-
-
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
A.T.Kenjabayev, M.M.Ikramov, A.Sh.Allanazarov,Ilmiy axborot faoliyati. Informatika, -
-
-
Botanika va o`simliklar fiziologiyasi
I.V.Belolipov, N.Z.Arabova, X.Axmedov, K.X.Buxorov, A.M.Islamov, Sh.E.Abdurasulov,Botanika, -
-
Arxitektura,
-
Qurilishning ayrim turlari,
-
-
Bog‘dorchilik va sabzavotchilik,
-
-
-
-
-
-
Qurilish ishlab chiqarishning texnologiyasi,
-
Математик анализ 1-кисм
А.Саъдуллаев, Ҳ.Мансуров, Г.Худойберганов, А.Ворисов, З.Ғуломов,Matematika,
-
Mumtoz adabiyotiga kirish poetika asoslari
H.Boltaboyev, D.Qozoqboyeva,Oliy ta 'lim tizimida o'zbek mumtoz adabiyoti tarixi о'qitilar ekan, uning nazariy asoslari, janrlar tizimi, ifoda shakllari va boshqa muhim masalalari dastlab ushbu fanning "Mumtoz adabiyotga kirish va poetika asoslari" modulida o'tiladi. Mazkur qo'llanma oliy ta'lim tizimidagi mavjud me’yoriy hujjatlar, fan dasturi va sillsbuslsr asosida tayyorlandi O'quv qo'llanma unversitetlarning O'zbek filologiyasi fakulteti talabalari, magistrlar hamda mumtoz adabiyot bilan qiziquvchi о‘quvchilar auditoryasiga mo'Ijallangan.
-
Qalamtasvir
Bobomurotov Z.,Ushbu o‘quv metodik qo‘llanma arxitektor, dizayn, landshaft arxitekturasi mutaxassislari tayyorlanadigan institut talabalari va kollej o‘quvchilariga mo‘ljallangan. Qo’llanma qalamtasvir ishlashda turli xil badiiy materiallardan foydalanish va ularni amaliy ishlarda qo‘llash imkoniyatlarini ochib beradi. huningdek, qalamtasvirni suyuq holda ishlatiladigan badiiy materiallar hamda tush-pero, sangina, guash va rangli qalamlar yordamida bajarish yuzasidan ham ayrim tavsiyalar berilgan. Qo‘llanmada talabalarning mustaqil ijodiy qalamtasvir ishlashlarida turli xil badiiy materiallardan samarali foydalanishlari mumkinligi borasida ayrim fikr-mulohazalar bildirilgan va kerakli tavsiyalar berilgan.
-
Kompyuter lingvistikasi
Xolmanova Zulxumor Turdiyevna,2016-yil 13-maydagi “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil qilish to‘g‘risida”gi farmon (PF-4797) hamda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “0 ‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” to‘g‘risidagi farmoni (2017-yil, 7- fevral) talablaridan kelib chiqqan holda lingvistika nazariyasi va amaliy tilshunoslik mazmunini yoritish, nazariyani amaliyotga tatbiq qilish, til birliklari, til hodisalarining amaliy qiymatini aniqlash, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalami belgilash, nazariy tilshunoslikning muhim xususiyatlari haqida tasavvur hosil qilish, asosiy lingvistik hodisalar, jarayonlar, til birliklari, til birliklarining tizim sifatida mavjudligini asoslash, lingvistik strukturani nazariy muammolar va amaliy tilshunoslik asosida tahlil qilish kommunikatsiya tizimining asosiy vositasi boMgan til mohiyatini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.
-
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
A.T.Kenjabayev, M.M.Ikramov, A.Sh.Allanazarov,Mazkur o'quv qo‘llanma axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tayanch sohalari, tarmoq texnologiyalari, turli darajadagi axborot tizimlari va ularning marketing menejmenti, bank va moliya faoliyatida, soliq, sug'urta hamda buxgalteriya hisobida qo'llanish xususiyatlarini o‘z ichiga olgan. O'zbekiston Respublikasi Davlat ta ’lim standartiga to'la mos kelib, iqtisodiyot yo'nalishlarida ta ’lim oluvchi bakalavrlar uchun moljallangan.
-
Mexanika
K.A.Tursunmetov, F.Y.Turgunbayev, I.X.Xamidjonov,O'quv qo'llanmaga kiritilgan laboratoriya qurilmalari va qator ishlanmalarda O'zMU fizika fakultetining etakchi o'qituvchilari qatnashgan.
-
Умумий физика курси
Ў.Қ.Назаров, Ҳ.З.Икромова, К.А.Турсунметов,Ушбу қўлланма 1988 йилда тадиқланган физика курсининг янги программасига асосан ёзилган. Қўлланмада Умумий физика курсининг механика ва молекуляр физика бўлимлари баён этилган. Қўлланма Олий техника ўқув юртларининг сиртдан ва кечки бўлимларида инженер -техник ихтисоси бйича ўқувчи талабалари учун мўлжалланган.
-
Botanika va o`simliklar fiziologiyasi
I.V.Belolipov, N.Z.Arabova, X.Axmedov, K.X.Buxorov, A.M.Islamov, Sh.E.Abdurasulov,Qishloq xo‘jaligi oliy o ‘quv yurtlarida o'qitilayotgan botanika kursi o ‘simlikshunoslikning nazariy asosi hisoblanadi. Shuning uchun bo`lajak o'simlikshunoslar, o'rmonchilar, agronomlar va boshqalar botanika va o'simliklar fiziologiyasini o'qitish jarayonida ularning kelajakdagi nazariy va amaliy faoliyatlari uchun doimiy zarur bo‘ladigan o'simliklarning anatomik tuzilishi, morfologik qonuniyatlari va sistematik kategoriyalari bilan tanishishlari har jihatdan foydalidir. 0 ‘quv qo`llanmada har bir bob uchun tegishli illyustrativ materiallar, nazorat savollari, test topshiriqlari berilgan.
-
Умумий физика курси
А.Ғ.Расулмуҳамедов, Ж.Камолов, Б.Ф.Избосаров,Умумий физика курсининг механика бўлими бўйича мутахассислар учун мўлжалланган программа материалларини тўлиқ ўз ичига олган программа тузилган.
-
Zilzilabardoshlik va qurilish materiallari
To`laganov A.A, Vaxitov M.M, Fisher X.B,O`quv qo`llanmada zilzila va uning inshootlarga ta`siri, zilzilabardoshlikning nazariy asoslari va ularni qurilish amaliyotida qo`llash, inshootlarni seysmik ta`sirlarga amaldagi me`yorlar asosida hisoblash, qurilish materiallari, konstruksiyalari va inshootlarning dinamik xarakateristikalari, bino va inshootlar seysmobardoshligini ta`minlashning konstruktiv yo`llari, zilziladan shikastlangan bino va inshootlarni qayta tiklash usullari.
-
Қурилиш ашёларидан тажриба ишлари
Қосимов Э.У., Самиғов Н.А.,Қўлланмада тажриба ишларига доир назарий билимларни тажриба ишларини бажариш билан янада пухта ўзлаштириш усуллари батафсил ёритилган. Ўқув қўлланмадаги мавзулар "Қурилиш ашёлари" фани дастури талабларига тўла мос келади.
-
Математик анализ
Т.Азларов, Ҳ.Мансуров,Ушбу китоб университетлар ҳамда педагогика институтлари, шунингдек,олий техника ўқув юртларининг олий математика предмети чукур программа асосида ўқитиладиган факультетлари студентлари учун мўлжалланган.
-
Сабзавотчилик ва полизчилик
В.И.Зуев, О.Қодирхўжаев, М.М.Адилов, У.И.Акрамов,Ўқув қўлланмада республикамиз сабзавотчилиги ва полизчилиги ҳолати ва ривожланиш истиқболлари ёритилган. Ўзбекистонда енг кўп тарқалгин сабзавот ва полиз экинлари турлари, навлари биологияси батафсил баён этилган. Ҳимояланган ерлар турлари, тузилиши ва у ерларда кўчат ҳамда сабзавот ҳосили етиштиришнинг ўзига хос хусусиятлари ўз аксини топган, шу билан бирга кам тарқалган сабзавотлар тўғрисида маълумотлар берилган.
-
Араб тилидан ўқув луғати
Талабов Э., Юсупов Ж., Мукаррамхонов Н.,Ушбу қомусчага ТИУ бошланғич босқичларидан талабалар ёддан билишлари зарур бўлган минимум сўзлар киритилган. Энг бошига мавзу сўзлари қўйилган ва улар орасидан муҳим ўнталиклар ажратилган - улар дарсига вазифа сифатида ёдлаб келишга мўлжалланган.
-
Fiziklar uchun kimyo
A.E.Yangibayev, E.Turgunov,Ushbu o`quv qo'llanma Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti “Umumiy va noorganik kimyo” kafedrasida tayyorlangan va universitetlarining 5140200 Fizika va 5140400 Astronomiya yo‘nalishi talabalariga tavsiya etiladi.
-
Марказий Осиёга доир тадқиқотлар. Хоразмшоҳлар-ануштагинлар давлати (1097-1231)
Бунёдов З.,Академик, Ватан урушининг қаҳрамони Зиё Муса ўғли Бунёдов кўҳна Шарқ тарихининг чуқур илдизларига кириб борган, бирламчи манбалар тадқиқи орқали Марказий Осиё тарихининг қоронғу саҳифаларини ёритган олимдир. Айниқса, Хоразмшоҳлар тарихи улкан тадқиқотчи асарларининг марказий мавусидир. Миллий қаҳрамонимиз Жалолиддин Мангуберди ҳақида тарихий манбалардаги маълумот ва тафсилотларни жамлаб бериш, туркистонлик етук олимлар фаолиятини жиддий ўрганиш орқали тарихчи Ўзбекистон тарихининг нисбатан номаълум саҳифаларига аниқлик киритган
-
Лексикологияни ўрганиш
Расулов Р, Нарзиева М,Ушбу методик қўлланма олий ўқув юртларида «Ҳозирги ўзбек тили лексикологияси ва семасиологияси» курсини ўқитувчи илмий педагогик мутахассисларга шу соҳа бўйича олиб бораётган машғулотларида жаҳон тилшунослигининг улкан ютуқларидан бири — систем лексикологиянинг келажаги порлоқ маҳсули — сўз маъносини компонент таҳлил усулида ўрганишни амалда татбиқ этишга қаратилган.
-
Tarixiy antropologiya
Narziyev N.,Ushbu o‘quv qo‘llanmada Tarixiy antropologiya fani va uning shakllanishi, o‘rganish predmeti va obyel(.ti, tadqiqot metodlari, fanning rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlar va ularning ijodlari, shuningdek, fanning zamonaviy yo‘nalishlari va maktablarda olib borilgan tadqiqot ishlari yuzasidan ma’lumotlar berilgan
-
Binolar zilzilabardoshligi
B.S.Rahmonov, M.X.SIDDIQOV,Mazkur o'quv qo'llanmada mantiqan bir-biri bilan bog'langan inshootlar dinamikasining asosiy elementlari va binolar zilzilabardoshligi kursi haqida ma'lumotlar keltirilgan. Qo'llanmada zilzilalarning paydo bo'lish sabablari, zilzila kuchi va energiyasi, geologik va gidrogeologik sharoitning seysmik intensivlikka ta'siri, zilzilalarni prognoz (bashorat) qilish usullari, qurilish materiali va konstruksiyalarning dinamik xarakteristikalari, seysmik kuchlarni aniqlash, seysmik mustahkam binolarni loyihalashning umumiy qoidalari kabi mavzular bayon etilgan. Bulardan tashqari, qo'llanmaga me'moriy obidalar qurilishida zilzilabardoshlik masalalari, yer osti portlashlarining seysmik ta'sirini baholash va binolarni seysmik himoya qilish qurilmalari mavzulari kiritilgan.
-
Qurilish materiallari
Odilxodjayev A.I,O'zbekiston Respublikasida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning qabul qilinishi taMim tizimini qayta isloh etishni taqozo etadi. Shuningdek, Respublikamiz qurilish kompleksiga yuqori malakali yosh kadrlarni yetkazib berish bugungi kunning dolzarb masalasidir. Ma'lumki, qurilish Industriyasini rivojlantirish, ya'ni yangi qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalami ishlab chiqarish bilan qurilish tizimini tubdan o'zgartirish mumkin
-
Математик анализ 1-кисм
А.Саъдуллаев, Ҳ.Мансуров, Г.Худойберганов, А.Ворисов, З.Ғуломов,Қўлланма университетлар ҳамда педагогика институтлари,шунингдек олий техника ўқув юртларининг олий математика чуқур дастур асосида ўқитиладиган факультетлари талабалари учун мўлжалланган.