-
-
-
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
-
Hayot faoliyati xavfsizligi
Yuldashev O.R. Jabborova Sh.G.,Darslikka xavfsizlikni ta'minlashning asosiy va zamonaviy vositalari, elektr xavfsizligi masalalari, favqulodda hodisalar va fuqaro muhofazasi hamda yong'in xavfsizligi masalalari kiritilgan. Darslikdan hamma texnika yo'nalishidagi oliy o'quv yurtlari bakalavrlari, shuningdek, ishlab chiqarish korxonalarida xavfsizlikni ta'minlash masalalari bilan shug'illanayotgan mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin
-
Материалшунослик
Илҳом Носир,Дарслик Олий ўқув юртларининг машинасозлик ва бошқа техника йўналишларидаги бакалаврлар учун мўлжалланган бўлиб, ундан магистрлар ҳам фойдаланишлари мумкин. Дарсликда металл ва котишмаларнинг атом-кристалл тузилиши, унинг нуқсонлари, хосса ва тузилишларини кристалланиш ва бошка усуллар билан бошқариш кенг ёритилган. Материалларнинг физик-механик хоссаларини бошқаришда катта ўрин тутган термик ва кимёвий-термик ишлаш маҳоратлари келтирилган. Кейинги пайтда металл бўлмаган материаллар техникада ишлатилаётганини ҳисобга олиб. полимер асосидаги материалларнинг таркиби, тузилиши ва хоссаларига дарсликда кенгроқ ўрин берилган.
-
O'zaro almashuvchanlik metrologiya va standartlashtirish
K.K.Nuriev,Darslik mashinasozLikda o‘zaro almashinuvchanlikning qo'llanilish turlari, detallar sirtlarining o‘zaro joylashishi va shakllarining og‘ishi, silliq silindrik, podshipnikli, shponkali, shlitsali, rezbali, konusli, tishli birikmalarga joizlik va o'tqazishlami aniqlash, selektiv yig'ish masalalariga qaratilgan. Unda na’munaviy detallami o'lchash va yaroqliligini aniqlashga doir hamda universal va maxsus o'lchash vositalari va nazorat asboblarini qo‘llash, o'lchamlar zanjirlarini hisoblashning uslublari bayon qilingan. Shuningdek, standartlashtirish, me’yorlashtirish hamda afzal sonlar tizimiga aloqador tushunchalar, mahsulot sifatini baholash, ulaming iqtisodiy samaradorligini aniqlash masalalari ham o‘z aksini topgan.
-
Isitish
S.M.Boboyev, G‘.Sh.Shukurov, Q.U.Bo‘rliyev, M.R. Ismanxodjayeva,Darslikda turli isitish tizimlarining tuzilishi va ishlash jarayoni yoritilgan bo'lib, unda isitish tizimlarining issiqlik berish quvvati va binolarning qish mavsumi uchun issiqlik holatini hisoblash usullari keltirilgan. Shuningdek, darslikda mahalliy va markaziy isitish tizimini tanlash, hisoblash va konstruktivlash usullari keltirilgan. Bundan tashqari binolarni isitishda samarali isitish tizimlaridan foydalanish bilan birgalikda isitish tizimlarini takomillashtirish masalalari tahlil qilib berilgan. Ushbu darslikni «Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi» bakalavr ta’lim yo'nalishi va magistratura mutaxassisligi bo'yicha o'qiyotgan talabalarga, shu yo'nalishda loyihalashtirish bilan shug'ullanuvchi ilmiy xodimlar, aspirantlar hamda isitish tizimlarini ekspluatatsiya qiluvchi muhandislar o'quv faoliyatiga keng tatbiq etish maqsadga muvofiqdir.
-
Умуммий электротехника ва электроника асослари
А.И.Хонбобоев, Н.А.Халилов,«Умумий электротехника ва электроника асослари» дарслиги академик лицей ва касб-ҳунар коллежлари техника ихтисослиги дастурига мувофиқ тузил ган. Дарслик умумий электротехника ва электроника асослари қисмларидан иборат. Электроника фан сифатида электр асбобларни ўрганиш ва уларни амалда қўллаш билан шуғулланади. Улар вакуумда, газда ва каттик кристалл жисмларда зарядланган заррачалар концентрациясининг ўзгаришига асосланган. Электрон асбоблар ва қурилмалар фан ва техниканинг ҳамма соҳаларида қўлланилади. Бу уларнинг юқори сезувчанлиги, тезкорлиги ва универсаллиги билан изоҳланади.
-
Қурилиш Ашёлари
Э.Қосимов,Олий ўқув юртлари курил иш йўналишида таълим олаётган бакалавр ва магистрлар учун узбек тилида илк бор яратилган мазкур дарсликда курилишда ишлатиладиган ашёларнинг асосий турлари, уларни ишлаб чиқариш технологияси, ишлатилиши , шунингдек,