-
-
-
Elektroenergetika. Elektrotexnika,
-
Zoologiya 2-qism (umurtqalilar zoologiyasidan amaliy mashg`ulotlar)
s.sadikova L.Raximova,Zoologiya, -
Iqtisodiyot nazariyasi. Siyosiy iqtisod. Makro iqtisodiyot. Mikro iqtisodiyot,
-
Talabalar matematika olimpiadasi masalalari
Madrahimov R., Kamalov N., Yusupov B., Bekmetova S.,Matematika., -
Siyosiy madaniyat,
-
Kimyoviy ekologiya
R. X. Allaberdiyev, N. Y. Kuchkarov, D. A. Karimova, F. X. Allaberdiyev, B. T. Jabborov, A. N. Tórabayev,Boshqa kimyoviy ishlab chiqarishlar, -
-
-
Botanika va o'simliklar fiziologiyasi
Hamdamov I.H., Hamdamova E.I., Suvonova G.A., Begmatova M.,Botanika, -
-
-
-
Fizika,
-
-
-
-
-
Arxeologiyadan izohli lug`at
Egamberdiyeva N.A,Lug`at O`zbekiston arxeologiyasining ilk temir davridan to milodiy IV asrlargacha bo`lgan davrlari bo`yicha asosiy ma`lumotlarni qamrab olgan. Qadimgi Baqtriya, Sug`diyona va qadimgi Xorazmning arxeologik yodgorliklari keng yoritilgan. Shu davrga oid tushunchalarga keng izoh berilgan va keyingi davrlarda arxeologia, tarix fani sohalarida qo`lga kiritilgan yangiliklar bilan boyitilgan.
-
Жаҳон тарихи (Европа мамлакатлари V-XV асрларда)
Салимов Турсун Ўсарович,Мазкур дарслик республикамизда фаолият кўрсатаётган барча олий ўқув юртлари бакалавр-тарихчилари томонидан жаҳон тарихини ўрганиш учун мўлжалланган. Дарслик икки қисмдан иборат бўлиб, унинг биринчи қисми Европа мамлакатларининг V-XV асрлардаги тарихига бағишланган.
-
Э Л Е К Т Р О Т Е X Н О Л О Г И Я
А.Раджабов, Ҳ.М.Муратов,Дарсликда электротехнология асоси ҳисобланган электр энергиясини бошқа турдаги энергияларга айланиш умумий қонуниятлари, электротехнологик қурилмаларни лойиҳалаш усуллари, танлаш ва улардан фойдаланиш асослари ёритилган. Қишлоқ хўжалиги ишлаб чиқаришида электротермик, электрохимик, электрофизик, электробиологик технологияларни қўлланиш имкониятлари ва унинг келажак истиқболлари келтирилган.Дарсликда келтирилган материаллар М.540801, 540802, 540803, 540804, 540805, 540806, магистратура йўналишида, ўрта—махсус, касб—ҳунар таълими мутахассйсликлари 015019, 015020 йўналишлари учун ўқув қўлланма сифатида фойдаланиш учун тавсия этилади.
-
Zoologiya 2-qism (umurtqalilar zoologiyasidan amaliy mashg`ulotlar)
s.sadikova L.Raximova,Ushbu o'quv qo'lanmada zoologiya (umurtqali zoologiyasi) dan amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ma'lumotlar berilgan. Bunda xilma- xil umurtqalilar hayvonlar olami bilan tanishtirish va laboratoriya sharoitida ularni yorib, anatomik va morfologik tuzilishlarini o'rganish kabi ishlarga talabaiar e'tiborini jalb qilishga harakat qilingan va amaliy mashg‘ulotlarda o‘tiladigan har bir hayvon surati ham berilgan. O‘quv qo'llanma 5140100 - biologiya taiim yo‘nalishi talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Иқтисодий билим асослари
Ўлмасов А,Бозор, бизнес ва тадбиркорлик, харажат ва фойда, менежмент ва маркетинг, хонадон хўжалиги, молия ва кредит, даромадлар, давлат ва иқтисодий, жаҳон хўжалиги масалалари ёритилган ушбу дарслик коллежлар ва лицейлар талаби даражасида бўлиб, унда мустақил иш топшириқлари, таянч тушунчалар келтирилган.
-
Talabalar matematika olimpiadasi masalalari
Madrahimov R., Kamalov N., Yusupov B., Bekmetova S.,Ushbu kitob ko‘p yillardan beri o‘tkazilib kelinayotgan talabalar o‘rtasidagi ichki va respublika matematika fan olimpiadalarida berilgan, jami 338 ta misol va masalalardan tashkil topgan. Kitobda berilgan misol va masalalarning 198 tasi yechilib, to‘la isboti bilan berilgan. Qolgan 140 tasi mustaqil yechish uchun tavsiya etilgan. Bulardan tashqari, olimpiadalarda taklif etilgan jami 550 ta test materiallari kalitlari bilan berilgan. Kitob olimpiadaga tayyorgarlik ko'rayotga talabalar va ularning ustozlari uchun tayyor material hisoblanadi. Kitob oliy o'quv yurtlari uchun mo'ljallangan.
-
"Ўзбекистон-Германия: ўзаро манфаатли ҳамкорликнинг янги саҳифаси
Султонов Х.,ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ПРЕЗИДЕНТИ ШАВКАТ МИРЗИЁЕВ 2019 ЙИЛНИНГ 20-22 ЯНВАРЬ КУНЛАРИ ГЕРМАНИЯ ФЕДЕРАТИВ РЕСПУБЛИКАСИГА РАСМИЙ ТАШРИФНИ АМАЛГА ОШИРДИ.Германия -ихтиролар мамлакати деган ном халқаро миқиёсида кенг тарқалган ва бу унинг ўзига хос ташриф қоғозига айланга
-
Kimyoviy ekologiya
R. X. Allaberdiyev, N. Y. Kuchkarov, D. A. Karimova, F. X. Allaberdiyev, B. T. Jabborov, A. N. Tórabayev,Mazkur o‘quv qóllanmada kimyoviy ekologiyaning o‘rganish obekti va predmeti, rivojlanish tarixi, ekologik tadqiqotlarda amal qilinadigan yondashuvlar va qoMlaniladigan usullari yoritilgan. Shuningdek, ekologik omillar, ekologik baholash, ekologik monitoring, ekologik prognozlash, ekotizimlarda boiayotgan tabiiy va antropogen jarayonlarni o‘rganish va inson uchun qulay yoki noqulaylik darajasini baholash, ekologik muvozanatni yaxshilash va tabiiy muhitni optimallashtirish chora-tadbirlarini loyihalash va boshqa mavzular bayon etilgan
-
Avtotraktor dvigatellari
Qodirov S.,Darslik texnika oliy o`quv yurtlarining talabalari magistrantlar va bakalavrlar uchun mo`ljallangan bo`lib, unda dvigatellar ish ko`rsatkichlarining issiq iqlim, past bosim.
-
Карвак хотира киоби
Раҳманова Юлдузхон, Оллоқулиев Каримбой,Мазкур илмий-оммабоп китоб Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 8 октябрдаги "Қатағон қурбонларининг меросини янада чуқур ўрганиш ва улар хотирасини абадийлаштиришга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида"ги Ф-5598 сонли фармойишига асосан ёритилган
-
Botanika va o'simliklar fiziologiyasi
Hamdamov I.H., Hamdamova E.I., Suvonova G.A., Begmatova M.,Mazkur qo‘llanma barcha tabiiy fanlar yo'nalishidagi akademik litsey, kollejlar va oliy о‘quv yurlari talabalari uchun о‘simliklarni sitologik, gistologik tuzilishini, tuban, yuksak о‘simliklarni, ayniqsa gulli о‘simliklarni morfologik tahlil qilib, ularning turlarini aniqlashda, sistematik holatini belgilashda ishonchli ко‘makchi bo'lishiga ishonchimiz komil.
-
Chizmatasvir
B.Boymetov, S.Abdirasilov,Mazkur o'quv qo'llanma o'quvchilarga oddiy natyurmortlardan boshlab o'ta murakkab tasvirlarni realistik san'at qoidalari asosida o'rgatishni maqsad qilib qo'ygan. Tasviriy san'atning asosi hisoblangan chizmatasvir fani bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarni kengroq yoritadi.
-
Хислатли ҳикматлар шарҳи.
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф,Ахли сунна вал жамоа мазхаби асосида пок ақийда ва мусаффо Исломга интилиш, Қуръон ва суннатни ўрганиб амал қилиш, исломий маърифат таратиш, салафи солих - улуғ мужтахидларга эргашиш, кенгбагирлик ва биродарлик рухини тарқатиш, диний саводсизликни тугатиш, ихтилоф ва фирқачиликка бархам бериш, мутаассиблик ва бидъат-хурофотларни йўқотиш.
-
Avazxon dostoni
Baltayev U. R,Bolalar musiqa va san'at maktabi "An'anaviy ijrochilik" bo`limi baxshi sinfi o`quvchilari ushbu an'anani davom ettirib, uslubiy qo`llanma asosida o`rganish, baxshichilik san'atiniqadrlovchi shinavandalarni o`ziga qarata olsa maqsadga muvofiq bo`lishi muqarrar. "Avazxon" dostonining so`z matni, kuy va qo`shiqlari bilan to`liq yozilgan namunasi ilk bora nashrga tayyorlandi.
-
Zoologiya
B.A.Mo`minov, X.S.Eshova, M.Sh.Raximov,Ushbu o`quv qo`llanmada zoologiyadan (umurtqasizlar zoologiyasi) amaliy mashg`ulotlar bo`yicha ma`lumotlar berilgan. Buhda xilma-xil umurtqasiz hayvonlar olami bilan tanishtirishva laboratoriya sharoitida ularni yorib, anatomik va morfologik tuzilishlarini mikroskoplar yordamida ko`rib o`rganish kabi ishlarga talabalar e`tiborini jalb qilishga harakat qilingan va amaliy mashg`ulotlarda o`tiladigan har bir hayvon surati ham berilgan.
-
Fizikadan testlar va ularning yechimi
M.Muhitdinov, Sh. Ahmedov, B. Qutlimurotov,Ushbu II qismdan iborat kitobda O'zbekiston Respublikasi Davlat test markazi tomonidan 1996-2003-yillarda chop etilgan «Axborotnoma jurnalidagi fizika faniga tegishli test topshiriqlarining deyarli barchasi qamrab olingan. Qo'llanmada umumiy fizika kursidan Davlat ta'lim standarti va o'quv dasturiga mos keladigan testlar yechimlari bilan keltirilgan. Mazkur kitob fizika fani o'qituvchilari va o'quvchilariga ayni fanni o'qitishda hamda o'rganishlarida har tomonlama amaliy yordam beradi.
-
matematika aql va zakovat kaliti
G Djanpeisova, N.Jo'rayeva,Ushbu metodik qo’llanma nazariy va uslubiy masalalarni qamrab olgan bo’lib, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga miqdor va sanoq, kattalik, geometrik figuralar, fazo va vaqt kabi tushunchalarni o’rgatishga oid ishlarni rejalashtirish, tashkil etish va o’tkazishga oid tavsiyalar berilgan.
-
Biotexnologiya
SH.S.Tashmuxamedova, Z.A.Kadirova,Darslik "Biotexnologiya" fani dasturiga muvofiq yozilgan bo'lib, unda ushbu fanning maqsadi va vazifalari, tadqiqot usullari va uning asosiy yo'nalishlari yoritilgan
-
Jelsomino Yolg‘onchilar mamlakatida
Rodari Janni,Chippolinoning g‘aroyib sarguzashtlari, u ko‘rsatgan jasorat va mardliklar esingizda bo‘lsa kerak. Mana, siz o‘sha ajoyib voqealar muallif, italyan adibi Janni Rodari bilan yana bir bor uchrashyapsiz. Bu kitobda uning «Uch xotimali ertaklar» va «Jelsomino Yolg‘onchilar mamlakatida» asarlari bilan tanishasiz. «Uch xotimali ertaklar»da voqea ma’lum nuqtagacha bayon qilinadi-da, so‘ng u uch xil yakunlanadi. Agar siz topag‘onlik qilib, bu ertaklarni boshqacharoq yakunlasangiz va uni o‘rtoqlaringizga, ukalaringizga aytib bersangiz yanada yaxshi.
-
Analitik Kimyo
Turabov N.T,Darslikda ajratish va aniqlash metodlari(sifat analizi,kimyoviy muvozanat,ularning turlari,analizning kimyoviy metodlari/ (gravimetriya,analizning fizik va fizik kimyoviy metodlari(atom-emission,atom-absorbison.) keltirilgan.Unda analitik kimyoning hozirgi holati,rivojlanish tendensiyalari ahamiyati,vazifalari qisqacha tarixi mezonlari ko`rib chiqilgan.