-
-
-
Tasviriy san’at sohasida badiiy havaskorlik,
-
Tasviriy san’at sohasida badiiy havaskorlik,
-
-
-
Umumiy biologiya,
-
Odam biologiyasi. Antropologiya,
-
-
-
-
-
-
O‘simliklarning kasalliklari va ularga qarshi kurash (fitopatologiya),
-
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
Web dasturlash
Alimov R. X., Sobirov A. A., Saydullayeva S. A., Sharipov B. A., Akromov A. A,Ilmiy axborot faoliyati. Informatika, -
Transport logistikasi asoslari
Soliev E.A., Qulmuxamedov J.R., Mirzaev F.R., Adilov O.K., Mirgiyazov X.A., Nazarov K.M.,Umumtexnikaviy fanlar, -
Ўсимликлар физиологиясидан амалий машғулотлар
Абдуллаев P .А., Асомов Д .К ., Бекназаров Б .О ., Сафаров К.С.,Umumiy biologiya, -
-
Analizning xromatografik usullari
Q. Murоdov, D.Q. Murodova,O‘quv qo‘llanma xromatografik analiz usullarining barcha boʼlinmalari boʼyicha namunaviy masalalar keltirilgan. Har bir boʼlim boshida berilgan masalalarni yaxshi oʼzlashtirish maqsadida qisqacha nazariy tushuncyalar berilgan. Bundan tashqari, qo‘llanmada keltirilgan masala-larning turlariga qarab, masalalar yechishning turli xil usullaridan namunalar keltirilgan. Qoʼllanmaning oxirgi qismida talabalarda nazariy koʼnikmalar hosil qilish uchun test topshiriqlari ham berilgan
-
Bioinformatika
H. Ro'ziboyev , N. Komilova, G.Radjabova,Oʻquv qoʻllanmada bioinformatika fanining muqaddima qismi keng yoritilgan boʻlib, unda bioinformatikaning fan sifatida shakllanishi, tarixi, predmeti va vazifalari; bioinformatik ma'lumotlar bilan ishlay olish uchun talaba bilishi lozim boʻlgan molekulyar biologiyaning bazaviy bilimlari; oqsillar va nuklein kislotalar bo'yicha axborotlarni saqlovchi zamonaviy bioinformatsion ma'lumotlar bazalari metabolizm jarayonlarini yorituvchi ma'lumotlar bazalari; genomlarni tahrirlash molekulyar filogenetika asoslari molekulyar DNK va oqsil markerlari pangenom tushunchasi va ular bilan ishlash gen ontologiyasi epigenomika biologik makromolekulalarni vizualizatsiya qilishning zamonaviy usullari sun'iy neyronlar genom xaritalari va kartalashtirish dasturlari filogenetik shajaralarni o'rganish usullari toʻg'risida ma'lumotlar berilgan. O'quv qoʻllanma oliy oʻquv yurtlarining 5140100-Biologiya ta'lim yoʻnalishi. 5A140103-«Biofizika va biokimyo» magistratura mutaxassisligi bo'yicha tahsil olayotgan talabalariga, doktorant va yosh olimlariga xamda sohaning ilmiy xodim va mutaxassislariga mo'ljallangan.
-
Рангтасвир
Хаитов Э. Х., Жуманиязов Ш. Р.,Ушбу Укув куллан.ма ояий укув юртининг Тасвирий санъат йунаяишидаги талабалар учун яратилган булиб, тасвирий санъат-нинг асоси кисобланган холда чизматасвир буйича амалий машгу-лотлар мазмуни ёрктилган. Укув кулланманинг асосий вазифаси талабаларнинг раштасвир сирларини узлаштириш, .мустакил фикр-лаш ва ижодий фаолият даражасини ривожлантиришидан иборат. Кулланма чизматасвир фанидан яратилган дастур асосида ту-зилган булиб. турли хил иллюстрациялар билан бойитилган. Ушбу кулланмадан олий Укув юртлари талабалари хамда шу сохага алокадор мутахассислар хам фойлаланишлари мумкин.
-
Tasviriy san'atda rang
R.A.Xudayberganov,"Rangshunoslik va kompozitsiya asoslari' fani tasviriy san'at ta'limining muhim bo'g'inlaridan biri hisoblanadi. Bu kitob ragtasvir bilan shug'ullanuvchilarga rangshunoslik va kompozitsiya tuzilishi asoslari haqida keng ma'lumot beradi
-
Axborot xavfsizligi asoslari
B.N.Tahirov,O‘quv qo‘llаnmаda ―Axborot tizimlari xavfsizligi‖ fanining mazmuni, axborot xavfsizligining predmeti, audit moxiyati, uning maqsadi va vazifalari, axborot xavfsizligini ta‘minlashning asosiy tushunchalari, taxdidlar, himoya usullari, axborot xavfsizligini ta‘minlashning asosiy dasturiy va texnik vositari haqida yozilgan.
-
Sahna nutqi (Xrestomatiya)
Alimdjonova Z.,Ushbu o'quv qo'llanma barcha oliy ta'lim muassasalaridagi Sahna nutqi (Xrestomatiya) yo'nalishida o'quvchi talaba yoshlarga va magistrlar hamda ushbu yo'nalishga qiziquvchi talabalar uchun mo'ljallangan.«Sahna nutqi» fanidan tuzilgan mazkur о‘quv qо‘llanma О‘zbekiston Davlat san’at institutining Ilmiy Kengashi tomonidan 28.05.2007 yilda nashrga tavsiya etildi.
-
Genetika
D.D.Aliyev, Z.B.Islamova, G.M.Matkarimova, G.H.Nazarova, B.S.Ochilov,O'quv qo'llanma o'quvchilariga irsiyat, o'zgaruvchanlik, yangi o'simlik, hayvon mikroorganizm formalarini yaratish, organik olam evolyutsiyasining umumiy qonuniyatlari haqida bilim berishdan iborat. Genetikaga oid bo'limlarga irsiyat, o'zgaruvchanlik, ularning moddiy asoslari xromosoma, gen hamda genotip, fenotip, gomozigota, geterozigota, Mendel, Morgan qonunlari, genlarning o'zaro va ko'p tomonlama ta'siri, odam irsiyatini o'rganish metodlari, seleksiyada qo'llaniladigan metodlar kabi tushunchalar kiradi
-
Odam anatomiyasi
Boltabayev A.S., Djumaniyazova Y.A., Yadgarova N.S., Igamova O.K.,“Odam anatomiyasi” fanidan Oliy o‘quv yurtlarining Biologiya fakultetlari, tibbiyot instututlari talabalari va tibbiyot bilim yurtlari o‘quvchilari uchun amaliy o‘quv mashg‘ulotlari qo‘llanmasi sifatida yozildi. Qo‘llanmada odam a’zolari va tizimlari anatomiyasiga mansub ma’lumotlar bilan birgalikda ularning mikroskopik va ultramikroskopik tuzilishlari yoritib berilgan. Talabalarning fanni puxta o‘zlashtirish maqsadida ilk bora lotincha atamalarning o‘zbekcha tarjimalari, hamda har bir mavzuga tegishli rasmlar, mikrofotosuratlar ilova qilindi.
-
Тасаввуф адабиёти лингвопоэтикаси.
Комилов Н., Имомназаров М.,Ушбу ўқув қўлланмада қуйидаги мавзулар берилган: "Тасаввуф таълимоти", "Тасаввуф адабиёти", "Тасаввуф терминологияси ва унинг шаклланиш омиллари", "Тасаввуф терминларини таснифлаш", "Тасаввуф ва бадиий адабиёт", "Тасаввуф адабиёти ва лингвопоэтик таҳлил", "Адабий мажоз, ирфоний рамз ва тимсоллар".
-
Kriptografik protokollar
G.U.Jo’rayev,Mazkur o’quv qo’llanmada elektron raqamli imzo, autentifikasiyalash va identifikasiyalash, oshkoraligi nol bo’lgan, sirni taqsimlash, shifrlash kalitlarini generasiya qilish va boshqarish, tanga tashlash protokollari hamda kriptografik protokollarga qilinadigan asosiy hujum turlari va ularni bartaraf qilish, elektron to’lovlar va yashirin ovoz berish xavfsizligini ta’minlashda kriptografik protokollarni qo’llash masalalari bayon qilingan. Ushbu o’quv qo’llanma 60610300 – Axborot xavfsizligi ta’lim yo’nalishi talabalariga mo’ljallangan. O’quv qo’llanma axborot texnologiyalari sohasi talabalari va mutaxassislari uchun ham foydali bo’lishi mumkin.
-
Jahon adabiyoti.
Hamdamov U., Qosimov A.,“Jahon adabiyoti” fani talabalarga dunyo adabiyotining umumiy manzarasi, davrlari, yoʻnalishlari, sara namunalari, atoqli namoyandalari hayoti va ijodi, qolaversa, jahon adabiyotshunosligining asosiy mazmun-mohiyatidan saboq beradi. Shu bois, darslikda yuqorida nazarda tutilgan yoʻnalishlar mazmuni qamrab olingan. Oʻz navbatida, xorij adabiyotini yaxshi oʻzlashtirish, xususan, adabiy jarayon va yozuvchilar ijodini tahlil qila olish koʻnikmasi qiyoslash orqali oʻzbek adabiyotini yanada teran anglashga yordam berishi mumkin.
-
Qiyosiy adabiyotshunoslik
Uzoq Jo`raqulov, Komiljon Hamroyev,Ushbu o'quv qo'llanmada jahon xalqlariga xos tarixiy,madaniy,falsafiy,estetik,adabiy hodisalar o'rtasidagi tipologik xususiyatlar,adabiy aloqalar masalalari xususida so'z yuritiladi.
-
Xalqaro logistika
Vohidova M.,Mazur o‘quv qo‘llanma xalqaro logistika tizimining nazariy asoslari, tashkiliy va huquqiy jihatlari, global transport tarmoqlari, ta’minot zanjirlari, bojxona rasmiylashtiruvlari, axborot texnologiyalari va ekologik barqarorlikni ta’minlash kabi dolzarb masalalarni yoritadi.
-
Fitopatologiya
A.U.Makhmatmurodov, N.T.Nishonov, M.K.Eshmurodova, K.F.Sharifov,The guidebook allows you to study the growth and damage of pathogenic microorganisms in crops, such as viruses, bacteria, and fungi. In addition, the order, method, topics oflaboratory work, sources ofinformation, and technical support are covered. Recommendedfor manual, perfect mastery oflaboratory assignments in phytopathology
-
Kiberxavfsizlik siyosati
Q.S.Raxmonov , F.A. Bekkamov,Darslik bugungi kunning eng dolzab masalalaridan biri bo‘lgan kiberxavfsizlik siyosati tushunchasining dolzarbligi va uning ahamiyati kabi muhim masalalarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan bo‘lib, axborot tizimlari va texnologiyalaridagi ma’muriy, apparat va dasturiy ta’minotda qo‘llaniladigan siyosatlarni yoritib beradi. Xususan, darslikda kiberxavfsizlik tushunchasi, evolyutsiyasi, maqsadlari, qaror qabul qiluvchilar uchun zarur hujjatlar va kataloglar, kiberxavfsizlik siyosatini ishlab chiqishda kiberxavfsizlikni xalqaro yondashuvlar, ta’minlashda milliy geopolitikaning qonunchilik, ahamiyati, kiberxavfsizlik siyosatini amalga oshirish va rivojlantirish masalalari, korporatsiya, jismoniy shaxslar va huquqni muxofaza qilish organlarining kiberxavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rni, axborot tizimlari va ularni boshqarish jarayonlaridagi siyosatlar, kiberxavfsizlik vositalari, xodimlarni kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘qitish kabi qator masalalar keltirib o‘tilgan.
-
Замонавий почта алоқаси
Л.Н.Жўраев, Ғ.Р.Маматқулов, Р.Ф.Худойбердиев,Ушбу ўқув қўлланма “Замонавий почта алоқаси” фани маъруза машғулотлари учун тайёрланган бўлиб, ўлкамизда почта алоқасининг ривожланишининг яқин тарихи, унинг хизматларини тақдим этиш бўйича технологик жараёнлар, Ўзбекистон Республикаси почта алоқасининг янги хизмат турлари ва почта алоқаси объектларини замонавийлаштириш орқали яратилган янги, замонавий технологиялар ва дастурий таъминотлар юзасидан билимларни ўз ичига олган. Ўқув қўлланма “Почта алоқаси технологияси” йўналиши талабалари учун мўлжалланган.
-
Web dasturlash
Alimov R. X., Sobirov A. A., Saydullayeva S. A., Sharipov B. A., Akromov A. A,O‗quv qo‗llanma ―Web – dasturlash‖ fani dasturiga muvofiq tayyorlangan bo‗lib, unda web texnologiyalari asoslari, Gipermatn belgilash tili – HTML haqida ma‘lumot, JavaScript tilining imkoniyatlaridan foydalanish, Visual Studio tizimi to‗g‗risida umumiy tushuncha, CSS (Cascading Style Sheets) texnologiyasi to‗g‗risida ma'lumot kabi mavzularga e‘tibor qaratilgan bo‗lib, u 5111000 - Kasb ta'limi (5330200 - informatika va axborot tеxnologiyalari) hamda 5330200 - Informatika va axborot tеxnologiyalari (iqtisodiyot) bakalavriat ta‘lim yo‗nalishlari talabalari uchun ―Web – dasturlash‖ fanidan o‗quv qo‗llanma sifatida tavsiya etiladi.
-
Transport logistikasi asoslari
Soliev E.A., Qulmuxamedov J.R., Mirzaev F.R., Adilov O.K., Mirgiyazov X.A., Nazarov K.M.,O'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining "Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi" mutaxassisligi bo'yicha ta`lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, undan logistika sohasida faoliyat olib borayotgan barcha mutaxassislar foydalanishlari mumkin.
-
Ўсимликлар физиологиясидан амалий машғулотлар
Абдуллаев P .А., Асомов Д .К ., Бекназаров Б .О ., Сафаров К.С.,Ушбу қўлланмада ўсимликлар физиологиясининг асосий бўлимлари ҳисобланган ҳужайра физиологияси, сув алмашинуви, фотосинтез, нафас олиш, минерал озиқланиш, ўсиш ва ривожланиш, ўсимликларнинг чидамлилиги, ҳужайранинг физиологик фаол моддаларига тегишли лаборатория ишларини классик ҳамда замонавий услубларда бажариш йўллари тўла баён қилинган
-
Logistika
Tairova M.M, Abdulloev A.J,O`quv qo`llanma mavjud namunaviy dastur asosida tuzilgan. Keskin raqobat kurashi sharoitida har qanday korxona faoliyatida logistika muhim ahamiyat kasb etadi, shu jihatdan, ushbu o`quv qo`llanma logistika faoliyatining asosiy usullari, amalga oshirish tartibi, firmaning raqobat sharoitida logistika strategiyasini tanlash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu o`quvqo`llanma dan o’qituvchilar, mustaqil izlanuvchilar, talabalar, tadbirkorlar va marketingga qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.