-
Eshkak eshish nazariyasi va uslubiyati
Korbut V.M, Isroilova G`.R, Matnazarov X.Y, Ikramov B.F,Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti, sport mashqlari, -
-
Мамлакатимизни янада обод этиш ва модернизация қилишни қатъият билан давом эттириш йўлида 21-жилд
Каримов И.,Siyosat va uning hamjamiyat taraqqyotidagi roli, -
-
-
Oliy ta’lim. Oliy ta’lim pedagogikasi. Bakalavr. Magistratura,
-
Sport,
-
Jahon iqtisodi,
-
Siyosat va uning hamjamiyat taraqqyotidagi roli,
-
-
Mexanika,
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
-
Zoogigiena va veterinariya sanitariyasi,
-
Matematika,
-
Sport,
-
-
Eshkak eshish nazariyasi va uslubiyati
Korbut V.M, Isroilova G`.R, Matnazarov X.Y, Ikramov B.F,O'quv qo'llanmada eshkak eshish sporti turlarining rivojlanish tarixi eshkak eshish texnikasi va uni o'rgatish sport trenirovkasi asoslari eshkak eshish sportida izlanishlar olib borish mavzulari keng ochib berilgan.
-
Musiqaning elementar nazariyasi bo'yicha mashq va vazifalar to'plami
Q.Rahimov,Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi musiqa ixtisosi bo‘yicha ta'lim oluvchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun о'quv qo‘llanma sifatida tavsiya etgan.
-
Basketbol nazariyasi va uslubiyati
A.A.Pulatov, F.V.Ganiyeva,Mazkur darslik amaldagi DTS, o‘quv rejasi, o‘quv dasturi va zamon talablariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, 0 ‘zDJTI talabalari, magistrantlari, olimpiya zahiralari KHKlari o‘quvchilari, basketbol bo'yicha sport maktablari, klublari va tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislarga mo‘ljallangan.
-
Мамлакатимизни янада обод этиш ва модернизация қилишни қатъият билан давом эттириш йўлида 21-жилд
Каримов И.,Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримов асарларининг 21-жилдидан давлатимиз раҳбарининг 2012-2013 йилларда Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 20 йиллигига бағишланган тантанали маросимда, Вазирлар Маҳкамасининг мажлисида, турли халқаро анжуманларда, маросимларда сўзлаган нутқлари ва маърузалари ҳамда табриклари ўрин олган
-
Mexanika
A.A.Abdumalikov, H.M.Sattorov,Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan universitetlar fizika va astronomiya ta’lim yo'nalishlari uchun tasdiqlangan o'quv dasturiga mos holda yozilgan. Unda moddiy nuqta va qattiq jism kinematikasi va dinamikasi, kuch va energiya tushunchalari, saqlanish qonunlari, suyuqlik kinematikasi va dinamikasi qonunlari keng va atroflicha ko‘rib chiqilgan hamda ularningtatbiqlarigakattae’tibor berilgan. Bundan tashqari, mav- zularni mustahkamlash maqsadida har bir bobning oxirida nazorat uchun savollar va shu bobga tegishli masalalar joylashtirilgan. O‘quv qo‘llanmada fizikani o'rganishda muhim hisoblangan matematik apparatga ham keng o'rin berilgan. Qo'llanmada keltirilgan rasmlar, jadvallar, va ilovalar uning matnini to'ldiradi. Qo'llanma universitetlaming fizika va astronomiya ta’lim yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Undanpedagogika va boshqa oliy ta’lim muassasalari talabalari va o'qituvchilari ham foydalanishi mumkin.
-
O`rmonshunoslik
Egamberdiyev M., Kodirov A.,O`quv qo`llanmada asosiy e`tibor o`rmon va o`rmonga ta`sir ko`rsatuvchi asosiy ekologik omillarni o`rganishga, o`rmonni asosiy komponentlari bilan bog`liqligi, o`rmonni parvarishlash maqsadida kesish usullarini ishlab chiqishga, O`zbekistonning keskin kontinental iqlim sharoitida o`rmon yetishtirish va parvarishlashga qaratilgandir.
-
JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI
O'. L. Matnazarov,O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 601122200-"Jismoniy madaniyat" ta'lim yo'nalishi talabalari uchun o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etilgan
-
Falsafa
Matbua Ahmedova,Darslikda falsafa asoslari yangi metodologik yondashuvlar hisobga olingan holda tizimli bayon etilgan. Darslik mazmuni dunyoda ko'pchilik tomonidan tan olingan falsafiy bilim strukturasiga mos keladi. Unda falsafa tarixiga, Markaziy Osiyo xalqlari falsafasi, shuningdek, G'arb va Sharq falsafasiga keng o'rin berilgan. Darslikda falsafadagi metodologiya va metod, ontologiya, gnoseologiya, fan falsafasi, texnika falsafasi, falsafiy antropologiya, ijtimoiy falsafa, din falsafasi, aksiologiya, tarix falsafasi, global muammolar falsafasi kabi masalalar o'z o'mini topgan.
-
Oliy malakali gandbolchilar tayyorlashning o`ziga xos xususiyatlari
Nabiyev T. E.,Mazktir o‘quv qo‘llanmada oliy malakali gandbolchilar tayyorlashning asosiy tarkibiy qismi bo'lgan sport yuklamalari tahlil etiladi. Sportchilar musobaqa va mashg‘ulot jarayonida bu yuklamalarni doimo bajarishlari zarur bo'ladi. O'quv qo‘llanmada gandbolchilarni tayyorlashga oid bir qancha ilmiy tadqiqot ishlaridan foydalanilgan, shuningdek, mazkur nashrda muallif va uning shogirdlari tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalariga asosiy o‘rin berilgan.
-
Жахон иқтисодиётига интеграция
Ишмухаммедов А.Э., Суннатов М.Н., Шибаршова Л.И.,Ушбу ўқув қўлланмани тайёрлашда сўнгги йилларда мамлакатимизда олиб борилаётган чуқур иқтисодий ислохотлар натижалари хамда жахон иқтисодиётига собитқадамлик билан кириб бораётган мустақил давлатларнинг тажрибалари асос қилиб олинган.
-
Erishgan marralar bilan chegaralanmasdan, boshlagan islohotlarimizni yangi bosqichga ko'tarish- bugungi kundagi eng dolzarb vazifamizdir
Islom Karimov,O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov asarlarining 23-jildida davlatimiz rahbarining 2014-2015-yillarda mamlakatimiz parlamenti palatalari, Vazirlar Mahkamasining majlislarida, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 22 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati- O'zbekiston liberal- demakratik partiyasining VII syezdida, turli xalqaro anjumanlarda, marosimlarda so'zlagan nutq va ma'ruzalari, tabriklari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvlardagi chiqishlarining qisqa bayoni o'rin olgan
-
Korxonada kadrlar siyosati
Umurzaqov B. , Abdurahmanova G., Xolmuratov S.,O`quv qo`llanmada O`zbekiston iqtisodiyotining rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari xizmat ko`rsatish holatlarini tahlil qilish seminar mashg`ulotlar o`tkazishga uslubiy ko`rsatmalar berilgan.
-
Amaliy mexanika
N.S.Bibutov, A.X.Hojiyev, R.X.Shamsiyev, Z.R.Asrayev, S.A.Bo'onov,Metodik ko‘rsatma «Mexanika» kafedrasi yig‘ilishida (bayon № 5, 28.11.2018-yil) tasdiqlangan va institut uslubiy kengashida chop etishga tavsiya etilgan (bayon № 4 26.12.2018-yil).Taqrizchilar: t.f.d. K.A. Karimov: Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti, “Nazariy mexanika va mashina mexanizmlar nazariyasi” kafedra professori.t.f.d. N.M.Murodov. Toshkent Irrigatsiya va Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituii Buxoro filiali direktori t.f.d. X.Q.Raxmonov. Buxoro Muhandislik texnologiyalari instituti “Yengil sanoat va Jihozlari” kafedrasi mudiri professori Amaliy mexanika fanidan kurs loyihasi o‘quv qoTlanmasida mexanizm va mashinalar nazariyasi va mashina detallaridan misollar yechib ko‘rsatilgan. Mexanizm va mashinalar nazariyasida besh bo‘g‘inli mexanizmini strukturaviy va kinematikaviy tahlili berilgan. Mashina detallari fanidan tipaviy bir pog‘onali reduktoriami loyihalash asoslari keltirilgan.O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 20-iyuldagi 654-sonli buyrug'iga asosan о ‘quv qo ‘llanma sifatida nashr etishga ruxsat etildi.
-
Молия бозори ва инвестициялар
А.У.Бурханов, Х.Х.Худойқулов,Дарслик «Молия бозори ва инвестициялар» фани дастури асосида тайёрланган бўлиб, унда молия бозорининг иқтисодий моҳияти, унинг қатнашчилари, инструментлари, профессионал иштирокчилари, институционал инвесторлари ва қатнашчилари, уни мувофиқлаштириш ва тартибга солиш, инвестицион фаолият, инвестиция сиёсати ва муҳити, инвестицион лойиха ва уни молиялаштириш, хорижий инвестициялар ва уларни жалб қилиш йўналишлари, қимматли қоғозлар бозорида коллектив инвестициялаш институтлари, рисклар ва инвестицион портфелларни бошқариш асослари, жаҳон молия бозори ривожланишининг замонавий тенденциялари каби масалалар ёритилган.
-
Адолат буюк донишмандлар талқинида
Ҳ.Алиқулов,Китобда адолат тушунчасининг моҳияти унинг келиб чиқиши ва муҳим ҳусусиятлари очиб берилган. Унда фалсафа ва бадиий адабиётнинг буюк донишмандлари Платон, Аристотел, Абу Наср Фаробий, Алишер Навоий ва бошқаларнинг адолат ҳақидаги қимматли фикрлари манбалар асосида таҳлил қилинган ва ҳозирги замондаги аҳамияти кўрсатиб ўтилган.
-
VETERINARIYA FARMAKOLOGIYASI
YUNUS SALIMOV,O'quv qo'llanmada veterinariya farmakologiyasi fanining qisc rivojlanish tarixi va uning asosiy vazifalari, ilmiy yo'nalishlari, de lami olish manbalari va yo'llari, farmatsiya, dori moddalarining de lari va yuborish yo'llari hamda ularni organizmdan ajralib chiqish biotrans formatsiya, dorilarni ta'sir etish turi va mexanizmi, shunir dori moddalarining salbiy ta'sirlari hamda uni bartaraf etish chora. ko'rsatilgan
-
Oliy matemetikadan misol va masalalar
YU.P.Apakov, B.I.Jamalov, A.M.To'xtabayev,Darslik muhandis-texnika sohasidagi bakalavriat ta'lim yo'nalishlari uchun mo'ljallangan. Kitob ikki jilddan iborat. 1-jild 7 bobni, 2-jild 9 bobni o'z ichiga iladi.Darslikdan kunduzgi, kechki va sirtqi bo'lim talabalari foydalanishlari mumkin.
-
Gimnastika va uni o'qitish metodikasi
Matnazarov O'. L ., Xudayberganov O. E.,Qo'llanmada gimnastikaninig rivojlanish tarixi, gimnastika atamalarining ahamiyati va qo‘llanilishi, gimnastika turlari, gimnastika mashg‘ulotlarining asosiy qoidalari, gimnastika mashqlarini o‘rgatish metodlari yoritib berilgan.
-
Amaliy etika va estetika
La'lixon Muhammadjonova,Jamiyatdagi xar bir inson yakka xolda, tashqarida yashamaydi. U odamlar orasida o'sadi, uig'ayadi, xayot kechiradi,uning butun xayoti va faoliyati davomida xar - bir toifadagi ko'plab insonlar bilan muloqotda bo'ladi, Bu insonning kundalik xayotiy extiyojlarini qondirish zaruratidan kelib chiqadi. Demak doimo axloqiy va estetik munosabatda bo'ladi Buning uchun esa Amaliy etika va estetikaning umumiy qonuniyatlari, nazariyasi, amaliy ahamiyatini o'rganish, bilish va unga amal qilish davr talabi xisoblanadi. "Amaliy etika va estetika" o'quv qo'llanmasi barcha sohani o'zlasharuvchi bo'iajak mutaxassislarni axloqiy va estetik jihatdan tarbiyalashga aid masaialarni ilmiy va amaliy jihatdan yoritishga yordam beradi.