiga oladi. Keyingi boblar yerusti va yerosti konlari sohalarini qamrab oladi. Kitob yangi usullarni o'z ichiga olgan, shu bilan birga amaliy misollar, individual muammolarga javoblar, bibliografiya va havolalar taqdim etilgan. Talabalarga qulaylik tug'dirish maqsadida kitobda ingliz va metrik o'lchov birliklaridan foydalanilgan.
-
Қишлоқ хўжалиги экскаваторлари машинистлари учун ўқув қўлланмаси
Н.П.Воронцов-Вельяминов, Н.В.Пульманов, В.А.Ряхин,Николай Павлович Воронцов-Вельяминов ва бошқа муаллифлар томонидан ёзилган «Экскаваторы для сельскохозяйственного строительства» (Қишлоқ хўжалиги қурилиши учун экскаваторлар) номли ўқув қўлланмаси касб-ҳунар таълими муассасалари талабалари ҳамда қишлоқ хўжалиги экскаваторлари машинистларини тайёрлаш учун мўлжалланган муҳим манбалардан биридир. Қишлоқ хўжалиги ва мелиорация ишларида кенг қўлланиладиган бир чўмичли (одноковшовые) ва кўп чўмичли (многоковшовые) экскаваторларнинг конструктив хусусиятлари мавжуд.
-
Hayvonot bog'lari biologiyasi va ularni boshqarish asoslari. II jild
Pol A. Ris,Ushbu kitob chorvachilik, hayvonot bog'lari biologiyasi va yovvoyi tabiatni muhofaza qilish bilan bog'liq sohalarni qamrab olib, hayvonot bog'lari xodimlari hamda ushbu soha mutaxassislari uchun ham foydali bo'lishi mumkin. Shuningdek, kitobda hayvonot bog'lari faoliyati va hayvonlarni ko'paytirish dasturlariga oid keng ko'lamli misollar ham keltirilgan.
-
Hayvonot bog'lari biologiyasi va ularni boshqarish asoslari. I jild
Pol A. Ris,Ushbu kitob chorvachilik, hayvonot bog'lari biologiyasi va yovvoyi tabiatni muhofaza qilish bilan bog'liq sohalarni qamrab olib, hayvonot bog'lari xodimlari hamda ushbu soha mutaxassislari uchun ham foydali bo'lishi mumkin. Shuningdek, kitobda hayvonot bog'lari faoliyati va hayvonlarni ko'paytirish dasturlariga oid keng ko'lamli misollar ham keltirilgan.
-
Metrologiya boʻyicha qoʻllanma
Sarah Hudson,O'quv qo'llanma zamonaviy taraqqiyot sharoitida o'lchashlar ilmi metrologiya-ning o'rni va ahamiyatiga bag'ishlangan. Unda sohaning uchta asosiy tarmog'i: naza-riy, amaliy va qonunlashtiruvchi metrologiya yo'nalishlari atroflicha yoritilgan. Shu-ningdek, ushbu kitobda har bir bob muayyan mavzuni yorituvchi mustaqil matn shaklida bayon etilgan bo'lib, ular yaxlit bir ilmiy g'oya atrofida birlashgan. O'lchash birlik-larini belgilash, yangi usullarni ishlab chiqish, standartlarni joriy etish va sohaga oid huquqiy-me'yoriy talablar tahlil qilingan.
-
Shiglining mashinasozlik loyihalash asoslari I jild.
Richard G. Budinas.,Mazkur kitob mashinasozlik sohasidagi yetakchi qo'llanmalardan biri bo'lib, mexanik konstruksiyalarni loyihalashning nazariy asoslari va amaliy usullarini tizimli ravishda yoritib beradi. Ushbu kitobda mashina detallarini hisoblash va loyihalashga oid muhim masalalar mustahkamlik, toliqish, ishonchlilik, material tanlash, turli xil uzatmalar, vallar va o'qlar, podshipniklar, vintli birikmalar hamda boshqa mexanik elementlarning konstruktiv yechim-lari batafsil bayon etilgan. Kitobda nazariy tushunchalar bilan bir qatorda ko'plab misollar, amaliy hisoblash usullari va muhandislik masalalari yechimi boʻyicha tavsiyalar keltirilgan bo'lib, bu o'quvchilarga muhandislik bilimlarini shakllantirishga yordam beradi.
-
Kadastr: yer resurslarini boshqarishda geo-axborot innovatsiyalari
Tahsin Yomralioglu, Jon Makloflin,Mazkur o'quv qo'llanma dunyoning turli hududlaridan olingan misollar asosida tadqiqot va amaliyotning fanlararo mavzularini qamrab oladi. Bu misollar zamonaviy muammolar, qiyinchiliklar va imkoniyatlar uchun «oyna» bo'lib xizmat qiladi. Shuning-dek, yer sayyorasini yashash uchun munosib makonga aylantirish yo'lidagi kelgusi sa'y-harakatlarda e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan tamoyil va yangi uslublarni yoritib beradi. Nashrda kadastr sohasidagi so'nggi yangiliklar geodeziya, yer resurslarini boshqarish, masofadan zondlash va geoaxborot fanlari kabi yo'nalishlar mujassamlashgan. Bir nech-ta qit'adan yig'ilgan mualliflar jamoasi milliy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda kadastr bo'yicha mukammal ilmiy muloqot maydonini yaratishga muvaffaq bo'lganlar.
-
Madaniyatshunoslik: nazariya va amaliyot I jild
Kris Bar-ker, Emma A. Jeyn,Kris Barker va Emma A. Jeynning "Madaniyatshunoslik: nazariya va ama-liyot" (5-nashr) asari keng qamrovli darslik bo'lib, unda madaniyatshunoslik tushunchasi va umuman madaniyat sohasi to'liq qamrab olinadi. Kitobda naza-riy asoslarni zamonaviy misollar bilan uyg'unlashtirish orqali madaniy mafkura, madaniy nutq va oʻziga xoslik kabi asosiy tushunchalar yoritiladi.
-
Ўзбек тили дарслари
Х. Асалов,Хамдам Асалов — таълим бошқа тилларда (асосан рус тилида) олиб бориладиган мактаблар ва гуруҳлар учун ўзбек тилини ўқитиш методикаси соҳасига улкан ҳисса қўшган таниқли ўзбек олими, методист ва филология фанлари номзоди ҳисобланади.Унинг «Ўзбек тили дарслари» ва шу йўналишдаги услубий ишлари, айниқса, рус мактабларида ўзбек тилини тизимли ва коммуникатив тарзда ўргатишнинг илмий-амалий асосини яратиб берган.