-
MA'LUMOTLARNI OLISH VA INTEGRATSIYALASH
Ziyo Dadojonovich Oxunov, Ilxomjon O'ktamovich Abdullayev, -
-
Tuproqshunoslik,
-
-
-
-
Pedagogika va metodikalar,
-
-
-
-
Inson va atrof muhit. Inson ekologiyasi tabiatni muhofaza qilish,
-
Oliy ta’lim. Oliy ta’lim pedagogikasi. Bakalavr. Magistratura,
-
-
-
Mikrobiologiya,
-
Oila tarbiyasi va pedagogikasi,
-
-
Tasviriy san’at va arxitektura,
-
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
N.R. Yusupbekov, B.I. Muhammedov, Sh.M. G'ulomov,Avtomatika va telemexanika, -
-
-
Ватан ҳаққига муножот
[],Дунёга таниқли тарихчи олим Амриддин Бердимуродовнинг отают тўғрисидаги ёзиқларида, бу неъмат ҳақида сўз юритганида илмий далилларни шунчаки келтирмайди, балки уларни турли мамлакатларда бўлиб кўз билан кўрилган кечинмалар асосида қиёслайди ва юрт суратини очиб беради. Китобнинг "Фахр этишга апрзирли Ватан" ва "Ватан сувратига чизгилар" боблари ўзига хос услубда ёзилган, унда қадим элимизнинг ҳали биз билмаган янги тимсоллари ҳақида сўз юритилган.
-
TUPROQ UNUMDORLIGI VA UNI BOSHQARISHNING ILMIY ASOSLARI
R.K. Kuziyev, N.Yu. Abduraxmonov,Monografiyada tadqiqot ob'yektining qisqacha tavsifi, tuproq unumdorligini qayta tiklash va uni modellashtirish bo'yicha tadqiqotlarning hozirgi holati, tuproq unumdorligini keng takroriy qayta tiklash, tuproq unumdorligi va uni modellashtirish, tuproq unumdorligi parametrlari hisoblangan gumus va oziqa elementlar, tuproqlarning agrofizik xususiyatlari, bioekologik va genetik-geografik sharoitlari hamda tuproq unumdorligi modellari to'g'risidagi ma'lumotlarning tavsifi berilgan. Bundan tashqari, sug'oriladigan tuproqlarning sifatini baholash tamoyillari va uslublari, ularning sifat ko'rsatkichlari hamda intensiv dehqonchilik tizimida sug'oriladigan tuproqlarning unumdorligini saqlash va qayta tiklashning ilmiy asoslari yoritilgan. Kitob tuproqshunoslar, agrokimyogarlar, qishloq xoʻjaligi mutaxassislari, tuproqshunoslik va agrokimyo yo'nalishi mavjud Oliy ta'lim muassasalari talabalari, magistrlari hamda katta ilmiy xodim izlanuvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Kartalarni loyihalash va tuzish
A.A. Ibraimova,Darslik geodeziya, kartografiya, kadastr ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallngan
-
Adabiyot nazariyasi asoslari
D.H.Quronov,Ushbu darslik 2002 yilda Oliy ta’lim vazirligi qoshidagi Oliy o'quv yurtlari aro Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tegishli ta’lim yo'nalishlari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan “Adabiyotshunoslikka kirish” darsligining to‘ldirilgan va tuzatilgan 4-nashridir. Darslikda nazariy masalalar bugungi o‘zbek adabiy-nazariy tafakkuri va xorijdagi ilmiy qarashlarni uyg‘unlashtirgan holda yoritilgan, material didaktik talablar va o‘quv dasturiga muvoflq tarzda, izchillik va ketma-ketlikda taqdim etilgan.
-
Differensial geometriya
NARMANOV A.Ya.,Bu darslik universitetlarning matematika, mexanika, tadbiqiy matematika va informatika yo’nalishlari uchun mo’ljallangan bo’lib, amaldagi yangi bakalavrlar dasturi asosida yozilgan.
-
Boshlang'ich sinflarda integratsiyalashgan ta'lim
Norbo'tayev Xo'shboq Bobonazarovich,Darslik oliy o'quvyurtlari barcha bakalavr va magistraturayo'nalishida ta’lim olayotgan talaba va umumta'lim maktablarining bo'shlangich sinf o'qituvchilariga mo'ljallangan.
-
Elektr mashinalari
J.S. Salimov N.B.Pirmatov,Elektr mashinalari va transformatorlarni me'yoriy rejimda tejamli ishlatish uchun muhim bo'lgan amaliy tavsiyalar berilgan
-
Автотранспорт тармоги корхоналарини лойихалаш
М.З. Мусажонов,Автотранспорт корхоналари ва сервис хизмати курсатиш корхоналарининг ишлаб чикариш- техник базаси АТТК ичида катта салмокка эга.
-
NUTQ MADANIYATI
LAYLO RAUPOYA,Mazkur darslik magistratura mutaxassisliklari uchun “Nutq madaniyati” fani bo'yicha Mirzo U lug‘bek nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan ishlab chiqilgan o ‘quv dasturi (2015-yil) asosida yaratildi. Darslikni yaratishda sohaning yetakchi mutaxassislari Ernst Begmatov, Nizomiddin Mahmudov, Ravshanxo‘ja Rasulov, U lug'bek Saidov, Yormat Tojiyev, Rahmatilla Qo‘ng‘urov, Ergash Qilichev va boshqalarning nutq madaniyatiga doir darslik va qo‘llanmalaridan unumli foydalanildi.
-
Экология асослари
Р.Эгамбердиев, Р.Эшчанов,Дарсликда экология асослари фани ривожининг қисқача тарихи, ўсимликлар ва ҳайвонларнинг ўрни, экосистемалар тавсифи, популяция, биосфера, табиатни асраш,Республикамиздаги экологик ҳолат, уни тартибга солиш, биологик жихатдан соф махсулот етиштириш ҳақидаги маълумотлар келтирилади.
-
Bolalar jismoniy tarbiyasi
Djamilova N.N,Darslikda maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasining umumnazariy masalalari, ularning o'ziga xos hususiyatlari yoritib berilgan. Shuningdek bolalar harakat faoliyatini tashkil etish metodikasi, asosiy harakatlarga, umumrivojlantiruvchi mashqlarga o'rgatish, turli yosh guruhlarida harakatli o'yinlarni o'tkazish, jismoniy mashlarni va chiniqtirish tadbirlarini tashkil etish metodikasi yoritib berilgan.
-
Хоразмнома Тўққизинчи китоб
О. Машарипов, Ў. Абдуллаев,Жонажон Ўзбекистонимиз ва унинг ажралмас қисми бўлган Хоразм инсониятнинг энг қадимий ошёнларидан биридир. Археологик топилмаларнинг гувоҳлик беришларича, Қадимги Хоразм ҳудудида инсониятнинг пайдо бўлганлиги илк палеолит даврига ёки аниқроқ айтганимизда бундан 150 минг йил илгариги даврга тўғри келади. Бир сўз билан айтганда, Қадимги Хоразм инсониятнинг қадимий ошёнларидан биридир
-
Umumiy geologiya
Toshmuhamedov В.Т,Darslik kosmik, geofizik, izotop va boshqa yangi izlanishlar natijasida olingan ma’lumotlarni e ’tiborga olib tuzilgan. Bu ma’lumotlar Yer, uning ichki tuzilishi, tektonik harakatlarning tabiati, deformatsiya, vulkanizm, seysmik harakatchanlik sabablari, qoplama muzliklar, dengizning geologik ishi va boshqa yangi fikrlar keltirilgan.
-
Mikrobiologiya
A.Tadjiev, M.Mamiyev, S.Egjimov, A.Maxsumxanov, D.Otanazarov,Unda talabalar Mikrobiologiya fani yuzasida zamonaviy ma'lumotlar bilan uyg'unlashgan, ilg'or pedagogik texnologiya va ushbu yo'nalishda qo'lga kiritilayotgan yutuqlar asosida mikroorganizmlarning tabiat, ishlab chiqarish va inson hayot faoliyatidagi tutgan o'mi va ahamiyati, mikroorganizmlar morfologiyasi, fiziologiyasi va biokimyoviy jarayonlardagi ishtiroki, tashqi muhit omillarining ta'siri hamda asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashdagi mikroorganizmlarning ahamiyati to'g'risida talabalar uchun oson o'zlashtiriladigan, eslab qolish va mustaqil fikrlashga yo'naltirilgan ma'lumotlarni qamrab oladi. Shuningdek ushbu darslikdan oliy o'quv yurti bakalavriat va magistratura talabalari, ushbu sohada ilmiy izlanishlar olib borayotgan doktorant, mustaqil izlanuvchi hamda erkin tadqiqotchilar uchun ham manba sifatida foydalanishlari uchun tavsiya etiladi.
-
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish
Quchqarova N.M., Avazmetova I.R, Ikramova D.U,Darslikda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar bilan olib boriladigan “Bolalami tabiat bilan tanishtirish” mashg‘ulotlari qay tarzda olib borilishi borasidagi muhokamalar o‘z aksini topgan. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bakalavrlari, bo‘lg‘usi tarbiyachilar va maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagogik faoliyat yurituvchi kadrlar samaradorlikka erishish uchun darslikdagi ma’lumotlardan ijodiy foydalanishlarini tavsiya qilamiz.
-
O‘ZBEK TILI
G.A. ASILOVA,Mazkur darslik oliy ta’limning bakalavriat yo‘nalishlarida ta’lim rus tilida olib boriladigan guruhlar talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan joriy etilgan “O‘zbek tili” fani dasturi asosida yaratilgan. Unda rus guruhlari talabalarining umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim tizimida o‘zbek tilidan olgan bilimlarini mustahkamlash, ularning kundalik, ilmiy va kasbiy sohalarda faoliyat olib borishi uchun fan bo‘yicha egallangan bilim hamda ko‘nikmalarini muloqot va ish faoliyati jarayonida qo‘llash malakasini shakllantirish ko‘zda tutilgan.
-
Maxobatli rangtasvir texnika va texnologiyasi
Xudayberganov R.A.,Mazkur darslik Oliy o‘quv yurtlarining rangtasvir yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun yozilgan bo'lib, «Mahobatli rangtasvir texnika va texnologiyasi» fani bo'yicha nazariy va amaliy bilimlar haqida kengroq tushuncha berishni o*z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Darslik arxitckturada devoriy rasmlar ishlash turlaridan: alfresko, freska, mozaika, sgraffito va vitraj kabilarda badiy asar yaratish texnika va texnologiyasi, qoidalari va bosqichlari muhim bo‘g‘inlardan biri hisoblanadi.
-
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
N.R. Yusupbekov, B.I. Muhammedov, Sh.M. G'ulomov,Darslikda metrologiya asoslari, sanoat ishlab chiqarishidagi texnologik jarayonlarning parametrlari (harorat, bosim, sath, sarf, konsentratsiya, zichlik, qovushqoqlik, mexanik kaltaliklar) ni nazorat qilish usullari va asboblari tavsiflangan. Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish asoslari, texnologik jarayonlami avtomatik va avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini amalga oshirish mufassal bayon etilgan hamda avtomatlashtirishning zamonaviy texnik vositalari, dasturiy texnik majmualar va avtomatlashtiriladigan obyektlarni vizuallashtirishning SCADA tizimlari atroflicha yoritilgan. Shuningdek, darslikning ayrim bo'limlari texnologik jarayonlami ko‘p sathli avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini loyihalash masalalarini o‘zida mujassamlagan bo‘lib, TJABT ni ishga tushirish, to‘xtatish va normal ishlatishning yangi tipik texnologik jarayonlari, qurilmalari hamda majmualariga misollar keltirilgan. Darslik texnika oliy o‘quv yurtlarining muhandis-texnolog ixtisosligi talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, undan shu soha bo‘yicha tahsil oluvchi aspirantlar, ilmiy va muhandis-texnik xodimlar, qolaversa, shu sohaga qiziqqan barcha kitobxonlar ham foydalanishlari mumkin.
-
ORGANIK MAHSULOTLAR YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI
Ушбу қўлланма "Агробанк” АТБ муассислигида тайёрланди ҳамда нашр эттирилди. Билдирилган фикр-мулоҳаза, хулоса ва тавсияларга тузувчи муаллифлар масъулдир. Ижтимоий лойиҳалар билан аграр соҳага сармоя киритиш доира-сида "Агробанк" АТБ томонидан 100 та китобдан иборат қўлланмалар тўплами тайёрланди. Тўпламда қишлоқ хўжалиги соҳаси, жумладан, мева-сабзавот ва полиз экинлари, ғаллачилик, чорвачилик, балиқчилик, асаларичилик каби тармоқларнинг энг илғор тажрибаларига оид ривожланган давлатлар ва юртимизда эришилган кенг қамровли илмий ва амалий маълумотлар қамраб олинган. Тўплам мазкур йўналишдаги биринчи нашр бўлиб, келгусида ушбу лойиҳани давом эттириш мақсадида билдирилган фикр-мулоҳазалар ва таклифлар асосида янада бойитиб бориш кўзда тутилган. Қўлланма соҳа мутахассислари, фермерлар ва кенг жамоатчилик учун мўлжалланган.