-
-
-
Arxitektura,
-
-
-
-
-
-
-
Termitlarga qarshi qo‘llaniladigan tuzoqlar va ularni qo‘llash usullari
I.I.Abdullayev, M.B.Doschanova, M.K.Bekchanova, Sh.A.Matsopayeva, S.Y.Babajanova, R.S.Ro‘zmetov, Z.Sh.Matyakubov,Umumiy biologiya, -
Kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi fanidan mustaqil ishlar
T.T.To‘ychiyev, J.K.Tishabayev, D.X.Djumabayev, A.M.Kitmanov,Matematika, -
-
-
-
-
Huquq sohalari,
-
-
-
-
-
Ekologiya huquqi
H.I. To`xtashev,O'quv qo'llanma ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va undan foydalanishni huquqiy ta'minlash sohasidagi ilmiy konsepsiyalar, sohada qabul qilingan dastur va strategiyalarni inobatga olgan holda tayyorlangan bo'lib, uning mavzulari an'anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda yangi muammo va nuqtayi nazarlar talqini asosida yoritilgan. Unda mamlakatimizda ekologik-huquqiy munosabatlar obyektlari, subyektlari hamda ular o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik va farqli jihatlarga alohida e'tibor qaratilgan. Binobarin, ekologiya huquqining shakllanishi va rivojlanishi, usullari, ekologik nazorat, monitoring va ekspertiza o'tkazish shartlari va tartibi, ekologik-huquqiy javobgarlik, yer, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi, yer osti boyliklari va atmosfera havosini muhofaza qilish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, antropogen o'zgargan hududlar, chiqindi hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi eng muhim jihatlar yoritib berilgan. O'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining talabalari, o'qituvchilari, mutaxassislar, ilmiy izlanuvchilar, magistrlar hamda ekologiya va atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilish masalalariga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo'ljallangan.
-
Bog'lovchi va shisha materiallar
R.A.Rahimov,O'quv qo'llanma-12 bobdan iborat bo'lib, ularda qurilish materiallari fani va uning vazifalari, buyumlarni olish uchun xom materiallar, ishlab chiqarish texnologiyasi, xossalari va ularni tajriba ishlarini bajarish orqali aniqlash usullari, samarali ishlatish sohasi, tashish va saqlash qoidalari muayyan misollar asosida atroflicha bayon qilingan. Shuningdek, unda nazariy va amaliy-tajribaviy mashg'ulotlar o'zaro mutanosiblikda yoritilgan. O'quv qo'llanmadan qurilish va kimyoviy texnologiya yo'nalishlari bo'yicha taxsil olayotgan oliy o'quv yurtlari talabalari xam foydalanishlari mumkin.
-
Shaharsozlik yodgorliklarini qayta qurish
Po'latov X.Sh, Mamatmusaev T.Sh,Mazkur o'quv-uslubiy majmuada turar-joy tumani va kichik tumanning arxitekturaviy-rejaviy strukturasini shakllantirish asoslari bo'yicha nazariy bilimlar berilgan. Shu bilan birga ularni ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish, yashash muhitini shakllantirishning kompozitsion usullari ko'rib chiqiladi.
-
Sahna nutqi
Yusupov Shokir,Mazkur o'quv qo'llanma aktyoriik san’ati (turlari bo'yicha) va rejissyorlik san’ati (turlari bo'yicha) ta’lim yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga mo'ljallangan. Unda nutq texuikasini mustahkamlovchi artikulyatsiya hamda ovoz manbalarini mustahkamlash uchun amaliy mashg'ulotlar o'rin olgan. Amaliy mashg'ulotlar asosan, xorij adabiyotlarida tavsiya etilgan manbalar asosida mustahkamlangan. Qolaversa, nutq texnikasini mustahkamlash uchun adabiy matn tahlili va so'z ustida ishlashda muhim bo'lgan jihatlarga diqqat qaratilgan.
-
Sahna nutqini o'qitish metodikasi
Xoliqulova Go'zal,O‘zbek tilining nufuzini oshirish, uning qoidalariga amal qilish, o‘zaro so‘zlashuvlarda tilimizning go‘zalligini saqlab qolish, sahna ijodkorlarida nutqning go‘zalligini targ‘ib qilish, buning uchun esa fanning metodikasini yaxshi bilish bugungi kun pedagogining zimmasida turgan asosiy vazifa hisoblanadi. Teatr san’ati eng murakkab san’at turi hisoblangani bois teatr aktyorlari zimmasida adabiy til me’yorlariga amal qilish, asar g‘oya-sini tomoshabinga yetkazishda aniq, ravon, ifodali gapirish mas’uliyati bor. Shuning uchun ular “Sahna nutqi” fanini chuqur o‘rganishi zarur. Ushbu darslikda sahna nutqining tarixiy bosqichlari, badiiy so‘zning tarixi, uning ijtimoiy o‘mi, sohaning atoqli namoyandalari va ulaming aktyor, rejissyor tayyorlashda qo'llagan metodlari haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, darslik ilovasida “Sahna nutqi” fanini o'qitish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar keltirilgan bo‘lib, bu, o‘z navbatida, soha pedagoglari, aktyor va rejissyorlar uchun zaruriy dastur ham hisoblanadi.
-
Sahna nutqi
Xoliqova Go'zal,Ushbu o'quv qo'llanmada ozbek sahna nutqi pedagogikasida zarur bo'lgan mumtoz asarlar, ya ‘ni aruzda yozilgan she`riy asarlar, monolog, adabiy-badiiy va adabiy niustqali kompozilsiyalar ustida ishlashga oid mavzidar to'g'risida fikr yuritilgan. Aktyor, rejissor tarbiyasi jarayonida badiiy so'zni o'zlashtIrish hamda sahnada gavdalantirish borasida to'plangan tajribalar asosida asarlar tahlil qilindi. Shu bilan birga ar az vazni tarixiga oid qiziqarli ma 'lumotlar keltirildi Aruz vaznining paydo bo'lishi, aruz vaznining turkiy xalqlar poetikasida shakllanishi, X-XII asrda o'zbek she`riy tizimlarning takomillashuvi, Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lugatiturk", Yusuf Xos Hojib va lining “Qutadg'u bilig" asari. Ahmad Yassaviy va uning yaratgan asarlari, Ahinad Yugnakiy va uning Hibat ul-haqoyiq ’ asari o'rganildi va o'quvchiga tushunarli tarzda borishga harakat qilindi. XIII-XV asrlarda o'zbek adabiyotidagi aruz vazni haqidagi ma lumotlar qatorida Sakkokiy. Lutfiy. Jonny, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur g'azallari tahlili ham keltirildi. Tadqiqollar qatorida g'azal va ruboiylardan misollar keltirildi. Aktyorva rejissor tarbiyasida muhim bo'lgan drama, komediya va tragediyalardan (ajribadan monologlar keltirildi. Sahna nutqida ishlash ushtblaridagi yangiliklar ham kiritildi. Adabiy-badiiy, adabiy niusiqali kompozitsiya haqidayangi fikrlar, ma ‘lumotlar bilan boyitddi. O'quv qo'llanma teatr xodimlari, san'at va madaniyat instituti talabalari. shuningdek. teatr san`ati qiziquvchilariga bag'ishlanadi.
-
Sahna nutqi
M.Xodjimatova,Mazkur o'quv qo'llanma oliy ta'lim mussasalarining aktyorlik va rejissorlik yo'nalisblarida tahsil olayotgan talabalar, shuningdek. boshlovchilar va badiiy so‘z san'ati bilan shug'ullanuvchi ijodkorlarga mo’ljallangan. Unda o'zbek. rus va jahon adabiyotining eng sara asarlaridan namunalar joy olgan bo’lib. ular so'z ijrochiligi san'atida yuksak mahoratni shakllantirishga xizmat qiladi.
-
Ekologiya huquqi
A.U. Nishonov,O'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti ekologiya huquqi fani dasturi asosida tayyorlangan bo'Iib, unda Ekologiya huquqi fanining tushunchasi, predmeti, metodlari, tizimi, prinsiplari va manbalari, tabiat resurslariga nisbatan mulkchilik, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi va nazoratining ekologik-huquqiy holati, ekologik huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlik, yer, suv, yerosti boyliklari, o'simlik va hayvonot dunyosi, o'rmon, atmosfera havosini muhofaza qilish, tabiiy hududlarning ekologik-huquqiy tartibi hamda ekologik-huquqiy muhofaza qilish masalalari atroflicha yoritilgan.
-
Диншунослик асослари
Абдусамадов А., Умаров Н.,Диншунослик асослари» ўқув қўлланмаси олий ўқув юртлари талабаларига мўлжалланган. Ўзбекистон мустақил тараққиёт йўлига кирганлиги, мустақилликни мустаҳкамлашда маънавий омиллар тобора биринчи ўринга чиқиб бораётгани динга, диний ташкилотлар ва диндорларга илмий муносабат белгилаш, фуқаролар Конституцион хуқуқларини ҳимоя қилиш "Диншунослик асослари" курсига бўлган табиий эҳтиёжни ҳар қачонгидан оширмоқда.
-
Termitlarga qarshi qo‘llaniladigan tuzoqlar va ularni qo‘llash usullari
I.I.Abdullayev, M.B.Doschanova, M.K.Bekchanova, Sh.A.Matsopayeva, S.Y.Babajanova, R.S.Ro‘zmetov, Z.Sh.Matyakubov,Ushbu qo‘llanmada termitlarga qarshi kurashning yangicha usullari va ularning qo‘llash mexanizmlari ko‘rsatilgan. Maskur qo‘llanma AL-7823041288 “O‘zbekiston sharoitida zаrar keltirayotgan termitlarga yer ostidan qarshi kurash usullarini yaratish” mavzudagi olima ayol tanlovi amaliy tadqiqotlar bo‘yicha loyiha bo‘yicha olingan natijalar asosida tayyorlangan bo‘lib qo‘llanma binolari termitlar bilan zararlangan muassasa rahbarlari, mahallada yashovchi fuqarolar, termitlarga qarshi kurashda foydalanish uchun, bakalavr va magistrantlar o‘quv jarayonda foydalanish uchun mo‘ljalangan.
-
Kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi fanidan mustaqil ishlar
T.T.To‘ychiyev, J.K.Tishabayev, D.X.Djumabayev, A.M.Kitmanov,Qo‘llanma kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi fanidan mustaqil ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, shu fanning o‘quv dasturi asosida tuzilgan va o‘quv adabiyoti Davlat ta’lim standartining bakalavr mutaxassisligi 51301100 – matematika, 5140300 – mexanika va 5140200 – fizika yo‘nalishlariga mos keladi.
-
Илмий тадқиқот асослари
Ш. Раҳматуллаев,Ўқув қўлланма университет ўзбек филологияси факультети магистратура босқичининг тил гуруҳи талабалари учун ёзилди. Унда тил бўйича илмий иш олиб бориш учун зарур асосий талабалар илмий иш олиб боришга тайёргарлик даври ва илмий ишни ёзиш жараёни каби масалалар баён қилинади. Қўлланмадан дипломантлар, илмий тадқиқот иши билан шуғулланувчи ёш мутахассислар ва аспирантлар ҳам фойдаланади.
-
Rangtasvir
S.Abdirasilov, N.Tolipov, N.Oripova,Mazkur o'quv-uslubiy qo'llanma pedagogika universitellarining badiiy-grafika fakulteti bakalayr yo'nalishidagi talabalari uchun tuzilgan bo'lib, tasviriy san'atning yetakchi bo'g'ini hisoblangan rangtasvir fani bo'yicha nazariy va amaliy bilimlar yoritilgan. Ushbu qo'llanma rangtasvir fanidan tuzilgan dastur asosida yoritilgan. Unda jumladan ranglar xususiyati, spektr ranglar to'g'risidagi flkrlar yuritilgan
-
Plastik anatomiya
Baymetov B.,Mazkur uslubiy qo’llanma bo’lajak rassom-o’qituvchilarni kasbiy tayyorlashda plastik anatomiya fanidan olgan nazariy bilimlarini amaliy mashg’ulotlar orqali mustahkamlashni ko’zda tutadi
-
Umumiy psixologiya
S.X.Gayupova,Ushbu qo'llanma psixologiya bo'yicha turli tadqiqot usullari, xulq-atvoming psixofiziologik asoslari, ong va ongsizlikning tabiati, nihoyat, diqqat va hissiyotlar orqali o‘zining predmeli va tarixidan kelib chiqadigan psixologiyaning asosiy jihat-larini qamrab oladi. Shuningdck asosiy nazariy mazmundan tashqari tavsiya etilgan o‘qitish usullari va baholash vazifalari kabi amaliy elementlami o‘z ichiga oladi. Glossariy va bibliografiya ham rcjalashtirilgan. Bunda asosiy e'tibor psixologiyaning uniumiy ko‘rinishiga qaratilib, o'zigaxos butun O’zbekiston psixologiyasi tar-ixiga bag'ishlangan. Qo‘llanma 60110600-Matematika va informatika, 60111200-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, 60111400-O'zbek tili va adabiyoti, Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili). 60111X00 - Xorijiy til va adabiyoti (ncmis tili), 60112200 -Jismoniy madaniyat, 60112600-Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til(ingliz tili), 60111900 - Maktabgacha va boshlang ich ta’limda jismoniy tarbiya sport. 60110200 - Maktabgacha ta’lim. 60110500 - Boshlang ich ta’lim, 60110800 - Kimyo, 60111000 - Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari, 60111100-Tarix, 60111300-Musiqa ta’limi, 60112100-Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi, 60112700-Maxsus pedagogika; surdo tarjimonlik faoliyati, 60112700-Maxsus pedagogika: Tiflopedagogika, 60112700-Maxsus pedagogika: Logopediya, 60220300 - Tarix ta'lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan.
-
Fuqarolik protsessual huquqi (savollar va javoblar)
D.Y.Xabibullayev,Mazkur o'quv qo'llanmada Fuqarolik protsessual huquqi moduliga tegishli bo'lgan va o'quv dasturidagi barcha mavzularni qamrab olgan savollar va javoblar, har bir mavzuni to'liq o'zlashtirishga oid adabiyotlar ro'yxati berilgan. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual huquqi fanini o'rganish bo'yicha yozilgan mazkur o'quv qo'llanma professor-o'qituvchilar tomonidan o'qitishning interaktiv usullaridan keng miqyosda foydalangan holda ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarni qiziqarli va samarali o'tkazishga, talabalarni mavzularning asosiy mazmun-mohiyatini tez anglab olishi va tushunishiga, fuqarolarga huquqiy maslahatlar va boshqa turdagi yuridik yordam ko'rsatishda, olgan bilimlarini amalda qo'llashga yordam beradi. Mazkur o'quv qo'llanma nafaqat talabalar uchun, balki fuqarolik ishlari bo'yicha sudyalikka nomzodlar, sudyalar, prokuratura xodimlari, advokatlar, shuningdek, keng kitobxonlar ommasi uchun ham mo'ljallangan.
-
HR-menejment va biznes modellari
N.Tuxtasinov,"HR-menejment va biznes modellari” o'quv qo'llanmasi zamonaviy biznes muhitida inson resurslarini boshqarishning ahamiyati va uning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o'rnini chuqur tahlil qilishga bag'ishlangan. Unda inson resurslarining rivojlanish strategiyalari, inson kapitalining turlari va uning iqtisodiyot bilan bog'liqligi, shuningdek, tashkilot maqsadlariga erishish yo'lida resurslarni samarali boshqarish va brend boshqaruvi, autsorsingning kompaniyalar uchun asosiy afzalliklari va kamchiliklari kabi mavzular atroflicha bayon etiladi.
-
Biznes huquqi
M.R. Tadjibayeva,Mazkur o'quv qo'llanma Biznes huquqi fani bo'yicha talabalarning o'quv salohiyatini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan bo'lib, undagi tushunchalar soddalashtirilgan tarzda taqdim etilgan va mavzu bo'yicha mustahkam poydevor yaratish uchun zarur bo'lgan asosiy bilimni qamrab oladi. O'quv qo'llanmada noan'anaviy yondashuvga amal qilingan bo'lib, har bir bobda asosiy huquqiy atamalar va tushunchalar, keyinchalik o'qish uchun havolalar, mavzu yakuni bo'yicha savollar, kazuslar va video materiallar uchun QR-kodlar mavjud.
-
Biznes huquqi
J. Askarov,Ushbu o'quv qo'llanmada tadbirkorlik huquqi va tushunchalari, tadbirkorlik subyektlari, ularning tashkiliy-huquqiy shakllari, tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, faoliyatini amalga oshirish, qayta tashkil etish, tugatishning huquqiy asoslari va tartibi, tadbirkorlik huquqi subyektlarining mulkka nisbatan huquqlari, tadbirkorlik shartnomalari, ularning o'ziga xos xususiyatlari, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini moliyaiashtirish va kreditlash, ularni soliqqa tortish, tadbirkorlik subyektlarining davlat tomonidan qo'llab-quwatlanishi, ularning huquqiy himoya tizimi va javob-garlik asoslari kabi mavzular yoritilgan.
-
Iqtisodiy protsessual huquq
R.T. Berdiyarov, D.Y.Xabibullayev,Iqtisodiy protsessual huquqi moduli asosida tayyorlangan o'quv qo'llanma ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi qismida iqtisodiy ishlarni birinchi instansiya sudida ko'rish masalalari hamda ikkinchi qismida sud hujjatlarini qayta ko'rish institutlari bilan bog'liq mavzular savollar va javoblar tarzida bayon etilgan. O'quv qo'llanmani tayyorlash jarayonida sohaga doir amaldagi normativ-huquqiy hujjatlari, o'quv va ilmiy adabiyotlar hamda sud amaliyoti materiallaridan foydalanildi. Mazkur o'quv qo'llanma yurisprudensiya yo'nalishida ta’lim olayotgan oliy o'quv yurtlari talabalari hamda soha qonunchiligiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.