-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
-
Туристик хизматлар саҳасида инвестицион фаолликни оширишнинг устувор йўналишлари
С.Салаев, Б.Олланазаров,Turizm. Alpinizm, -
Simsiz keng polosali texnologiyalar
D.A. Davronbekov, Sh.U. Pulatov, M.O. Sultonova, U.T. Aliyev, E.B. Tashmanov,Ilmiy axborot faoliyati. Informatika, -
-
Oliy ta’lim. Oliy ta’lim pedagogikasi. Bakalavr. Magistratura,
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
Ўзбекистон ахборот-коммуникация технологиялари сохаси менежменти масалалари.
А.Н.Орипов, Т.К.Иминов,Ommaviy axborot vositalari, -
Elektr aloqasi,
-
Олий таълим бошқаруви: ISO талаблари ва устувор вазифалар
Т. Ахмедов, Ф. Иброҳимов.,Oliy ta’lim. Oliy ta’lim pedagogikasi. Bakalavr. Magistratura, -
Таълим сифатини оширишда инновацион кутубхоналарнинг аҳамияти
М. Қосимов, А. Эшмуродов,Oliy ta’lim. Oliy ta’lim pedagogikasi. Bakalavr. Magistratura, -
Олий таълимда ахборот-кутубхона хизматини рақамлаштириш: unulibrary.uz электрон кутубхона платформаси
Мамарасулов М, А.Алиев, И.Мамажонов,Oliy ta’lim. Oliy ta’lim pedagogikasi. Bakalavr. Magistratura, -
Олий таълимнинг ўқув-услубий ҳужжатлари таҳлили (дунёнинг ТОП-200 талик олийгоҳлари мисолида)
Л.Зарипов, З.Тоҳиров, Н.Хайитов, М.Тухтаева,Oliy ta’lim. Oliy ta’lim pedagogikasi. Bakalavr. Magistratura, -
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
-
-
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
Siyosiy madaniyat. Madaniyat. Ma’naviyat va mafkura,
-
Kriptografiyaning matematik asoslar
D. Y. Akbarov, P. F. Xasanov, O. P. Axmedova,Ushbu o'quv qo'llanmada kriptografiya tarixi, kriptografiyaning asosiy matematik tushunchalari, ta'riflari, teoremaiari hamda simmetrik va nosimmetrik kriptografik algoritmlaming matematik asoslari bayon etilgan. O'quv qo'llanmada parametrli funksiyalar va ularning asosiy xossalari, diamatrisalar algebrasi va parametrli elliptik egri chiziqli funksiyalar hamda ular asosida ishlab chiqilgan kriptoalgoritmlar keltirilgan.
-
Садриддин Айний. Асарлар. 3 том
Садриддин Айний,Садриддин Айний социалистик маданиятимиз хазинасига бебаҳо дурдоналар қўшган атоқли бўлиб,заковатли олим, донишманд устод ва фидокор жамоат арбобидир. Унинг номи маданиятимиз тарихи йилномасига олтин ҳарфлар билан битилган.
-
Туристик хизматлар саҳасида инвестицион фаолликни оширишнинг устувор йўналишлари
С.Салаев, Б.Олланазаров,Ушбу монографияда туризм соҳасида инвестицион фаолликнинг ижтимоий-иқтисодий аҳамияти ва объектив зарурлиги, илмий, назарий ва услубий ёндашувлари, туристик хизматлар кўрсатиш соҳасига инвестицияларни жалб қилишнинг илғор хорижий усулларини мамлакатимиз иқтисодиётига жорий қилиш бўйича тавсиялар, миллий иқтисодиётда инвестицион фаолиятни тартибга солишнинг ташкилий-ҳуқуқий асослари атрофлича ёритилган.
-
Simsiz keng polosali texnologiyalar
D.A. Davronbekov, Sh.U. Pulatov, M.O. Sultonova, U.T. Aliyev, E.B. Tashmanov,Simsiz axborot tizimlari va tarmoqlari yanada katta ommaviylikka ega bo‘lib bormoqda, chunki ular an’anaviy simli tarmoqlarga qaraganda qator afzalliklarga ega. Lekin chastotalar spektrining litsenziyalanmaydigan diapazonida ishlaydigan foydalanuvchilarning katta soni halaqitlarning ortishiga va har bir ma’lum tarmoqdagi shovqin darajasining oshishiga olib keladi.
-
Boburnoma
Z.M.Bobur,«Bobumoma» - o‘zbek memuar adabiyotining bebaho namunasidir. I Jnda O‘rta Osiyo, Afg‘oniston va Hindiston xalqlari tarixi, geografiyasiga oid qim- matli ma’lumotlar mavjud. Mazkur asar o‘sha davr o'zbek adabiy tilining yor- qin namunasi ekanligi bilan ham yanada ahamiyatliroqdir. Aziz o‘quvchi! Mard va jasur sarkarda Bobur mirzo hayoti bilan siz ham tanishing, o'mak oling
-
Олий таълимга оид халқаро ва минтақавий конвенциялар: имкониятлар ва истиқболлар
Ш. Якубов,Мазкур методик қўлланмада ЮНЕСКО томонидан таълим тизими бўйича халқаро стандартларни шакллантириш мақсадида “Олий таълимга оид малакаларни тан олиш тўғрисида”ги Глобал конвенциянинг моҳияти, аҳамияти ва истиқболлари таҳлил қилинган. ЮНЕСКО томонидан таклиф этилаётган ёндашувлар келажакка бефарқ бўлмаган ҳар бир мамлакат томонидан чуқур таҳлил қилиниши, олий таълимга оид стратегияларни белгилашда ҳисобга олиниши муҳим.
-
Mikroprotsessor
X.Yu.Abasxonova, M.B.Mirzayeva, S.S.Parsiyev,Telekommunikatsiya sohasi uchun yuqori mutaxassislarni tayyorlash uchun mikroprotsessorlarni bilish, dasturiy boshqariladigan mikroprotsessorli tizimlarni yaratish, tahlil etish bo‘yicha bilimlar zarurdir. Mavjud davrda hisoblash tizimlari juda tez odimlar bilan rivojlanib kelmoqda. Shuning uchun “Mikroprotsessor” fani boshqa fanlarga qaraganda o‘zining tezkor o‘zgarishi bilan farqlanadi. Ushbu o‘quv qo‘llanmada mikrokontroller va uning arxitekturasi, tuzilishi, turlari, tashqi qurilmalar bilan ma’lumot almashishi, dasturlash asoslari, dasturiy va apparat vositalarini yaratishni o‘rganish masalalarini o‘z ichiga olgan. Mazkur fan talabalarga maxsus fanlarni o‘zlashtirishda, keyinchalik ishlab chiqarish, loyihalash va tadqiqot ishlarida kerak bo‘ladigan asosiy negiz tushunchalarini o‘rgatadi. O‘quv qo‘llanmada “Mikroprotsessor” fanini o‘zlashtirish jarayonida talabalar tomonidan o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan bilimlar: mikrokontroller arxitekturasi va protsessorli yadrosi, buyruqlar tizimi, mikrokontrollerlarni tashqi muhit bilan aloqasini tashkillashtirish; o‘zlashtirgan bilimlarni mikrokontrollerlarni tanlash va dasturiy muhitga moslashtirish, dasturlash, dasturni qurilmaga yuklash, ularni parametrlarini kiritish, tadqiq etish va dasturiy boshqariladigan qurilmalarni ishlatishni; olingan natijalarni sohaga tadbiq etish haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. O‘quv qo‘llanma 5311300 - “Telekommunikasiya texnologiyalari” (Telekommunikasiya, teleradioeshittirish, mobil tizimlar) yo‘nalishi bo‘yicha oliy o‘quv yurtlari talabalari, hamda kredit ta’lim tizimi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarning “Operatsion tizimlar”, “O‘rnatilgan tizimlar” v.b. fanlarini tayanch fani hisoblanadi va shu fanlar bilan mantiqan bog‘langan. O‘quv qo‘llanma Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ilmiy-uslubiy kengashining qarori bilan chop etishga tavsiya etildi.
-
Ўзбекистон ахборот-коммуникация технологиялари сохаси менежменти масалалари.
А.Н.Орипов, Т.К.Иминов,Монографияда ахборот-коммуникация технологиялари сохасида замонавий бошцарув тизимини шакллантиришнинг назарий асослари. ўтиш даври иктисодиёти шароитида соха бошқарув тизимининг ривожланиш крнуниятлари, тенденциялари ва республикага хос хусусиятлари таърифланган. Алоқа ва ахборотлаштириш соҳасини урганиш асосида ушбу тармокни бошқариш тизимини ривожлантиришнинг турли вариантли-истиқболли йуналишлари белгиланган. Иқтисодий ислоҳотлар амалиёти талабларига асосланган ҳолда, соҳа бошқарув тизимини такомиллаштиришнинг илмий асослари ҳамда бу борадаги амалий таклифлар ишлаб чиқилган. Монография кенг китобхонлар оммаси учун мўлжалланган. Унда кўтарилган муаммоли масалалар соҳа мутахассислари, илмий ходимлар, ўкув юртлари педагог ва талабалари учун айниқса, кизиқарлидир.
-
Tolali optik aloqa tizimlari va tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish.
N.M. JO'RAYEV,O'quv qo'llanma ushbu fanning namunaviy o'quv dasturida ko'rsatilgan mavzular asosida tayyorlangan va 18 bobdan iborat, unda quyidagi mavzular bo'yicha muhim nazariy va amaliy ma‘lumotlar keltirilgan. Optik aloqa asoslari, optik tolalar, optik aloqa tizimlarining aktiv va passiv elementlari, optik modulyatorlar, optik uzatgichlar va fotoqabul qilgichlar, tolali optik aloqa tizimlarining liniya trakti va liniya kodlari, regeneratorlar, optik kuchaytirgichlar, o'lchov vositalari, to'qin uzunligi bo'yicha zichlashtirish texnologiyasi, abonent kirish optik tarmoqlari hamda ushbu tizimlarni loyihalashtirish va texnik ekspluatatsiya asoslari yoritib berilgan.
-
Олий таълим бошқаруви: ISO талаблари ва устувор вазифалар
Т. Ахмедов, Ф. Иброҳимов.,Мазкур методик қўлланма Халқаро стандартлаштириш ташкилотининг ISO 21001:2018 "Таълим ташкилотлари-Таълим ташкилотларини бошқариш тизимлари -Фойдаланиш бўйича йўриқномага эга талабалар" номли стандартининг мазмуни, асосий талаблари ҳамда ушбу талабларнинг олий таълим муассасаларида таълим сифатини оширишдаги аҳамияти каби масалаларни ўз ичига олган
-
Таълим сифатини оширишда инновацион кутубхоналарнинг аҳамияти
М. Қосимов, А. Эшмуродов,Мазкур методик қўлланмада қўлланмада олий таълим муассасалари ахборот-ресурс марказлари фаолиятида инновацион технологияларнинг ўрни, хорижий давлатлар олий таълим муассасалари ахборот-ресурс марказларида фойдаланувчилар учун яратилган шарт-шароитлар, автоматлаштирилган ахборот-кутубхона тизимлари ва RFID технологияларининг имкониятлари, шунингдек, давлат олий таълим муассасалари ахборот-ресурс марказларини автоматлаштириш жараёнларининг таҳлили баён қилинган
-
Олий таълимда ахборот-кутубхона хизматини рақамлаштириш: unulibrary.uz электрон кутубхона платформаси
Мамарасулов М, А.Алиев, И.Мамажонов,Мазкур қўлланмада Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги ҳузурида ташкил этилган unulibrary.uz электрон кутубхона платформаси, унинг ташкилий тузилмаси, фойдаланувчиларга яратилган имкониятлари ҳақида маълумотлар келтирилган
-
Олий таълимнинг ўқув-услубий ҳужжатлари таҳлили (дунёнинг ТОП-200 талик олийгоҳлари мисолида)
Л.Зарипов, З.Тоҳиров, Н.Хайитов, М.Тухтаева,Бугунги кунда олий таълим муассасалари таълим йўналишлари ва мутахассисликлари ўқув режаларидаги фанларни халқаро стандартларга мослаштириш мақсадида нуфузли хорижий олий таълим муассасалари дастурлари таҳлил қилинмоқда ҳамда уларни жорий қилиш чоралари кўрилмоқда
-
Termodinamika 1-qism
O. S. Ablyalimov,O‘quv qoʻllanmada texnik termodinamika asoslari va issiqlik almashinuvi nazariyalari haqida qisqacha ma'lumot berilgan.Shuningdek,olingan mavzular boʻyicha formulalar va ularga doir misollar koʻrsatilgan. Barcha misollar yechimga ega va namunaviy misollar yechimi bilan koʻrsatilgan. Misollarni yechish uchun kerakli materiallar berilgan, bu materiallar amaliy mashgʻulotlar jarayonida foydali bo'lishi mumkin, shuningdek oraliq va yakuniy nazorat ishi singari imtihonlarda va talabalar tomonidan bajariladigan mustaqil loyiha hisob ishlarida qoʻllanilishi mumkin. Oʻquv qoʻllanma oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan, issiqlik energiyasiga doir boʻlmagan mutaxassislikda oʻqiyotgan, shuningdek, temiryoʻIchilar va issiqlik energiyasini oʻrganayotganlar uchun moʻljallangan. Bundan tashqari oliy texnik oʻquv yurtlari oʻqituvchilariga, muhandislarga, texnik ishchilarga va ilmiy xodimlarga, shuningdek, issiqlik energiyasi mutaxassislari uchun ham foydali boʻlishi mumkin.
-
Kompyuterli va raqamli texnologiyalar
T.Yu.Turayev,Qo'llanmada nazariy bilimlar, amaliy ko'nikmalar, katta hajmdagi ma'lumotlar bilan ishlash va unda bulutli texnologiyalarni qo'llash, axborot tizimlari va texnologiyalari xavfsizligini ta'minlashning strategik yo'nalishlari, raqamli iqtisodning blokcheyn texnologiyalari bilan amallarni bajarish, biznes-muhitlarda biznes axborot tizimlarining faoliyat yuritishi, elektron biznesni yuritish yo'llari va ulardan samarali foydalanishning ahamiyatini ochib berilgan
-
So'z harorati
D.G'ayipov,Qo'lingizdagi kitob filolog olim Dilshod G'oyipov qalamiga mansub ilmiy va publitsistik maqolalardan iborat. Olim ularda millat jonkuyari sifatida namoyon bo'ladi, til, adabiyot va jamiyatning turli sohalaridagi dolzarb masalalarga teran nigoh tashlaydi, ularni tahlil va tadqiq qiladi, o'z yechimlarini berishga intiladi.
-
Elektron hisoblash mashinalari va tarmoqlari
S.K.G'aniyev,Ushbu o'quv qo'llanma zamonaviy ehmlar Kompyutrlar van kompyutrlar tarmoqlari
-
Қаҳқаҳа
Н. Аминов,Таниқли ёзувчи Неъмат Аминовнинг ушбу тўпламига Елвизак билан Суварак қиссаси ҳамда шу пайтга қадар нашр қилинган энг сара китобларидан ҳикоялар киритилган.Ушбу адабиёт азиз китобхонлар кўнглидан жой олади деган умиддамиз.
-
Информатика ва программалаш
Халджигитов А.А, Мадрахимов Ш.Ф., Адамбаев У.Э.,Мазкур қўлланма олий ўқув юртларининг 1-2 курс талабаларига программалаш асосларини ва Turbo Pascal тили мисолида программалаш технологияларини ўргатишга бағишланган.
-
Хориж-Университет хотин-қизлар нигоҳида
Ҳ.Қ.Исмаилова Ж.И. Эрметова,Ушбу рисола мустақиллик йилларида университет хотин-қиз ўқитувчиларининг хориждаги илмий муассасалар билан алоқалари, илмий-амалий сафарлари натижасида эришилган ютуқларини амалиётга тадбиқ қилиш бўйича қилинаётган ишлар ҳақида баён этилган.