-
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
-
-
-
-
-
O'zbekcha-inglizcha-ruscha lug‘at
Tulenova X., Nurullayev A. Q., Musayev O. Q., Latibova L. B.,Tilshunoslik, -
Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarni maktabga moslashtiruvchi psixologik metodikalar va treninglar
X.K.Bekchanov, B.K.Ko'shakova,Pedagogika va metodikalar, -
Umumtexnikaviy fanlar,
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
-
Talabalarda koping strategiyalardan foydalanishning psixodiagnostikasi
Xusain Bekchanov,Psixologiya, -
Hayotiy muammolarni hal etishda koping strategiyalardan foydalanishning xususiyatlari
X.K.Bekchanov,Psixologiya, -
-
-
-
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
O‘.R.Yo‘ldoshеv, О.D.Rahimov, R.Т.Хо‘jaqulov, О.T.Hasanova,Iqtisodiyot, -
Алоқа ва ахборотлаштириш соҳаси учун кадрлар тайёрлаш сифатини ошириш муаммолари. Маърузалар тўплами 2-қисм
Мухитдинов Х.А,Ilmiy axborot faoliyati. Informatika, -
-
Ўзбек тили пунктуацияси
Назаров К,Қулланмада ҳозирги ўзбек пунктуациясининг илмий-назарий жиҳатига,ҳар бир тиниш белгисининг қулланиш ўринлари ҳусусиятларига,тиниш белгиларининг қулланишидаги ҳар бир ҳолатни изоҳлашга купроқ грамматик қонуниятига шунингдек,тиниш белгиларининг ишлатилишидаги бой тажриба асосида вужудга келган традицион ҳолатлар умумнорма сифатида қоидалаштирилди.
-
Метрология, стандартлаштириш ва сертификатлаштириш
Р.И.Исаев, У.Н.Каримова, Г.С.Рахмонова,Метрология бўйича – алоқа техникасида қўлланилиб келинаётган метрология асослари, ўлчаш усуллари, ўлчаш воситалари, ўлчашлар бирлилигини таъминлаш тизими, соҳанинг асос метрология хизматининг вазифалари, ўлчаш хатоликлари, ўлчаш ноаниқлигини баҳолаш, ахборот ўлчаш асбоблари ва тизимлари ва интеллектуал ўлчаш тизимлари ёритилган. Стандартлаштириш бўйича – давлат ва телекоммуникация ва ахборот-коммуникация технологиялари соҳасида стандартлаштиришнинг норматив – хуқуқий асослари ва тизимлари, норматив ҳужжатларнинг даражаси, тури, уларни жорий қилиш, текшириш, қайта кўриб чиқиш, ўзгартириш ва бекор қилиш, техник қўмиталар, асос стандартлаштириш ташкилоти, штрих кодлаш тизими ва унинг норматив – хуқуқий асослари ёритилган.
-
Таскиним муҳаббат
Малоҳат Бахтиёрова,Ёш истеъдод соҳибаси Малоҳат Бахтиёрова муҳаббат, табиат, ёшлик, қувонч, бахт, ҳижрон, соғинч ва армон ҳақида ўз овози билан куйлайди. У қаламга олган туйғулар самимияти, табиийлиги билан эътиборингни тортади.
-
Масаллар
Ямин Қурбон,Ушбу тўпламда Ёмин Қурбоннинг масаллари жамланган бўлиб, уларда инсонпарварлик, адолат, ҳалоллик, меҳнатсеварлик каби юксак маънавий қадриятлар тарғиб қилинади. Шоир ўз масалларида ҳайвонлар, нарсалар ёки табиат образлари орқали жамиятдаги иллатлар — ёлғон, манманлик, танбаллик ва ҳасад каби хислатларни танқид қилади. Масаллар содда, халқона тилда ёзилган бўлиб, улар ёш авлодни ахлоқий поклик ва инсонийлик руҳида тарбиялашга хизмат қилади. Ёмин Қурбон ижодида ҳикмат, ўткир танқид ва юмор уйғунлашган бўлиб, унинг масаллари халқ ижоди анъаналарини давом эттирган ҳолда замонавий руҳда яратилган.
-
Бир шода қалампир
Ямин Қурбон,“Бир шода қалампир” асарида инсон меҳнати, ҳалоллик ва ҳаётдаги оддий қадриятларнинг буюклиги тасвирланган. Асарда деҳқоннинг тиришқоқлиги, меҳнатга бўлган муҳаббати ва оддий қалампир орқали унинг ички дунёси очиб берилган. Муаллиф ҳаётнинг мазмуни меҳнатда эканини, инсоннинг қийинчиликка сабр ва матонат билан ёндашгандаgina ҳақиқий бахтга эришишини кўрсатади. Асар халқона руҳда ёзилган бўлиб, ўқувчида меҳнаткаш инсонларга ҳурмат ва ҳаётга шукроналик туйғусини уйғотади.
-
Юракдаги чақмоқлар
Хурсандбек Юсуф,Хоразмлик Хурсандбек Юсуф ижод оламига энди кириб келаётган ёш қаламкашлардан. Унинг ўзига хос овозга эга бўлишга интилаётгани шеърларидан сезилади. Шоирнинг илк тўпламидан жой олган шеърларини ўқиркансиз, унинг кўнгил изҳори нақадар тоза ва самимий эканига ишонч ҳосил қиласиз. Китоб сизга манзур бўлади деган умиддамиз.
-
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish
Abdurahmonov Q.,Ushbu darslikda aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasining ob’yektlari, tamoyillari, mexanizmlari va yo‘nalishlari, kam ta’minlangan oilalar, ishsizlar, yolg‘iz keksalar, nogironlar va xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish tizimlari, aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning xususiyatlari, aholining turmush darajasi va daromadlari, ularni davlat tomonidan tartibga solish usullari, ijtimoiy sug‘urtaning mohiyati, shakllari va milliy tizimlari, ijtimoiy ta’minot tizimining shakllanishi va rivojlanishi, pensiya tizimining mohiyati va uni isloh qilish yo‘llari yoritilgan. Darslik oliy o‘quv yurtlarining iqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari talabalari, magistrlari, shuningdek, aholini ijtimoiy muhofaza qilish masalalari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar va ilmiy xodimlarga hamda ushbu sohaga qiziquvchilarga mo‘ljallangan.
-
O'zbekcha-inglizcha-ruscha lug‘at
Tulenova X., Nurullayev A. Q., Musayev O. Q., Latibova L. B.,Ushbu o‘quv-metodik qo'llanma lug'ati ingliz tilini chuqur o'rgatishga mo'ljallangan bo'lib, unda turli xil so‘zlami o‘z ichiga olgan, shu jumladan jismoniy tarbiya va sport terma"lug‘atlari ham kiritilgan. O'quv-metodik qo‘llanmalug‘ati.ushbu dasturlar asosidatuzilgan bo'lib, undan oliy ta’lim muassasalari, akadtmik litsey va kasb-hunar kollej talabalari hamda gimnaziya, maktab o'quvchilari uchun foydalanishga mo'ljallangan.
-
Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarni maktabga moslashtiruvchi psixologik metodikalar va treninglar
X.K.Bekchanov, B.K.Ko'shakova,Uslubiy qo'llanma kichik maktab yoshidagi o'quvchilarni maktabga moslashuvchi psixologik metodikalar va treninglardan foydalanishning ijobiy va samarali usullarini o'rganishga qaratilgan hamda unda turli psixologik mashqlar mashg'ulotlarni o'tkazish va qo'llashga qaratilgan boshlang'ch sinf o'quvchilari maktabga tayyorlov guruhlar bolalari uchun mo'ljallangan psixologik test va metodikalar berilgan.
-
Multimediali ma'lumotlar bazasi
T.SH.Nazirova, SH.B.Abidova, mahmudova M.,Ushbu o'quv qo'llanmada ma'lumotlar bazasi asoslari, multimediali ma'lumotlar turlari, multimediali ma'lumotlar bazasi boshqaruvini tashkil qilish, multimedia ma'lumotlar bazasini ishlab chiqishda relyatsion yondashuvdan foydalanish, Tasvirli, video va audio ma'lumotlarni saqlash, multimediali ma'lumotlarni izlash, izlashning ikkilik daraxtlari, to'liq matnli izlash, ma'lumotlarni izlashda doimiy ifodalardan (regular expressions) foydalanish, shuningdek multimedia ma'lumotlarni saqlashda zamonaviy ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlaridan foydalanish, XML-ma'lumotlar bazasini hosil qilish, makonli axborot va ko'p o'lchamli ma'lumotlar bazasi, shuningdek MapReduce, Hadoop texnologiyalari asosida katta hajmli ma'lumotlarni saqlashning zamonaviy usullari bayon etilgan. O'quv qo'llanma oliy ta'lim muassasalari bakalav talabalari, oliy o'quv yurtlari magistrantlari, ilmiy tadqiqotchilar hamda multimedia va axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan. UO'K
-
Elektr tarmoqlari va tizimlari
A M Safarov, T Sh G'oyibov, A X Sulliyev,O'quv qo'llanmada elektr tarmoqlari va tizimlari elektr tarmoq liniyalari tuzilishi eletr tarmoqlarda quvvat va energiya isroflari elektr tarmoqlarini texnik iqtisodiy hisoblash asoslari elektr tarmoqlarini loyihalash elektrlashgan temir yo'l tortuvchi va notortuvchi yuklamlari elektr ta'minoti yoritilgan.
-
Turizm asoslari
Mirzayev M.A.,Ushbu o'quv qo'llanmada bozor munosabatlari sharoiti asosida turizmni rivojlantirishning asosiy tamoyillari va turizm to'g'risidagi me'yoriy hujjatlar berilgan. Mahalliy, milliy va hududiy turizmni rivojlantirishning tamoyillari va metodlarini qo'llash orqali sezilarli darajada iqtisodiy daromad olishga alohida e'tibor berilgan. O'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining iqtisodiy mutaxassisliklari boʻyicha bilim olayotgan talabalar, tadqiqotchilar, professor-o'qituvchilar, turizm kasb-hunar kollejlari o'quvchilari hamda turizm sohasi bilan shug'ullanayotgan barcha xodimlarga mo'ljallangan. O'quv qo'llanma ayrim kamchiliklardan xoli bo'lmasligi mumkin. Kitobxonlarning bu boradagi barcha fikr-mulohazalari va takliflari mualliflar tomonidan minnatdorchilik bilan qabul qilinadi.
-
Talabalarda koping strategiyalardan foydalanishning psixodiagnostikasi
Xusain Bekchanov,Uslubiy qo'llanma talabalarga xos koping strategiyalarning konstruktiv xususiyatlarini o'rganishga qaratilgan psixodiagnostik metodikalar tasnifi keltirilgan.
-
Hayotiy muammolarni hal etishda koping strategiyalardan foydalanishning xususiyatlari
X.K.Bekchanov,Uslubiy qo'llanma talabalarga hayotiy muammolari hal qilishda Koping strategiyalaridan foydalanishning ijobiy va samarali usullarini o'rgatishga qaratilgan hamda unda koping strategiyalarni aniqlashga qaratilgan turli xildagi psixologik test va metodikalar berilgan.
-
Ish yuritish analitikasi
Otakuziyeva Z.M, raximova S.g,Qo`llanma biznes tahlilining turli jihatlarini qamrab olgan bo'lib, unda firmamng biznes tahlili asoslari, biznes tahlilining mohiyati, biznes analitikasining firma faoliyatiga tutgan o`rni,ish IS ^yuntishning barqaror o'mi,ribiznes vojianish analitikasining siyosati, fistrategik rmaning vaoperatsionjihatlari, barqaror rivojianish onsepsiyasi, kompaniyaning barqaror rivojianish mexanizmi va uni baholash "t qilish^1' ко rsatkichlari y^^^'shdacontrolling tizimi, biznes (nazorat) Jarayonlarini mexanizmlari, modellashtirish biznesjarayonlarini metodologiyasi tahlil batafsil ko'rib chiqiladi.
-
O`zbekiston Demografik yillik to`plami
Саидов А. Х.,Statistik to'plamda O’zbekiston Respublikasi aholisi soni to'g'risidagi ma’lumotlar Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida taqdim etilgan. Doimiy aholi soni to'g'risidagi ma’lumotlar 2018-2022- yillar 1- yanvar holatiga aholining jinsi, yoshi, shahar va qishloq aholisi kesimida keltirilgan. Shahar va qishloq aholisi soni to’g’risidagi ma’lumotlar 2022- yil 1- yanvar holatiga Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo’yicha tuman va shaharlar kesimida keltirilgan.
-
O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma
K.To`laganov,Ushbu qo'llanmada eng qadimgi davríardan to shu vaqtgacha yurtimiz tarixida yuz bergan asosiy voqealar qamrab olingan. 0 ‘quvchiga qulaylik yaratish maqsadida muhim sana lar, joy va s h a x s nomlari, e’tiborga molik nuqtalar ajratib ko'rsatilgan, yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan. Kitob tilining sodda va tushunarli bolishiga ahamiyat berílgan. Qo'llanma o'quvchilar,talabalar, abituriyentlar va O‘zbekiston tarixiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga moljallangan.
-
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
O‘.R.Yo‘ldoshеv, О.D.Rahimov, R.Т.Хо‘jaqulov, О.T.Hasanova,O‘quv qo‘llanma fanning maqsadi, vazifalari, asosiy bo‘limlari va ularda o‘rganiladigan masalalar, rivojlanish tarixi, boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi, fanning nazariy, huquqiy va tashkiliy asoslari, ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi, xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi asoslari hamda jarohatlanganda yoki shikastlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalari va usullari yoritilgan. O‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlarining «Neft va gaz ishi» ta’lim уo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Undan boshqa уo‘nalish talabalari, pedagoglar va soha mutaxassislari hamda oliy o‘quv yurtlari talabalari ham foydalanishlari mumkin
-
Алоқа ва ахборотлаштириш соҳаси учун кадрлар тайёрлаш сифатини ошириш муаммолари. Маърузалар тўплами 2-қисм
Мухитдинов Х.А,Алоқа ва ахборотлаштириш соҳаси учун кадрлар тайёрлаш сифатини ошириш муаммолари. Маърузалар тўплами 2-қисм
-
Еттинчи қурбон
Маматов Абдуғафур,Жаҳон адабиётида детектив асарлар ўзига хослиги билан ажралиб туради. Бундай асарларнинг китобхонни ўзига жалб этишига асосий сабаб - тасвирланаётган воқеа худди “жуда узун топишмоқ "қа ўхшайди. Содир этилган жиноят ёки бирор ҳодисанинг асл кўриниши, яъни “топишмоқ”нинг жавоби асарнинг сўнгидагина баён этилади. Воқеалар ривожи ва ҳақиқатни билишга бўлган қизиқиш китобхонни асар сўнггигача уни “нафас олмай ” ўқишига сабаб бўлади. Энг асосийси, кирдикорларини яширишга уринаётган жиноят- чининг ҳақиқий башараси фош этилади.