-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
-
-
Oshpazlik taomlarini tayyorlash
S.T. Nurmetova, R.K. Babajanova, N.K. Saparbayeva, S.S. Achilova,Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va apparatlari, -
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
Tabalar qadriyat yo'nalganligining kasbiy motivatsiyasiga ta'siri
Xudayberganov Azizbek Obidjonovich,Pedagogika va metodikalar, -
-
-
-
-
-
-
Mehmonxonalarda kasbiy etiket
M.E. Po‘latov, R.S. Amriddinova, D.Z. Norkulova, A.Yu. Talibova,Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil, -
-
-
-
-
Umumiy biologiya,
-
Innovatsion Infratuzilma.
Ergashev R.X, Ergashev N.R,Mazkur darslikda innovasion infratuzilmaning asosiy tushunchalari, uning o‘ziga xos xususiyatlari, ilmiy-uslubiy va infratuzilma asoslari, inson omili, turli innovatsion jarayonlarni, konyunkturaviy o‘zgarishlarni, xizmatlar bozori, innovatsion biznes, texnologiyalar, loyihalar, intellektual kapital, intellektual mulk, ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar, innovatsiyalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash zarurati, moliyalashtirish manbalari, chet el tajribalari va uning iqtisodiy samaradorligi hamda milliy innovatsion siyosat tizimi yo‘nalishlari ochib berilgan.
-
Ma'lumotlarning intellektual tahlili
Xo'jayev O, Hamrayeva S,Darslikda ma'lumotlarning intellektual tahlili fanining nazariy asoslari, ma'lumotlarni qayta ishlash, tozalash va normallashtirish usullari, nazorat ostida va nazoratsiz o'qitish algoritmlari, tasniflash, klasterlash, assotsiativ tahlil, anomaliyalarni aniqlash hamda sohaning zamonaviy tendensiyalari bayon etilgan. Shuningdek, mavzularni tushunarli yoritish maqsadida zarur joylarda jadval, rasm, algoritmik izohlar va Python dasturlash tili asosidagi amaliy misollar keltirilgan.
-
Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi
Sh.A. Togonova, B.X.Avezova,Mazkur darslik maktabgacha ta'lim sohasining bakalavriat ta'lim yo'nalishi DTS, o'quv reja va o'quv dasturlari asosida pedagogika universiteti va institutlarining bakalavr: 60110200 - Maktabgacha ta'lim ta'lim yo'nalishi talabalari uchun "Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi" fani bo'yicha bo'lajak maktabgacha ta'lim mutaxassislari uchun mo'ljallangan bo'lib unda bolalar psixologiyasiningning nazariy asoslari: Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi fanida bolaning ruhiy rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar, xususan, ta'lim-tarbiya jarayonida shakllangan boy psixologik tajribalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalar psixologiyasining tarixiy rivojlanishi jarayonida bolalar psixikasini hisobga olgan holda tarbiya usullari, ta'limiy ta'sir vositalari va shaxs kamolotiga xizmat qiluvchi yondashuvlar shakllangan.
-
Oshpazlik taomlarini tayyorlash
S.T. Nurmetova, R.K. Babajanova, N.K. Saparbayeva, S.S. Achilova,Ma'lumki, hayot uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarining mo'l-ko'lchiligini ta'minlash, asrash, qayta ishlash, isrof qilmaslik kabi masalalar insekundt paydo bo'lgan davrlardanoq dolzarb bo'lib kelgan. Davrimiz ilmiy-texnika ravnaqi davri bo'lganligi uchun ham iste'moldagi taomlarimizga befarq qaramasdan, balki fan nuqtayi nazaridan yondashish muhim ahamiyat kasb etadi.
-
Innovatsion infratuzilma
Qosimova D. S., Nutfulloyev T. G'.,"Innovatsion infratuzilma" fanidan o‘quv qoilanma bu fan doirasidagi asosiy tushunchalar, riazariyalar va amaliy jihatlami qamrab oluvchi, talabalarga bilim, ko'nikma va malakalami shakllantirishga moijallangan asosiy manbadir. Ushbu qoilanma innovatsion infratuzilmaning mohiyati, uning iqtisodiy va ijtimoiv rivojlanishdagi o‘mi hamda turli yo‘nalishiari bo‘yicha keng qamrovli bilimlami taqdim etadi.
-
Infratuzilma iqtisodiyoti
O.T. Sattorkulov, M.K. Allayarova.,Ushbu darslikda infratuzilmaning mohiyati, ahamiyat, vazifalari,turkumlanishi va ijtimoiy – iqtisodiy ishlab chiqarish uchun normal shart-sharoitlarni ta’minlovchi tarmoq sifatida batafsil yoritib berilgan. Mamlakatda iqtisodiyotni rivojlantirish va makroiqtisodiy barqarorlik ta’minlashga erishishda infratuzilma tarmoqlarining rivojlanishi va takomillashuvi zarur ekanligi ko’rsatib berilgan. Oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishlari bakalavr talabalari, infratuzilma iqtisodiyotini mustaqil o‘rganish istagini bildirganlar uchun mo‘ljallangan. Darslikning mazmuni oliy kasbiy ta’limning Davlat ta’lim standartlariga mos keladi.
-
Infratuzilma iqtisodiyoti
M.K. Allayarova,Ushbu o'quv qo'llanmada infratuzilmaning mohiyati, ahamiyat, vazifalari, turkumlanishi va ijtimoiy – iqtisodiy ishlab chiqarish uchun normal shart-sharoitlarni ta'minlovchi tarmoq sifatida batafsil yoritib berilgan. Mamlakatda iqtisodiyotni rivojlantirish va makroiqtisodiy barqarorlik ta'minlashga erishishda infratuzilma tarmoqlarining rivojlanishi va takomillashuvi zarur ekanligi ko'rsatib berilgan. Oliy ta'lim muassasalarining iqtisodiyot ta'lim yo'nalishlari bakalavr talabalari, infratuzilma iqtisodiyotini mustaqil o`rganish istagini bildirganlar uchun mo`ljallangan.
-
Tabalar qadriyat yo'nalganligining kasbiy motivatsiyasiga ta'siri
Xudayberganov Azizbek Obidjonovich,Mazkur monografiyada talabalarning qadriyat yo'nalganligi va kasbiy motivatsiyasi o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik muammosi psixologik nuqtai nazardan tadqiq etilgan. Asarda talabalik davrida kasbiy motivatsiyani shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari, qadriyatlarning shaxs mehnat faoliyatini samarali tashkil etishdagi o'rni, shuningdek, kasbiy motivatsiyaning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari yoritilgan.
-
Oʻzbek tilining sohada qoʻllanilishi.
Xamidova N.S.,Ushbu oʻquv qoʻllanma “Oʻzbek tilining sohada qoʻllanilishi” kursi oʻquv dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, zamonaviy oʻzbek tilining nazariy va amaliy asoslarini kasbiy, ilmiy va kommunikativ sharoitlarda tizimli ravishda yoritishga qaratilgan keng qamrovli ishdir. Oʻquv qoʻllanma nutq faoliyatining asosiy jihatlarini, jumladan, ogʻzaki va yozma muloqot odob-axloqi, adabiy til normalariga rioya qilish, kasbiy nutqning lingvomadaniy xususiyatlari va uning funktsional uslublari xususiyatlarini har tomonlama qamrab oladi. Ushbu oʻquv qoʻllanmaning maqsadi talabalarning lingvistik ongi, kommunikativ moslashuvchanligi va oʻzbek tilidan real hayotdagi vaziyatlarda, jumladan, akademik, tadqiqot va biznes vaziyatlarida kasbiy va malakali foydalanish qobiliyatini rivojlantirishdir.
-
Fors tilida gaplashamiz!
Oripova Xusnidaxon Yusubovna,Ushbu talabalar uchun moʻljallangan oʻquv qo'llanma fors tilini oʻrganishga bag'ishlangan boʻlib, bir nechta boʻlim va mavzulardan iborat. Qoʻllanmada fors tili alifbosi, grammatik qoidalar, so'z boyligini oshirishga xizmat qiluvchi mashqlar, interaktiv topshiriqlar hamda kundalik muloqotga oid ibora va gaplar keng yoritilgan.
-
Ingliz tili o'qitish metodikasi
G.L.Babayeva,O'quv qo'llanmada Ingliz tili kabi chet tillarini o'qitish va o'rganish ona tili yoki ikkinchi tilni o'zlashtirish jarayonlaridan sezilarli farq qiladi. Bu farqlar maxsus til o'qitish texnologiyalarini qo'llashni talab qiladi va bu boʻyicha chuqur bilim olish hamda ilmiy nazariyalarni amalda samarali qo'llashni o'rganish bo'yicha ma'lumotlar mujassamlangan bo'lib, talabalarda bu boradagi ma'ruza va amaliyot darslarida olgan bilimlarni mustahkamlashga imkon beradi. Qo'llanma o'qituvchilarga ingliz tilini samarali o'qitishda yordam berish, shuningdek o'quvchilarning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan.
-
Odam genetikasi
Fayzullayev S., G‘ofurov A.,Ushbu darslikda Odam genetikasi asoslariga oid asosiy ma'lumot va tushunchalar berilgan
-
Zoogeografiya fаnidаn amaliy mаshg‘ulоtlаr
Yo‘ldashev K.R.,“Zoogeografiya” fаni 60510100 - Biologiya (turlar bo‘yicha) yо‘nаlishi bо‘yichа о‘rgаnilаdigаn аsоsiy tа’lim fаnlаri qаtоrigа kirаdi. Fanning asosiy vazifasi hayvonlarning zoogeografik va ekologik xususiyatlari, ularning tarqalish qonuniyatlari, fauna va uning tarkibiy qismlari, dunyo okeani faunistik zonalari, zoogeografik olamlar, regionlar va oblastlar, kosmopolit, endemik, relikt va noyob hayvon turlari haqidagi hamda hayvonot olamini muhofoza qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi bilimlarni oshirishga qaratilgan
-
Innovatsiya va loyihalarni boshqarish
Sh. Yusupova.,Mazkur darslik "Innovatsiyalar va loyihalarni boshqarish" faniga bag'ishlangan bo'lib, unda innovatsion jarayonlarning mohiyati, turlari, strategik rejalashtirish, marketing tahlili hamda loyihalarni shakllantirish va boshqarishning zamonaviy usullari yoritilgan. Darslikda O'zbekiston Respublikasining innovatsion siyosati, ilmiy-texnik dasturlarni moliyalashtirish tartibi, davlat buyurtmasi asosidagi fundamental va amaliy loyihalar misolida milliy tajriba tahlil qilingan.
-
Mehmonxonalarda kasbiy etiket
M.E. Po‘latov, R.S. Amriddinova, D.Z. Norkulova, A.Yu. Talibova,O‘quv qo‘llanmada mehmonxonalarda kasbiy etiketning mohiyati va ob’yektiv zarurati, xalqaro mehmonxonalarda kasbiy etiket qoidalari va uning turizm sohasi xodimlari uchun ahamiyati, ijobiy taassurot qoldirish yo‘llari; kasbiy imijga salbiy ta’sir qiluvchi omillar; turizm sohasi mehmonxonalarda kasbiy etiketning urf-odat qoidalaridan samarali foydalanish; turizm sohasi ishbilarmonlar faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari; telefonda gaplashish odob-axloq me’yorlari; chet mamlakatdagi hamkorlarga telefon qilish qoidalari; elektron yozishmalar qoidalari; kompyuter aloqalaridagi odob va o‘zaro munosabatlar qoidalari; tashrif qog‘ozlari, sovg‘alar va ularni topshirish qoidalari; tashrif qog‘ozlarining turlari; xizmat tashrif qog‘ozlari, ularning mo‘ljallanishi va ulardagi yozuvlar; tashrif qog‘ozlarini topshirishga, olishga qo‘yiladigan etik talablar; sovg‘alarni tanlash, topshirish qoidalari; ziyofat stoli atrofida mehmonlarning o‘tirishiga, gaplashishiga qo‘yilgan qoidalar; xalqaro mehmonxonalarda kasbiy etiket; turli mamlakatlardagi mehmonxonalarda kasbiy etiket kabi mavzular yoritilgan.
-
Matematik tahlil 1-qism
Alimov Shavkat , Ashurov Ravshan,Ushbu kitob matematik tahlil bo'yicha o'quv qo'llanma bo'lib,u bir haqiqiy o'zgaruvchili funksiya differensial va integral hisobining klassik kursiga kiruvchi bo'limlarini o'z ichiga olgan.
-
Koreys tilida noto'g'ri fe'llar
Yusupova G.,Mazkur o'quv qo'llanma koreys tilida noto'g'ri fe'llar, uning o'ziga xos xususiyatlari, tuslanish tartibi masalalariga bag'ishlangan. Koreys tilida noto'g'ri fe'llarning tuslanish qoidasi noto'g'ri fe'llar ishtirok etgan maqol va iboralar, badiiy adabiyotlardan keltirilgan matnlardan misollar orqali yanada chuqur ochib berilgan.
-
-
Qon va Limfa fiziologiyasi
Babadjanova S.X,Qon va limfa fiziologiyasi odam organizmida qonning hosil bo`lishi nazriyasi,qonning shaklli elementlari, ularning tuzilishi va bajaradigan vazifasi, plazma tarkibi, qon guruhlari, energetik ko`rsatkichlari va ba`zi bir kasalliklarda qonda kuzatiladigan o`zgarishlar to`g`risidagi ma`lumotlar keltirilgan. Ulardan tashqari turli hayvonlarning qoni, shaklli elementlari, plazmasi va tarkibiy qismlari to`g`risida ham ma`lumotlar berilgan.Shuningdek, ushbu o`quv qo`llanmada zamonaviy immunologiya rivojlanishining asosiy bosqichlari va yoʻnalishlari, inson limfotsitining rivojlanishi, limfa tarkibi, limfa tugunlari va ularda limfa harakati, immunoagglyutinatsiya,immunitet va uning turlari, limfa tizimi kasalliklari to`g`risida ma`lumotlar keltirilgan
-
Odam va hayvon fiziologiyasi fanidan labaratoriya mashg`ulotlari
Babadjanova S.X,Hozirgi kunda fiziologlar organizmdagi har qanday jarayonlarni tajribada tekshirilayotgan paytda mazkur jarayonni qanday sharoitda vujudga keltirish, kuchaytirish yoki susaytirish mumkinligini aniqlashga intiladilar. Fiziologik tajriba shakli tekshirish vazifasiga ham bog‘liq. Masalan, tashqi muhit ta’siri aniqlanayotganda tekshiriluvchi havoning gaz tarkibi yoki harorati, namligi, yorug‘ligi o‘zgartirilgan xonaga joylashtiriladi.