-
-
Qurilish buyumlari va konstruksiyalariga nam issiqlik bilan uzluksiz ishlov berish uskunalari
Morozova N.N, Mirzayev A.A, Babaqulova N.A,Qurilish konstruksiyalari, -
-
-
Fizika,
-
-
Siyosat va uning hamjamiyat taraqqyotidagi roli,
-
-
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
-
-
-
-
Eksoluatatsion gidrometriya
Fatxulloyev Alisher Mirzotilloyevich, Gapparov Furqat Axmatovich, Mansurov Safar Raxmankulovich,Gidroenergetika, -
-
Qurilish konstruksiyalari,
-
Mikrobiologiya,
-
Қурилиш чизмачилигида топшириқлар тўплами
А.А.Якубович,Ушбу ўқув қўлланма қурилиш чизмачилиги курси бўйича мустақил ва амалий ишларни бажариш учун мўлжалланган топшириқлар тўпламидир. Китобда қурилиш чизмаларини расмийлаштиришнинг умумий қоидалари (ГОСТ ва ЕСКД стандартлари), бино ва иншоотларнинг конструктив элементларини чизиш ҳамда проекцион чизмачилик асослари батафсил ёритилган.Тўпламдан биноларнинг режалари (план), фасадлари, кесимлари, шунингдек, темир-бетон, металл ва ёғоч конструкцияларнинг ишчи чизмаларини тузишга доир кўплаб вариантли топшириқлар ўрин олган. Китоб касб-ҳунар билим юртлари, қурилиш техникумлари (коллежлари) талабалари ҳамда қурилиш соҳасидаги чизмачилик асосларини мустақил ўрганувчилар учун мўлжалланган.
-
Qurilish buyumlari va konstruksiyalariga nam issiqlik bilan uzluksiz ishlov berish uskunalari
Morozova N.N, Mirzayev A.A, Babaqulova N.A,O'quv qo'llanmada issiqlik bilan ishlov berish jarayonida betonda sodir bo'ladigan jarayonlar va ko'pincha qurilish sanoati korxonalarida uchraydigan uzluksiz ishlaydigan issiqlik uskunalarining xususiyatlari bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan.
-
Issiqlik texnika uskunalari
N.B.Babakulova,Mazkur darslikda issiqlik jarayonlarining mohiyati, termodinamika asoslari va qonunlari, issiqlik almashinuvi nazariyasining asoslari, issiqlik jarayonning mohiyati, quritish jarayoning nazariy asoslari, betonlarini normal atmosfera bosimi ostida bug' yordamida qotishini tezlashtirish, yonilg'i haqida umumiy tushunchalar, uzliksiz ravishda ishlaydigan issiqlik kameralari, silikat betonlar, kontakt usulida issiqlik ishlovi berish haqida to'liq ma'lumotlar yoritilgan.
-
Matn lingvistikasi
D.A. Jumaniyazova.,Ushbu darslik oliy ta'lim muassasalarining 70230101 Lingvistika (tillar bo'yicha) mutaxassisligida tahsil olayotgan 1-kurs magistrantlari uchun mo'ljallangan. Darslik "Matn lingvistikasi" fani bo'yicha o'quv dasturida ko'rsatilgan barcha mavzularni qamrab olgan. Mazkur mavzularning ilmiy-nazariy asoslari keng yoritilgan, hamda ma'ruza va seminar mashg'ulotlari uchun taqdim etilgan turli xil mashq va topshiriqlarda matnning amaliy tahlili uchun yetarlicha ma'lumotlar keltirib o'tilgan. Fan bo'yicha tayyorlangan glossariy va testlar magistrantlar nazariy bilimlarini mustahkamlashda katta yordam beradi.
-
Atom fizikasi fanidan masalalar
U.P. Asatova, Sh.S. Raxmanova, Sh.R. Sadullayev,Mazkur o'quv-uslubiy qo'llanma Urganch davlat universiteti Fizika kafedrasi professor o'qituvchilari dots U. P. Asatova, Sh. S. Raxmanova, Sh. R. Sadullayevlar tomonidan yozilgan bo'lib, unda "Atom fizikasi" fanidan masalalar keltirilgan. O'quv-uslubiy qo'llanma Urganch davlat universiteti tomonidan tasdiqlangan namunaviy dasturga asosan yozildi.
-
Fizikpraktikum
K. M. Ruzimov, A. I. Raxmanov,Mazkur o'quv qo'llanma, oliy o'quv yurtlarining fizika ta'lim yo'nalishlari uchun mo'ljallangan laboratoriya mashg'ulotlarini uzoq yillar davomida olib borish hisobiga to'planilgan tajribalar va rivojlangan xorijiy mamlakatlar oliy o'quv yurtlarining keyingi yillarda qo'llayotgan fizika fanining dasturlaridan foydalanildi. Qo'llanmaga kiritilgan har bir laboratoriya ishida qat'iy ketma-ketlikka rioya qilingan. Dastlab ishning maqsadi, so'ngra ish to'g'risida qisqa va aniq nazariy ma'lumot bayon etiladi. Bu o'rinda shuni ta'kidlash kerakki, mualliflar talabalarning vaqtini tejash maqsadida imkon boricha ishning nazariyasini uning tavsifida yetarli darajada to'la yoritishga harakat qilganlar. Laboratoriya mashg'ulotlarni bajarishda, mos ravishda ilg'or pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari namuna sifatida yoritilgan. Talaba yanada chuqurroq va atroflicha keng nazariy bilimlarni qo'llanmada hamda har bir laboratoriya ishi uchun tavsiya etilgan darslik va o'quv qo'llanmalardan ham o'zlashtirishi mumkin.
-
Ўзбекистон Республикасининг истиқболли ихтиролари ва фойдали моделлари
Тўплам Ўзбекистон Республикасида 2012 йили рўйхатга олинган истиқболли ихтиролар ва фойдали моделлар ҳақидаги маълумотни ўз ичига олган. Истиқболли ихтиролар ва фойдали моделлар фан ва технологияларнинг устувор йўналишларига мувофиқ келиши нуқтаи назаридан кўриб чиқилган.
-
Ўзбекистон Республикасининг истиқболли ихтиролари
Тўплам бу йўналишда биринчи нашр бўлиб, у ўзбек ихтирочиларининг 2009 йилда асосий техника йўналишларида яратган истиқболли ихтиролари тўғрисида маълумотларни ўз ичига олади.
-
Юлдузлар йўл кўрсатади
Кўпинча ўқувчилар республикамизда яшаб, ижод, меҳнат қилаётган машҳур кишилар ҳақида эшитишганида, "улар биздай вақтларида нималар ҳақида орзу қилишган, қандай ўқишган экан", деган ўйга боришади. Ёш китобхон мазкур рисоладан ана шу саволларга жавоб топади.
-
Botanika
Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vaziriigi tomonidan oliy o'quv yurtlari talabalari uchun Bolanika fam bo'yicha tasdiqlangan namunaviy dastur asosida yozilgan. O‘quv qo'lianmada osimliklammg hujayraviy tuzilishi, to qimalammg tuzilishi, vegetativ va gcnerativ organlarning morfologiyasi, anatomik tuzilishlari, tuban va yuksak o'simliklaming tuzilishlari, oila, turkum, turlari, ularning tabiatda tarqalishi, o'simliklar dunyosining tabiatdagi ahamiyati to'g'risida ma’lumotlar keltirilgan. O'quv qo'lianmada gulli o'simliklar bo'yicha berilgan ma'lumodar O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston sharoitida o'sadigan va keng tarqalgan madaniy, yowoyi, begona, dorivor, zaharii hamda yem-xashak o'simliklar misolida yoritilgan. O'quv qo'llanma Oliy o'quv yurtlarining biologiya, tuproqshunoslik va ekologiya yo'nalishida ta’lim olayotgan talabalar hamda biologiya sohasiga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Ёш механизаторлар учун машина-трактор паркидан фойдаланишга оид қўлланма
Б.К.Касенов,Китобда машина-трактор паркидан фойдаланиш, инжер-техниклик химатини ташкил қилиш ҳақида баён этилган. Ўрта ҳунар-техника билим юртларида «Машина-трактор паркидан фойдаланиш» курсини ўрганиш учун ўқув қўлланма сифатида яратилган. Шунингдек, ишлаб чиқаришда ишчиларга касбий таълим беришда ҳам фойдаланишга мўлжалланган.
-
Кимё технология тизимлари синтези
И.И.Юнусов,«Кимё технология тизимлари синтези» (И. И. Юнусов ва бошқалар, 2006) ўқув қўлланмасида кимёвий-технологик тизимларни таҳлил қилиш, моделлаштириш ва мақбул тузилмасини яратиш асослари баён этилган. Китобда замонавий ишлаб чиқариш жараёнларини тизимли ёндашув асосида лойиҳалаш ва ресурсларни тежаш масалалари ёритилган.
-
Ўзбек нонлари
Ғ.М.Маҳкамов, А.И.Погосянц, С.Н.Свинкин,Китобда ўзбек миллий нонпазлик санъатининг кўп асрлик анъаналари ва тандир нон тайёрлашнинг ўзига хос сирлари илк бор илмий ҳамда технологик асосда тизимлаштирилган. Унда анъанавий ўзбек нонларининг хилма-хил турлари, хамир қориш, ачитқи (зувала) тайёрлашнинг технологик жараёнлари ва пишириш усуллари батафсил баён этилган. Китоб нонпазлик маҳсулотлари ишлаб чиқарувчи технологлар, умумий овқатланиш соҳаси мутахассислари ҳамда ўзбек миллий пазандачилик тарихи билан қизиқувчи кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
Ta'limga kirish
S.Kutliyev.,Ushbu «Ta'limga kirish» fanidan o'quv qo'llanma zamonaviy ta'lim va uning jamiyatda tutgan o'rni, ta'limning rivojlanish bosqichlari, inklyuziv ta'lim, ta'limni boshqarish, ta'lim tizimidagi integratsion jarayonlar, ta'limni raqamlashtirish va zamonaviy universitet modellari to'g'risida bilimlarga ega bo'lishga yordam beradi. Qo'llanma yordamida talabalar elektron ta'lim muhitida pedagogik jarayonni samarali tashkil etish bo'yicha zarur bilim va ko'nikmaga ega bo'ladilar.
-
Gidrotexnika inshootlari eksplotatsiyasi
M.Bakiyev,Maskur darslikda Respublikamizda mavjud bo;lgan gidrotexnika inshootlar to'g'risida ma'lumotlar Respublikamixda suv va gidrotexnika inshootlaridan foydalanish to'g'risida qabul qilingan qarorlar suv xo'jalik sxemasi boshqarish gidrotexnik inshootlarni texnik holati va bexatar ishlashini nazorat qilish.
-
Eksoluatatsion gidrometriya
Fatxulloyev Alisher Mirzotilloyevich, Gapparov Furqat Axmatovich, Mansurov Safar Raxmankulovich,Mazkur o'quv qo'llanmada eksplutatsion gidrometriya to'g'risidagi ma'lumotlar, gidromeliorativ tizimda suvni hisobga olish xizmati va uning vazifalari, gidro meliorativ tizimdagi gidrometrik ishlar va suvni hisobga olish usullari, suvni hisobga olish vositalari, suvni o'lchash vositalariga quyilgan asosiy talablar, suvni hisob ga olish vositalarini tanlash uchun qo'llaniladigan xozirgi zamon avtomatlashtirilgan moslamalari va ularning qo'llanishi to'g'risidagi batafsil ma'lumotlar keltirilgan.
-
Кинопроекцион техника
Т.Ҳидоятхўжаев,Ушбу ўқув қўлланмаси киномутахассислар билим юртлари ва кинотехникумларининг «Кинопроекцион техника ва унга техник хизмат кўрсатиш» (ёки «Кино-видео жиҳозлар») ихтисослиги бўйича таҳсил олаётган талабалар ҳамда ўқувчилар учун мўлжалланган. Китобда кинопроекцион аппаратларнинг тузилиши, уларнинг оптик, механик ва товуш тизимларининг ишлаш принциплари, шунингдек, кинотеатрлар ҳамда кино қурилмаларидаги жиҳозлардан техник фойдаланиш ва уларни эксплуатация қилиш қоидалари батафсил баён этилган. Унда оддий, кенг экранли ва кенг форматли кинопроекторларнинг техник хусусиятларига алоҳида эътибор қаратилган. Муаллифнинг кўп йиллик педагогик тажрибаси асосида тайёрланган ушбу адабиёт кино тармоғи муҳандис-техник ходимлари ва киномеханиклар учун ҳам амалий манба бўлиб хизмат қилади.
-
Arxitektura va shaharsozlik asoslari
Kadabayeva Shaxnoza Saidjanovna,"Arxitektura va shaharsozlik asoslari" fani oliy o'quv yurtlarining me'morchilik-qurilish va texnika sohasi bo'yicha mustaqil tartibdagi umumta'lim dasturiga kiradi va me'morchilikning qisqa tarixini, shaharsozlikni, binolarni loyihalash asoslarini, ularning konstruktiv sxemalarini va asosiy xajmiy-rejaviy yechimlarini o'rganishni o'z ichiga oladi.
-
Mikrobiologiya va virusologiya
Vahobov A.H, Abdusamatov S.A, Inog`omova M., Jo`rayeva U.M,Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qarori talablarini inobatga olgan holda M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakulteti Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasida mavjud bakalavir talabalarni “Mikrobiologiya va virusologiya” o‘quv kursining ma’ruza mashg‘ulotlari mazmuni bilan tanishtirish hamda nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun tuzilgan. Mazkur qo‘llanmada zamonaviy keng qo‘llaniladigan biologik materialda asosida yoritilgan. Har bir uslubning ta’rifi o‘z ichiga tadqiqotning borishi va mohiyati haqida ma’lumotni qamrab olgan. O‘quv qo‘llanma Oliy o‘quv muassasa talabalariga mo‘ljallangan.