-
-
Ўзбекистон миллий иқтисодиёти-National economy of Uzbekistan
М.Т.Асқарова, А.Э.Ишмуҳаммедов,Iqtisodiyot, -
Iqtisodiyot,
-
Статистика фанидан амалий машғулотлар ўтказиш учун ўқув қўлланма
А.Ҳ.Аюбжонов, Б.Х.Маматқулов, С.Н.Сайфуллаев,Statistika, -
Iqtisodiyot nazariyasi. Siyosiy iqtisod. Makro iqtisodiyot. Mikro iqtisodiyot,
-
Moliya va soliqlar II qism (Soliqlar)
R.R.Xusainov, A.Q.Isxaqov, D.T.Urmanova, X.Z.Djurayev,Iqtisodiyot, -
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
Iqtisodiyot nazariyasi. Siyosiy iqtisod. Makro iqtisodiyot. Mikro iqtisodiyot,
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
Inson resurslaridan foydalanish
D.K.Xakimdjanova, Sh.M.Sadikov, J.M.Djalalov, S.G.Raximova,Iqtisodiy geografiya, -
Suv xo'jaligida menejment psixologiyasi
O'.P.Umurzoqov, R.Z.Asamova, Z.K.Ismailova, J.X.Rashidov, Q.O.Shovazov, B.U. Hasanov, В . X. Shafqarov, Z.M.Muqimov, U.E.Xoliyorov, I.L.Abdurahimov,Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil, -
Iqtisodiyot nazariyasi. Siyosiy iqtisod. Makro iqtisodiyot. Mikro iqtisodiyot,
-
-
-
-
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
Statistika bo'yicha praktikum
Shadiyev Xamid Azimovich, Habibullayev Ibrohim, Rashitova Nilufar Xotambayevna, Xo'jaqulov Xayitmurod Djovlievich, Qoraboyev Abdusattor Raxmonovich, Abdullayev Sagdulla, Xodjayeva Mayjuda Nabnovna, Ismoilov G'ayrat Erkinovich.,Statistika, -
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
Ўзбек тили
З. Дўсимов Р.Худойберганов,Мазкур қўлланма олий ўқув юртларининг рус гуруҳлари талабалари учун мўлжалланган бўлиб, ўзбек тилининг барча сатҳлари бўйича (фонетика, лексикология, грамматика) маълумот беришга қаратилган. Машқлардан кейин берилган луғатдаги сўзлар ва уларнинг маънолари мавжуд матнга асосланади. Қўлланмадан лицейлар, касб-ҳунар коллежлари талабалари ва ўзбек тилини ўрганувчи барча китобхонлар фойдаланиши мумкин.
-
Ўзбекистон миллий иқтисодиёти-National economy of Uzbekistan
М.Т.Асқарова, А.Э.Ишмуҳаммедов,Ушбу ўқув қўлланмада Ўзбкистон миллий иқтисодиѐтининг бозор иқтисодиѐити шароитида ўзига хос ривожланиш йўллари, келгусида ривожлантириш йўналишлари жаҳон бозорига чиқиш, интеграция жараѐнларига боғлиқлиги кўрсатилган; республика иқтисодиѐтида рўй бераѐтган таркибий ўзгаришлар, иқтисодиѐтнинг молия - кредит дастаклари, уни давлат томонидан тартибга солиш механизмлари ѐритилган; тармоқлар ривожланиши ва улар ўртасидаги мутаносибликлар рақамлар асосида изоҳланган кўрсатилган. Қўлланма иқтисодий таълим йўналишидаги олий ва ўрта махсус ўқув юртларининг талабалари учун мўлжалланган. Ундан, шунингдек, олий ўқув ютларининг иқтисодий таълим йўналишлари бакалаврлари, магистрлари, профессор - ўқитувчилари ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
Buxgalteriya hisobi tamoyillari
G.F.Аkramova , N.B. Muxamadaliyeva, N.A. Zuxurova,«Buxgalteriya hisobi tamoyillari» fanidan o‘quv qoʻllanma iqtisodiyot va menejment yoʻnalishi talabalariga mo’ljallangan. Ushbu qoʻllanma ma’ruzalar matni, tayanch iboralar va boblarni mustahkamlash uchun nazorat savollarini oʻz ichiga olgan. Talabalarga fanni mustaqil ravishda oʻzlashtirishga va oʻz bilimlarini oshirishga xizmat qiladi. Oʻquv qoʻllanma oliy oʻquv yurtlari talabalariga moʻljallangan.
-
Статистика фанидан амалий машғулотлар ўтказиш учун ўқув қўлланма
А.Ҳ.Аюбжонов, Б.Х.Маматқулов, С.Н.Сайфуллаев,Муаллифлар Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан тасдиқланган Статистика курси ўқув дастури асосида ушбу ўқув қўлланмани таййорладилар. Ушбу қўлланмада ўқув дастурининг барча мавзуларига доир мисол ва масалалар ўз ифодасини топган.
-
Elektron tijorat
M.S.Yakubov, Q.A.Shakarov, J.T.Usmonov, Sh.E.Sindarov,Ushbu o‘quv qo'llanma o'quvchilarga elektron tijoratning asosiy tushunchalari, ulaming tuzilmasi, internet do‘kon, elektron to'lov tizimlari, internet reklama va internet marketing mohiyatini o‘rganishga xizmat qiladi. Shuningdek, o‘quv qo'llanmada elektron yetkazib berish xizmati, rivojlangan davlatlarda elektron tijorat tajribasi, zamonaviy iqtisodiyot va transchegaraviy elektron tijorat haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan. O‘quv qo‘llanma 5A350302 - Elektron tijorat mutaxassisligida tahsil olayotgan magistratura talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Moliya va soliqlar II qism (Soliqlar)
R.R.Xusainov, A.Q.Isxaqov, D.T.Urmanova, X.Z.Djurayev,Ushbu o‘quv qo'llanma bakalavriatning 5230100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), 5230200-Menejment (sohalar bo‘yicha), 5230400-Marketing (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda soliqlaming iqtisodiy mohiyati, soliqlaming turlari, ulaming obyekti va subyekti, hisoblash va budjetga o'tkazish tartibi, soliq turlari bo‘yicha belgilangan imtiyozlar, soliqlami to‘lash muddatlari, shuningdek soliq tizimining makroiqtisodiy barqarorlikka ta’siri va shu kabt masalalar o‘z aksini topgan. O‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiy va noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishlaridagi bakalavr talabalar, magistrlar, aspirantlar, o‘rta maktab va kasb-hunar kollejlaridagi o'quvchilar hamda mutaxassislar soliqlar va soliqqa tortishga doir bilimlarini, malakalarini oshirishlari uchun mo'ljallangan.
-
Axborot kommunikatsiya tizimida biznes strategiya
R.I.Xurramova,Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va islohot qilish sharoitida ericin fikrlovchi, yuqori malakali yosh raqobatbardosh kadrlami tayyorlash davlatning strategik maqsadi bo‘lib hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun mamlakatning oliy o‘quv yurtlari oldiga qo‘ilgan «Kadrlami tayyorlashning milliy dasturiwda ilgari surilgan vazifalar asosida o‘quv-uslubiy adabiyotlami ishlab chiqish va nashr qilish talab etiladi. Ushbu o‘quv qo'llanmaning maqsadi «Axborot kommunikatsiya tizimlarida biznes strategiya» kursidan amaliy ishlami bajarish bo‘yicha asosiy talablami belgilash hisoblanadi.
-
Biznes qiymatini baholash
B.Yu.Xodiyev, B.B.Berkinov, A.N.Kravchenko,O'quv qo'llanma korxona (biznes) va uning aktivlari qiymatini baholashning uslubiy asoslari va yondashuvlariga bag'ishlangan. Biznes yoki alohida korxonaning bozor qiymatini aniqlashda qo'llaniladigan daromad, xarajat va sotuvlarni qiyoslash yondashuvlarining asosiy usullari va hisoblash algoritmlari tavsiya etilgan. Korxona mulkiy majmuasining tarkibiy qismlari sifatida moddiy va nomoddiy aktivlar qiymatini baholash usullariga alohida e’tibor qaratilgan va ulami o'ziga xos xususiyatlari amaliy misollar bilan izohlab berilgan. Oliy o‘quv yurtlari iqtisodiyot yo'nalishi talabalanga, magistrantlar. aspirantlar va o'qituvchilar, shuningdek, baholash faoliyati bilan qiziquvchi mutaxassislar, rahbarlar va tadbirkorlarga mo'ljallangan.
-
Soliq tizimi va munosabatlari
Z.Xo'jayeva, R.Hakimov, A.Abdullayev,O‘quv qo‘llanmada soliq tizimidagi mavjud qonunlar va tartiblami, o‘zaro munosabatlaming shakllanishi, takomillashuvi, o‘quvchiga tushunarli tilda bo‘lishi uchun yangi pedagogik texnologiyalar joriy etilgan holda qo‘llash usullari va tartiblari to‘g‘risida ma’lumot beriladi. Bu ma’lumotlar chizmalar, jadvallar, turli shakl va ifodalarda bayon etilgan bo‘lib, soliq nazariyasining asosiy g‘oyalari, yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar va soliqsiz to‘lovlar, jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, soliq munosabatlari to‘g‘risidagi bilimlar jamlangan. Bundan tashqari, soliqlar bo‘yicha alohida hisob-kitoblar uchun buxgalteriya hisobi va hisobot shakllari, buxgalteriya yozuvlari, masalalar va ulaming yechimlari, mustaqil ishlash uchun mashqlar, o‘z-o‘zini tekshirish uchun test savollari kiritilgan.
-
Inson resurslaridan foydalanish
D.K.Xakimdjanova, Sh.M.Sadikov, J.M.Djalalov, S.G.Raximova,«Inson resurslarini boshqarish» tushunchasi XX asrning o‘rtalarida yuzaga keldi va shu asr oxirlarida rivojlandi. Bu davrda yirik korxonalar kadrlarga ehtiyoj seza boshladi. Kadrlar tayyorlashni rejalashtirish va ulardan samarali foydalanish yo‘llarini izlab topish harakati kuchaydi. Har bir xodimning qobiliyatini oshirish maqsadida kata mablag‘lar ajratila boshlandi. Ishchi kuchining tarkibi va unga qo‘yiladigan talablar oshib bordi. Ishchilarda yuqori egiluvchanlik, turli imtiyozlarga moyillik, kasbiy tayyorgarlik va kompyuterlashgan ishlab chiqarishda ishtirok etish ishtiyoqi paydo bo‘ldi. Fan-texnika taraqqiyotining tezlashishi iqtisodiyotda ham tub burilishlar yasadi. Inson texnologik jarayonlarni nazorat qiluvchi va tartibga soluvchiga aylandi. Undan yangi bilimlarni egallash, kasbiy malakasini oshirish, mustaqil fikrlash, ijodiy faollik va tashabbuskorlik talab etila boshladi.
-
Suv xo'jaligida menejment psixologiyasi
O'.P.Umurzoqov, R.Z.Asamova, Z.K.Ismailova, J.X.Rashidov, Q.O.Shovazov, B.U. Hasanov, В . X. Shafqarov, Z.M.Muqimov, U.E.Xoliyorov, I.L.Abdurahimov,Mazkur o'quv qo’llanmasida sug'orma dehqonchiligi sharoitida suv xo‘jaligi menejmenti psixologiyasining nazariy muammolari, muayyan nazariy tayyorgarlikka ega bo'lgan xodimlarda suv xo‘jaligi menejmentining o'ziga xos ko’nikmalarini hosil qilish, bu borada o’z mahoratini oshirish, zamonaviy texnologiyalami o‘zlashtirishga doir nazariy-amaliy masalalar o‘z yechimini topgan, Suv xo'jaligida menejment psixologiyasida asosiy e'tibor iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun insonlarning ijtimoiy qarashlarini o‘zgartirish, menejment psixologiyasi mahorati va ilmini egallash masalalariga qaratilgan. Bu insonlarning muvaffaqiyatli boshqarish. ishlab chiqarish jamoasida psixologik iqlimni yaxshilash orqali mehnat samaradorligiga erishish imkonini beradi va shu yo'nalish bo‘yicha to'laroq bilimlarga erishishni ta’minlaydi O‘quv qo’llanma niagistratura muiaxassisliklari uchun tavsiya etilgan Qo‘llanmadan ilmiy xodimlar. malaka oshirish kursi tinglovchilari va suv xo’jaligi sohasi mutaxassislari uchun ham foydali bo'lishi mumkin.
-
Iqtisodiyot nazariyasi
D.Tojiboeva,Kitobning mazkur to'ldirilgan nashrida iqtisodiyot nazariyasining asosiy bo'limlari iqtisodiyotning, bozor iqtisodiyotining, mikroiqtisodiyot nazariyasining uraumiy asoslari berilgan. Iqtisodiyotni nazariy jixatdan o'rganishda, jahon tajribasidan kelib chiqib, bozor iqtisodiyotining qonumyatlari, amal qilish mexanizmi, iqtisodiy jarayonlar dinamikasini tushunishni engillashtirish maqsadida grafiklar yordamida tahlil qilish orqali bayon qilingan. Iqtisodiyotdagi asosiy masalalar, muammolar etakchi nazariy maktablar, yo'nalishlar va ulaming namoyandalari fikrlari, kontseptsiyalariga qaratilgan holda ko'rib chiqilgan. Har bir bobda mavzuning mazmunini chuqurroq tushunishga yordam berish va o‘z bilimini mustaqil sinab ko'rishi maqsadida asosiy tayanch tushunchalar mashq tarzida, munozara uchun savollar, masala-mashqlar, testlar va ularning javoblari, tarqatma materiallardan namunalar berilgan. Qo'llanma oliy o‘quv yurti bakalavrlari, magistratura talabalari, aspirantlar, o'qituvchilar va hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining muammolarini o‘rganishga qiziquvchi kitobxonlarga moMjallangan.
-
Ta`limga kirish
Zaripova D.A, Zaxirova N.N,Ushbu o'quv qo'ilanma talabalar bilimlarini mazmun jihatdan zamon talablariga mos yangilab borish hamda ta'lim tizimidagi xorijiy tajribalarini o'rganish masalalariga qaratilgan. Shuningdek dunyo reytingida yuqori o'rinlardan joy olgan AQSH, Yevropa, Osiyo. Sharq hamda MDH mamlakatlari yetakchi oliy ta'lim muassasalaridagi innovatsion ta'lim jarayoni haqidagi zaruriy ma'lumotlar ham keltirilgan.
-
Pedagogika.psixologiya
Zaripova D.A,0‘quv qo'llanmada psixologiya va pedagogika fanining predmeti, taraqqiyot yo’li, uning metodlari, ta’lim-tarbiya prinsiplari, psixologiya fanining o'ziga xoslik: shaxs, uning rivojlanishi, individual xususiyatlar, temperament xususiyatlari hamda milliy qadriyatlar haqida batafsil yoritib berilgan. “Pedagogika. Psixologiya" fani o'quv qo‘llanmasi, Muahammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (sirtqi va ikkinchi oliy ta’limning barcha yo'nalishijda foydalanish uchun tavsiyalar.
-
Elektron Pedagogika
Zaripova D.A,Ushbu о quv qo llanma zamonaviy АКТ muhitda o'qitish-ta'Iim jarayonini samarali tashkil etish, elektron ta'lirn tizimi sifatini baholash mezonlari va usullari o'qitish jarayoni sifatini boshqarishni amalga oshirishga imkon beruvchi, joriy etish va foydalanish bosqichiarini ishlab chiqishga qaratiigan boMib, bo'lajak mutaxassislarda elektron ta'lim va uni tashkil etish shakllari haqida tushuncha berishi bilan ahamiyatlidir. Mazkur o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining 5350400 - АКТ sohasidagi kasb ta'limi yo'nalishida tahsil olayotgan bakalavr ta'lim yo'nalishi talabalari uchun "Elektron pedagogika" fani uchun tavsiya etilgan bo`lib, undan shu yo'nalishda ilmiy izlanishlar olib borayotgan magistrlar va tadqiqotchilar foydalanishi mumkin.
-
Mehnat iqtisodiyoti va inson taraqqiyoti
B.Sulaymonov,Qo'llanmada mehnat munosabatlari sohasidagi qonuniyatlar, shu jumladan, mehnat mohiyati namoyon bo‘lishining o'ziga xos shakllari, chunonchi ish bilan bandlik, mehnatni tashkil etish, unga haq to'lash, uning samaradorligi, mehnat sotsiolo-giyasi bilan bog'liq bir qator muammolar keltirilgan. Mehnat va mehnat munosabatlari sohasidagi ham nazariy ham amaliy masalalar kiritilgan bo‘lib, ular qanday natijalar berishiga iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan baho berish nuqtai nazaridan qarab chiqilgan. Mehnat resurslarini boshqarish jarayoni korxona va tashkilotlarning faoliyatidagi maqsadlari bilan uzviy bog'langan bo'lib, unga amaliy tavsiyalar berilgan. Qo'llanma «Menejment» mutaxassisligi yo'nalishida ta’lim olayotgan bakalavr, magistrlar va ilmiy tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.
-
Pochta xizmatlarini tashkil etishda buxgalteriya hisobi
Q.A.Shakarov,Mazkur o'quv qo'llanma O'quv qo'Hanmada iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida sub'ektlafdagi hisob siyosati va uning ahamiyati, buxgalteriya hisobining usullari, buxgalteriya hisobini tashkil qilish shakllari, buxgalteriya hisobining milliy standartlari, yangi schyotlar rejasi, asosiy vositalar, tovar-moddiy zahiralar, pul mablag'lari hisobi, buxgalteriya moliyaviy natijalarni aniqlash,moliviy hisobotlami tuzish xarajatlar hisobi, boshqaruv qarorlarini qabul qilish kabi mulkchilik shakillarida faoliyat yurituvchi soxa korxonalr bilan amaliyottga joriy etishda hisob ma'lumotlarini almashlarida to'g'ri hisob kitob ishlarini tashkil etilishi va dastlabki hujjatlarda rasmiylashtirilish hamda buxgalteriya yozuvlarini to'g'ri aks ettirilishi bo'yicha ko'nikma hosil qilishga qaratilgan. O'quv qo'llanma 70611401-“Pochta xizmatini tashkil etish” mutaxassishgida tahsil olayotgan magistratura talabalari uchun mo Ijallangan.
-
Statistika bo'yicha praktikum
Shadiyev Xamid Azimovich, Habibullayev Ibrohim, Rashitova Nilufar Xotambayevna, Xo'jaqulov Xayitmurod Djovlievich, Qoraboyev Abdusattor Raxmonovich, Abdullayev Sagdulla, Xodjayeva Mayjuda Nabnovna, Ismoilov G'ayrat Erkinovich.,Ushbu qo'llanma avval nashr etilgan qo'llanmaning to'ldirilgan va qayta ishlangan hamda yangi o'quv dasturiga mos tarzda tayyorlangan nashri bo'lib, unda statistik kuzatish ma'lumotlariga ishlov berish usullari, statik ko'rsatkichlar, o'rtacha miqdorlar, variatsiya ko'rsatkichlari, tanlab kuzatish, ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarning o'zaro bog'liqligini statik o'rganish, dinamika qatorlari, statik indekslar, aholi statistikasi, mehnat bozori statistikasi, milliy boylik statistikasi va boshqa hamma turdagi bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar va namunaviy misollar yechimi hamda barcha mavzular bo'yicha mustaqil yechish uchun masalalar keltirilgan
-
Pul va banklar
Sh.Z. Abdullayeva,Mazkur «Pul va banklar» o‘quv qo‘llanmasi kadrlar tayyorlash bo‘yicha Davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq, xorijiy davlatlaming yetakchi oliy o‘quv yurtlarida mazkur fanni o‘qitish bo‘yicha fan dasturi, adabiyotlar va tajribadan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan namunaviy o‘quv dasturi asosida yaratilgan bo‘lib unda mavzulami nazariy va amaliy jihatdan o‘rganishga e’tibor qaratilgan. O‘quv qo‘llanmada pul, uning kelib chiqishi, qo‘llanilishi, uning xususiyatlari, bozor munosabatlarining taraqqiy qilishi bilan vujudga kelgan zamonaviy pul shakllari, elektron pullar, ularning xususiyatlari, funksiyalari, roli, bank va bank tizimi - Markaziy bank, tijorat banklari, ularning vazifa va funksiyalari, banklaming aktiv — passiv, vositachilik operatsiyalari, kredit turlari va shakllari, shuningdek, xalqaro moliya-kredit va valyuta munosabatlari oid dasturda rejalashtirishgan savollar yoritilgan. Qo‘llanmada keltirilgan mavzulami yoritishda taniqli iqtisodchi olimlaming mavzularga oid bo‘lgan ilmiy-nazariy qarashlaridan foydalanilgan hamda ilg‘or horij tajribasi o‘rganilgan va umumlashtirilgan. Mazkur qo‘llanmadan bank ishi, banklarda buxgalteriya hisobi va audit, moliya, buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishi hamda boshqa iqtisodiy yo‘nalishda ta’lim oluvchilar, magistrlar va doktorantlar hamda bank xodimlari foydalanishlari, balki boshqa bank ishiga qiziquvchilarga ham foydali bo‘lishi mumkin.
-
Menejment. (Strategik menejment fani 4-modul) 4-qism
N.Raxmatullayeva,Ushbu o‘uv qo‘llanma menejment yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning asosiy maqsadi – talabalarda korxonalarda strategik boshqaruvni tashkil etish bosqichlari, iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni sotishni ko‘paytirishning eng zarur omillari va imkoniyatlarini aniqlay olish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning uslubiy asoslari, istiqbolli va tezkor usullarini turli tarmoqlar moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil etishda qo‘llash masalalari bo‘yicha nazariy- amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.