-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtirish asoslari
Yusupbekov N.R., Muxitdinov D.P,Umumtexnikaviy fanlar, -
-
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
Электрон техника материаллари ва қурилмалари технологияси
М.Т.Нормуродов, Б.Е.Умирзаков, И.П.Парманкулов,Umumtexnikaviy fanlar, -
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
-
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
Farmasevtika ishini tashkil qilish
oshmuxamedov E.R., Zaynutdinov X.S., Komilov A.M., Muhamedova R.A.,Umumtexnikaviy fanlar, -
-
-
-
-
To'qimachilik materiallarini o‘rash nazariyasi
M.Abduvohidov, X.T.Axmedxodjayev,„To'qimachilik materiallarini o‘rash nazariyasi“ fani ip va ipsimon materiallarni o‘rab joylama hosil qilishning nazariy asoslarini va amaliy jihatlarini o'rganish va tadqiq qilishda ishlatiladigan asosiy matematik usul va hisoblash vositalaridan foydalanish, o'rash mexanizmlari turlari, tuzilishi va ularni loyihalashning zamonaviy usullarini, o‘rash jarayonlari va o‘rash joylamalarini loyihalash usullari va bunda talab qilingan ko‘rsatkichlarni ta’minlash yo‘llari va imkoniyatlarini o'rganishga qaratilgan.
-
Mineral o'g'itlar va tuzlar texnologiyasi
Q.G'afurov, I.Shamshidinov,Mineral o'g'itlar isblab chiqarish usullarining Respublikamizda, MDН mamlakatlarida vа chet ellarda qo'llanilayotgan texnologiyalari, shuningdek, mualliflar tomonidan yaratilgan vа sanoat miqyosida sinovdan o'tkazilgan yangi texnologiyalar to'g'risida batafsil bayon etilgan. Mineral o'g'itlar texnologiyasining umumiy ilmiy asoslarini azotli, fosforli, kaliyli, mikroelementli vа kompleks (murakkab vа aralash) o'g'itlar ishlab chiqarish usullari bilan uyg'unlashgan holda ko'rsatib o'tilgan.
-
Qattiq maishiy chiqindilarni utilizatsiyalash
Ibragimov N.I., Raximova L.S.,Darslikda chiqindilar to'g'risida tushunchalar, ularni zararsizlashtirish va utilizatsiya qilish, sinflash, asosiy morfologik xususiyatlari, qayta ishlash, ikkilamchi xom ashyo sifatida ishlatish, yig'ish, tashish, saqlash, saralash hamda me'yorlash va joylashtirish, shuningdek, chiqindilarni qayta ishlashda va utilizaysiya qilishda chet el tajribalari keltirilgan.
-
Suv xo'jaligi qurilishini tashkil qilish rejalashtirish va ular boshqarish
Ahmedov I.,Ushbu suv xo'jaligi qurilishni tashkil rejalashtirish va boshqarish nomi darslikda fanga oid asosiy nazariy tushunchalar bayon etadi Darslik oliy o'quv yurtlarining irrigatsiya va melioratsiya ishlari xanizatsiyalash bakalaviat yo'nalishi talabalarini o'qitish uchun mo'ljallangan.
-
Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtirish asoslari
Yusupbekov N.R., Muxitdinov D.P,Darslik kimyo texnologik jarayonlarni matematik modellashtirish va optimallashtirishga bag'ishlangan bo'lib modda va issiqlik almashish jarayonlarni ko'rib chiqilgan. Bayon qilingan material talabalarga matematik tavsifni tuzish masalani yechish usulini tanlash matematik model orqali jarayonini o'rganishga va modelni real obyektga monandligi o'rnatishga imkon beradi.
-
Gidrotexnika inshootlarining seysmik mustahkamligi
Mirsaidov M.M,Darslikda zilzilaning fizik tabiati seysmik ta`sirining paydo bo`lishi va baholanishi zilzilaning salbiy oqibatlari haqida umumiy ma`lumotlar keltirilgan.
-
Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi
O.Hamraqulov, Sh.Magdiyev,Darslikda amaliy faoliyatdagi avtomobillar texnik ekspluatatsiyasining holati, ya'ni avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish va joriy ta'mirlash texnologiyasi, avtotransport korxonalarida ishlab chiqarishda qo'llaniladigan texnologik jihozlar, harakatdagi tarkibga moddiy-texnik ta'minotni tashkil qilish va resurslarni tejash usullari, avtomobil transportini turli ekstremal tabiiy-iqlim va yo'l sharoitlaridagi, asosiy ishlab chiqarish bazalaridan ajralgan holdagi hamda maxsuslashtirilgan harakatdagi tarkibning ekspluatatsiyasi, avtomobil transportining atrof-muhitga zararli ta'siri yo'nalishlari va ularni kamaytirish yo'llari yoritilgan.
-
Hayot faoliyati xavsizligi
G'. YO. Yormatov, O.R.Yuldashev, A.I.Hamrayev,Darslikka yashash muhiti va inson faoliyatiga taalluqli hamma masalalar, jumladan, mehnat qilishda aqliy va jismoniy mehnat asoslari, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlaganda mehnat faoliyati muammolari, ob-havo sharoiti va uning mehnat qilishga va hayot faoliyatiga ta'sir darajasi, shuningdek, sanoat sanitariyasi, xavfsizlikni ta'minlashning asosiy va zamonaviy vositalari, elektr xavfsizligi masalalari, mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari, favqulodda hodisalar va fuqaro muhofazasi hamda yong'in xavfsizligi masalalari kiritilgan. Darslikdan hamma texnika yo'nalishidagi oliy o'quv yurtlari bakalavrlari, shuningdek, ishlab chiqarish korxonalarida xavfsizlikni ta'minlash masalalari bilan shug'illanayotgan mutaxassislar ham. foydalanishlari mumkin.
-
Электрон техника материаллари ва қурилмалари технологияси
М.Т.Нормуродов, Б.Е.Умирзаков, И.П.Парманкулов,Дарсликда электрон техника материаллари ва маҳсулотларини ишлаб чиқаришда кечадиган асосий жараёнлар (иссиқлик, масса узатиш ва кимёвий жараёнлар, хом-ашё материалларига қайта ишлов бериш - ажратиш ва тозалаш усуллари, кристаллаш. шишаланиш)нинг хусусиятлари ёритиб берилган. Шунингдек, электрон техникада кенг фойдаланиладиган энг асосий яримўтказгичли ва диэлектрик материаллар (кремний ва арсенид галлий монокристаллари, шиша, керамика, ситаллар ва улар асосидаги маҳсулотлар) ҳамда электрон қурилмалар (структуралар, яримўтказгичли асбоблар ва интеграл микросхемалар) ҳосил қилишнинг технологик жараёнлари, электрон асбобларда фойдаланиладиган юпқа қатламларининг физикаси ва уларни ҳосил қилиш технологияси ҳамда ўрганиш усуллари баён қилинади. Дарслик олий ўқув юртлари бакалавриатурасининг "Электроника ва микроэлектроника” йўналишидаги талабалари, шу йўналишдаги магистрлар ва аспирантлар учун мўлжалланган.
-
GIDRAVLIKA
A.M. ARIFJANOV,Darslikning suyuqlik kinematikasi va gidrodinamika asoslari qismida suyuqlikning harakatdagi qonuniyatlari yoritilgan bo‘lib, asosiy tushunchalar, amaliy mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha metodik yondoshuvlar hamda laboratoriya mashgulotlarini bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar hamda amaliy masalalami yechimiga doir namunalarni o‘z ichiga oladi.
-
Tayyor dori turlari texnologiyalasi
S.M. Mahkamov, K.S. Mahmudjanova,Darslikda GMP standartlari asosida dorilarni ishlab chiqarish jarayonlari, ularni takomillashtirishga oid amaliy masalalar batafsil bayon etilgan. Ushbu darslikning birinchi nashri 1994-yilda chop etilgan edi. Shu davr ichida ko'p o'zgarishlar sodir bo'ldi: fan va texnika rivoj topdi. o'qish jarayonida isloh boshlandi, takomillashdi va rna'ium yutuqlarga erishildi. Darslikda qator bo'limlar kengaytirilib, tajriba natijalari asosi- da boyitilib, "Yumshoq dorilar texnologiyasi" bobi qo'shildi hamada korxonada ishlatiladigan asbob-uskunalatning ishlash jam- yoni haqida ma'lumotlar berildi. Ko'pgina boblarda qo'shimcha ma'lumotga ega bo'lishni istagan o'quvchilar uchun adabiyotlar nomi va ulaming mualliflari keltirildi.
-
Гидравлика том 2
Зуйков А.,Для студентов всех уровней, форм и профилей подготовки учебных заведениях по направлению 270800 «Строиительства также аспирантов, инженерно-технических и научных [шбоч никои в области гидравлики и механики жидкости
-
Гидравлика том 1
Зуйков А.,Для студентов всех уровней, форм и профилей подготовки учебных заведениях по направлению 270800 «Строительства также аспирантов, инженерно-технических и научныхникои в области гидравлики и механики жидкости
-
Чизма геометрия курси
Ш.Муродов, Л.Хакимов, П.Одилов, А.Шомуродов, М.Жумаев,"Чизма геометрия курси" дарслиги олий техника укув юртларининг барча ихтисосликлари учун мулжалланган.
-
Tovarshunoslik
R.Normahmatov, K.Otamurodov, F.Ahmedjonova, T.Maqsudov,Darslik ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi qismida oziq-ovqat mahsulotlari, ikkinchi qismida nooziq -ovqat tovarlari tovarshunosligiga oid mavzular yoritilgan. Jumladan, tovarshunoslikning nazariy asoslari, tovarlar tasnifi, ishlab chiqarish texnologiyasi, assortimentni tuzish prinsiplari, tovarlarning iste’mol xususiyatlariga ta ’sir etuvchi omillar, ularning sifatiga qo'yiladigan talablar, tamg'alash, tashish va saqlash qoidalari bayon etilgan.
-
Farmasevtika ishini tashkil qilish
oshmuxamedov E.R., Zaynutdinov X.S., Komilov A.M., Muhamedova R.A.,Darslikda respublikamizda farmatsevtika xizmati va sog`liqni saqlash ishlarini rivojlantirish asoslari, dorixonalar ishini, dori vositalarning retseptsiz savdosini tashkil qilish, dorixonalarda retseptlarni qabul qilish va ular asosida dori vositalarini berish, dori vositalarini tayyorlash va sifatini nazorat qilish ishlarini tashkillashtirish, dorixonada damlamalar bo`limi ishini tashkil qilish, laboratoriya va qadoqlash ishlarini hisobga olish, farmatsevtik tovarlarning sifatini nazorat qilish tizimi, davolash-profilaktika muassasasining dorixonasi, farmakoiqtisodiyotning ilmiy asoslari, ehtiyoj istiqbolini asosiy negizlari va dori vositalarga bo`lgan talabni aniqlash, farmatsevtika bozorida ulgurji savdo faoliyatini tashkillashtirish masalalari qamrab olingan.
-
Materiallar qarshiligi
A.Nabiyev,«Materiallar qarshiligi» darsligi O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi oliy ta'lim muassasalarining sanoat, transport va qurilish sohalari uchun tasdiqlagan amaldagi o‘quv dasturlariga muvofiq yozildi. Kitobda materiallarning asosiy mexanik xossalarini hamda cho'zilish-siqilish, siljish, buralish, egilish va murakkab qarshilikka duch keluvchi konstruksiya qismlarida paydo bo'luvchi zo'riqish, kuchlanish, ko'chish va deformatsiyalarni aniqlashga oid materiallar keltirilgan. Bundan tashqari siqilgan sterjenlarning ustsvorligi, zarbali va davriy o'zgaruvchan yuklarda mustahkamlik, yupqa devorli idishlar va qalin devorli quvurlar hisobi, bruslarning elastiklik chegarasidan keyin deformatsiyalanishini o'rganishga oid materiallar ham bayon etilgan.
-
Issiqlik texnikasi
R.A. ZOHIDOV M.M. ALIMOVA SH.S. MAVJUDOVA,Darslikda jismning holati, holat о ‘zgarish parametrlari, issiqlik sig'imi, termodinamik jarayonlar, issiqlik uzatish turlari, issiqlik almaslwv apparatlari, issiqlik dvigatellari, gaz va bug‘ turbina qurilmalarining sikllari bayon etilgan. Yoqilg'i va lining turlari, ichki yonuv dvigarellarining sikllari, sovitish va moylash tizimlari ко 'rib chiqilgan.
-
Кимёвий толалар ишлаб чиқариш технологияси
А.Л.Ҳамроев,Дарсликда тола ҳосил қилувчи полимерларнинг олиниши, уларни эритиш ёки суюлтириш жараёнлари, сунъий ва синтетик тоаларни олиш техналогияси, уларни ҳосил қилишда содир бўладиган кимёвий ва физик-кимёвий жараёнлар, қўлланиладиган асбоб ускуналар тўғрисида гап юритилади.
-
Charm-mo'yna kimyosi va texnologiyasi
S.S. Maqsudov,Ushbu qo'llanma barcha oliy o'quv yurti talabalariga mo'ljallangan.Bu darslikda oqsil va fermentlar, ish eritmalarini tozalash va qayta ishlatish, qollaniladiganasbob-uskunalar togrisida malumotlar ham keltirilgan.