-
Kurashda optimallashgan mashg'ulot yuklamalarni nazorat qilish
Aliyev I.B., Xudayberganov O.E.,O‘yinlar. Sport o‘yinlari, -
Siyosat va uning hamjamiyat taraqqyotidagi roli,
-
-
Siyosat va uning hamjamiyat taraqqyotidagi roli,
-
-
Siyosat va uning hamjamiyat taraqqyotidagi roli,
-
-
Sport turlari bo`yicha musobaqalar o`tkazish va hakamlik qilish
D.K.Karimov, M.B.Ergashev, N.Sh.Safarbayev, S.R.Qodirov,Sport, -
Madaniyat. Fan. Maorif,
-
Fizika,
-
Madaniyat. Fan. Maorif,
-
-
Gidroenergetik qurilmalarni ishlatish
Muxammadiyev M., Nosirov F. J., Urishev B., Djurayev K.,Gidroenergetika, -
-
-
-
-
Kurashda optimallashgan mashg'ulot yuklamalarni nazorat qilish
Aliyev I.B., Xudayberganov O.E.,Uslubiy qo'llanma kurash bilan shug'ullanuvchi sportchilarni mashg'ulotlar jarayonlarini nazorat qilish orqali optimallashgan mashg'ulot yuklamalarni sportchilarga taqsimlashni yoritib bergan.
-
Адолатли жамият сари
Ислом Каримов,Муҳтарам Президент, аввало, иафақат журналханларимиз, балки кенг жамоатчилигимизни ўйлантириб турган савалларга ўз муносабатингизни билдиришга розилик берганингиз учун Сизга ташаккур изҳор этамиз
-
Ритмик гимнастикани ўқитиш методикаси
Кунгирова Ш.,Ушбу ўқув қўлланмада ритмик гимнастиканинг турли йўналишлари, тоифалари ва соғломлаштирувчи ритмик гимнастика бўйича машғулотлари мазмуни ва ўтказиш услубиятига оид масалалар кўриб чиқилган. Жисмоний тарбия олий ўқув юртлари, факультетлари ва талабалари ва ўқитувчилари, соғломлаштирувчи ритмик гимнастика турлари бўйича мураббийлар ва инструкторлар, малака ошириш факультетлари тингловчилари ва спортчилар учун мўлжалланган.
-
Энг асосий мезон -ҳаёт ҳақиқатини акс эттириш
Ислом Каримов,Давлатимиз раҳбари Ислом Каримовнинг эътиборингизга ҳавола этилаётган ушбу рисоласида бугунги кунда замон ўзгаришлари билан маънавий ҳаётимизда ҳар томонлама ўткир ва долзарб аҳамият касб этаётган ана шу масалалар чуқур таҳлил этилган
-
Suzish va uni o`qitish metodikasi
Matnazarov O`. L.,Darslikda "Suzish va uni o`qitish metodikasi" fanining maqsadi va vazifalari, suzish sportining rivojlanish tarixi, suzishning usullarini o`rgatish va o`zlashtirish bo`yicha tayyorlov mashqlari, suzish mashg`ulotlarida o`rgatish metodlari yoritib berilgan. Shuningdek, suzish texnikasining ilmiy-nazariy asoslari, suzish texnikasiga o`rgatishning vosita va usullari, burilishlar texnikasini bajarishga o`rgatish, amaliy suzish kabi mavzular keng yoritilgan.
-
Жамиятимиз мафкураси халқни-халқ миллатни-миллат қилишга хизмат этсин
Ислом Каримов,Жамиятимизнинг маънавий тараққиёти, тарихимиз ва келажагимиз билан боғлиқ долзарб масалалар, бугунги кунда замон ўртага қўяётган янги-янги муаммолар ҳақида давлатимиз раҳбарининг фикр-мулоҳазалари ўз аксини топган
-
O'rta asrlar sharq allomalari va mutaffakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiyasi rivojidagi roli va ahamiyati
Konferensiya, xulosa va tavsiyalar. O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimovning "O'rta asrlar sharq allomalari va mutaffakirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiyasi rivojidagi roli va ahamiyati" mavzusidagi xalqaro konferensiyasining ochilish marosimidagi nutqi.
-
Sport gimnastikasida tayanib sakrashni orgatish metodikasi
Abdullaev.BB.,O'quv qo'llanmada tayanib sakrash mashqlarini rivojlanish tendensiyasi, zamonaviy ilmiy ma'lumotlar va ilgor tajriybalarni hisobga olib, murabbiy va gimnastikachilarni murakkab tayanib sakrashlar texnikasi va o'rgatish uslubiyatlari keng yoritib berilgan.
-
Илмий ижод методологияси. Иқтисодий мутахассисликлар магистратураси учун намунавий ўқув дастури
Ушбу ўқув курси тингловчига олган фалсафий ва иқтисодий билимларидан фақат муайян илмий тадқиқотларда эмас, балки ўзининг келгусидаги илмий, амалий фаолиятида фойдаланиш имконини беради. Ушбу курс дунёни фалсафий тушуниш ҳамда методологик масалалар бўйича тингловчиларнинг билимларини кенгайтириш ва чуқурлаштиришда алоҳида аҳамият касб этади. Асосий эътибор тингловчиларда мустақил, ижодий фикрлаш ҳамда олинган билимлардан илмий тадқиқот фаолиятида фойдалана билиш кўникмаларини ҳосил қилишга қаратилган.
-
Sport turlari bo`yicha musobaqalar o`tkazish va hakamlik qilish
D.K.Karimov, M.B.Ergashev, N.Sh.Safarbayev, S.R.Qodirov,Ushbu o`quv qo`llanmada talabalarga "Sport turlari bo`yicha musobaqalar o`tkazish va hakamlik qilish" fanidan musobaqalar o`tkazish va hakamlik qilish metodlari, talabalarni sport turlarida hakamlik qilish tartiblari, qoidalari bilan nazariy va amaliy tanishtirish, ularni sport turlari va musobaqalar o`tkazish, hakamlik qilishga oid amaliy ko`nikma malakalar bilan qurollantirishdan iborat.
-
Илмий ижод методологияси
И.САИФНАЗАРОВ, Г.НИКИТЧЕНКО, Б.ҚОСИМОВ,Ушбу ўқув қўлланма Узбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан тасдиқланган «Илмий ижод методологияси» курси бўйича иқтисодий мутахассисликлар магистратураси учун мулжалланган намунавий ўқув дастури асосида тайёрланган бўлиб, у талабаларда фаннинг ва илмий дунёқарашнинг методологик муаммолари бўйича ижодий фикрлаш малакаларини шакллантиради. У магистрларда фалсафа ва иқтисодий фанларнинг ўзаро диалектик алоқадорлигини чуқур англашда ёрдам беради, илмий билишнинг янги, замонавий усул, йўналишларини чуқур ўзлаштиришни таъминлайди. Ўқув қўлланма республикамиз иқтисодий мутахассисликлар магистратураси талабалари ва ушбу масалалар билан қизиқувчи барча китобхонларга мўлжалланган.
-
Fizika va agrometeorologiya(laborotoriya mashg'ulotlari)
B.Sapayev.L.Djurayeva,Ushbu o‘quv qo‘llanma fanning ta’lim yo‘nalishlari: “Agrokimyo va agrotuproqshunoslik”, “Agronomiya” (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha), “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik-o‘simliklar himoyasi va karantini-qishloqxo‘jaligiekinlari urug‘chiligi va seleksiyasi qishloq xo‘jaligida menejment-ipakchilik”, “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” talabalari uchun mo'ljallangan.
-
ИЛМИЙ ИЖОД МЕТОДОЛОГИЯСИ
Перегудов Л.В., Саидов М.Х., Аликулов Д.Е.,Ўқув қўлланмасидаги олти бобда илмий ижод, назарий ва экспериментал тадқиқотлар методологияси асосий таърифлари ва тушунчалари, шунингдек илмий тадқиқотларни расмийлаш тириш, улар иқтисодий самарадорлиги ва жорий этилиши ҳисоб-китоблари хусусидаги масалалар кўриб чиқилади. 2, 3 ва 4- боблар Л. В. Перегудов, 5 ва 6-боб Д. Е. Алиқулов томони-дан, 1-боб эса ҳамкорликда ёзилган. «Илмий ижод методологияси» ўқув қўлланмаси магистрату-ра ҳамда фундаментал фанлар: муҳандислик, ишлов бериш ва қурилиш тармоқлари; қишлоқ хўжалиги, хизмат соҳалари тала-баларига мўлжалланган.
-
Donchilik
S.Tursunov, P.Kamalov, G.Turg'unova,Darslikda donli va dukkakli ekinlarning xalq xo'jaligidagi ahamiyati, kelib chiqishi, ekin maydonlari, hosildorligi, umumiy xususiyatlari, morfologik belgilari, o'sish va rivojlanish davrlari, kuzgi don ekinlarining biologik xususiyatlari, botanik ta'rifi, navlarining tavsifi hamda ushbu ekinlarni yetishtirish texnologiyalari yoritilgan.
-
Avtomatlashtirishning texnik vositalari
Gazieva R.,Darslik texnika oliy o'quv yurtlarining 5311000 - «Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish», 5311200 — «Elektroenergetika», 5430200 - «Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish» bakalavr ta’lim yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, shu sohadagi magistrlar hamda qishloq va suv xo'jaligi sohasidagi mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.
-
Gidroenergetik qurilmalarni ishlatish
Muxammadiyev M., Nosirov F. J., Urishev B., Djurayev K.,Ushbu o'quv qo'llanmada gidroenergetik qurilmalar, ya'ni gidroelektr stantsiyalar, nasos stansiyalar, gidroakkumulyatsion elektr stantsiyalar, ularning inshoot va jihozlari hamda ularni ishlatishning asosiy qonuniyatlari, gidroenergetik qurilmalar inshoot va jihozlarini ishlatish sifatlarini baholash, ulardagi nosozliklarni aniqlash va oldini olish tadbirlari, hamda gidroenergetik qurilmalarni jihozlarini yig'ish, ta'mirlash va sozlash bo'yicha ma'lumotlarni o'z ichiga olgan.
-
Gidroenergetik inshootlar
Tursunov T. N., D.Bazarov, B.Matyakubov,Mazkur darslikda Respublikadagi mavjud gidroenergetika inshootlarining kompanovkalanishi να ishlash sharoitlari, gidroenergetika inshootlari ekspluatatsiyasi xizmati bajaradigan asosiy ishlar guruhlari va ro'yxati, bosim hosil qiluvchi gruntli, yaxlit beton inshootlar texnik holatlarini kuzatish ishlari, suv o'tkazgich inshootlar va ulardagi gidromexanik jihozlar, kanallar va ulardagi inshootlar, suv oluvchi inshootlar va suv tindirgichlar, nasos stansiyalari va GESlarni ishlatish xususiyatlari, gidroenergetik inshootlar tarkibidagi gidrouzellarni qurilish davrida ishlatish, ularni ishlatishga topshirish va bevosita kuzatish ishlarini tashkil etish, gidroenergetika inshootlari va ular gidromexanik jihozlaridagi buzulish va avariya holatlarining tahlili, ta'mirlash va qayta tiklash ishlari, nasos detallarining yeyilishi va qayta tiklash, nasos stansiyalaridagi ta'mirlash ishlarini tashkil etish, gidroturbina jihozlarini reviziya qilish va ta'mirlash, shuningdek, gidroenergetika inshootlarini rekonstruksiya qilish masalalari ko'rib chiqilgan.
-
Materialshunoslik
Umida Ziyamuxamedova,Darslik 5310100 - Energetika (issiqlik energetikasi) yo'nalishi namunaviy dastur asosida yozilgan bo‘lib, unda metall, nometall, polimer materiallar struk- tura va xossalari, xususan elektrotexnik materiallardagi fizik hodisalar haqida m a’lumotlar berilgan. A n’anaviy konstruksion material bilan bir qatorda magnit materiallarga; dielektriklar, yarim o‘tkazgich, o4tkazgichlar, keramik materiallar, ayniqsa polimer materiallarga ham to‘la xarakteristika berilib, ularning turlari, ishlatilish joylari ko'rsatilgan. Darslik yakunida mahalliy materiallardan detail ar olish texnologiyasini asosiy turlari yoritilgan. Ushbu darslik 5310100 - “Energetika (issiqlik energetikasi)” yo'nalishida ta’lim olayotgan bakalavrlar uchun m o'ljallangan, oliy ta’lim muassasalari o ‘qituvchilari uchun tavsiya etiladi.
-
Shahar hududini injenerlik tayyorlash
I.S. Shukurov, A.T. Xotamov,Mazkur darslikda shahar hududini vertikal rejalashtirish, vertikal rejalashtirishning usullari, turli funktsional zonalarni vertikal rejalashtirish masalalari; shahar hududini tashqi – atmosfera suvlaridan, sizot suvlaridan muhofaza qilish usullari va qo`llaniladigan tadbirlar; hududlarni suv toshqinidan himoya qilish; sel va uni bartaraf qilish bo`yicha chora-tadbirlar; ko'chki va uni bartaraf qilish bo`yicha qo`llaniladigan chora-tadbirlar; alohida shart-sharoitlardagi, xususan, jarliklar, karstli hududlar, quyunlar, barxanlar, cho`kuvchi, zilzilaviy hududlarda ko`riladigan chora-tadbirlar haqida ma`lumotlar berilgan.
-
Qurilish mexanikasi 2-qism
B.A.Hobilov,Ushbu darslikda statik aniq va noaniq sistemalarni hisoblash usullari bayon etilgan.Darslik ikkinchi nasr hisoblanadi.