-
-
-
-
Tasviriy san’at sohasida badiiy havaskorlik,
-
Organik moddalar texnologiyasi,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Umumiy texnologiya. Sanoat ishlab chiqarishning asoslari,
-
-
-
-
Kompyuter tarmoqlari
M.R.Yangibayeva,Ushbu darslik "Kompyuter tarmoqlari" faniga tegishli bo'lgan kompyuter tarmoqlari qurilishining asosiy tamoyillari, zamonaviy kompyuter tarmoqlarining turlari, lokol va global kompyuter tarmoq texnologiyalari, hamda ularning ko'rsatkichlariga oid ma`lumotlardan iborat.
-
Chizma geometriya
Sh.Murodov, L.Hakimov, A.Xolmurzayev, M.Jumayev, A.To'xtayev,Darslikda nuqta, to'g'ri chiziq va tekisliklarning to'g'ri burchakli proyeksiyalarini yasashning nazariy asoslari, shuningdek, egri chiziq va sirtlarning hosil bo'lishi va chizmada tasvirlanish usullari bayon etilgan. Geometrik shakllarning o'zaro va proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan vaziyatlari bilan bog'liq pozitsion va metrik masalalarni yechish, sirtlarga urinma tekisliklar o'tkazish, sirtlarning yoyilmalarini yasashga oid nazariy va amaliy masalalar ko'rilgan. Aksonometrik proyeksiyalar va ularni turli pozitsion masalalarni yechishda qo'llash keng yoritilgan.
-
Rangshunoslik
AbduUayev O'ktamjon Ergashevich,Darslikda rangshunoslik fanining nazariy va amaliy mashqlar tizimi berilgan bo'lib, rangshunoslik muammolari, tarixi, rang nomlari, ramziy ma'nolari, bo'yoqlar, asbob, uskunalar, rangshunoslikdan amaliy mashqlar, xalq ustalari ishlaridan nusxalar olish, kompyuterda naqsh kompozitsiyalar tuzish va ularni bo'yash hamda buyumlarni bezash texnologiyasi berilgan. Mazkur darslik oliy o'quv yurtlarining san'atshunoslik fakulteti bakalavriat bosqichi tasviriy san'at va muhandislik grafikasi va amaliy san'at yo'nalishida o'qitiladigan "Rangshunoslik" fan dasturi asosida yozilgan. Darslik asosan oliy o'quv yurti talabalariga mo'ljallangan, undan san'atshunoslar, me'morlar, ustalar, aspirantlar, magistrantlar, maktab va san'at maktablari, kasb-hunar kolleji o'quvchilari hamda ma'naviy merosimizga qiziquvchi kitobxonlar ham foydalanishlari mumkin.
-
Akademik qalamtasvir asoslari
Jabbarov Botirsher G'ulomovich,Akademik qalamtasvir asoslari nomli ushbu darslik oliy o'quvyurtlarining 5110800-Tasviriy san'atva muhandislikgrafikasi bakalavriat ta'Iimyo'nalishi talabalari uchun moljallangan bo'Iib, unda tasviriy san'atning asosi bo'lgan akademik qalamtasvirning kelib chiqishi, tarixi va rivojlanish bosqichlari, tasviriy san'at qonun - qoidalari, odam to'liq qomatini ishlashning nazariy va amaliy masalalari, xomaki tasvirva qoralamalar ishlash, buyuk tasviriy san'at ustalarining akademik qalamtasvir rivojiga qo'shgan hissalari hamda bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarini pedogogik jarayonga tayyorlashda qalamtasvirning ahamiyati haqida so'z boradi. Mazkur darslik oliy o'quv yurtlarining 5110800-Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi bakalavriat ta'Iim yo'nalishida o'qitiladigan "Akademik qalamtasvir asoslari" fani namunaviy dasturi asosida yozilgan. Darslik oliy o'quv yurtlari talabalariga mo'ljallangan bo'Iib, undan magistrantlar, doktorantlar, umumiy o'rta ta'Iim maktablari va san'atga ixtisoslashgan maxsus maktablari o'qituvchilari ham foydalanishlari mumkin.
-
Noorganik moddalar va mineral o'g'itlar texnologiyasi
I.Shamshidinov,Mazkur darslik kasb-hunar kollejlarining 3522400 – Kimyoviy texnologiya tayyorlov yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Undan, shuningdek yo‘nalishi muvofiq keladigan bakalavriat bosqichi talabalari va o‘qituvchilari, mineral o‘g‘itlar va noorganik moddalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi muhandistexnik xodimlar ham o‘z faoliyatlarida foydalanishlari mumkin. Darslik 5 bobdan iborat bo‘lib, tegishli yo‘nalishning o‘quv rejasi va amaldagi dasturlari asosida yozilgan. Unda sulfat kislota, azot birikmalari, mineral o‘g‘itlar, aluminiy sulfat, soda mahsulotlari va xlorid kislota ishlab chiqarish usullarining Respublikamizda va xorijiy mamlakatlarda qo‘llanilayotgan texnologiyalari, shuningdek mualliflar tomonidan yaratilgan va sanoat miqyosida sinovdan o‘tkazilgan yangi texnologiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham bayon etilgan.
-
Kimyodan masalalar yechish metodikasi
A.Iskandarov,Darslikda pedogogika oliy o'quv yurti kimyo oqitish metodikasi yo'nalishi talabalari uchun ilmiy asoslangan masalalar yechish metodikasi, kimyodan masalalar yechishning kimyo o'qitishdagi ahamiyati, kimyodan masalalar taxlili, kimyodan masalalar yechish fanlararo bog'lanish, kimyo darslarida masala yechishdan foydalanish, kimyodan masala yechish yordamida bilim va ko'nikmalarni umumlashtirish va rivojlantirish, shuningdek kimyodan masalalar yechishning usullari keltirilgan. Ushbu darslikni yozishda xorij adabiyotlaridan keng foydalanilgan.
-
Akademik qalamtasvir asoslari
R.K.Djalilova,“Akademik qalamtasvir asoslari” darsligi oliy o`quv yurtining Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi bo`yicha bakalavriat ta’lim yo`nalishi talabalariga mo`ljallangan. Mustaqillik yillari “Akademik qalamtasvir asoslari” fani tarixi, uni o`qitish qonunqoidalari, tasvirlash bosqichlar metodikasi bo`lajak tasviriy san’at o`qituvchilarining ta’lim-tarbiya nazariyasi va pedagogik jarayonga tayyorlash haqida fikr yuritiladi. Mazkur “Akademik qalamtasvir asoslari” darsligida buyuk tasviriy san’at ustalari ijodi, metodikasi, turli texnologiyalarini qo`llashi ilmiy-nazariy va amaliy yoritildi. “Akademik qalamtasvir asoslari”darsligi oliy o`quv yurtlarining san’at va muhandislik grafikasi yo`nalishi bakalavriat ta’lim yo`nalishida o`qitiladigan fani namunaviy dastur asosida yozilgan. “Akademik qalamtasvir asoslari”darslik «Mustaqillik yillari Akademik qalamtasvir taraqqiyoti” mavzusi xozirgi kun mammoli qalamtasvir fandagi vaziyatlar va yutiqlarni ijodkorlikka yoshlarni shakillantirishga o’rgatishdir. “Akademik qalamtasvir asoslari” darsligi oliy o`quv yurtlari, institut talabalariga mo`ljallangan bo`lib, undan magistrantlar,doktorantlar, umumiy o`rta ta’lim maktablari va kasb-hunar san’atga ixtisoslashgan maxsus maktablarining o`qituvchilari, shuningdek, tasviriy san’at ixlosmandlari foydalanishlari mumkin.
-
Ўзбекистон миллий энциклопедияси 3-кисм Г ҳарфи
Муалифсиз,Г — ўзбек Кирилл алифбосининг тўртинчи ҳарфи. Яқин тил орқа, портловчи, жарангли ундош. Сўз боши (гул, гўзал), ўртаси (югур, эгар), охири (барг, тонг)да келади. Сўз охирида туб ўзбек сўзларида деярли учрамайди, бошқа тиллардан ўзлашган сўзларда жарангсизлашади (педагог — педагок, бульдог — бульдок ва ҳ.к.). 1995 й.да қабул қилинган ўзбек лотин алифбосида олтинчи ҳарф
-
Qalamtasvir
I.Mamatqulov,Mazkur darslik 60111200 (60110500) - "Tasviriy san'at va muhandishk grafikasi" bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha taxsil olayotgan talabalar uchun moʻljallangan boʻlib, u Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar Vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy oʻquv reja va fan dasturi asosida tuzilgan. Darslikda natyurmort tuzish va uni chizish qonunqoidalari, haykal boʻlaklarining qalamtasvirini chizish qonun qoidalari, inson bosh suyagi va anatomik bosh namunasining qalamtasvirini chizish qonun-qoidalari haqida nazariy va amaliy ma'lumotlar hamda mavzularni mustahkamlovchi savollar va topshiriqlar berilgan. Darslikdan Qalamtasvir fani o'qitiladigan barcha OTM talabalari professor-oʻqituvchilari, umumiy oʻrta ta'lim maktablari ixtisoslashtirilgan maktab internati o'qituvchilari ham bevosita foydalanishlari mumkin.
-
Qalamtasvir
N.A. Suyunov,Ushbu o'quv qo'llanma Pedagogika institutlarining Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi yo'nalishi 1- kurs talabalari uchun "Qalamtasvir" mujassamlangan. fanida o'quv mavzular to'lib Ushbu o'quv qoʻllanmadagi qalam hamda grafik amaliy rasmlar planshet "Procreate" dasturi orqali chizilgan. Qalamtasvir fani geometrikshakllar asosidan foydalanadi. Bu usul nafaqat san'at asarlarini yaratish uchun asos boʻlib xizmat qiladi, balki rassomga kompozitsiya mahoratini, perspektiva nisbatlarva shakllarni tushunishni rivojlantirishga imkon beradi. Doira, kvadrat, uchburchak va ellips kabi geometrik shakllar rasmda muvozanat, garmoniya, uyg'unlikni yaratish uchun qurilish bloklari hisoblanadi. Ular obyektlarni bo'shliqqa to'g'ri joylashtirishga, chuqurlik va hajmning haqiqiy illyuziyalarini yaratishga yordam beradi, shuningdek, kuzatish qobiliyatlari va shakllarni idrok etishni yaxshilaydi. Qalamtasvirda geometrik shakllarni oʻrganish badiiy qarash va mahoratni shakllantirish- ning muhim bosqichi hisoblanadi.
-
Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi
Djumayev Mamanazar,Ushbu darislik matematika o'qitish metodikasi dasturiga mos holda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini oshirish,o'qitishda zamonaviy ta'lim texnologiyalariga asoslangan,xorij tajribalari asosida boyitilgan yangi metodlar mujassamlashgan,to'ldirilgan va qayta ishlangan.
-
Qalamtasvir
B.M.Qurbonova,Mazkur darslikda qalamtasvir fanining nazariy va amaliy mashg'ulotlar mazmuni hamda ularni amaliyotda qoʻllay olish tajribalarini mustaxkamlash boʻyicha bilim va ko'nikmalarni rivojlantirish metodikasi tadbiq etilgan. Xususan fanga doir kompozitsiya, perspektiva, chiziqli konstruktiv-qurilish, yorug' soya qonuniyatlari, odam bosh suyagi va muskullarining plastik anatomiyasi, odam gavdasi hamda ularni toʻg'ri tasvirlashni oʻrgatish boʻyicha tasviriy san'at va muhandislik grafikasi ta'lim yo'nalishi 2- bosqich talabalariga fanga doir oʻquv rejada keltirilgan mavzular nazariy va amaliy jihatdan yoritib berilgan. Darslik oliy oʻquv yurtining "Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi" mutaxassisligi bakalavriat ta'lim yoʻnalishi talabalari uchun tavsiya etiladi.
-
Akademik rangtasvir
A.A.Amanullayev,Akademik rangtasvir nomli darsligi san`atshunoslik fakul`teti Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi kafedrasida Tasviriy san`at va amaliy bezak san`ati magistratura mutahassisi tayyorlovchi kafedralar magistrantlari uchun mo`ljallangan bo`lib, unda tasviriy san`atning muhim bo`g`ini bo`lgan Akademik rangtasvir fani bo`yicha nazariy va amaliy mashg`ulotlar mazmuni yoritilgan. Akademik rangtasvirda kompozitsiya qonuni, perspektiva asoslari, chiziqli perspektiva, konustruktiv qurilish, yorug`-soya qonuniyatlari, buyumlarning tuzilishi va ularni akademik metod jihatdan bosqichmabosqich tasvirlash usullari, odam plastik anatomiyasi haqida umumiy ma`lumot, odamning portreti va gavdasini tasvirlash metodlari, buyuk rassomlar asarlarini ilmiy tahlili. Akademik rangtasvirning kelibchiqish tarixi, akademik rangtasvrning paydo bo`lishida buyuk rassomlarning, ular tomonidan qo`shgan hissalari haqida ma`lumotlar berilgan. Darslik uch bobdan iborat, birinchi bob to`rt qismdan iborat bo`lib akademik rangtasvirning nazariy masalalariga bag`ishlangan. Har bir bobda nazorat savollari, tayanch iboralar va glosariylar mavjud. Birinchi qismda esa Akademik rangtasvir fanining kelib chiqish tarixi, qadimgi dunyo tasviriy san`at tarixiga oid tasvirlarning paydo bo`lishi, Yevropa tasviriy sana`atiga oyid asarlarni o`rganish va tahlil qilish, Osiyo mamlakatlarining tasviriy san`atga oyid asrlarini o`rganish va tahlil qilish, O`zbekiston hududida rangtasvir san`atini kelib chiqishi va shakillanishi to`liq bayon qilingan. Ikkinchi va uchinchi bobi amaliy mashg`ulotlardan iborat bo`lib. Tugatilgan rangtasvir asarlarini bajarishda g`оya va kompozitsiyaning o`rni va ahamiyati, Tasviriy san`at asarlarida falsafiy obrazli g`oyalarni aks ettirish talqin qilish mavzulari berilgan bo`lib ilmiy jihatdan ushbu mavzular (ilyustratsiyalar) buyuk rassomlar asarlari yordamida tahlil qilib berilgan. Ushbu darslikqa o`rta mahsus ihtisoslashtirilgan madaniyat va san`at maktablari, Oliy ta`limda san`atshunoslik fakultetida tahsil olayotgan bakalavr va magistratura mutahassisliklari hamda tasviriy san`at fani bilan shug`ullanuvchi barcha mutahassislar va pedagoglar foydalanishlari mumkin.
-
Akademik rangtasvir
Amanullayev A.A.,Darslik uch bobdan iborat, birinchi bob to‘rt qismdan iborat boMib akademik rangtasviming nazariy masalalariga bag‘ishlangan. Har bir bobda nazorat savollari, tayanch iboralar va glosariylar mavjud.
-
-
Xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash
Kariniov I.,Mazkur darslik 5112100 - Texnologik ta'lim yo’nalishi o’quv rejasiga kiritilgan “Xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash” fan dasturi asosida yozilgan bo'lib, mazkur yo’nalishda tahsil olayotgan talabalarga mo'ljallangan. Shuningdek darslikdan Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi ta’lim yo'nalishi talabalari va boshqa shu sohaga qiziquvchilar ham foydalanishlari mumkin.
-
Texnologiya ta'limi praktikumi
S.X.Abdullayev, X.M.Akramov, I.T.Uluhanov, A.M.Matkarimov,Mazkur darslikda “Texnologiya ta’limi praktikumi” faninining yo‘nalishlari, tarmoqlari bilan tanishtirish, shuningdek, o’quvchilarni mehnatga, ijtimoiy hayotga tayyorlashdek ulkan vazifalarni bajarish, maktablarda texnologiya ta’limi darslarini o’tish, mehnat madaniyati asoslariga va kasblarga muhabbat uyg’ota borib, bilim, ko’nikma va malakalarini hosil qilish masalalari yoritib berilgan. Talabalarga zamonaviy politexnik ta’lim, texnologik mehnat tarbiyasini berish, kasb tanlashga yo’llash ishlarini o’rgatish, ularning bilim va kasbiy maxoratini hosil qilish muhimdir. Buning uchun maktablarda texnologik ta’lim darslarini tashkil qilish uchun avvalo o’quv jihozlari, laboratoriya va o’quv ustaxonalarini tashkil etishni va ulardan unumli foydalanishni o’rgatish kerak bo’ladi. Shu kabi bilim va malakalarni tarkib toptirish bo’yicha nazariy ma’lumotlar va fanda qo’llanadigan atamalar keltirilgan. Ushbu darslik 5112100 – “Texnologik ta’lim” yo’nalishi talabalari uchun tavsiya etiladi.
-
O‘rta osiyo shaharlari tarixiy topografiyasi
Y.A.Karimov,Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘rta Osiyoning qadimgi va o‘rta asr shaharlari tarixining qadimgi davrlardan, o‘rta asrlar davomida amalga oshirilgan bunyodkorchilik ishlar hamda bu davrda shaharlarning topografik tuzulishi va joylashish o‘rni holati haqida ma’lumot yetkaziladi.
-
Ma'muriy huquq va protsess
Muratayev S. A, Artikov D, Qosimov B.,Ushbu kitobda Ma'muriy huquq va protsess normalari, davlat boshqaruvi tushunchasi funktsiyasi va asosiy printsiplari, davlat boshqaruv aktlari, ma'muriy huquq sube'ktlari, davlat boshqaruvida qonuniylik va intizom, ma'muriy jarayon va ma'muriy ish yuritish, ichki ishlar sohasini boshqarish kabi mavzular keng yoritilgan.
-
Медицина асбоблари ва аппаратлари
В.И.Безак,Медицина асбоблари ва аппаратлари Фармацевтика билим юртлари учун дарслик