-
-
-
Pedagogika va metodikalar,
-
-
-
-
Elektroenergetika. Elektrotexnika,
-
-
-
-
-
-
Inson va atrof muhit. Inson ekologiyasi tabiatni muhofaza qilish,
-
Organik kimyoda nomli reaksiyalar va ularning mexanizmlari
Polvonov X., Usmanov R., Ataniyazov O.,Organik kimyo, -
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA УА PEDAGOGIK MAHORAT FANINING 0 ‘QUV MASHG‘ULOTLARINI LOYIHALASH
M.Tojiyev, B.Ziyamuxamedov,Pedagogika va metodikalar, -
Pedagogika va metodikalar,
-
Siyosat va uning hamjamiyat taraqqyotidagi roli,
-
Tasavvuf va mumtoz poetika asoslari fanidan amaliy va seminar mashg`ulotlarini o`tkazish
Matkarimova S.,Folklor. Folklorshunoslik,
-
Turkiy adabiyot durdonalari. Tariq Bug'ra. 52 jild
Lola Fattoyeva,"Turkiy adabiyot durdonalari" deb nomlangan 100 jildlik kitoblar turkumining ushbu sonida Tariq Bug’ra hayoti va faoliyati haqida ma’lumot hamda ijodining eng sara namunalari kiritilgan
-
Kurash hamma uchun
Xalmuxammedov R.D., Satipov B.A., Matvapayev A.G.,O`quv-uslubiy qo`llanmada kurash va uni o`qitish uslubiyati fani bo`yicha zamonaviy bilim va tajribalar umumlashtirilgan. Kurash sport turini boshlang`ich bosqichida texnik usullarni о`rgatish va ularni amalga oshirish uslubiyati kabi masalalari bayon qilingan. O`quv-uslubiy qo`llanma oliy o`quv yurtlari jismoniy madaniyat fakultetlarining o`qituvchilari, magistrlari va talabalari, murabbiylar va olimpiya zahiralari kollejlari murabbiy va о`quvchilari uchun mo`Ijallangan.
-
Ta'limning interfaol metodlari
Yo`ldoshev R., Xusainova R., Bobojonova U.,Ushbu uslubiy qo`llanmada "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" asosida kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda ta'lim jarayonida yangi pedagogik va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda dars o`tish, aniqrog'i ta'limning interfaol metodlari to`g`risida fikr yuritiladi. Qo`llanma ta'limning interfaol metodlari bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo`ljallangan.
-
Шажарайи Хоразмшоҳий
Муҳаммад Юсуф Баёний,Она тарихимизнинг қанчадан-қанча саҳифалари бизга қоронғу.Қўлингиздаги асарга кирган манбалар манқуртлик ақидаларига муайянзарба беражаги,сизни аждодларимизнинг мангу тирик хотирасига ошно этажагига аминмиз.Муаррих Баёний Хоразмнинг олисда қолган ҳаёти ҳақида қимматли маълумотлар, қизиқарли воқеалар ,ривоятларга суяниб фикр юритади.
-
Жахон тарихидаги сулола ва давлатлар
РАЖАБОВ Қаҳрамон, КАНДОВ Баҳодир,Мазкур китобда жахон тарихидаги давлатлар, сулола ва подшоликларнинг кискача сиёсий тарихи ва мухим саналари 1795-1960 йиллapи бўлган хронологияси билан биргаликда ихчам тарзда бахс қилингам. Унда жахон тарихидаги муҳим вокеалар, давлат арбоблари, шоирлар, олимлар ва бошка тарихий шахслар хақидаги маълумотлар мавжуд. Ушбу китоб умумтаълим мактаблари, лицей ва коллежлар ўқувчилари хамда олий ўқув муассасалари талабаларига мўлжалланган. Шунингдек, китоб материалларидан жахон тарихи билан кизикувчи барча китобхонлар фойдаланишлари мумкин.
-
Kurash hamma uchun
Xalmuxammedov R.D., Satipov B.A., Matvapayev A.G.,O`quv-uslubiy qo`llanmada kurash va uni o`qitish uslubiyati fani bo`yicha zamonaviy bilim va tajribalar umumlashtirilgan. Kurash sport turini boshlang`ich bosqichida texnik usullarni о`rgatish va ularni amalga oshirish uslubiyati kabi masalalari bayon qilingan. O`quv-uslubiy qo`llanma oliy o`quv yurtlari jismoniy madaniyat fakultetlarining o`qituvchilari, magistrlari va talabalari, murabbiylar va olimpiya zahiralari kollejlari murabbiy va о`quvchilari uchun mo`IJallangan.
-
Чизма геометрия ва муҳандислик графикаси
Г.Я.Содиқова,Ўқув қўлланманинг асосий мақсади проекциялаш усуллари, нуқтанинг эпюрасини ясаш, туғри чизиқ. унинг хоссаларини ўрганиш, текисликларминг ўзаро вазиятлари, эпюрни қайта қуриш усуллари, сиртларнинг текисликлар билан кесишуви, сиртларнинг ўзаро кесишуви чизма асбобларидан фойдаланиш, циркуль ва лекало эгри чизиқларини қуриш, проекцион чизма ва машинасозлик чизмаларига оид масалаларни мустақил ўрганишга қаратилган.
-
Turkiy adabiyot durdonalari. Sazoiy Qoraqo'ch. Jo'shqin Qorabulut. Ali Oqbosh. 53 jild
Lola Fattoyeva,O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 15-oktabr kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo'lib oʻtgan Turkiy davlatlar hamkorlik kengashining yettinchi sammitida tashkilotga a'zo davlatlar adabiyotining eng sara namunalaridan iborat "Turkiy adabiyot durdonalari" deb nomlangan 100 jildlik kitoblar turkumini har bir mamlakatning ona tilida nashr etish g'oyasini ilgari surgan edi. Ushbu ezgu tashabbus asosida birinchi boʻlib O'zbekistonda mana shu muhtasham adabiy majmua yaratildi. Mazkur keng koʻlamli, zalvorli badiiy silsilaga umumturkiy adabiyotning eng yetuk namunalari, O'zbekiston, Turkiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Ozarbayjon, Turkmaniston va Vengriya davlatlarining atoqli shoir, adib va mutafakkirlarining asarlari kiritildi. Turkiy tilli davlatlar orasida ilk bor ro'yobga chiqarilgan ushbu yirik loyiha ona yurtimizda madaniyat va san'atga ko'rsatilayotgan ulkan g'amxo'rlikning, xalqimizning qardosh xalqlar va ularning so'z san'atiga nisbatan yuksak hurmat-ehtiromining ramzidir.
-
Fizikaviy kimyo
Akbarov H. I.,Ushbu darslik universitetlarning kimyo fakultetlarida o`qitiladigan "Fizikaviy kimyo" fani o`quv dasturi asosida tayyorlangan bo`lib, unda kimyoviy termodinamika, statistik termodinamika, nomuvozanat jarayonlar termodinamikasi, gomogen va getrogen muvozanatlar, kimyoviy kinetika va kataliz, eritmalar haqidagi ta`limot va elektrokimyo bo`limlari bayon etilgan.
-
Танқид, талқин, баҳолаш
А.Расулов,Китобда бадиий, асарни ўқиш, англаш, ҳис қилишдан тортиб биографик, тариҳий-функционал, онтологик ёндашувлар, ижтимоий, эстетик, услубий, структурали, семиотик, микроанализ сингари таҳлил йўллари ўрганилган.
-
Фалсафа. Энциклопедик луғат
Абдуллаева М.,Ушбу энциклопедик лугат фалсафа йўналишидаги фанларда, ижтимоий- сиёсий ва илмий-оммабоп адабиётларда ишлатилади-ган ҳамда маънавий ҳаётда кенг қўлланилаётган айрим илмий, фалсафий атама, тушунча, оқим, йўналиш, назария, таълимот-ларни изоҳлайди. Мазкур луғат фалсафа муаммолари билан қизиққан ўқувчилар, талабалар, ўқитувчилар ҳамда кенг китобхон-лар оммасига мўлжалланган.
-
Турар жой биноларини лойиҳалаш
Абдужаббарова М.Т.,Ушбу ўқув қўлланмада кам, ўрта ва кўп қаватли турар жой биноларини лойиҳалашнинг умумий қоидалари, архитектура билан узвий боғланиш жараёни кўрсатиб берилган. Турар жой биноларининг типологияси, уларнинг умумий муаммолари, уй-жой қуриш масалалари, уй-жойларнинг турлари (классификацияси), хонадон ва унинг таркиби ҳамда функционал-технологик боғлиқлиги ёритилган бўлиб, бунда жамият тарақиёти, иқлим шароити, аҳолининг демографияси, функционал жойлашиш вазифаси, ечими, ташқи кўринишига таъсири кўрсатилиб ва уларни асослаб берилган.
-
Kurash texnikasi va o'qitish metodikasi
Raximov M.M, Masharipov F.T.,Ushbu o'quv -uslubiy qo'llanmada kurash va uni o'qitish uslubiyati fani bo'yicha zamonaviy bilim va tajribalar umumlashtirilgan. Kurash sport turini texnikasi va uni o'rganish hamda kurash turlarida klassifikatsiya masalalari bayon qilingan.
-
Ijtimoiy ekologiya
S.M.Turabdjanov, M.M.Aripova, L.S.Raximova,Mazkur darslik ijtimoiy ekologiya tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro bog`liqlikni uyg`unlashtiruvchi fan ekanligini yoritib, hozirgi ilm fanning yangi yutuqlari asosida ekoligik ta`lim va tarbiyani rivojlantirishga mo`ljallangan
-
Organik kimyoda nomli reaksiyalar va ularning mexanizmlari
Polvonov X., Usmanov R., Ataniyazov O.,O`quv qo`llanmada organik kimyo fani bo`yicha namunaviy fan dasturida keltirib o`tilgan barcha nomli reaksiyalar bilan bir qatorda jami 376 ta reaksiyalar va ularning borish sharoitlari hamda mexanizmlari keltirib o`tilgan.
-
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA УА PEDAGOGIK MAHORAT FANINING 0 ‘QUV MASHG‘ULOTLARINI LOYIHALASH
M.Tojiyev, B.Ziyamuxamedov,Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar, shuningdek, uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar, pedagoglar jamoasi va ilmiy tadqiqoteliilar uchun zarur manba bo‘Iib, pedagogik texnologiyani ta’lim jarayoniga joriy etish masalasida barcha fanlar o‘quv mashg‘ulotlarining loyihalarini yaratishda andaza hamda ta’lim-tarbiya amaliyotiga tatbiq etish bo'yicha uslubiy yordam vazifasini o‘taydi.
-
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat
Tolipov O`, Ro`ziyeva D.,Ushbu o`quv qo`llanmada pedagogik jarayonni loyihalash, ta'lim hamda tarbiya texnologiyalarining mohiyati, o`ziga xos jixatlari, shaxsga yo`naltirilgan ta'lim turlari, interfaol metodlar va ularni ta'lim-tarbiya jarayonida qo`llash, ta'lim texnologiyalarining magistrlar o`quv faoliyatini faollashtirishdagi o`rni masalalari xususida so`z yuritilgan.
-
Миллий ғоя ва маънавий тараққиёт тамойиллари
Саидов У.,Ушбу рисолада юртимизда маънавий-маърифий соҳада амалга оширилаётган ислоҳотлар мазмун моҳияти, миллий истиқлол ғоясининг ижтимоий-сиёсий ҳаётимиз барқарорлигини таъминлаш, ёшларни ҳар томонлама баркамол инсонлар этиб тарбиялашда тутган ўрни ва аҳамияти, шунингдек, таълим-тарбия тизимини яна такомиллаштириш билан боғлиқ масалалар таҳлил этилган
-
Tasavvuf va mumtoz poetika asoslari fanidan amaliy va seminar mashg`ulotlarini o`tkazish
Matkarimova S.,Mazkur uslubiy qo`llanma "Tasavvuf va mumtoz poetika asoslari" fani o`qitiladigan oliy o`quv yurtlari Filologiya (o`zbek filologiyasi) bakalavriyat yo`nalishidagi talabalar uchun mo`ljallangan.