-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
-
Русча - Ўзбекча политехника атамалари луғати
Абдуллаев М., Алимбаев А., Ахмаджонов М, Бадалов,Umumtexnikaviy fanlar, -
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
-
Binolarning texnik ekspluatatsiyaga xos xususiyatlar II
S.T.Qosimova , Sh. Shojalilov,Umumtexnikaviy fanlar, -
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
Шахсий уй-жой қурувчилар, усталар ва ҳаваскор боғбонлар учун 1001 маслаҳат
Бозорбоев Назарбой,Umumtexnikaviy fanlar, -
-
-
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
-
-
Issiqlik yuritkichlar va bosim bilan haydash mashinalari
D.N.Mamedova, A.Q. Tashatov, I.N. Qodirov,Umumtexnikaviy fanlar, -
Umumtexnikaviy fanlar,
-
-
Qishloq xo'jalik texnikalaridan foydalanish va texnik servis
B.N.Tursunov,Hozirda fermerlik rivojlanmoqda qishloq xo'jalik klasterlari tashkil bo'lmoqda.
-
Гидротехника қурилишининг махсус масалалари
Хусанходжаев Ў,Ўқув кўлланма «Гидротехника қурилишининг махсус масалалари» фани фани дастури асосида ёзилган бўлиб, унда тош—тупроқ ва тўқма тош тўғонлар, сув ташлаш иншоатлари арксимон ва контрфорс тўғонлар хам сув олиш иншоатлари хақида маълумотлар берилган, уларнинг таснифи лойихалашнинг умумий масалалари ёритилган. Қўлланма гидротехника иншоатлари қурилиши магистратура йўналиши талабалари учуй мўлжалланган бўлиб, ундан шу сохадаги қурилиш ва лойихалаш ташкилотларнинг мухандис-техник мутахассислари хам фойдаланишлари мумкин.
-
Русча - Ўзбекча политехника атамалари луғати
Абдуллаев М., Алимбаев А., Ахмаджонов М, Бадалов,Китобда техниканинг деярли барча соҳаларига оид ва махсус мутахассисликларга тегишли русча сўз ва атамаларнинг таржимаси берилган. Луғатда ҳозирги замон техникасининг турли соҳаларига оид ва шу соҳаларда, матбуотда ва сўзлашув нутқида кўп қўлланиладиган русча ва чет тилларидан кўчиб ўтган ва сўнгги йилларда Ўзбек тилида ўзлашиб кетган ҳамда баъзи бир ўзбекча эквиваленти топилмаган атамаларнинг асл матни сақлаб қолинган.
-
Gidravlika 1-qism
A.M. Arifjanova , Sh. Boyqobilov,Darslik to‘rtla kitobdan iborat bo‘lib, e'tiboringizga darslikning birinchi kitobi liavola etilmoqda. Darslikning gidrostatika qismida suyuqlikning muvozanatdagi qonuniyatlari yoritilgan bo-lib, asosiy tuchunchalar, amaliy mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha metodik yondashuvlar hamda laboratoriya mashg‘uiotlarini bajarish bo'yicha ko‘rsatmalar hamda amaliy masalalami yechimiga doir namunalami o‘z ichiga oladi. Darslikda har bir mavzular doirasida masalalar yechimi keltirilgan bo‘lib, masalalar zamonaviy texnologiyalardan foydalanib yechish uslublari bilan boyitilgan va fanning scfnggi yutuqlarini o‘z ichiga olgan.
-
Virtual robototexnika asoslari
G. Y. Bo‘ronova , Sh.Sh. Olimov , H.O.Jo‘rayev,Mazkur o‘quv qo‘llanmada bugungi kundagi zamonaviy ta’lim yo‘nalishi “Robototexnika asoslari” fanini moddiy texnik bazasi mavjud bo`lmagam ta’lim muassasalarida virtual konstruktor dasturlari va simulyatsiya vositalari orqali o`qitish masalalari bayon etilgan. O‘quv qo‘llanmada Lego Digital Designer, 3D TinkerCAD, Bricklink Studio 2.0 virtual konstruktorlik dasturlari imkoniyatlari hamda yaratilgan virtual robot modellarini Virtual Robotics Toolkit, TinkerCAD-Arduinosimulyatsion muhitida sinovdan o‘tkazish muammolari hal etilgan. O‘quv qo‘llanmadan Oliy ta’lim muassasalarining 5112100 – Texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalariga “Robototexnika asoslari” fanini o`qitishda hamda barcha umumta’lim maktabi o‘quvchilari va “Robototexnika”ga qiziquvchi o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, ushbu o‘quv qo‘llanmadan informatika va axborot texnologiyalari hamda texnologiya fani o‘qituvchilari, “Barkamol avlod” markazlarining “Robototexnika” to‘garagi rahbarlari ham foydalanishlari mumkin.
-
Nasoslar va havo uzatish stansiyalari 1-qism
Rashidov YU.K,O`quv qo`llanma ikki qismdan iborat bo`lib,birnchi qismida nasoslar to`g`risida umumiy ma`lumotlar,ularning tuzilishi, ishlash tamoyillari,texnik tavsiloti, hisoblash,loyihalash asoslari va foydalanish qoidalari bayon etilgan.
-
Binolarning texnik ekspluatatsiyaga xos xususiyatlar II
S.T.Qosimova , Sh. Shojalilov,Mazkur qo'llanmaning birinchi qismida binolardan texnik foydalanish, ularga texnik xizmat ko'rsatish va jorty ta 'mir o'tkazishni takomillashtirish masalalari yoritilgan edi. Qo lanmaning tadrijiy davomi sifatida berilayotgan materiallar oʻzida binolarning kons- truktiv qismlari va elementlaridan foydalanish, ulardagi nuqsonlar va ularni bartaraf etish, binolardan alohida sharoitlarda foydalanish, muhandislik qurilmalaridan foydalanish va binolarga texnik xiz- mat ko'rsatish hamda ularni ta'mirlashda xavfsizlik chora-tadbir- lari kabi masalalarni qamrab olgan
-
Trikotaj ishlab chiqarish mashinalari
Muqimov M. M.,Darslik kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda trikotaj ishlab chiqarish mashinalari haqida ma'lumot berilgan. Xomashyoni to'qishga tayyoriash jarayoni va unda keng qo'llaniladigan qayta o'rash mashinalari.
-
Пахтани дастлабки ишлаш жараёнларини автоматлаштириш асослари
Х.Мансуров,Дарслик « Автоматика ва ишлаб чиқариш жараёнларини автоматлаштириш» курси дастурига мувофиқ « Пахтани дастлаьки ишлаш технологияси ва ускуналари» ихтисослиги бўйича таълим оладиган олий ўқув юрти талабалари учун ёзилган бўлиб, бўлғуси муҳандис-технолог ва механикларнинг автоматлаштириш фанининг назарий ва амалий асосларини пухта ўзлаштириши ҳамда автоматика элементлари ва системаларининг пахтани дастлабки ишлаш технологик жараёнларини автоматлаштириш учун қўллаши йўлидаги фаолиятини ошириш учун хизмат қилади.
-
Шахсий уй-жой қурувчилар, усталар ва ҳаваскор боғбонлар учун 1001 маслаҳат
Бозорбоев Назарбой,Китобда шахсий уй қурувчиларга ва ҳаваскор усталарга қандай қилиб участка ва уйнинг лойиҳасини, конструкциялари, деталлари ва керакли қурилиш материалларини танлаш, ўз кучи билан пойдевордан томгача бўлган бутун қурилиш ишлари комплексини бажариш ҳамда квартираларни ремонт қилиш баён қилинган.
-
Конструкцион материаллар технологияси
В.А.Мирбобоев,Дарслик Олий техника ўқув юртларининг машинасозлик ва бошқа ихтисосликларини эгалловчи талабалар учун мулжалланган. Унда қора ва рангли металлар ишлаб чиқариш, металлшунослик ва термик ишлаш, металларнинг коррозияга берилиши, унинг олдини олиш тадбирлари, кукун металлардан заготовка ва деталлар тайёрлаш, металларни босим билан ишлаш, пайвандлаш. кавшарлаш, кесиб ишлаш ҳамда жараёнларни автоматлаштириш, металлмас материаллардан деталлар тайёрлаш усуллари ва бошқалар ҳақида маълумотлар берилган.
-
Tasmali uzatmalarni hisoblash va loyihalash
Ruziyev I.S,Ushbu o‘quv qo‘llanma fanning namunaviy va ishchi dasturiga muvofiq yozilgan bo‘lib, u Mexanika (Mashina detallari) fanini o‘rganuvchi texnika ta’lim yo‘nalishlarida o‘qiyotgan talabalar uchun mo‘ljalangan. Qo‘llanmada o‘quv dasturiga mos ravishda qishloq xojaligi, mashinasozlik korxonalari uskunalarida qo‘llaniladigan yoki ish bajaruvchi mexanizm sifatida foydalaniladigan ochiq uzatmalar, ya’ni tasmali uzatma haqida nazariy ma’lumotlar standart qiymatlar, zaruriy jadvallar, hisoblash asoslari, tanlash usullari va loyihalashga doir misollar keltirilgan.
-
-
Issiqlik texnikasi asoslari
T.S.Xudoyberdiyev, B.P.Shaymardanov, R.A.Abduraxmonov,Mazkur o`quv qo`llanmada «Issiqlik texnikasi» fanining «Texnikaviy termodinamika», «Issiqlik massa almashinuvi» bo`limlari bo`yicha nazariy va amaliy asoslari keltirilgan. Qishloq va suv xo`jaligi ishlab chiqarishida issiqlik texnikasi fanining xususiyatlarini hisobga olib, termodinamika va issiqlik massa almashinuvi nazariyalari asoslari yoritilgan. Qo`llanma qishloq va suv xo`jaligi oliy o`quv yurtlarining talabalari uchun moijallangan bo`lib, undan shu sohada faoliyat yuritayotganlar ham foydalanishlari mumkin.
-
Texnik chizmachilik
Madumarov K. X., Norqulov A. A.,Qo`llanmada yig`ish chizmalarini o`qish va detallashtirishga oid topshiriqlarni bajarish hamda nazorat savollariga javob tayyorlash jarayonida konstruktorlik hujjatlari va ularni to`ldirish, cyizma chiziq nazariy asoslari, aksonametrik proeksiyalar, buyumning tasviri, rezbali detallarva ularning birikmalari, detallar eskizini va ish chizmasini tuzish kabi ma'lumotlar yoritilgan.
-
Mashinalarning elektr jihozlari
M.Melibayev,O‘quv qo‘llanmada zamonaviy qishloq xo'jaligi mashinalarining elektr jihozlarini tuzilishi, ishlash jarayonlari va ularga texnik xizmat ko‘rsatish ta’mirlash asoslari hamda shu fandan laboratoriya — amaliy mashg‘ulotlarni olib borishning innovatsion pedagogik texnologiyalari yoritilgan. O‘quv qo‘llanma kasb ta’limi (texnologik mashinalar va jihozlar) ta’lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.
-
Issiqlik yuritkichlar va bosim bilan haydash mashinalari
D.N.Mamedova, A.Q. Tashatov, I.N. Qodirov,Ushbu o‘quv qollamna «Issiqlik yuritkichlar va bosim bilan haydash inashinalari» fanidan tajriba mashg'ulotlami o‘tish uchun yozilgan bo‘lib, shu fanning o‘quv dasturiga mos keladi. 5310100 «Energetika (Issiqlik cnergetikasi)» yo‘nalishi bo‘yicha ta’Iim olayotgan lalabalarga «Issiqlik yuritkichlar va bosim bilan haydash inashinalari» mutaxassislik fanidan tajriba mashg'ulotlarini to‘liq o'zlashtirishlari uchun mo'ljallangan.
-
Qog`oz tehnologiyasi asoslari
G.R.Rahmonberdiev, M.T.Primqulov, YU.T.Toshpo`latov,Ushbu darslikda qog`oz olish texnologiyasining asoslari yoritilgan: xomashyo, qog`oz massasini tayyorlash, qog`z polotnosini shakillash, uni quritish, ishlov berish, olingan mahsulotlarning sifat ko`rsatgichlari hamda qog`oz olishda qo`llaniladigan suvning turlarini tayyorlash, suv sarfini kamaytirish usullari, oqava suvlarni tozalash yo`llari keltirilgan.
-
Gidravlika
O.M. Arifjanov , Q.T. Raximov , A.K. Xodjiyev,Ushbu o’quv qo’llanmada quvurlarda, kanallarda va gidrotexnik inshootlardagi gidravlik jarayonlar bayon etilgan va ularning gidravlik hisobi informatsion texnologiyalardan (EHMdan) foydalangan holda bajarish uslublari keltirilgan. Har bir bo‘limi yangi masalalar va ularning yechimi bilan boyitilgan. O’quv qo’llanma O‘zbеkiston Rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Gidravlika» fani o‘quv dasturi asosida yozilgan bo‘lib, o’quv qo’llanma Gidravlika kursi rеjalashtirilgan barcha bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisligi talabalari foydalanishlari uchun mo’ljallangan. O’quv qo’llanmada sohada erishilgan yangi fan yutuqlari ham o’z aksini topgan. O’quv qo’llanmadan soha mutaxassislari ham keng foydalanishlari mumkin.