-
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish
Rustamboyev M., Ahmedov D., Xidirov S., Bekov I.,Huquq sohalari, -
-
Bog‘dorchilik va sabzavotchilik,
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
Qurilish ishlab chiqarishning texnologiyasi,
-
-
-
Iqtisodiyot nazariyasi. Siyosiy iqtisod. Makro iqtisodiyot. Mikro iqtisodiyot,
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Huquq sohalari,
-
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish
Rustamboyev M., Ahmedov D., Xidirov S., Bekov I.,Darslik O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va u asosida qabul qilingan qonunlarga tayangan holda yozilgan bo'lib, unda Konstitutsiyaviy institutlar va normalarning ahamiyati, inson huquq va erkinliklari, burchlari va kafolatlari haqida, shuningdek, 2002-yil 27-yanvar o'tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko'ra hamda uning asaosida qabul qilingan2003-yil 24-apreldagi O'zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Konstitutsiyamizning XVIII,XIX,XX,XXIII boblariga tuzatish va qo'shimchalar kiritilgan normalar mohiyati, davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan demokratik islohatlar o'z ifodasini topgan.Darslik barcha oliy o'quv yurtlarining bakalavr yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan.
-
Isitish
S.M.Boboyev, G‘.Sh.Shukurov, Q.U.Bo‘rliyev, M.R. Ismanxodjayeva,Darslikda turli isitish tizimlarining tuzilishi va ishlash jarayoni yoritilgan bo'lib, unda isitish tizimlarining issiqlik berish quvvati va binolarning qish mavsumi uchun issiqlik holatini hisoblash usullari keltirilgan. Shuningdek, darslikda mahalliy va markaziy isitish tizimini tanlash, hisoblash va konstruktivlash usullari keltirilgan. Bundan tashqari binolarni isitishda samarali isitish tizimlaridan foydalanish bilan birgalikda isitish tizimlarini takomillashtirish masalalari tahlil qilib berilgan. Ushbu darslikni «Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi» bakalavr ta’lim yo'nalishi va magistratura mutaxassisligi bo'yicha o'qiyotgan talabalarga, shu yo'nalishda loyihalashtirish bilan shug'ullanuvchi ilmiy xodimlar, aspirantlar hamda isitish tizimlarini ekspluatatsiya qiluvchi muhandislar o'quv faoliyatiga keng tatbiq etish maqsadga muvofiqdir.
-
Қурилиш механикаси
Қ.С.Абдурашидов, Б.А.Ҳобилов,Қурилиш механикаси фани иншоотларнинг мустахкамлиги, устуворлиги ва бикирлиги масалалари билан шуғулланади. Мазкур дарсликда қурилиш механикасининг асосий муаммолари тўлалигича уз аксини топган.
-
Сабзавот экинлари ва уларни етиштириш технологияси
Зуев В.И.,Ушбу дарслик қишлоқ хўжалик олий ўқув юртларининг талабаларига мўлжалланган бўлиб, унда сабзавотчилик фани ва унинг мазмуни, сабзавот ўсимликларининг умумий таърифи ҳамда уларни синфларга ажратиш ҳақида тўлиқ тушунча берилади. Шунингдек, унда очиқ ва ҳимоя қилинган ерларда сабзавот етиштиришнинг саноат технологияси, уларни йиғиб-териб олиш усуллари, иқлим шароити, созлаш усуллари мукаммал ёритилган
-
Biznes rejalashtirish
N.Mardiev, B.Yu.Mengliqulov, F.Yakubov, T.I.Jo`raev,Darslikda qishloq xo`jaligida erkin bozor munosabatlarini shakllantirishning hamda bozor sharoitida agrar tarmoqda biznesni rejalashtirishning nazariy, uslubiy hamda amaliy asoslari yoritilgan.
-
Beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi
H.A.Akramov, H.N.Nuritdinov,Darslikda beton va temir-beton buyumlari hamda mahsulotlarini ishlab chiqarish, xususan, ulami tayyorlash jarayonida issiqlik bilan ishlov berish, ushbu mahsulotlami armaturalash, quyma temir-beton mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasi, opalubkalar va uch qatlamli temir-beton konstruksiyalarini loyihalashtirish hamda ulardan foydalanish haqida batafsil ma’Iumotlar berilgan. Ushbu darslik qurilish sohasi oliy o‘quv yurtlari ning 5580500 — “Qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish texnologiyasi” ta ’lim yo'nalishi va 5A580501 — “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” mutaxassisligi (bakalavr va magistrlar) uchun mo'jallangan.
-
Oliy Matematika
A.Axlimirzayev,Ushbu o`quv qo`llanma universitetlarnig tabiy ijtimoyi va guminatar fanlar soxalarida kiruvshi yo`nalishlar talabalarga mo`jallangan
-
Ehtimolliklar nazariyasi
Sh.Q.Formanov,Ushbu darslik universitetlar va pedagogika oliy o‘quv yurtlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishidagi o‘quv rejalarida “Ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika” fanining amaldagi dasturlari asosida yozilgan. Darslikda fan bo‘limlari bo‘yicha nazariy ma’lumotlar keltirilgan va ularga oid misollar yechib ko‘rsatilgan. Har bir bobning oxirida mustaqil yechish uchun misol va masalalar ro‘yxati keltirilgan. Mazkur darslikdan tatbiqiy matematika, mexanika, fizika, informatika hamda iqtisodiyot fanlari yo‘nalishidagi talabalar va ehtimolliklar nazariyasini mustaqil o‘rganuvchilar ham foydalanishlari mumkin.
-
Iqtisodiyot nazariyasi
SH.Shodmonov,«Iqtisodiyot nazariyasi» fani bo‘yicha tayyorlangan mazkur darslik 2002 yilda chop etilgan o‘quv qo‘llanma va 2005, 2010, 2017 yillarda chop etilgan darslikning qayta ishlangan va to‘ldirilgan nashri hisoblanadi. Ushbu darslikni tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va oliy o‘quv yurtlarida bakalavrlar tayyorlash yangi davlat andozasi talablari hisobga olingan.
-
Xizmatlar marketingi
S.K.Boyjigitov,Ushbu darslikning asosiy maqsadi xizmatlar marketing tushunchasi va mohiyati, uning xalqaro modellari, xizmatlar marketingining xizmatlarni taqdim etish jarayoni, ularning o’ziga xos xususiyatlari, xizmatlar sifatini boshqarish, xizmatlar sohasida xulq atvor modellari, xizmatlar sohasida marketing vositalari, xizmatlarning brending siyosati, xizmatlar sohasida marketing kompleksi, savdo, umumiy ovqatlanish, bank va sug’urta, lizing, konsalting, outsorsing, benchmarking, mass media, axborot xizmatlari, turizm va mehmonxona xo’jaligi xizmatlari, logistik va transport xizmatlar, ichki marketing va personalni boshqarish jarayonlari ushbu darslikda keng bayon qilingan.
-
Tarix — munavvar ko'zgu
A.G.Abdunabiyev,O'tmishni o'rganish, uni idrok etish, tarix saboqlaridan to'g'ri xulosa chiqara bilish har bir ma'rifatli inson burchidir. Moziyni tahlil eta bilish kishiga bugunni baholash, anglash, kelajakka ziyraklik bilan nazar tashlash imkonini beradi. Tarixiy ong Vatan o'tmishini idrok etish, o'z xalqi va mamlakatini istalgan joyda va istalgan darajada boshqalami tanishtira olish uchun uquv desak to'g'ri bo'Iar. Tarixiy tafakkur bugun ongli faoliyat ko'rsatishning muhim omillaridan biridir. Shuning uchun ham haqiqiy insonga tarixiy xotira zarur. Prezidentimiz Islom Karimov "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q" degan ma’nodor ibora mazmunini mahorat bilan yoritib bergan edilar
-
Nazariy fizika kursi 4-jild. Termodinamika va statistik fizika
Abdumalikov A.,Mazkur darslik statistik fizika, termodinamika va kinetika fanining asoslarini o‘z ichiga olgan. Mavzularni tanlash va ularni bayon qilishda Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti nazariy fizika kafedrasida ishlab chiqilgan namunaviy o‘quv dasturga amal qilindi. Darslikda asosiy e’tibor statistik fizika, termodinamika va kinetika asoslarini ko'rsatishga, ularning m ohiyatini ochishga va muhim effektlarni yoritishga qaratilgan. Ushbu darslik oliy ta’lim muassasalari fizika, astronomiya va texnika yo'nalishida ta’lim olayotgan talabalarga mo'ljallangan
-
Ўзбек романларида макон ва замон
А.Тўйчиев,Монографияда ўзбек романларининг ўзак масалаларидан бири макон ва замон муносабатлари таҳлил этилган. Масаланинг ўрганилиш тарихи, тарихий ва замонавий талқинлар ўрганилади. Китоб адабиётшунос олимлар, тадқиқотчи ва аспирантлар ҳамдa адабиёт ихлосмандларига мўлжалланган.
-
Shaharsozlik asoslari va landshaft arxitekturasi
D.U.Isamuxamedova,Ushbu darslik arxitektura ta ’limi yo6nalishi talabalari uchun «Landshaft arxitekturasi» fani bo‘yicha yozilgan. Bu fan ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi qismda landshaft arxitekturasining evolutsion tarixi, ya’ni genezisi ~ qadimiy bog'dorchilikdan XX asr boshining bog4-park san’ati va landshaft arxitekturasigacha ochib berilgan. Ikkinchi qismda landshaft arxitekturasining zamonaviy rivojlanishi va talablari yoritilgan. Ushbu kitob arxitektura, shaharsozlik, landshaft arxitektura, dizayn, shahar va qishloq xo'jaligi qurilishi va boshqa kollej, litsey, bakalavriatura, magistratura talabalari, arxitektorlar, qurilish injenerlari, yer shakllantirish mutaxassislari va barcha landshaft arxitekturasi bilan qiziquvchilarga moijallangan.
-
Fransuz tili darsligi
Shirinova R.H., Muhamedaminova F.M.,Mazkur “Fransuz tili darsligi” oliy o'quv yurtining filologiya yo'nalishlari talabalari uchun mo ‘Ijallangan bo ‘lib, til o ‘rgatishda yangicha yondashuv og'zaki nutq, yozish, o'qish va tinglab tushunish malakalarini shakllantirishga qaratilgan.
-
Хоразм тарихи 2-жилд
Матниёзов М,Китобда Хоразм вилоятининг ижтимоий-иқтисодий, сиёсий ва маданий тараққиётининг қийинчиликлари ва щзига хос хусусиятлари кенг ёритилган
-
Хоразм тарихи I жилд
М.Матниёзов,Қўлингиздаги ушбу китоб Хоразмнинг қадим замонлардан то Хоразм инқилобгача ўтган давр тарихига бағишланган бўлиб, Ал-Хоразмий номидаги Урганч давлат университети қошидаги «Хоразм тарихи ва маданиятини ўрганиш илмий-тадқиқот лабораторияси» нлмий ходимлари ҳамда университетнинг бир гуруҳ тарихчи ва филолог олимлари ҳамкорлигида мавжуд археологик, этнографик ва лингвистик тадқиқотлар хулосалари, халқ оғзаки ижоди ва кенг архив манбаларига таянган ҳолда хозирги кун нуқтаи назаридан объектив равишда ёзилган дастлабки асарлардан биридир.
-
Shaharsozlik asoslari va landshaft arxitekturasi
D.U.Isamuxamedova,Ushbu «Shaharshunoslik arxitekturasi va landshaft arxitekturasi» darsligi ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi «Shaharsozlik asoslari» qismida shahar aholisini joylashtirish tamoyillariga asosiy tushuncha va ma’lumotlar keltirilgan. Tumanlarni rejalashtirish, sxema va loyihalarini ishlab chiqishda asosiy sharoitlar lozimligi yoritilgan hamda urbanizatsiya muammolari ko‘rib chiqilgan. Shaharni arxitekturaviy kompozitsiyasi, rejalashtirishni tashkil etish va boshqa masalalar bo‘yicha atroflicha fikr yuritiladi.
-
Nazariy mexanika
Ismayilov K., Mustafayev U., Quldashev A.,Darslikda statika, kinimatika, nuqta va sistema dinamikasi berilgan. Ushbu " Nazariy mexanika " darsligi ana shu vazifani bajarishga mualliflarning qo'shgan kamtarona hissasidir. B kitobga mualliflarning Toshkent oliy texnika o'quv yurtlarida hamda Samarqand davlat arxitektura - qurilish insitituti o'quvchilari uchun mo'ljallangan.
-
Tadbirkorlik faoliyatini ma'muriy-huquqiy tartibga solishni huquqiy asoslari
A.T.Kuranbaevich,Monografiyada tadbirkorlik faoliyatining ma'muriy huquqiy asoslarining o'ziga xos xususiyatlari batafsil yoritib berilgan.