-
-
-
SHARQ ALLOMALARINING ILMIY MEROSI
A.BERDIYEV, I.SOATQULOV, B.XUDOYBERDIYEV, M.DUSALIYEV,Tarix, -
Inson va atrof muhit. Inson ekologiyasi tabiatni muhofaza qilish,
-
Adabiyot,
-
-
-
Tilshunoslik,
-
-
-
-
-
-
Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va apparatlari,
-
-
-
-
-
-
Адабиётшунослик методологияси
Каримов Баҳодир,Филология фанлари доктори Баҳодир Каримов қаламига мансуб ушбу ўқув қўлланмала адабиётшунослик методологияси методлари ҳамла герменевтика таълимогининг имко-ниятлари юзасидан фикр-мулоҳазалар баён қилинган.
-
SHARQ ALLOMALARINING ILMIY MEROSI
Jumayeva Nilufar Ahmatovna,Har qanday xalq birinchi navbatda o‘zi duyoga keltirib tarbiyalagan buyuk o‘g‘lonlari, mutafakkir zotlari, insoniyat tamadduniga ulkan hissa qo‘shgan olimu ulamolari bilan g‘ururlanadi. Shu jihatdan olib qaraganda, o‘zbek xalqining g‘ururi chindan-da tog‘lardan baland. Zero, bizning yurtimizda tug‘ilib voyaga etgan, uning nihoyatda serqirra ilmiy ijodiy faoliyati bilan dunyo ahlini lol qoldirgan buyuk bobolarimiz nomi har birimizning qalbimizni faxru iftixorga to‘ldiradi. Ushbu oquv qollanmada buyuk zotlardan qanchadan – qanchalarining hayoti va asarlari ilmiy asosda o‘rganilib, keng ommaga etkazish uchun mo‘ljallangan. Qollanmada buyuk allomalarimizning tabarruk nomlari tiklanib, abadiy orom topgan maqbaralari obod qilinganligi hamda muborak ziyoratgohlarga aylantirilganligi shu bilan birga, bu sohada qilinadigan ishlarimiz hali ko‘pligi ham alohida e’tirof etib o‘tilgan. O‘quv qo‘llanma keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
-
SHARQ ALLOMALARINING ILMIY MEROSI
A.BERDIYEV, I.SOATQULOV, B.XUDOYBERDIYEV, M.DUSALIYEV,O'ZBEKISTONNING MUSTAQILLIKKA ERISHUVI MILLIY MADANIYATIMIZ TARIXINI O'RGANISHGA, UNGA XOLISONA FIKR BILDIRISHGA KATTA IMKONIYATLAR YARATDI, OSORI - ATTIQA YODGORLIKLARIMIZNI ASRASH, MILLIY QADRYATLARIMIZNI TIKLASH, QADIMIY BOY TARIXIMIZNI BIR YOQLAMALI YORITISH,CHEGARALASH,
-
Atrof muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti
I.Xotamov,Darslikda atpof -muhit muammolari atrof -muhitni qadrlash resurslarni taqsimlash vaqt davomiyligi va qazib olich narxi energiya bo'yicha qayta tiklanadigan manbalar
-
Tarjimada til,ta'lim va madaniyat mushtarakligi.(Respublika ilmiy-amaliy anjuman)
Ushbu to'plam tarjimashunoslikning til,ta'lim va madaniyat bilan bog\liq dolzarb masalalarga bag'ishlangan bo'lib,unda jahon tarjimashunosligi va tarjima metodologiyasining ayrim muammolari ham o'z yechimini topgan.To'plam o'zbek,rus va ingiliz tillariga qiziquvchilar,talabalar,magistrantlar va ilmiy izlanuvchilarga mo'ljallangan.
-
Kadzuo isiguro distopik romanlarining badiiyati
Begmatova Sohiba Mustafoyevna,Monografiya atoqli ingliz adibi, adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti sohibi Kadzuo Isiguro distopik asarlarining oʻziga xosligini badiiylik mezonlari asosida ilmiy-nazariy jihatdan tahliliga bag'ishlangan. Distopiyaning tadrijiy taraqqiyoti, turlar va janrlar tizimidagi o'rni, oʻziga xos xususiyatlari ochib berilgan hamda ingliz adabiyotida distopik asarning oʻziga xos jihatlari va vazifalari ilmiy-nazariy tahlil qilingan. Kadzuo Isiguro distopik asarlarida shaxs va jamiyat masalalarini muallif g'oyasining mantiqiyligi hamda ijodiy fantaziyasining kengligini badiiy mezonlar asosida tadqiqi o'z ifodasini topgan. Monografiya G'arb adabiyoti, qiyosiy adabiyotshunoslik, ingliz va amerika adabiyoti tarixi va adabiyotshunoslik ixtisosligi bilan shug'ullanib kelayotgan tadqiqotchilar, filologiya yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan.
-
Badiiy asarda ijodkor fenomeni: ruhiyat va mohiyat
Fеruzа Sаpаеvа,Ushbu mоnоgrаfiyа Аbdullа Qаhhоrning “Sаrоb” rоmаnidа psixоlоgizm vа psixоlоgik tаhlilning nаzаriy аsоslаri, аsаrdа xаrаktеrlаr psixоlоgizmining ilmiynаzаriy vа аmаliy jihаtlаri mаsаlаlаrigа bаgʻishlаngаn. Аsаrning о‘zigа xоsligi, ijоdkоr fеnоmеni: ruhiyаt vа mоhiyаt, ruhiy tаhlil vа ruhiy qiyоfа, аsаr qаhrаmоnlаri xаrаktеri misоlidа оchib bеrildi. Аdаbiyоtshunоs Fеruzа Sаpаеvаning mаzkur tаdqiqоtidа muаyyаn аsаr sujеti mоhiyаti shаrhlаnib, uning gʻоyаsi, muаllifning mаqsаdi vа bаdiiy mаhоrаti аtrоflichа yоritib bеrilgаn.
-
Matn tilshunosligi
T. H. Asadov,Mazkur o'quv qo'llanma Oliy o'quv yurtlarining Lingvistika (o'zbek tili) ta'lim yo'nalishi magistrlari uchun mo'ljallangan bo'lib, turli hajm va mazmundagi matn ko'rinishlarini tasnif va tavsif qilish, matn tahlili usullari, matnga qo'yiladigan talablar hamda matn lingvistikasining nazariy asoslarini o'rgatadi. Qo'llanmada nazariy ma'lumotlar bilan bir qatorda magistrlarning bilim darajasini oshirishga xizmat qiluvchi savol va topshiriqlar, testlar berilgan.
-
Oʻzbek tilining amaliy uslubiyati fanidan topshiriqlar
Turdiyeva G.S.,Mazkur oʻquv qoʻllanma xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili), maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda xorijiy til (ingliz tili), filologiya va tillarni oʻqitish (ingliz, nemis, fransuz, ispan tili), tarjima nazariyasi boʻlimi talabalari fan boʻyicha amaliy mashgʻulotlar jarayonida foydalanishlari uchun moʻljallangan.
-
Zamonaviy dasturlash tillari
Ashurov M. O‘,Ushbu darslik algoritm asoslari, ularning tavsifi, Python dasturlash tili, Python tarixi va rivojlanish tendentsiyasi, sinflar va sinflarda vorislik kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab olgan. Pythonda tarmoqlanish, takrorlash kabi algoritmlar, funksiyalar bilan ishlash, sinflar va obyektlar, obyektlar massivlari, sinflar va ko‘rsatkichlar, sinflar orasida munosabatlar, standart amallarni qo‘shimcha yuklash, funksiyalar va sinflar shablonlari, standart shablonlar, kutubxonalar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Mazkur darslik Matematika va informatika yo‘nalishda ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.
-
Fizpraktikum. Elektr va magnetizm
Saparov.X.Sh,"Fizpraktikum. Elektr va magnetizm" yo‘nalishidagi o‘quv qo‘llanmalar va uslubiy ishlar oliy o‘quv yurtlari fizika va matematika fakultetlari talabalari uchun mo‘ljallangan. Talabalarda elektr va magnetizm hodisalari bo'yicha nazariy bilimlarni amaliy tajribalar orqali mustahkamlash, fizik kattaliklarni o'lchash va ularning xatolarini hisoblash ko'nikmalarini shakllantirish. Oliy ta'lim muassasalarining fizika, matematika va muhandislik fakultetlari talabalariga laboratoriya mashg'ulotlarini bajarishda yordamchi o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etiladi.
-
Ер кадастри
Бобожонов А. Р., Раҳмонов Қ. Р., Ғофиров А. Ж.,Дарсликда Ўзбекистон Республикаси Ер ресурслари, ер фонди тоифалари, ер солиғи, ер мониторинги, ер ҳуқуқининг илмий асослари кенг ёритилган.
-
Ер ва бино-иншоотлар рўйхати ва ҳисоби
Д.О.Журакулов,Мазкур дарслик олий таълим муассасаларининг геодезия, картография ва кадастр таълим йўналишининг “Бино ва иншоотлар кадастри” бўйича таълим олаётган талабаларига мўлжалланган дастур асосида тузилган. Унда ер ва бино- иншоотлар рўйхати ва ҳисоби фанининг вазифаси ва мақсади, ер ва бино-иншоотлар турлари ва фойдаланиш хусусиятлари, ер ва бино - иншоотларга бўлган ҳуқуқларни тасдиқловчи хужжатлар, давлат рўйхатига олиш аҳамияти, ер ва бино – иншоотларнинг миқдорий ва сифат ҳисоби ҳамда уларни юритиш тартиби ва қўлланиладиган картографик материаллар, шаҳар ва аҳоли пунктларида уй-жой фонди турлари ва ҳисоби, замонавий ахборот технологиялари асосида ер ва бино-иншоотлар ҳисобининг маълумотлар базасини яратиш масалалари муайян мисоллар асосида атрофлича баён қилинган. Дарслик намунавий фан дастурларига мос, низом талабларидан келиб чиқиб тайёрланган.
-
Меҳнат бозори ва Хоразм вилоятида ишчи кучидан фойдаланиш
И.Ш.Атаджанов,Мазкур монографияда иқтисодий ислоҳотлар жадаллашган шароитда мамлакатимизда меҳнат бозорининг шаклланиши ва ривожланиши, Хоразм вилоятидаги демографик вазият ва меҳнат ресурсларининг шаклланиши вилоятда ишчи кучидан самарали фойдаланиш масалалари тадқиқ қилинган.
-
Paxtani havodan ajratib olishda aerodinamik qarshilik va chigit shikastlanishini kamaytiruvchi separator konstruksiyasini yaratish
Q. Xodjayev,Mazkur monografiyada paxta tozalash korxonasida pnevma transport tizimlaridagi paxtani havodan ajratuvchi separator uskunasida tajribalar o'tkazilib, unda havoning qarshiligi va chigit shikastlanish darajasi aniqlangan. Tajribalarda tolaning separatordan oldin va keyin namunalar tanlab olinib jinlashdan o'tkazilib, HVI ko'rsatgichlari kalta tolalar indeksi, iflos aralashmalar miqdori, uzunlik bo'yicha bir xillik indeksi aniqlangan. Aerodinamik qarshilikni aniqlashda turli xil foydali yuzali setkalarni o'rnatib, turli nuqtalarda havo tezliklari o'lchangan va aerodinamik qarshilik koeffitsentining turli qiymatlarida havo hamda paxtaning o'lchamsiz tezliklari aniqlangan. Chigit shikastlanishini olingan namunalar laboratoriya sharoitida aniqlangan va yangi takomillashtirilgan separator uskunasi yaratilgan.
-
Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari
Atadjanov I.SH.,Mazkur o'quv qo'llanmada "Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari" o'quv fanining tadqiqot obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari, inson va tabiat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar va uning geografik hamda ekologik oqibatlari, tabiat taraqqiyotining asosiy qonunlari, insonning tabiatga ta'siri turlari, tabiatdan va tabiiy resurslardan foydalanishning nazariy asoslari, tabiatdan foydalanishda hisobga olinishi zarur bo'lgan qonuniyatlar, jamiyat va tabiat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar va uning geografik hamda ekologik oqibatlari, tabiatdan foydalanishda xalqaro hamkorlik masalalari, O'zbekistonning ekologik barqaror rivojlanishga o'tishining asosiy yo'nalishlari tahlil qilingan.
-
Dasturlash
J.Yusupova,―Dasturlash‖ fanidan oʻquv qoʻllanma Oliy ta‘lim muassasalari bakalavr birinchi bosqich talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, Oliy va oʻrta maxsus ta‘lim vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Dj.Sultanov tomonidan 2024-yil 30-avgustdagi №138-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan oʻquv dasturi boʻyicha oʻrganish uchun moʻljallangan materiallarni oʻz ichiga oladi.
-
Veb jurnalistika va internet janrlari
M.F. Axmedova,Ushbu uslubiy qo'llanmada jurnalistikaning bosma matbuotdan boshlanib, radio va televideniye orqali internet hamda onlayn mediagacha bo'lgan rivojlanish yo'li ketma-ket yoritilgan. Shuningdek, gonzo jurnalistika, pistirma jurnalistika va yangi jurnalistika kabi zamonaviy yo'nalishlar nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Qo'llanma jurnalistika janrlarining tasnifi, veb jurnalistikaning oʻziga xos xususiyatlari, internet muhitidagi axborot uzatish tamoyillari va yigirmanchi asrda radioeshittirishning paydo bo'lishi kabi mavzularni izchil tarzda o'rgatishga yo'naltirilgan.
-
Кинопроекцион аппаратлар
Т.Ҳидоятхўжаев,Ушбу ўқув қўлланмаси профессионал- техника билим юртларида киномеханиклар тайёрлаш программаси асосида ёзилган. Ушбу китоб кинотехника ва кинопроекция қурилмаларининг ишлаш принциплари, уларнинг оптик ва механик тизимларини ўрганишда узоқ йиллар давомида асосий қўлланмалардан бири бўлиб хизмат қилган. Ушбу китоб кинотехника ва кинопроекция қурилмаларининг ишлаш принциплари, тузилиши ва улардан фойдаланиш қоидаларини ўргатишга мўлжалланган. Қўлланмадан киномеханиклар, кино ва кинопрокат тармоғида ишловчилар, шунингдек, кинотехникум студентлари ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
Кинопроекцион аппаратлар
Т.Ҳидоятхўжаев,Ушбу ўқув қўлланмаси профессионал- техника билим юртларида киномеханиклар тайёрлаш программаси асосида ёзилган. Ушбу китоб кинотехника ва кинопроекция қурилмаларининг ишлаш принциплари, уларнинг оптик ва механик тизимларини ўрганишда узоқ йиллар давомида асосий қўлланмалардан бири бўлиб хизмат қилган. Ушбу китоб кинотехника ва кинопроекция қурилмаларининг ишлаш принциплари, тузилиши ва улардан фойдаланиш қоидаларини ўргатишга мўлжалланган. Қўлланмадан киномеханиклар, кино ва кинопрокат тармоғида ишловчилар, шунингдек, кинотехникум студентлари ҳам фойдаланишлари мумкин.