-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
-
-
Qurilishning nazariy asoslari,
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
Педагогика (Олий ўқув юртлари учун қўлланма)
Ғайбуллаев Н.Р., Ёдгоров Р., Маматқулов Р.,Oliy ta’lim. Oliy ta’lim pedagogikasi. Bakalavr. Magistratura, -
-
-
Iqtisodiyot nazariyasi. Siyosiy iqtisod. Makro iqtisodiyot. Mikro iqtisodiyot,
-
Iqtisodiyot nazariyasi. Siyosiy iqtisod. Makro iqtisodiyot. Mikro iqtisodiyot,
-
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
-
Sog‘liqni saqlash. Meditsina fanlari,
-
-
Qurilishning nazariy asoslari,
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
-
Dasturiy ta’minot arxitekturasi
Saidov U. Y. , Navruzov B. I. , Sultonov H. U.,Dasturiy ta'minot arxitekturasi zamonaviy dasturiy ta'minot tizimlarini loyihalash, ishlab chiqish va texnik xizmat ko‘rsatishda juda muhim ahamiyatga ega. U tizimning tuzilishi va xatti-harakatlarini aniqlovchi asosiy tamoyillar va qarorlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu qo‘llanma dasturiy ta'minot arxitekturasining asosiy tushunchalari, tamoyillari va amaliyotlari bilan tanishtiradi, shuningdek, arxitektura dizaynini amalga oshirish bo‘yicha qo‘llanma sifatida xizmat qiladi.
-
Siyosiy menejment
R.Z.Djumayev,Mazkur darslik O‘zbekiston Milliy universitetida siyosatshunoslik fanini o‘qitish bo‘yicha davlat ta’lim standartlariga asosan 60310700 – Siyosatshunoslik ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar hamda ushbu yo‘nalish bo‘yicha bakalavrlar tayyorlovchi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun dastur asosida tayyorlangan. Darslikdan siyosiy sohada ilmiy-tadqiqot olib boruvchi tadqiqotchilar ham foydalanishi mumkin. Shuningdek, darslikda siyosiy menejmentning nazariy asoslari, siyosiy menejment yo‘nalishlarining mazmun va mohiyati, asosiy shakl va usullari hamda siyosiy texnologiyalardan foydalanish xususiyatlari ochib berilgan.
-
Спорт физиологияси
К.Азимов,Спорт физиологияси одам умумий физиологиясининг бир цисми булиб, жисмоний тарбия ва спорт билан шугулланкшда организма юзага келади- ган физиологик узгаришларни аницлаш ва */скул фаоли^тининг организм- га ниобий таъсир к?рсатиш йулларини белгилаш билан шугулланади. Укучий физиологиядан билиыга эга булмай туриб бу Еазифаларни *ал зтиш мумкин эмас. Шунга асосан, х;озирги вацтда “Одам мускули фаолкятининг физио
-
O'rta qavatli turar-joy binolarini loyihalash
Sh.R.Mirzayev,Ushbu o'quv qo'llanmada o'rta va ko'p qavatli turar joy binolarini loyihalashning umumiy qoidalari, arxitektura bilan uzviy bog'lanish jarayoni ko'rsatib berilgan.
-
Сиёсатшунослик
М.Қирғизбоев,Дарсликда мамлакат олий ўқув юртларида ўқитиладиган сиёсатшунослик фанига доир билимлар ва масалалар мужассамлашган. Шунингдек, унда ривожланган ва етакчи мамлакатларда шаклланган сиёсий назариялар, жараёнлар ва муносабатлар тахдил этилади, улар миллий тажрибалар билан қиёсланади. Дарсликда ифодаланган назарий қарашлар мамлакатда тобора чуқурлашиб бораётган фуқаролик жамияти ва ҳукукий давлат қуриш ислоҳотлари билан боғланади. Дарслик олий ўқув юртлари талабалари учун мўлжалланган.
-
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси
Н.Ғ. Каримов, Р.Х. Хожиматов,Ушбу дарсликда “Инвестиция лойиҳалари экспертизаси” фанининг предмети, мақсади ва вазифалари, инвестиция лойиҳаларини экспертиза қилишнинг моҳияти, аҳамияти ва зарурлиги, инвестиция лойиҳаларини экспертиза қилишдаги ахборотлар манбаси, инвестиция лойиҳаларининг молиявий ва иқтисодий экспертизаси, инвестиция лойиҳаси бўйича гаров таъминотининг экспертизаси, инвестиция лойиҳаларининг техник экспертизаси, инвестиция лойиҳаларининг тижорат таҳлили, инвестиция лойиҳалари қатнашчиларининг институционал таҳлили, инвестиция лойиҳасини тасдиқлаш жараёни бўйича барча билимларни ўз ичига олган малака ва кўникмаларини шакллантирувчи назарий ва амалий билимлар ҳам баён этилган.
-
Investitsiya loyihalarini boshqarish
Xujamkulov D.Yu., Ismailov D.A.,Ushbu o’quv qo’llanmada investitsiya, investitsiya loyihalarini boshqarish, investitsiya loyihalarining iqtisodiy tushunchasi va ularning turkumlanishi; real va moliyaviy investitsiyalar, ularning xususiyatli belgilari; real sektor va uning tarkibiy qismlari; investitsion siyosat; investitsion loyiha; loyiha daromadliligi va uni hisoblash usullari; innovatsiya hamda intellektual investitsiyalar kabi muhim iqtisodiy tushunchalarni yoritishga qaratilgan nazariy va amaliy bilimlar bayon etilgan.
-
Педагогика (Олий ўқув юртлари учун қўлланма)
Ғайбуллаев Н.Р., Ёдгоров Р., Маматқулов Р.,Олий ўқув юртлари учун қўлланма
-
Fiziologiya
N.YU.Xushvakov,O'quv qo'llanmada inson fiziologiyasi asoslari xususan umumiy fiziologiya qon aylanishi fiziologiyasi nafas olish fiziologiyasi yurak qotomir tizimi ayiruv organlari fiziologiyasi moddalari va energiya almanishuvi markaziy asab tizimining giziologiyasi bilan tanishish.
-
O'zbekiston bayramlari
Sultonmurod Olim,Bayram-nima o'zi? U qachon paydo bo'lgan? Odamlar, millatlar, xalqlar, davlatlar nima uchun yilning ayrim kunlarini maxsus bayram qilib, tantanalar bilan nishonlashadi? Bayramlar mohiyatida ne sir-u sinoat, qanday ma'no-mazmun, qaysi mafkura yotibdi? Mustaqil O'zbekiston bayramlari mohiyatida-chi? Bizda bayramlarning qanday turlari mavjud? Mustaqillik va bayramlarimiz o'rtasidagi bog'liqliklar aynan nimalarda ko'rinadi? Yangi O'zbekistonning bayramlarga munosabatida qanday o'zgarishlar yuz berdi?
-
Makroiqtisodiy siyosat
Asqarova M.T., Zaxidov G‘.E., Amirov L.F.,Ushbu darslikda makroiqtisodiy siyosat fanining asosiy tushunchalari, muammolari va makroiqtisodiy siyosat yuritishning asoslari bayon qilib berilgan. Jumladan, darslikda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash usullari, makroiqtisodiy muvozanatning turli modellari, makroiqtisodiy siyosatning fiskal va monetar yo‘nalishlari, iqtisodiy o‘sish masalalari, tashqi savdo siyosatini yuritishning nazariy asoslari hamda usullari, to‘lov balansi, valuta kursi kabi mavzular joy olgan. Darslik oliy ta’limning “Makroiqtisodiyot” mutaxassisligida tahsil olayotgan magistrantlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning tarkibi “Makroiqtisodiy siyosat” fanining o‘quv dasturi va ishchi o‘quv dasturiga mos keladi.
-
Makroiqtisodiyot-2
I.О. Yakubоv, H.A. Hakimov,Ushbu o‘quv qo‘llanmada makroiqtisodiyot fanining asosiy tushunchalari, muammolari va makroiqtisodiy siyosat yuritishning asoslari bayon qilib berilgan. Jumladan, o‘quv qo‘llanmada makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash usullari, makroiqtisodiy muvozanatning turli modellari, makroiqtisodiy siyosatning fiskal va monetar yo‘nalishlari, iqtisodiy o‘sish masalalari, tashqi savdo siyosatini yuritishning nazariy asoslari hamda usullari, to‘lov balansi, valuta kursi kabi mavzular joy olgan. O‘quv qo‘llanma oliy ta’limning “Makroiqtisodiyot”,“Strategik tahlil va tashxislash” hamda “Mintaqaviy iqtisodiyot” mutaxassisliklarida tahsil olayotgan magistrantlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib,uning tarkibi “Makroiqtisodiyot-2” fanining o‘quv dasturi va ishchi o‘quv dasturiga mos keladi.
-
Donli ekinlar seleksiyasidagi yutuqlar
I.G. Loskutov,Donli ekinlar seleksiyasidagi yutuqlarga bag'ishlangan ushbu maxsus kitob keng ko'lamli mavzularni qamrab oluvchi 10 ta maqoladan iborat bo'lib, u sholi misolida sho'rlanish stressiga moslashish bilan bog'liq gen ekspressiyasi darajalari va ularning proteomik profil bilan o'zaro bog'liqligini o'rganishdan tortib, istiqbolli makkajo'xori duragaylarida umumiy va xususiy kombinatsiyalanish qobiliyatini baholashgacha bo'lgan masalalarni o'z ichiga oladi.
-
Elektr energetika muhandisligiga kirish II jild
Mulukutla S. Sarma.,O'quv qo'llanma talabalarda elektr muhandisligiga qiziqishni oshirish orqali ular-ning ushbu fan bilan tanishishini ta'minlash va elektr muhandisligi sohasidagi asosiy tu-shuncha hamda usullarni turli sohalarda qo'llash, jumladan, kundalik foydalaniladigan gajetlar, biotibbiyot elektronikasi, murakkab asboblar tizimlari, kompyuterlar va ko'p funksiyali elektr mashinalari orqali tushuntirishdir. Shuningdek, muhandislik va ushbu sohaning barcha yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga, ayniqsa, elektr muhandisligi yo'nalishidan boshqa sohadagi talabalar uchun ushbu fan asoslarini tushuntirish va uning imkoniyatlarini namoyon etish qo'llanmaning ustuvor maqsadlaridan biridir. Qo'llanma asosan elektr muhandisligidan tashqari yo'nalishdagi talabalar uchun yozilgan bo'lsa-da, u muhandislik asoslarini o'zlashtirishda yordam beradi va talabalarning malaka oshirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rishlariga ko'maklashadi.
-
Tarjima nazariyasi va amaliyoti
Yujin A. Nayda, Charlz R. Teyber,"Tarjima nazariyasi va amaliyoti" kitobi tarjimonlarga nazariy qoidalar-ni egallash hamda amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Ushbu kitobda til tizimlari bilan bog'liq tarjima muammolari ilmiy yondashuv, semantik tahlil va axborot nazariyasi nuqtayi nazaridan ko'rib chiqilgan.
-
Veterinariya sanitariyasi va nazorati boʻyicha qo'llanma
Jorj Fleming,"Veterinariya sanitariyasi va nazorati bo'yicha qo'llanma" kitobida uy hayvonlari epizootik va yuqumli kasalliklarining tabiati, sabablari, belgilari, shuningdek ularning oldini olish hamda terapevtik davolash kabi masalalar yoritiladi. Xorijiy o'quv adabiyoti professor-o'qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va tala-balarning o'quv va ilmiy faoliyatida foydalanish uchun mo'ljallangan. Shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar va keng ilmiy jamoatchilik uchun tav-siya qilinadi.
-
Elektrodinamika
Abdumalikov A.A.,Mazkur darslik nazariy fizika kursining elektrodinamika qismiga bag'ishlangan bo'lib, maxsus nisbiylik nazariyasi, mikroskopik va makroskopik elektrodinamika bo'-limlarini qamrab oladi. Mavzularni tanlash va ularni bayon qilishda Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti nazariy fizika kafedrasida ishlab chiqilgan o'quv dasturga amal qilindi. Darslikda asosiy e'tibor fizikadagi asosiy prinsiplarga tayangan holda uzluk-siz ravishda maxsus nisbiylik nazariyasi va elektrodinamika qonunlarining va muhim effektlarning fizik mohiyatini ochishga qaratilgan. Ushbu darslik oliy ta'lim muassasalari fizika, astronomiya va texnika yo'nalishida ta'lim ola-yotgan talabalarga mo'ljallangan.
-
Beton va temirbeton texnologiyasi
A.Yu.Shodmonov, N.J.Parsaeva,Mazkur o‘quv qo‘llanmada beton va temirbeton texnologiyasi bo‘yicha asosiy ma'lumotlar, O‘zbekiston Respublikasida beton va temirbeton buyumlarini ishlab chiqarish o‘rni va beton va temirbeton rivojlanish tarixi va hozirgi kundagi holati, beton haqida asosiy ma'lumotlar, beton uchun ishlatiladigan materiallar ya'ni bog‘lovchi moddalar, beton uchun yirik to‘ldiruvchilar, beton uchun mayda to‘ldiruvchilar, beton uchun ishlatiladigan suv, beton xossalarini yaxshilash uchun qo‘shimchalar haqida ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, beton va temir beton ishlab chiqarish zavodlari va to‘ldiruvchilar ombori, sement saqlash ombori, beton qorish sexi, armatura sexi, qoliplash sexi, temirbeton buyumlarga issiq ishlov berish kamerasi, texnologik jarayonni tashkil qilish asoslari, zamonaviy qoliplash usulini tashkil qilish bo‘yicha ma'lumotlar berilgan.
-
Xorijiy investitsiyalar
Sh.X.Tursunov, Y.M.Hasanova, H.E.Azimova,Mazkur o`quv qo`llanma noiqtisodiy ta`lim yo`nalishlari talabalari,magistrantlari,ishlab chiqarish mutaxassislari hamda professor-o`qituvchilar uchun mo`ljallangan
-
Kontakt mexanikasi va ishqalanish
V.L. Popov,Mazkur "Kontakt mexanikasi va ishqalanish" kitobi kontakt mexanikasi, ishqa-lanish fizikasi va tribologiyaning nazariy hamda amaliy asoslarini yoritishga bag'ish-langan. Unda elastiklik, plastiklik, adgeziya, kapillyarlik, moylash, elastogidrodinami-ka, yeyilish va nanotribologiya masalalari zamonaviy ilmiy yondashuv asosida bayon etilgan. Kitobda murakkab jarayonlar sodda va tushunarli usulda izohlanib, nazariy bilimlar ko'plab misollar hamda amaliy masalalar bilan mustahkamlangan. Shuning-dek, kontakt mexanikasi va ishqalanish jarayonlarini sonli modellashtirish usullari ham yoritilgan.