-
-
-
-
Умумий фитопатология ва микробиология
Саттарова Р. К., Хакимова Н. Т., Холмурадов Э. А., Аллаяров А. Н.,Mikrobiologiya, -
Texnologiya ta'limida ilg'or pedagogik texnologiyalar
Oʻ.Y. Qalandarova, A.N. Xudayberganov.,Pedagogika va metodikalar, -
-
-
Arxitektura,
-
-
-
Genetika va evolyutsion ta'limot
A.T.G’ofurov., S.S.Fayzullayev., I.T.Azimov., U.E.Raxmatov,Umumiy biologiya, -
-
Yengil sanoat ishlab chiqarishi,
-
-
Elektroenergetika. Elektrotexnika,
-
-
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
-
-
Тикув буюмларини конструкциялаш
Х. Комилова, Н. Ҳамроева,Ушбу дарсликда лойиҳа ишларининг назарий асослари ва кийим сифатини баҳолаш усуллари келтирилган. Кийимнинг янги моделларини яратишда қўлланиладиган замонавий лойиҳалаш ва техник моделлаштириш усуллари ёритилган. Дарсликда Ўзбекистоннинг иқлимий шароитини ҳисобга олган ҳолда , кийим лойиҳалашнинг материал хусусиятлари, аҳоли типологияси, инсон организмининг физиологик ўзгаришига боғлиқ ҳолда ўзига хос хусусиятлари келтирилган.
-
Архитектурная типология зданий и сооружений
С.Г.Змеул, Б.А.Маханько,Даны основные характеристики и классификация производственных, жилых и общественных зданий и их элементов, общие требования к наиболее распространенным типам и видам зданий и сооружений, определены их роль и место в градостроительной и природной среде. Показано влияние строительной техники, методов строительства и научно-технического прогрессана архитектуру зданий. Для студентов высших учебных заведений, обучающихся по направлению и специальности архитектура.
-
Antropologiya
Yunusxodjayeva X.M, Isayeva D.X,Ushbu darslik bakalavrlar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda odamninig anotomikya va marfologiya elementlari, odom tanasi tashqi shaklining umumiy tasvifi, odom tanasi tashqi shaklining asosiy morfologik belgilari, odom gavdasining o'lchamlarini tekshirish usullari keltirilgan.
-
Умумий фитопатология ва микробиология
Саттарова Р. К., Хакимова Н. Т., Холмурадов Э. А., Аллаяров А. Н.,Мазкур дарслик ўсимликларда учрайдиган турли хил юқумли ва юқумсиз касалликлар, уларни кўзғатувчиларининг систематикаси, биологияси, морфологик хусусиятлари, кўпайиш усуллари ва бошқалар тўғрисидаги маълумотларни ўз ичига олган. Дарсликда ўсимликларни юқумли ва юқумсиз касалликлардан ҳимоя қилишнинг услуби ва назарий асослари келтирилган. Дарслик "Умумий фитопатология ва микробиология" фани юзасидан тузилган намунавий дастур асосида ёзилган бўлиб, у олий ва ўрта махсус билим юрти талабалари, профессор-ўқитувчилар ва қишлоқ хўжалиги тизимида ишловчи ходимлар учун мўлжалланган. Дарсликдан кенг китобхонлар оммаси ҳам фойдаланиши мумкин
-
Texnologiya ta'limida ilg'or pedagogik texnologiyalar
Oʻ.Y. Qalandarova, A.N. Xudayberganov.,Ushbu darslik hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib tayyorlandi, unda pedagogika, psixologiya, umumkasbiy hamda maxsus fanlardan olgan bilim va ko'nikmalarini amalga tadbiq etish, texnologiya ta'limi darslarini samarali hamda no'ananaviy tarzda tashkil etishni o'rgatishdan iborat. Texnologiya ta'limi dars jarayonlarida texnologiyalashtirish va ilg'or pedagogik texnologiyalami qo'llashni tadbiq etishni o'rgatishdan iborat.
-
Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish jihozlari
Xojiyev A.,Ushbu darslik ilg‘or yengil sanoat korxonalaridagi brend kompaniyalarning takomillashtirilgan zamonaviy jihozlari, o‘quv va ilmiy adabiyotlar, ma’ruza matnlari asosida yozilgan bo‘lib, materiallarni tikuv korxonasiga qabul qilib olish, omborlarga joylashtirish, nuqsonlarini, o‘chamlarini nazorat qilish, bichish va ularni tikuv mashinasida ip bilan biriktirish jarayonini amalga oshiradigan, tayyor buyumga ishlov beradigan individual texnologik jarayonlarni hisobga olgan holda tikuv ishlab chiqarishining texnologik jarayonlari, mashinalarning tuzilishi, tavsifi va ulardagi sozlashlar haqida ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.
-
Metall konstruksiyalari
Q. Saydullayev, K. Shukurova,Metall konstruksiyalar darsligi 2002-yili «Po'lat qurilmalar» va 2004-yili nashr qilingan «Maxsus metall konstruksiyalari» o‘quv qo‘llanmalari asosida yaratildi, lekin shu soha mutaxassislari va professor o‘qituvchilari tomonidan bildirilgan taklif va fikr- mulohazalar inobatga olgan holda, mazmunan yangi ma’lumotlar bilan to’ldirildi. Darslik mavjud me’yoriy hujjatlar va yangi o‘quv dasturiari asosida yozildi hamda internetdan olingan ma’lumotlar bilan boyitildi.
-
ARXITЕKTURAVIY KОMPОZITSIYA VA LОYIHALASH ASОSLARI
A.O`RОLОV, A.RAHIMОV, B.SAIDОVA,Mazmunan va mantiqan o`zarо bоg’langan, bir-birini to`ldiruvchi uchta fan "Arhitеkturaviy kоmpоzitsiya", "Arhitеkturaviy grafika" va "Arhitеkturaviy lоyixalash asоslari" fanlaridan yahlit bir uyg’un umumlashgan ilmiy-uslubiy o`quv adabiyoti shu chоqqacha yaratilmagan. Mazkur qo`llanma ushbu bo`shliqni to`ldirishga, bu fanlarning mazmunmоxiyatini, ularga hоs umumiylik va hususiylikni оchib bеrishga, mе’mоriy va badiiy ijоd jarayonida kоmpоzitsiyalar va lоyixalar ustida ishlash, ularni grafik tasvirlash, mе’mоriy-badiiy, kоmpоzitsiyaviy va grafik vоsitalardan samarali fоydalanishning malakaviy sir-asrоrlarini talabalarga o`rgatish va tushuntirishga qaratilgan. Qo`llanmada arhitеktura va kоmpоzitsiya xaqida umumiy ma’lumоtlar, arhitеkturaviy kоmpоzitsiyaning turlari, badiiy vоsitalari, arhitеkturaviy grafika va uning tasviriy uslublari, mе’mоriy chizmalar va bоshlang’ich o`quv lоyixalari ustida ishlashning uslubiy qоnuniyatlari bayon qilingan. Ilk bоr оstоna va badiiy tugallik kоmpоzitsiyalari xaqida fikr yuritilgan. Talabalarga o`z ijоdiy lоyixalarini ximоya va taxlil qilish asоslari xam оchib bеrilgan.
-
Sport biomexanikasi
Vafoyev B.R., Cho'lliyev S.I., Yusupova Z.X.,Darslikda odam harakat apparatining ishini tushunish uchun zarur bo‘lgan mumtoz biomexanika sohasidagi ma’lumotlar bay on qilingan. Umuman odam gavdasi va lining alohida bo‘g‘inlari harakatlarining kuch va energetik jihatlari ko‘rib chiqilgan. Jismoniy tarbiyaning, sport trenirovkasining an’anaviy vositalarini qo‘llash bilan noan’anaviy biomexanik texnologiyalar va mashqni bajarish paytida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan harakat samarasi o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘rsatilgan. Darslik jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari, maxsus- ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internati o‘quchilari hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat yuritadigan professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar uchun mo‘ljallangan
-
Gеnеtika I qism
A.T.G’ofurov, S.S.Fayzullayеv, I.T.Azimov, U.E.Raxmatov,Ushbu darslik tasdiqlangan o’quv dasturi asosida yozilgan bo’lib, unda gеnеtikaning mazmuni, rivojlanish tarixi, tadqiqot mеtodlari, organizmlar ko’payishining sitologik, biokimyoviy asoslari, jinssiz va jinsiy ko’payish, urug’lanish, irsiyat qonunlari, jins gеnеtikasi va jinsga bog’liq holda irsiylanishi, bеlgilarning birikkan holda irsiylanishi, irsiyatning xromosoma nazariyasi, allеl bo’lmagan gеnlarning o’zaro ta'sirida bеlgilarning rivojlanishi, sitoplazmatik irsiylanish, o’zgaruvchanlik, uning tiplari, irsiyatning moddiy asoslari, ontogеnеz gеnеtikasi, populyatsiya, xulq-atvor gеnеtikasi, odam gеnеtikasi, gеnеtik injеnеriya, biotеxnologiya hamda gеnеtikaning amaliy ahamiyati yoritilgan, hamda klassik gеnеtika, hozirgi zamon molеkulyar gеnеtika o’z ifodasini topgan
-
Genetika va evolyutsion ta'limot
A.T.G’ofurov., S.S.Fayzullayev., I.T.Azimov., U.E.Raxmatov,Ushbu darslik tasdiqlangan o’quv dasturi asosida yozilgan bo’lib, unda genetikaning mazmuni, rivojlanish tarixi, tadqiqot metodlari, organizmlar ko’payishining sitologik , biokimyoviy asoslari, jinssiz va jinsiy ko’payish, urug’lanish, irsiyat qonunlari, jins genetikasi va jinsga bog’liq holda irsiylanishi, belgilarning birikkan holda irsiylanishi, irsiyatning xromosoma nazariyasi, allel bo'lmagan genlarning o’zaro ta'sirida belgilarning rivojlanishi, sitoplazmatik irsiylanish, o’zgaruvchanlik , uning tiplari, irsiyatning moddiy asoslari, ontogenez genetikasi, populyatsiya, xulq-atvor genetikasi, odam genetikasi, genetik injeneriya , biotexnologiya hamda genetikaning amaliy ahamiyati yoritilga, hamda klassik genetika, hozirgi zamon molekulyar genetika o’z ifodasini topgan.
-
Ипакчилик асослари
Аҳмедов Н., Муродов С.,Дарслик олий ва ўрта махсус ўқув юртларининг агрономия ва ипакчилик мутахассисликлари талабалари учун мўлжалланган бўлиб, унда мамлакатимиз қишлоқ хўжалигида ипакчиликнинг тутган ўрни, аҳамияти, ипак қурти биологияси,уруғни жонлаштириш, ипак қуртини боқиш агротехникаси, пиллаларни тайёрлаш ва уларга дастлабки ишлов бериш, ипак қурти селекцияси ва уруғчилиги, ипак қурти касалликлари ҳамда зараркунандалари ва уларга қарши кураш чоралари ҳақида маълумотлар берилган.
-
To‘qima hosil qilish jarayonlari nazariy asoslari (1-qism)
Boymuratov B.X.,Darslik Oliy va o rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yo‘nalishlari bo'yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashning tasdiqlangan fan dasturi doirasida 70721201-To‘qimachilik mahsulotlarini texnologiyasi (to'qima) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlarni tayyorlash bo‘yicha kursning batafsil mazmuni keltinlgan.
-
O`Z "FERRARI"SINI SOTGAN ROHIB
Robin Sharma,U chindan ham olomon ko'z o'ngida sud minbari- dan qulab tushdi. U mamlakatdagi eng nufuzli ad- vokatlardan biri hisoblanardi. Men ta'riflaydigan shaxs uch ming dollarlik italiyalik kostyumlari bilan mashhur bo'lib, faqat ungagina xos bo'lgan ko'rkam qomatiga kiyimlar yarashib turar, bularning bari uning yorqin g'alaba onlari ketma-ket kelganidan nishona edi. Buyuk Julian Mentel ayni damda o'zi- da achinarli holatni aks ettirib, zaif bir go'dak singari yerda behol ingrar, terlab ketgan badani esa misoli aqldan ozgan kishiniki kabi titrardi.
-
Метрология, стандартлаш ва сертификатлаш асослари
Саидова М.Х,Ушбу дастурда «Метрология, стандартлаштириш на сертификатлаштириш асослари» фанининг мазмуни, предмети ва методи, унинг моҳияти, мақсади ва вазифалари кетма-кетликда ўз аксини топган. Ушбу дарслик мавжуд Намунавий ва ишчи дастурлар асосида тузилган. Дарсликда мустакил Республикамиз ва Халкаро ISO ташкилоти стандартларидан ҳамда кейинги йилларда чоп қилинган техник адабиётлар маълумотларидан фойдаланилган. Бу фанни ўрганиш орқали мутахассис касбий фаолияти давомида хавфсизлик ва ҳимояланиш чора тадбирларини тўлиқ ўзлаштиради. Бу талабларга тўлиқ риоя қилиш инсонларнинг иш қобилиятини ва соғликларини тўлиқ сақлаши ва экстремал вазиятдан чиқа олишга тайёргарлигини оширади. Дарслик кенг маънода муҳандис-техник ходимлар, бакалаврлар, кончилик соҳаси мутахассислари, ёш мутахассислар, олий ўқув юрти талабалари ҳамда бу соҳага қизиқиши бўлган касб эгалари учун фойдали хисобланади.
-
Raqamli tarix
X.Mo'minov,Darslik tarixiy tadqiqotlar metodologiyasi va zamonaviy usullarini oʻrganishga bagʻishlangan. Unda tarix fanining maxsus usullari bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlarning umumiy usullari, shuningdek, boshqa fanlardan tarix faniga oʻtgan usullar tahlil qilinadi. Bundan tashqari, darslikda jahon tarixshunosligida XX asrning oʻrtalaridan boshlab paydo boʻla boshlagan hamda tarixiy bilimlarning yangi paradigmalariga aylangan yangi yoʻnalishlarga alohida e'tibor qaratiladi. Talabalar bu oʻquv kursidan, birinchidan, tarixiy tadqiqot usullari va yo'nalishlari haqidagi nazariy bilimga ega boʻlsa, ikkinchidan, ularni zamonaviy tarixiy tadqiqotlarda qanday qoʻllash mumkinligini oʻrganadi.
-
Landshaft dizayni studiya 6.
Baikulova N.A.,“LANDSHAFT DIZAYNI STUDIYA 6” fani tabiiy va sun’iy muhit elementlarini uyg‘unlashtirib, estetik, ekologik va funksional jihatdan mukammal tashqi makonlarni yaratishni o‘rgatuvchi fan hisoblanadi. Ushbu fan landshaft arxitekturasi, ekologiya, urbanistika va dizayn yo‘nalishlari kesishgan sohada joylashib, hududning tabiiy resurslari, relyefi, o‘simliklar qoplami, suv manbalari va iqlim sharoitlarini tahlil qilish orqali optimal rejalashtirish yechimlarini ishlab chiqishni o‘rgatadi. Landshaft loyihalashda asosiy maqsad inson faoliyati bilan tabiat o‘rtasida muvozanatni saqlagan holda, qulay yashash va dam olish hududlarini tashkil etishdir. Fan landshaft kompozitsiyasi, ekologik barqarorlik, dizayn metodlari, o‘simliklar joylashuvi, muhitni obodonlashtirish va landshaftni boshqarish tamoyillarini o‘rgatadi. Bu fan landshaft arxitekturasi, arxitektura, shaharsozlik, dizayn, ekologiya, bog‘dorchilik, turizmni tashkil etish va atmosfera muhitini boshqarish kabi mutaxassisliklar uchun zarurdir. Mazkur darslik Dizayn (landshaft dizayni) ta’lim yo‘nalishi davlat ta’lim standartlari va fan dasturi talablariga moslangan holda tayyorlandi. Дисциплина «ДИЗАЙН ЛАНДШАФТА СТУДИЯ 6» изучает создание гармоничных внешних пространств, объединяющих природные и искусственные элементы, обеспечивая их эстетическое, экологическое и функциональное совершенство. Эта наука находится на пересечении ландшафтной архитектуры, экологии, урбанистики и дизайна, обучая анализу природных ресурсов территории, рельефа, растительного покрова, водных источников и климатических условий с целью разработки оптимальных проектных решений. Основная цель ландшафтного проектирования сохранить баланс между деятельностью человека и природой, создавая комфортные зоны для проживания и отдыха. Дисциплина охватывает изучение ландшафтной композиции, экологической устойчивости, методов дизайна, размещения растений, благоустройства и принципов управления ландшафтом. Этот курс необходим для таких специальностей, как ландшафтная архитектура, архитектура, градостроительство, дизайн, экология, садоводство, организация туризма и управление атмосферной средой. Учебник подготовлен в соответствии с требованиями государственных образовательных стандартов и учебной программы по направлению «Дизайн (ландшафтный дизайн)». The subject “LANDSCAPE DESIGN STUDIO 6” teaches how to create harmonious outdoor environments that combine natural and artificial elements in an aesthetically, ecologically, and functionally balanced way. This discipline lies at the intersection of landscape architecture, ecology, urban studies, and design, focusing on analyzing natural resources, relief, vegetation cover, water sources, and climatic conditions to develop optimal planning solutions. The main goal of landscape design is to maintain harmony between human activity and nature while creating comfortable spaces for living and recreation. The course covers landscape composition, ecological sustainability, design methods, plant placement, environmental improvement, and landscape management principles. This subject is essential for specialties such as landscape architecture, architecture, urban planning, design, ecology, horticulture, tourism management, and environmental control. The textbook has been developed in accordance with the state educational standards and curriculum requirements for the “Design (Landscape Design)” program.
-
Maktabgacha ta’lim menejmenti
X.UstadjaIilova,Darslik pedagogika oliy o'quv yurtlari, pedagogika kollejlarining maktabgacha ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talaba, o'quvchilari hamda maktabgacha ta'lim sohasida faoliyat ko'rsatayotgan rahbar va mutaxassislar, pedagoglar uchun mo‘Ijallangan.
-
Ona tili va bolalar adabiyoti
Sh.Sh. Nizomova,Ona tili va bolalar adabiyoti moduli shaxsda nutqiy ta'lim jarayonida maktabgacha ta'lim-pedagogikasi kasbiga doir bilim, ko'nikma, malakalarni, ulardagi majvud tushuncha, tasavvurlarini boyitishga xizmat qiladi. Ushbu darslikda " Ona tili va bolalar adabiyoti" modulining asosiy muammosi, predmeti, maqsadi va vazifalari va tadqiqot metodlari va maktabgacha ta'limda ona tili va bolalar adabiyoti nazariyasi va tarixi shakllantirilgan. Maktabgacha ta'limning asosiy vazifasi bolalarni maktabda sifatli ta'lim olishga tayyorlashdan iboratdir. Bolalar maktabgacha ta'limda aniq bilimlarnigina emas, fikrlash ko'nikmasini egallashi, tengdoshlari va kattalarning nutqlarini tushunishlari, ular bilan erkin fikr almashish, hamkorlik asosida faoliyat ko'rsatishi talab etiladi. Bolalarning ona tilida obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasavvurlarini nutq orqali toʻg'ri ifodalashi o'zini nazorat qilishi, boshqarishi, kuzatish, eshitish, eslab qolish, umumlashtirish, solishtirish kabi aqliy tayyorgarlikka ega boʻlishi zarur. Bu vazifani bajarishda, albatta, ona tili va bolalar adabiyoti fanining o'rni, ahamiyati kattadir. Chunki til kishilarning o'zaro aloqa vositasi boʻlib, u barcha kishilar uchun baravar, teng xizmat qiladi, shu bois til ijtimoiy hodisa boʻlib, jamiyat taraqqiyotidagi oʻzgarishlar, yangilanishlar tilda o'z aksini topadi va fan rivojiga doir masalalar "Ona tili va bolalar adabiyoti" darsligida o'z aksini topgan.
-
Ona tili va bolalar adabiyoti
M.Hamrayev, D. SHodmonqulova, N. Dosanov.,Mazkur darslik pedagogika oliy o'quv yurtlarining bakalavnat yonalishi talabalanga mo’ljallmgandir. Muallif bakalavr-talabalarga umumiy tilshunoslik, dunyo tillari tasnifi, hozirgi zamon о zbek tilining predmeti, uning ajralmas boTimlaridan boTmish fonetika va fonologiya, leksikologiya va frazeologiya, orfografiya, grafika va orfoepiya, morfologiya va sintaksis, ishorat qoidalari va uslubiyat asoslari yuzasidan chuqur va har tomonlama keng bilim berishni o’z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Shuningdek, bu darslikda har bir yirik bo’lim oxirida nazorat savollari va test topshiriqlari ham betlgan bo'lib, bu talabalaming olgan nazariy bilimlarini tekshirish va mustahkamlashda yordam beradi. Darslik oxirida berilgan glossaiiy tilshunoslik atamalari haqida ixcham, qisqa ma’lumot berish uchun mo'ljallangan.