-
Mehmonxonalarda kasbiy etiket
M.E. Po‘latov, R.S. Amriddinova, D.Z. Norkulova, A.Yu. Talibova,Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil, -
-
-
-
-
Umumiy biologiya,
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
-
-
-
Geografik azborot tizimda algoritmlash fani
M.Q. Sultanov, F.Schulse, R.O.Ismoilov, E.Xamrayev, D.Allanazarov,Tabiiy fanlar, -
Xorazm tarixi (Xorazmning poytaxt shaharlari tarixiy topografiyasi)
I.Nurmetov, Y.Karimov,Tarix, -
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
-
Mehmonxonalarda kasbiy etiket
M.E. Po‘latov, R.S. Amriddinova, D.Z. Norkulova, A.Yu. Talibova,O‘quv qo‘llanmada mehmonxonalarda kasbiy etiketning mohiyati va ob’yektiv zarurati, xalqaro mehmonxonalarda kasbiy etiket qoidalari va uning turizm sohasi xodimlari uchun ahamiyati, ijobiy taassurot qoldirish yo‘llari; kasbiy imijga salbiy ta’sir qiluvchi omillar; turizm sohasi mehmonxonalarda kasbiy etiketning urf-odat qoidalaridan samarali foydalanish; turizm sohasi ishbilarmonlar faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari; telefonda gaplashish odob-axloq me’yorlari; chet mamlakatdagi hamkorlarga telefon qilish qoidalari; elektron yozishmalar qoidalari; kompyuter aloqalaridagi odob va o‘zaro munosabatlar qoidalari; tashrif qog‘ozlari, sovg‘alar va ularni topshirish qoidalari; tashrif qog‘ozlarining turlari; xizmat tashrif qog‘ozlari, ularning mo‘ljallanishi va ulardagi yozuvlar; tashrif qog‘ozlarini topshirishga, olishga qo‘yiladigan etik talablar; sovg‘alarni tanlash, topshirish qoidalari; ziyofat stoli atrofida mehmonlarning o‘tirishiga, gaplashishiga qo‘yilgan qoidalar; xalqaro mehmonxonalarda kasbiy etiket; turli mamlakatlardagi mehmonxonalarda kasbiy etiket kabi mavzular yoritilgan.
-
Matematik tahlil 1-qism
Alimov Shavkat , Ashurov Ravshan,Ushbu kitob matematik tahlil bo'yicha o'quv qo'llanma bo'lib,u bir haqiqiy o'zgaruvchili funksiya differensial va integral hisobining klassik kursiga kiruvchi bo'limlarini o'z ichiga olgan.
-
Koreys tilida noto'g'ri fe'llar
Yusupova G.,Mazkur o'quv qo'llanma koreys tilida noto'g'ri fe'llar, uning o'ziga xos xususiyatlari, tuslanish tartibi masalalariga bag'ishlangan. Koreys tilida noto'g'ri fe'llarning tuslanish qoidasi noto'g'ri fe'llar ishtirok etgan maqol va iboralar, badiiy adabiyotlardan keltirilgan matnlardan misollar orqali yanada chuqur ochib berilgan.
-
-
Qon va Limfa fiziologiyasi
Babadjanova S.X,Qon va limfa fiziologiyasi odam organizmida qonning hosil bo`lishi nazriyasi,qonning shaklli elementlari, ularning tuzilishi va bajaradigan vazifasi, plazma tarkibi, qon guruhlari, energetik ko`rsatkichlari va ba`zi bir kasalliklarda qonda kuzatiladigan o`zgarishlar to`g`risidagi ma`lumotlar keltirilgan. Ulardan tashqari turli hayvonlarning qoni, shaklli elementlari, plazmasi va tarkibiy qismlari to`g`risida ham ma`lumotlar berilgan.Shuningdek, ushbu o`quv qo`llanmada zamonaviy immunologiya rivojlanishining asosiy bosqichlari va yoʻnalishlari, inson limfotsitining rivojlanishi, limfa tarkibi, limfa tugunlari va ularda limfa harakati, immunoagglyutinatsiya,immunitet va uning turlari, limfa tizimi kasalliklari to`g`risida ma`lumotlar keltirilgan
-
Odam va hayvon fiziologiyasi fanidan labaratoriya mashg`ulotlari
Babadjanova S.X,Hozirgi kunda fiziologlar organizmdagi har qanday jarayonlarni tajribada tekshirilayotgan paytda mazkur jarayonni qanday sharoitda vujudga keltirish, kuchaytirish yoki susaytirish mumkinligini aniqlashga intiladilar. Fiziologik tajriba shakli tekshirish vazifasiga ham bog‘liq. Masalan, tashqi muhit ta’siri aniqlanayotganda tekshiriluvchi havoning gaz tarkibi yoki harorati, namligi, yorug‘ligi o‘zgartirilgan xonaga joylashtiriladi.
-
Moliyaviy matematika
Sh.A.Saipnazarov, M.T.Ortiqova, J.A.Usarov,O`quv qullanmada moliyaviy matematikaning asosiy tushunchalari haqida ma`lumot berish bilan bir qator investitsiyaning daromadligini oddiy va murakkab foiz stavkalari bo`yicha hisoblash, moliyaviy investitsiya savatini diversifikatsiyalash, badallar summasi bo`yicha pensiya miqdorini hisoblash usullari bayon etiladi.
-
Jadidlar faoliyatida alifbo va imlo masalalari
INOMJON AZIMOV,Istiqloldan so'ng jadidlar faoliyatini o'rganishga ham etibor qaratilgan bo'lsa-da, xozirgacha Fitrat, CHo'lpon, Ashurali Zohiriy, Elbek singari sanoqli jadidlarning tilshunoslik merosi tadqiq qilindi. 0'tgan asrning boshlarida millatning yorqin ziyolilari yetishib chiqdiki, ular millatni savodli qilishga, ma'lum qonun-qoidalarga еда bo'lgan adabiy til yaratishga, alifboni isloh qilishga bel bog'ladilar. Ular tarix sahifalariga ”jadidlar” nomi bilan kirdilar.
-
Moliyaviy savodxonlik asoslari
J.S. Malikov,Pulning nima ekanligini hamma biladi. Lekin u bilan qanday muomala qilish, afsuski, barchaning ham qo'lidan kelavermaydi. Ko'pchilikning fikricha, eng asosiysi - pulni ishlab topish. Uni sarflash (xarj qilish) esa - bosh qotirishga arzigulik muammo emas. Natijada yirik xaridlarni amalga oshirish murakkablashadi. Ko'zda tutilmagan xarajatlar uchun ham doim pul yetishmay qolaveradi.
-
Latexga kirish
Allaberganova Muyassar,"LaTeXga kirish" o'quv qo'llanmasida LaTeX tizimining asosiy tushunchalari, rivojlanish tarixi, hujjat yaratish va formatlash tamoyillari yoritilgan. Qo'llanmada hujjat strukturasi va stili, sahifa parametrlarini sozlash, jadvallar, tasvirlar, grafik obyektlar hamda matematik formulalar bilan ishlash usullari nazariy va amaliy jihatdan bayon etilgan.
-
Multimedia aloqa tarmoqlari
M.Jumaboyeva,Ushbu o'quv qo'llanma 60611000- Telekommunikatsiya texnologiyalari ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada an'anaviy kanal kommutatsiyali aloqa tarmoqlaridan zamonaviy paketli kommutatsiya (VoIP/NGN) tizimlariga o'tish tamoyillari tizimli ravishda yoritilgan. Kitobda jismoniy sathdagi raqamli signallar va El oqimini shakllantirish, UKS7 (SS7) signalizatsiya protokollari, multimedia signallarini paketli tarmoqlarda uzatish hamda Softswitch (ZTE ZXSS10) arxitekturasida amaliy xizmatlarni sozlash masalalari qamrab olingan. Shuningdek, teletrafik nazariyasi asosida multimedia tarmoqlarida yuklamani hisoblash usullari amaliy misollar bilan ko'rsatib o'tilgan.
-
Til va mantiq
SH.A. Aqmanova,Ushbu o'quv qo'llanmaning bosh maqsadi bo'lajak filologlarni to'g'ri fikrlashning mantiqiy shakllari va qonun-qoidalari bilan tanishtirish, asosli xulosalar hosil qilish tamoyillarini o'rgatish hamda shu asosda ularda murakkab mantiqiy-lingvistik masalalar va mashqlarni yechish malakasini shakllantirishdan iborat. Qo'llanma talabalarning obyektiv borliq hodisalarini ilmiy-falsafiy tahlil qilish ko'nikmasini o'stirishga, mustaqil, erkin va ijodiy fikr yuritish qobiliyatini takomillashtirishga bevosita xizmat qiladi.
-
Geografik azborot tizimda algoritmlash fani
M.Q. Sultanov, F.Schulse, R.O.Ismoilov, E.Xamrayev, D.Allanazarov,Geografik axborot tizimlarida algoritmlash nomli ushbu o'quv qo'llanma zamonaviy geofazoviy tahlil hamda masofadan zondlash texnologiyalarini o'rganishga qaratilgan. Nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalarni uyg'unlashtiruvchi sakkizta bobdan iborat ushbu qo'llanma Google Earth Engine, R Studio hamda QGIS platformalarida dasturiy skriptlar yaratish hamda ma'lumotlarni tahlil qilish ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Amaliy mashg'ulotlar bevosita Xorazm viloyati misolida tuproq unumdorligi, ekinlar hosildorligi va qurg'oqchilik kabi dolzarb muammolarni geofazoviy usullar bilan hal qilishga yo'naltirilgan.
-
Xorazm tarixi (Xorazmning poytaxt shaharlari tarixiy topografiyasi)
I.Nurmetov, Y.Karimov,Mazkur o'quv qo'llanma Xorazmning qadimgi, o'rta asrlar va yangi davr shaharlari tarixining qadimgi davrlardan, o'rta asrlar davomida amalga oshirilgan bunyodkorchilik ishlar hamda bu davrda shaharlarning topografik tuzulishi va joylashish o'rni holati haqida ma'lumot yetkaziladi. Qadimgi davrlardan boshlab ajdodlarimizning binokorlik bilimlarini rivojlanib borishi, dastlabki shaharlarning vujudga kelishida bu bilimlarning mahalliy iqlim sharoitga qarab mintaqamizning tirli tarixiy viloyatlari, voha va vodiylarida o'ziga xos va alohida xususiyatlari, olib borilgan tadqiqot ishlari natijalari va tarixiy manbalar atroflicha o'rganilganli yoritilgan. Ushbu kitob oliy ta'lim muassasalarining tarix yo'nalishida tahsil olayotgan "Xorazm tarixi" fanidan o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etiladi.
-
O`zbek toponimikasi
Alimova SH.M.,Mazkur oʻquv qo‘llanmada “O‘zbek toponimikasi” fanining maqsad va vazifalari, tavsifi haqida qisqacha ma’lumot berilib, asosiysi, fan doirasidagi ma’ruza hamda amaliy mashg‘ulotlar uchun oʻquv materiallari berilgan. Oʻquv qo‘llanmada toponimika ilmining nazariy asoslari, vazifasi, maqsadi, nomlarning paydo bo‘lishidagi mintaqaviy va umumiy qonuniyatlar to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, toponimikani o‘quv jarayonida qo‘llanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham berilgan. Unda ko‘plab nomlar haqida qiziqarli tahlillar va yangi topilmalar mavjuddir. Mazkur oʻquv qoʻllanma 60230100 – Filologiya va tillarni oʻqitish (oʻzbek tili), 60230700 – Amaliy filologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun moʻljallangan.
-
Iqtisodiy xavfsizlik
I.S.Xotamov, M.K.Olimov, A.J.Ismoilov,Ushbu o‘quv qo‘llanmada iqtisodiy xavfsizlik shakllari, asosiy ko‘rsatkichlari, tahdidlari, iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash mexanizmi, shaxs, korxona, sanoat tarmoqlari, mamlakat va mintaqa iqtisodiy xavfsizligi muammolari, axborot xavfsizligi, xufyona iqtisodiyot va unga qarshi kurashishning huquqiy asoslari kabi masalalarni o‘z ichiga olgan.
-
Назарий электротехникадан масала ва машқлар тўплами
М.Ю.Зайчик,Қўлланманинг ҳар бир бўлимида намуна масалалар ва уларнинг ечимлари берилган, уларла қўлланилгаи қонунлар ва формулалар тушунтирилган. қўлланмада ечилган ҳамма масалаларга қўшимча саволлар жавоблари билан келтирилган. Бу савол-жавоблар масалаларнинг назарим материалини тўлдиради, уларнн ечишнинг турли усулларини курсатади ва ҳодисаларнинг физик моҳиятини тушунтиради. Хар бир бўлим охирида мустақил ечиш учун масалалар келтирилган.
-
O`zbek folklori
G.Oripova,Ushbu o`quv-uslubiy qo`llanmada xalq og`zaki ijodining sinkretik san`at ekanligi, boshqa san`at turlaridan farqli jihatlari, xalq og`zaki ijodi genezisi va tarixiy taraqqiyot bosqichlari, folklor janrlari va ularning xususiyatlari, janrlararo munosabat mezonlari yoritib berilgan.
-
Biznes va tadbirkorlik asoslari
Q.J.Mirzayev, G`.S.Mustafoyev, N.Sattorova,O`shbu o`quv qo`llanmaning maqsadi bakalavrga biznes va tadbirkorlik faoliyati bo`yicha chuqur bilimlar berish. Tadbirkorlik ko`rsatkichlarini tahlil qilish usullarini chuqur o`rganishni ta`minlash.
-
Arxitekturaviy qalamtasvir
A.Sulaymonov, F.Berdiyev, A.Ergashev,Mazkur o'quv qo'llanma 60730200-"Arxitektura" (turlari bo'yicha) yo'nalishida ta'lim olayotgan bakalavr talabalar uchun belgilangan amaldagi o'quv dasturi asosida tayyorlangan.