-
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
-
Matematika.,
-
-
-
Fizikadan praktikum
Begimqulov U.Sh., Gadoyev O.A., Kamolov J., G'oibnazarova G.N., Toshxonova J.A.,Fizika, -
-
Fizika,
-
Iqtisodiyot nazariyasi. Siyosiy iqtisod. Makro iqtisodiyot. Mikro iqtisodiyot,
-
-
Математик физиканинг замонавий усуллари. 1-қисм
Қосимов Ш.Ғ, Алиқулов Т.Н, Отаев Ш.Қ, Хаитбоев Ғ.С, Бабаев М.М,Matematika., -
-
Ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika
Farmonov Sh. Q., Turgunbayev R. M., Sharipova L. D., Parpiyeva N. T.,Matematika., -
-
-
Geometriya,
-
Geometriya,
-
-
-
Гидравлика
Д.Р.Бозоров Р.М.Каримов Ж.С.Казбеков С.Қ.Ҳидиров,Ушбу ўқув қўлланма Гидравлика фанини ўрганувчи олий ўқув юрти ва коллеж талабалари учун мўлжалланган бўлиб, ундан оби-ҳаёт қонуниятлари ҳақидаги билим доирасини кенгайгиришга интилувчи барча китобхонлар фойдаланишлари мумкин.
-
Axborot tizimlari va kommunikasiya tarmoqlari
Qaxxorov A.A., Xalmatov D.A,Ushbu qo'llanmada kompyuterning arxitekturasi, hisoblash tizimlarining arxitekturasi, parallel arxitekturalar, hisoblash tizimlarining umumdorligini hisoblash tizimlarining tarmoq texnologiyalari ko'rsatilgan.
-
Birinchi Renesans Allomalari
Xolmuradov R., Rahmatov M.,Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston zamini tarixda buyuk Uyg'onish davrlariga beshik bo'lgan, dunyo ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo'shgan ulug' mutafakkirlarni yetishtirib bergani qalamga olingan.Ushbu "Birinchi Renessans allomalari" nomli o'quv qo'llanmasi uchta kitobdan iborat turkumning dastlabkisidir. U jonajon Vatanimizning yangi tarixiga dastlabki chizgilar ekanligi bilan ham alohida ahamiyatga ega."Birinchi Renessans allomalari" nomli o'quv qo'llanmasi Vatanimiz taqdiriga befarq bo'lmagan keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan bo'lib, barcha ta'lim muassasalari, xususan, oliy o'quv yurtlari, tashkilot va idoralar, har bir xonadonga kirib borishimaqsadga muvofiqdir.Ushbu o'quv qo'llanma barcha oliy o'quv yurti talabalariga tavsiya qilinadi.
-
Oliy matematikadan individual topshiriqlar to‘plami (ikkinchi qism)
Axmedov A.B.,Qo‘llanma ushbu nomdagi boshqa qo'llanmalarga nisbatan keltirilgan misollaming xilma- xilligi hamda texnikaning deyarli barcha sohalarini qamrab olishi bilan farqlanadi, ushbu sabablarga ko‘ra taijima mualliflari tomonidan ko‘p yillardan buyon keng foydalanilmoqda.
-
Ekoturizm
L.SH.Egamverdiyeva,Qo`llanmada zamonaviy ekologik muammolar, O`zbekistonda ekoturizmning resurslari va turlari, shuningdek, dunyo mintaqalari va ekoturizm markazlari yoritilgan.
-
Назарий механика
Ёқубов Ю.Н., Саидов С.А,Ушбу ўқув қўлланма педагогика институтларн учун назарий механика бўйича белгиланган дастур асосида ёзилган. Қўлланмада бутун курс статика, кинематика ва динамика қисмларига ажратилган ҳолда баён этилди. Кўпгина мавзулардан сўнг масалалар ечиб кўрсатилган ҳамда мустақил ечиш учун масалалар берилган
-
Fizikadan praktikum
Begimqulov U.Sh., Gadoyev O.A., Kamolov J., G'oibnazarova G.N., Toshxonova J.A.,Ushbu qo‘llanma pedagogika universiteti va institutlarining «Fizika va astronomiya», «Matematika - informatika» yo‘nalishlari dasturi asosida yozilgan bo‘lib, unda bakalavriat talabalari umumiy fizikaning «Optika» hamda «Kvant fizika» bo‘limlari bo‘yicha bajarishlari lozim bo‘lgan laboratoriya ishlarining tavsifnomalari berilgan. Qollanma optika va kvant fizikaga oid laboratoriya ishlari va mashqlarni o ‘z ichiga olgan. Mazkur qo‘llanmadan tabiyot fanlari, kasb-ta’limi fakultetlari talabalari, oliy texnika o ‘quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, o‘rta umumta'lim maktab fizika o‘qituvchilari va o ‘quvchilari ham foydalanishlari mumkin.
-
Mexanika
Abdumalikov A. A., Sattorov H.M.,Ushbu o'quv qo'llanma Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan universitetlar fizika va astronomiya ta’lim yo'nalishlari uchun tasdiqlangan o'quv dasturiga mos holda yozilgan. Unda moddiy nuqta va qattiq jism kinematikasi va dinamikasi, kuch va energiya tushunchalari, saqlanish qonunlari, suyuqlik kinematikasi va dinamikasi qonunlari keng va atroflicha ko'rib chiqilgan hamda ularning tatbiqlariga katta e’tibor berilgan. Bundan tashqari, mavzularni mustahkamlash maqsadida har bir bobning oxirida nazorat uchun savollar va shu bobga tegishli masalalar joylashtirilgan.
-
Atom fizikasi fanidan laboratoriya ishlari
Atamuratov A, Raxmanov A, Xalilloyev M,Mazkur o`quv-uslubiy qo`llanma Urganch davlat universiteti fizika kafedrasi professor-o`qituvchilari tomonidan yozilgan bo`lib, ushbu ta`lim yo`nalishlariga "Atom fizikasi" fanidan laboratoriya ishlarining tafsiflari keltirilgan. Qo`llanma O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy dasturga asosan yozildi.
-
Tadqiqot usullari va ko`nikmalari
Matjanov B.R,Mazkur o`quv qo`llanmada ilmiy tadqiqot, ularning jamiyat taraqqiyotidagi o`rni, ilmiy-tadqiqotlarning falsafiy asoslari, iliy-nazariya va gipotez, ularning ilmiy-tadqiqotlardagi o`rni, metod, metodika va metodologiya tushunchalari yoritilgan.
-
Классик статистик физика
Бойдедаев Аҳмаджон,Китобда статистик физика ва статистик термодинамика асослари илмий ва услубий жиҳатдан ўзига хос тарзда баён қилинган ҳамда уларнинг муайян ҳолларга татбиқи келтирилган. Тақсимот функцияларининг услубий жиҳатдан янгича баён қилиниши янги термодинамик муносабатлар олинишига ҳамда мувозанатли статистик физика ва термодинамиканинг баъзи жиддий масалаларини (масалан, термодинамиканинг иккинчи ва учинчи қонунларини) янгича ва қулай баён этишга имкон беради.
-
Математик физиканинг замонавий усуллари. 1-қисм
Қосимов Ш.Ғ, Алиқулов Т.Н, Отаев Ш.Қ, Хаитбоев Ғ.С, Бабаев М.М,Мазкур ўқув қўлланманинг 1-томида математик физиканинг замонавий усулларига оид дастлабки маълумотлар, Фурье қатори ва интеграли мавзулари етарлича баён қилинган. Параграфларнинг ҳар бирида мавзуга оид асосий тушунчалар келтирилган, тегишли теоремалар исботлари билан берилган ва унга доир намунавий мисоллар таҳлил қилинган.
-
Hozirgi adably jarayon
Solijonov Yo'ldosh,Ushbu o'quv qo'llanmada “Hozirgi adabiy jarayon” fanining obyekti XX asming 90-yillaridan XXI asrning shu kunigacha bo'lgan davrda yaratilgan adabiy-badiiy asarlar va mazkur davrdagi adabiy hayot haqida soz yuritilgan. O'quv qo'llanma bakalavriatning o'zbek filologiyasi fakulteti talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika
Farmonov Sh. Q., Turgunbayev R. M., Sharipova L. D., Parpiyeva N. T.,Darslik pedagogika oliy ta’Iim muassasalari "Matematika va informatika” bakalavriat ta’Iim yo'nalishi o'quv rejasidagi "Ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika" fanining amaldagi dasturi asosida yozilgan. Unda fan bo'limlari bo'yicha nazariy ma’lumot va ularga doir misollar yechib ko'rsatilgan. Bob oxirida o'z-o'zini tekshirish uchun savollar berilgan, hamda nazariy ma’lumotiarni o'zlashtirish uchun test topshiriqlari berilgan.
-
Аналитик геометрия
М. Камолов,Бу китоб олий техника ўқув юртларининг студентлари учун Олий ва махсус ўрта таълим министрлиги томонидан тасдиқлаган. Ўқув қўлланма олий математика курси программасининг аналитик геометрия қисмига мувофиқ ёзилган. Шу билан бирга, назарий масалаларнинг нуқтаи назаридан қўйилиши ва исботланиши мумкин қадар тўла-тўкис бўлишига ҳаракат қилинган, программадан ташқари берилган материаллар учраган жойларда бу масалалар билан тўла танишмоқни истаган студентлар учун керакли адабиёт кўрсатилган.
-
Геометрия 1- қисм
Н.Д.Додожонов , М.Ш.Жўраева,Мазкур қўлланма геометрия курсининг векторлар алгебраси элементлари ,координаталар методи , алмаштиришлар назарияси , квадратик формалар ва квадрикалар, кўпёқлар назарияси каби бўлимларни ўз ичига олади.
-
Аналитик геометрия ва чизиқли алгебрадан масалалар ечиш бўйича қўлланма
Латипов Х.,Уқув қўлланма олти бобдан иборат бўлиб, хар бир бобда амалий машғулотда ечиладиган мисол ва масалаларни ечиш учун зарур қисқача назарий маълумотлар берилди.
-
Chiziqli algebra va analitik geometriyadan masalalar yechish
Latipov X.P.,O`quv qo'Ilanma oliy texnika o‘quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan. Mazkur qo'llanma 5 bobdan iborat. Dastlabki uchta bobida chiziqli algebra elementlari, 4-bobda tekislikda analitik geometriya, 5- bob fazoda analitik geometriyaga mo`ljallangan bo‘lib, birinchi kursda amaliy mashg‘ulot darslarida o'tiladigan "Oliy matematika" kursini o‘z ichiga oladi.
-
Аралаш типдаги дифференциал тенгламалар
М.С.Салоҳиддинов, А.Қ.Ўринов,Қўлланма магистратура таълим стандартида кўзда тутилган материалларга нисбатан кенгроқ маълумотларни ўз ичига олган бўлиб, ундан юқори курс талабалари , магистрлар, аспирантлар ҳамда дифференциал тенгламалар соҳасида тадқиқотлар олиб борадиган илмий ходимлар фойдаланиши мумкин.
-
Mental arifmetika
Sultanov B. Y., Xudoynazarov E. M., Qo`chqarova Sh.,Mazkur o`quv qo`llanma pedagogika universiteti, universitetlar va pedagogika institutlarining bakalavr: 5111700 - "Boshlang`ich ta'lim va sport tarbiyaviy ish" ta'lim yo`nalishi bo`yicha bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchilari uchun mo`ljallangan bo`lib, "Matematikani o`qitish metodikasi" fani bo`yicha foydalanishga tavsiya etiladi.