-
-
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
-
-
-
Oila tarbiyasi va pedagogikasi,
-
-
Sog‘liqni saqlash. Meditsina fanlari,
-
-
Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat
X.Bekchanov, Z.Ibragimova, K.Sabirova, S.Pirjonov,Psixologiya, -
-
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
Ma'lumotlarning intellektual tahlili
Xo'jayev O, Hamrayeva S,Darslikda ma'lumotlarning intellektual tahlili fanining nazariy asoslari, ma'lumotlarni qayta ishlash, tozalash va normallashtirish usullari, nazorat ostida va nazoratsiz o'qitish algoritmlari, tasniflash, klasterlash, assotsiativ tahlil, anomaliyalarni aniqlash hamda sohaning zamonaviy tendensiyalari bayon etilgan. Shuningdek, mavzularni tushunarli yoritish maqsadida zarur joylarda jadval, rasm, algoritmik izohlar va Python dasturlash tili asosidagi amaliy misollar keltirilgan.
-
Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi
Sh.A. Togonova, B.X.Avezova,Mazkur darslik maktabgacha ta'lim sohasining bakalavriat ta'lim yo'nalishi DTS, o'quv reja va o'quv dasturlari asosida pedagogika universiteti va institutlarining bakalavr: 60110200 - Maktabgacha ta'lim ta'lim yo'nalishi talabalari uchun "Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi" fani bo'yicha bo'lajak maktabgacha ta'lim mutaxassislari uchun mo'ljallangan bo'lib unda bolalar psixologiyasiningning nazariy asoslari: Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi fanida bolaning ruhiy rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar, xususan, ta'lim-tarbiya jarayonida shakllangan boy psixologik tajribalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalar psixologiyasining tarixiy rivojlanishi jarayonida bolalar psixikasini hisobga olgan holda tarbiya usullari, ta'limiy ta'sir vositalari va shaxs kamolotiga xizmat qiluvchi yondashuvlar shakllangan.
-
Infratuzilma iqtisodiyoti
O.T. Sattorkulov, M.K. Allayarova.,Ushbu darslikda infratuzilmaning mohiyati, ahamiyat, vazifalari,turkumlanishi va ijtimoiy – iqtisodiy ishlab chiqarish uchun normal shart-sharoitlarni ta’minlovchi tarmoq sifatida batafsil yoritib berilgan. Mamlakatda iqtisodiyotni rivojlantirish va makroiqtisodiy barqarorlik ta’minlashga erishishda infratuzilma tarmoqlarining rivojlanishi va takomillashuvi zarur ekanligi ko’rsatib berilgan. Oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishlari bakalavr talabalari, infratuzilma iqtisodiyotini mustaqil o‘rganish istagini bildirganlar uchun mo‘ljallangan. Darslikning mazmuni oliy kasbiy ta’limning Davlat ta’lim standartlariga mos keladi.
-
Odam genetikasi
Fayzullayev S., G‘ofurov A.,Ushbu darslikda Odam genetikasi asoslariga oid asosiy ma'lumot va tushunchalar berilgan
-
Innovatsiya va loyihalarni boshqarish
Sh. Yusupova.,Mazkur darslik "Innovatsiyalar va loyihalarni boshqarish" faniga bag'ishlangan bo'lib, unda innovatsion jarayonlarning mohiyati, turlari, strategik rejalashtirish, marketing tahlili hamda loyihalarni shakllantirish va boshqarishning zamonaviy usullari yoritilgan. Darslikda O'zbekiston Respublikasining innovatsion siyosati, ilmiy-texnik dasturlarni moliyalashtirish tartibi, davlat buyurtmasi asosidagi fundamental va amaliy loyihalar misolida milliy tajriba tahlil qilingan.
-
Fiziologiya asoslari I qism
Tursunov Dilmurod Baxtiyor o`g`li,Hali bu maqsadlarning ilk namoyondalari, qolganlari nasib qilgan vaqtida amali bilan namoyon bo’ladi degan umidamiz, jamoaning barcha a’zolariga minnadorchilik bildiramiz, har bir OTM da Bepul tarzda darslar tashkillanganini va vaqtingizni qadrlagan holda har bir soniyangizni ilm uchun sarflashingizni yana bir bor shunchaki eslatib o’tamiz. Maqsadingiz aniq bo’lib u yo’lida sabr bilan, jamoa orqali harakat qila olsangiz doimo jamo eshiklari ochiq, faqat o’ziga yarasha tartiblar orqali.
-
OILA PEDAGOGIKASI
ІSMАІLОV M.K, ESHNAZAROV M.K, ЕRGАSHЕVА O.N,Darslikda “Oila pedagogikasi” fanning maqsad, vazifalari, ilmiy-nazariy asoslari, ilmiy tadqiqot metodlari, oila va uning turlari, asosiy vazifalari, oilaning asosiy funksiyalari, zamonaviy oilalar, xorijiy davlatlarda va mamalakatimizda оіlа реdаgоgіkаsі fаnіnіng rіvојlаnіsh tаrіxі, oilaning іјtіmоіy – іqtіsоdіy, mе’yоrіy – huquqіy аsоslаrі, bоlаlаrnіng іqtіsоdіy sаvоdxоnlіgіnі оshіrіshdа оіlаnіng tutgаn o‘rnі, oіlаdа bоlаlаrnі mеhnаtgа o‘rgаtіsh. Oіlаdа еkоlоgіk tаrbіyа, oіlаdа bоlаlаrnі mіllіy іftіxоr vа mіllіy g‘urur ruhіdа tаrbіyаlаsh, oіlаdа bоlаlаr bіlаn mulоqоtnі yo‘lgа qo‘yіshnіng реdаgоgіk – рsіxоlоgіk shаr–shаrоіtlаrі, o‘quvchіlаrdа mіllіy fаzіlаtlаrnі rіvојlаntіrіshnіng реdаgоgіk asoslari, ta’lіm muаssаsаsі o‘quvchіlаrnіng оtа – оnаlаrі bіlаn оlіb bоrаdіgаn іsh shаkl vа mеtоdlаrі, iјtіmоіy іsh xоdіmіnіng оіlаlаr bіlаn оlіb bоrаdіgаn іsh shаkllаrі, oila tarbiyasida germenevtik yondashuvning o‘rni va ahamiyati hamda ijtimoiy institutlarning o‘zaro hamkorlikdagi faoliyati mohiyatiga doir nazariy va amaliy ma’lumotlar o‘rin olgan.
-
Elektron pedagogika
M.Allaberganova,Ushbu darslik 60611300 AKT sohasida kasb ta'limi bakalavriat ta'limi yo'nalishi talabalari, pedagogika, informatika va axborot texnologiyalari sohasida tahsil olayotgan talabalar, magistrantlar, o'qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar hamda elektron ta'lim tizimi bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar kasbiy kompetensiyalarni oshirishda foydalanishlari mumkin. Fanni o'qitishdan maqsad talabalarga ta'lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) integratsiyalashuvining nazariy. metodologik va amaliy asoslarini o'rgatish; zamonaviy elektron ta'lim vositalari, platformalari va texnologiyalaridan samarali foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish; raqamli o'qituvchi va talaba kompetensiyalarini rivojlantirish hamda ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan tadqiqotlar olib borishga tayyorlash bo'yicha chuqur bilimlar egasi boʻlishida asosiy o'rin tutadi.
-
ИЧКИ КАСАЛЛИКЛАР, ГЕРИАТРИЯ, РЕАБИЛИТОЛОГИЯ
Ш.А. Агзамова, Э.А. Шамансурова, Д.К. Ганиева,Дарслик давлат таълим стандартида белгиланган реабилитология фанининг ўқув дастури, услубияти ва дидактик талаблари асосида ѐзилган бўлиб, олий тиббий ўқув муассасалари талабалари учун мўлжалланган. Бунда сунъий ва табиий физик омилларнинг синдромал-патогенетик таъсир механизмига, даволовчи жисмоний тарбия ва даволовчи уқалашнинг асосий принципларига асосланган холда касалликларни даволашда реабилитацион муолажаларнинг замонавий назарий ва амалий кўникмалари тўлиқ ѐритилган. Санатор-курорт даво, реабилитацион муолажаларнинг кўрсатма ва монеъликлари, самарадорлик мезонлари, ҳамда физиомухофазалаш саволлари очиб берилган. Дарсликда реабилитацион тадбирлар махсус физиотерапия ва шифобахш жисмоний тарбия даволовчи уқалаш билан бирга иккита катта бўлимларга ажратилган холда, тизим касалликлари бўйича берилган: юрак қон томир касалликларида, бронх ўпка, ошқозон ичак тракти, буйрак ва сийдик чиқариш аъзолари, таянч ва харакат, асаб касалликларида, ҳамда акушерлик ва гинекологик касалликларида.
-
Kognitiv psixologiya
M. R. Sultonova,Mazkur darslikda "Kognitiv psixologiya" fanining mavzulari boʻyicha asosiy ma'lumotlar keltirilgan. Darslikda barcha mavzular uchun ma'ruza va seminar mashg'ulotlarni bajarishga qaratilgan nazariy materiallar va topshiriqlar berilgan. Darslik talabalar, o'qituvchilar, ta'lim-tarbiya, psixologik xizmat ko'rsatish jarayoni bilan bog'liq masalalarga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat
X.Bekchanov, Z.Ibragimova, K.Sabirova, S.Pirjonov,Mazkur darslikda boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmatni tashkil etishning nazariy-metodologik hamda amaliy asoslari yoritilgan. Unda psixologik xizmatning shakllanish tarixi, zamonaviy rivojlanish bosqichlari, dolzarb muammolari, gumanistik psixologiya va eksperimental paradigma asosida olib boriladigan tadqiqotlarning boshqaruv tizimidagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, shaxsning o'z-o'zini anglash jarayoni, o'zini boshqarish ko'nikmalari, o'z-o'zini kamol toptirish va rahbarlik salohiyatini rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Darslikda amaliyotchi-psixolog faoliyatining oʻziga xos jihatlari, psixologik xizmat ko'rsatishning zamonaviy konseptual asoslari, sotsial-psixologik xizmatning ijtimoiy tizimdagi o'rni hamda ta'lim va boshqaruv sohalaridagi asosiy yo'nalishlari bayon etilgan. Ushbu darslik talabalar, magistrantlar, amaliyotchi-psixologlar, rahbar kadrlar va psixologik xizmat sohasida ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan.
-
O'rta Osiyo shaharlari tarixiy topografiyasi
Y.A. Karimov,Ushbu darslik O'rta Osiyoning geografik joylashuvi, qadimgi davrdan tortih o'rta asrlar davomida tarixiy-geografik mintaqalarining shakllanish tarixi, ilk shaharlarning vujudga kelishi, topografik tuzilishi, shaharlar o'rtasida etnomadaniy munosabatlarning yo'lga qo'yilishi haqida ma'lumot beradi.
-
Дурадгорлар учун материалшунослик
М.А.Григорьев,Китобда ёғочнинг тузилиши, физикавий ва механикавий хоссалари, ҳамда уларнинг ёғоч сифатига таъсири ҳақида маълумотлар келтирилган; ҳар хил ёғочларнинг классификацияси ҳамда ўзига хос белгилари, ёғочдан ясалган материаллар ва ярим фабрикатларнииг ёғочсозлик ишлаб чиқаришида ҳамда дурадгорлик ишларида ишлатилиши баён этилган.
-
Moliyaviy hisob
O.M.Kuljanov, X.A.Ortikov, L.P.Yugay, X.A.Tuxsanov, M.I.Xayitboev,Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy ta’limning iqtisodiyot yo‘nalishidagi magistratura mutaxassisliklari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda moliyaviy hisobning konseptual asoslari, asosiy vositalarni qayta baholash, intellektual mulk obyektlari hisobi, ijara, tovar-moddiy zaxiralarni baholash, daval xomashyolarini hisobga olish tartibi, idish operatsiyalari hisobi, korporativ qimmatli qog‘ozlarning buxgalteriya hisobi, xorijiy valyutadagi aktivlar va majburiyatlar hisobi, qarzlar bo‘yicha majburiyatlarni hisobga olish, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot, pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotni tuzish va balans reformatsiyasi kabi masalalar atroflicha yoritilgan.
-
Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti
I.Xotamov, M.Sultаnov, A.Yadgarov,Darslikda atrof-muhit muammolari, atrof-muhitni qadrlash, resurslarni taqsimlash: vaqt davomiyligi va qazib olish narxi, energiya bo‘yicha qayta tiklanadigan manbaalardan foydalanish, suv resurslaridan samarali foydalanish, yerdan oqilona foydalanish, biologik resurslar va alohida muhofaza qilinadigan hududlar, umumiy hovuz resurslari va baliqchilik, ekotizim tovarlari va xizmatlari, tabiatga tahdid solish, ifloslanishni boshqarish iqtisodiyoti, umumiy nuqtai-nazar, havoning mahalliy va mintaqaviy ifloslanishi, oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
-
Mintaqaviy turizm
N.E.Ibadullayev, va boshqalar,Ushbu o'quv qo'llanma Samarqand Iqtisodiyot va servis institutining «Xalqaro turizm va turizm servisi» kafedrasida ishlab chiqildi. O'quv qo'llanmada talabalar "Mintaqaviy turizm" fanini mustaqil o'rganishlari uchun barcha o'quv-uslubiy materiallar mavjud. O'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining 5610300 «Turizm (faoliyat yo'nalishlari bo'yicha)» va 5610200 «Mehmonxona xo'jaligini tashkil etish va boshqarish ta'lim yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga mo'ljallangan. O'quv qo'llanmadan turizm bo'yicha kasb-hunar kollejlari o'qituvchilari va turizm sohasida faoliyat ko'rsatayotgan mutaxassislar ham foydalanishi mumkin.
-
Ёғочсозлик станоклари ва уларда ишлаш
А.В.Худяков,Мазкур китоб ёғочсозлик ва мебелсозлик соҳасида таҳсил олаётган талабалар ҳамда ёғочга ишлов бериш дастгоҳлари операторлари (станочники) учун мўлжалланган муҳим техник қўлланма ҳисобланади. Унда ёғочга механик ишлов беришнинг назарий асослари ва амалий усуллари содда тилда тушунтирилган. Китоб ёғочсозлик дастгоҳларининг классик ва анъанавий моделларини тушуниш, уларни бошқариш ҳамда соҳа мутахассисларининг техник саводхонлигини оширишда бугунги кунда ҳам муҳим тарихий-назарий манба бўлиб хизмат қилади. Ушбу китоб А. В. Худяков томонидан ёзилган, ёғочга ишлов бериш соҳаси мутахассислари ва ҳунармандлар учун мўлжалланган машҳур классик дарслик ва қўлланмадир.
-
Сут, ёғ, тухум, гўшт ва балиқ маҳсулотлари товаршунослиги
Г.С.Инихов,Дарсликнинг биринчи қисмида умумий қисм ва ўсимлик маҳсулотлари группаси ҳақида фикр юритилган бўлса, иккин- чи қисмда чорва маҳсулотлари баён этилган. Дарсликни ту- зишда маҳсулотларнинг сифати, уларни сақлаш шароитлари ва ташишга доир замонавий талаблар ҳисобга олинган. Чорва маҳсулотларини етиштириш шароитлари баён қи- линганида ана шу шаройтнинг маҳсулот сифатига қандай таъ- сир этиши ҳам назарда тутилган. Озиқ-овқат маҳсулотларида учрайдиган нуқсонларга алоҳида эътибор берилган, нуқсонлар- нинг пайдо бўлиш сабаблари ва уларни йўқотиш йўллари тушунтирилган.
-
Инвестиция лойиҳалар таҳлили
М.С. Қосимов,Ушбу дарсликда инвестиция лойиҳаларини ишлаб чиқариш, ташкил этиш, барқарор ривожлантириш учун бизнес лойиҳа тузишнинг зарурлиги ва инвестиция лойиҳасини ишлаб чиқиш асослари кўрсатиб ўтилган. Инвестиция ва бизнес лойиҳанинг назарий ва амалий асослари, хусусан, бозорни ўрганиш, маркетинг тадқиқоти олиб бориш, маркетинг режасини тузиш ва унинг самарали технология билан уйғунлигини таъминлаш, ишлаб чиқариш режаси, молия режасини тузиш, бизнес режанинг амалга оширилиши учун ишчи кучи ва кадрлар билан таъминлаш, инвестициядаги таваккалчиликни бошқариш каби саволлар ушбу қўлланмада ўз ифодасини топган.
-
Iqtisodiy ta`limotlar tarixi
A.M.Tursunov,Darslikda iqtisodiy tushunchalar qarashlar va g‘oyalarning kelib chiqishi, rivojlanishi va o`zgarish qonuniyatlari, turli yo'nalishlar va iqtisodiy tafakkur maktablarining uslubiy asoslari zamonaviy davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bilan bog`liqlikda yoritib berilgan. Iqtisodiy ta`limotlar tarixini o'rganish talabalarda iqtisodiy nazariyaga oid bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, iqtisodiy va umumiy madaniyatni yuksaltirish, iqtisod fanlari sohasidagi dunyoqarashni kengaytirish, jahon iqtisodiy tafakkurining ko‘zga ko'ringan vakillari bilan tanishish va ular tomonidan shakllantirilgan konsepsiyalarni o‘rganish va tegishli kasbiy ko'nikmalarni shakllantirishga yordam beradi.