-
-
Og'zaki diskursning funksional-formal va lingvokulturologik xususiyatlari (o'zbek va ingliz tillari misolida)
Raximova Laylo,Tilshunoslik, -
-
Mintaqa infratuzilmasini rivojlanishini ekonometrik modellashtirish (Xorazm viloyati misolida)
Saidov O.Sh.,Iqtisodiyot, -
Iqtisodiyot,
-
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
-
-
Tarixiy madaniyatshunoslik. Madaniyatshunoslik ta’limining tarixi,
-
Tilshunoslik,
-
Haft shuaro majmuasi Xorazm milliy-ma`naviy merosining namunasi sifatida
Xajiyeva I.A Taxirova G.S,Madaniyat. Fan. Maorif, -
Марказий Осиё халқлари тафаккури ривожида тасаввуфнинг тутган ўрни
Нажмиддин Комилов, Абдумалик Ёқубов,Din tarixi, -
Qurilishning nazariy asoslari,
-
Siyosatshunoslik fani, uning mavzusi. Siyosatning nazariyasi,
-
Ўзбекистон агросаноат мажмуасининг жаҳон аграр ва озиқ-овқат бозорларига интеграциялашуви
Б.Т.Салимов , М.С.Юсупов,Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti, -
Umumiy psixologiya,
-
Ўзбекистон қишлоқ хўжалигида машина-трактор агрегатларидан фойдаланиш даражасини оширишнинг назарий-методологик асослари
Тошболтаев М.,Umumiy mashinasozlik. Mashinasozlik, -
Siyosiy madaniyat. Madaniyat. Ma’naviyat va mafkura,
-
Afrig'iylar sulolasi davrida turarjoy inshootlari va shaharlarning rivojlanish tarixi
Qurbanov A.A.,Monografiyada Afrig'iylar davri turarjoy inshootlari va shaharsozlik, Quyi Amudaryo hududi ilk o'rta asr turarjoylarida arxeologik izlanishlar asosida ijtimoiy-iqtisodiy etnik-madaniy munosabatlarning rivojlanishi, Xorazm hududida ijtimoiy-iqtisodiy va etnik madaniy munosabatlarning rivojlanishi, madaniy-xo'jalik markazlari turar-joylarini joylashish xususiyatlari va tipologiyasi, Quyi Amudaryo hududida ilk o'rta asr davri madaniy-xoʻjalik mikrovohalarini joylashish va ularning rivojlanishini aloqadorligi, Xorazmda IV-X asrlarda siyosiy jarayonlari, ilk o'rta asrlarda Xorazmning markaziy shaharlari tarixini ochib berildi.
-
Qadimgi Xorazm vohasi ibtidoiy madaniyat tarixi
Salayev U.K.,Monografiyada Xorazm vohasi ibtidoiy jamoa tuzumi davrida urug jamoalari olib borgan kundalik ma'lumotlari tarixini ilmiy ahamiyati hozirgi zamon bilan bog'liq holda o'rganib, o'tmish poydevori asos ekanligini izohlashga xizmat qiladi. O'zbekiston tarixi faniga doir ilg'or yondashuv va usullar qo'llanilib, davrga oid manbalar, dala tadqiqotlari natijasida olingan moddiy manbalar hamda tarixiy adabiyotlardan foydalanilgan holda tayyorlangani, olingan xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilgani, olingan tadqiqotning amaliy ahamiyati, tadqiqotdagi umumlashtirilgan tarixiy ma'lumotlardan O'zbekistonda ibtidoiy jamoa tuzumi tarixini oʻrganish, natijalarning vakolatli tuzilmalar tomonidan tasdiqlangani bilan isbotlanadi.
-
Og'zaki diskursning funksional-formal va lingvokulturologik xususiyatlari (o'zbek va ingliz tillari misolida)
Raximova Laylo,Mazkur monografiyada o'zbek va ingliz tillaridagi og'zaki diskursning funksional-formal hamda lingvokulturologik xususiyatlari, jumladan, og'zaki va yozma diskurs tushunchalari tavsiflangan, mazkur jarayonda ularning farqli va umumiy jihatlari, shuningdek, og'zaki diskurs shakllanishida lingvistik va ekstralingvitik omillarming o'mi ko'rsatib berilgan. Shu bilan birga, chog'ishtirilayotgan tillar og'zaki diskursidagi til vositalari, nutqiy uslublar, kontekst kommunikativ jarayonning muhim tarkibiy qismi ekanligi izohlanib, og'zaki diskursda xoslanuvchi lisoniy birliklarning pragmatik va lingvokulturologik xususiyatlari, nutq va matnni lingvistik birliklar hamda ularning kontekstual o'zaro ta'siri asosida tizimli ravishda o'rganishni o'z ichiga olgan diskursning lisoniy modellashuv jarayoni, ularning lingvistik xususiyatlariga aloqador nazariy ma'lumotlar oʻzbek va ingliz tillaridagi materiallar misolida ochib berilgan.
-
Ўтрор ва айн-жалут орасида
Абдримов Бекзод,Монографияда Жалолиддин Мангубердининг мўғулларга қарши кураши ва унинг ҳалокатидан сўнг Яқин ва Ўрта шарқда қолдирган хоразмликларнинг тақдири тарихи аниқ далиллар асосида очиб берилган.
-
Mintaqa infratuzilmasini rivojlanishini ekonometrik modellashtirish (Xorazm viloyati misolida)
Saidov O.Sh.,Ushbu monografiya mintaqa infratuzilmasini rivojlantirish masalalarini ekonometrik modellashtirish asosida tadqiq qilishga bag'ishlangan bo'lib, unda mintaqa infratuzilmasining tarkibi va xususiyatlari, uni rivojlantirishning huquqiy va tashkiliy jihatlari, rivojlangan mamlakatlar tajribasi hamda Xorazm viloyati infratuzilmasini rivojlantirishning istiqbolli yo'nalishlari yoritib berilgan.
-
Mintaqada ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirishning asosiy yo'nalishlari
Nasretdinova F.O.,Ushbu monografiya mintaqalarda ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish masalasiga bag'ishlangan bo'lib, unda ijtimoiy himoya tizimini modernizatsiyalashning obyektiv zaruriyati, ijtimoiy xizmatlar sektorini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlar, shuningdek, rivojlangan davlatlar tajribasi yoritib beriladi.
-
Elektron ta`lim
U.A Madaminov,Ushbu monografiyada elektron ta`lim muhitida interaktiv mobil ta`lim resurslardan foydalanish o`rganilgan.
-
Davlat sektorida ichki audit tadbirlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish
Saitmuratov S.M.,Mazkur monografiyada davlat sektorida ichki audit tadbirlarini o‘tkazish tartibini akomillashtirish masalalari yoritilib, ichki auditning moliyaviy nazorat tizimidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Unda ichki auditni risklarga asoslangan yondashuv asosida tashkil etish, audit jarayonlarining samaradorligini oshirish hamda audit natijalarini boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoniga integratsiya etish masalalariga e’tibor qaratilgan. Monografiya davlat tashkilotlarida shaffoflik va hisobdorlikni kuchaytirish, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ilmiy xodimlar, ichki auditorlar va davlat moliyaviy boshqaruvi sohasidagi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Monografiya ilmiy izlanuvchilar, doktorantlar, professor-o‘qituvchilar, magistrlar va talabalarga mo‘ljallangan. Undan davlat sektorida ichki audit tizimini takomillashtirish, moliyaviy nazorat samaradorligini oshirish hamda byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanish masalalariga qiziquvchi ichki auditorlar, davlat moliyaviy nazorati organlari xodimlari va keng kitobxonlar ommasi ham foydalanishi mumkin.
-
XX аср ўзбек шеъриятидан психологик тасвир маҳорати
Жумагул Жумабоев,Ушбу монография ўзбек адабиётшуносигида шеъриятда психологик тасвир маҳоратига бағишланган илк тадқиқотлардан биттаси ҳисобланади.
-
Электродинамикада даврийлик
М.Ф.Атоева, С.Қ.Қаҳҳоров,Мазкур монографияда физика таълимининг электродинамика бўлими мисолида даврийлик технологияси асосида ўқитишнинг ташкил қилиш ва унинг методик жиҳатларин тўғрисида илмий асосланган маълумотлар берилган. Монографиядан умумий ўрта таълим мактаблари, олий ўқув юртлари талабалар , магистрлари, мустақил изланувчилар ҳамда илмий тадқиқот ишларини олиб борувчилар ва ўқитувчилар фойдаланишлари мумкин.
-
Qаdimgi xorаzmda shаhаrsozlik mаdаniyаti
M.I. Atajanov,Monografiyada qadimgi xorazm shaharlarining shakllanish omillari va an’analari, ularning tadqiqoti masalalari, shaharlarning tipologiyasi va funksiyalari, hamda ularning joylashuviga oid ma’lumotlar qadimgi yozma va arxeologik tadqiqotlarning natijalari asosida o‘rganilgan. Ushbu ma’lumotlar O‘zbekistonning qadimiy va boy tarixi,ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasi rivojida alohida o‘ringa egaligi, qadimgi xorazm hududidagi shaharlar aholisining yashash hududi va ularning turmush tarzini keng ommaga yetkazishda muhim ahamiyatga ega.
-
O`zbek tilining shakllanish va rivojlanish tarixi
A.R.Matniyazov, B.Yusufov,Ushbu monografiya birlamchi yozma manbalar asosida o`zbek tilining ko`p ming yillik tarixiy rivojlanishini yoritib beruvchi ilmiy asardir. Unda miloddan oldingi davrlarda hozirgi O`zbekiston hududida yashagan, o`zbeklarning ajdodlari hisoblangan turkiy xaalq vakillarining eng qadimgi yozma manbalarda keltirilishi bayon etilgan.
-
Haft shuaro majmuasi Xorazm milliy-ma`naviy merosining namunasi sifatida
Xajiyeva I.A Taxirova G.S,Ushbu monografiyada XX asr boshidagi Xorazm milliy-ma`naviy merosining durdonalaridan biri Haft Shuaro majmuasi va uning o`ziga xos jihatlari yoritilgan.
-
Марказий Осиё халқлари тафаккури ривожида тасаввуфнинг тутган ўрни
Нажмиддин Комилов, Абдумалик Ёқубов,Ўзбекистон миллий истиқлол ғоясининг тарихий илдизлари узоқ даврларга бориб тақалади.Шундай иодизлардан бири - тасаввуф таълимоти.Тасаввуф Марказий Осиё халқлари илмий-ирфоний тафаккурининг шаклланишида муҳим ўрин тутади.Ушбу монографияда ана шу масала таҳлил қилиб берилган.Монография соҳа мутахасислари,илмий ходимлар,академия тингловчилари,хизматчилар ва кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
Хоразмнинг қадимий ва ўрта асрлар шаҳарсозлиги тарихи
Матёқуб Мадаминов,Ушбу монография Хоразм воҳаси цивилизациясининг муҳим белгиси бўлмиш урбанистик жараёнлар, уларнинг ижтимоий , сиёсий ҳаётдаги ифодаси - шаҳарсозлик, хусусан, қадимдан ўрта асрларгача пойтахт шаҳарлар, ҳукмдорларнинг мавсумий ва даврий иккинчи резиденциялари, уларнинг қурилиш технологияси тарихи каби кам ўрганилган масалаларга бағишланган.
-
Ўзбекистондаги сиёсий жараёнлар ва уни моделлаштириш муаммолари.
У.Ҳаитов,Монографияда сиёсий жараёнлар ҳақидаги умумий тушунчалар мазкур муаммони қрганишга оид назарий қарашлар ва методологик ёндашувлар ҳамда сиёсий жараёнларнинг диномикаси ва функционал йўналишлари таҳлил этилади.
-
Ўзбекистон агросаноат мажмуасининг жаҳон аграр ва озиқ-овқат бозорларига интеграциялашуви
Б.Т.Салимов , М.С.Юсупов,Монография олий ўқув юртларининг "Иқсодиёт" (қишлоқ хўжалиги) таълим йўналиши бўйича таҳсил олаётган талабалар,магистрантлар,қишлоқ хўжалиги масалалари билан шуғулланувчи профессорғўқитувчилар,амалиётчилар,мутахассислар ва тадқиқотчиларга мўлжалланган.
-
Ўғил болаларни оилавий ҳаётга тайёрлашнинг ижтимоий-психологик жиҳатлари
Муратова Ш.Н.,Жаҳонда интеграция жараёнларининг чуқурлашуви шароитида ижтимоий муносабатлардаги глобал ўзгаришлар оила институти, унинг мавқеи, таркиби, тузилиши, функцияси, вазифалари ва фаолиятига сезиларли даражада таъсир кўрсатмоқда. Ёшларнинг ўз оилавий ҳаётларига оид тасаввурлари муҳим бўлиб, уларнинг қанчалик реалликка яқин бўлиши оиланинг мустаҳкамлигига хизмат қилади.
-
Ўзбекистон қишлоқ хўжалигида машина-трактор агрегатларидан фойдаланиш даражасини оширишнинг назарий-методологик асослари
Тошболтаев М.,Монографияда машина-трактор агрегатларини функционал моделлаштириш ва рационал бутлаш, ғилдиракли ва занжирли тракторлар, улар базасида тузилган агрегатларнинг динамик хусусиятларини яхшилаш, машиналар иш унумини ошириш, фермер хўжаликлари ишлаб чиқариши соҳалари учун талаб этиладиган техника воситаларининг оптимал таркиби ва сонини аниқлашга доир мавжуд илмий муаммолар илк бор систематик таҳлил ва системали ѐндашув усуллари ѐрдамида тадқиқ этилган. Агрегатлардан фойдаланиш даражасини (сменалик ва мавсумий иш унуми, йиллик юкланмасини) оширишнинг илмий-техник ечимларини белгиловчи фундаментал назариялар, қонуниятлар яратилган, машиналарнинг агротехник, эксплуатацион-технологик ва ишончлилик кўрсаткичларини ошириш бўйича илмий асосланган тавсиялар берилган. Монография агрегатларни тадқиқ этиш, лойиҳалаш, ишлаб чиқариш ва ишлатиш билан шуғулланаѐтган илмий ва муҳандис-техник ходимлар, ѐш олимлар, катта илмий ходим-изланувчи ва магистрлар учун мўлжалланган. Монография ЎзР Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Фан ва технологияларни ривожлантиришни мувофиқлаштириш қўмитасининг ҚХФ-2-001 фундаментал лойиҳаси доирасида бажарилган тадқиқотлар натижалари асосида ѐзилди.
-
Манфаатлар- сиёсат ва мафкура манбаи
Б.К.Иминов,Мустақил юртимиз Ўзбекистон Республикасида юритилаётган бугунги сиёсатнинг муҳим мақсади халқ хохиш-иродасини ифода қилишдан иборатдир. Бу борада асосий эътибор меҳнаткаш манфаати, унинг маҳсулдор меҳнати, изчил ишбилармонлиги, ташаббусли тадбиркорлиги давлат томонидан кафолатланиши ҳамда химоя қилинишига қаратилмокда.