-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Mutaxassislikka kirish (Tilshunoslikka kirish)
I.Yuldashev, S.Muxammedova, Z.Xolmanova, R.Majidova,Tilshunoslik, -
-
Lingvokulturologiya
Shoira Usmanova,Ushbu darslik Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti 5A120102 "Lingvistika (o'zbek tili)" mutaxassisligi magistrant talabalari uchun "Lingvokulturologiya fani o'quv dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan. Unda til va madaniyat, lingvokulturologiyaning asosiy maqsad va vazifalari, yo'nalishlari, metodlari, lingvomadaniy birliklar tahlili, turli lingvomadaniyatlardagi ramzlar va storeotiplarning qiynsi, madaniyatning tildagi o'rni kabi masalalar yoritilgan. Darslik so'nggida lingvokulturologik terminlar lug'ati (glossariy), testlar va foydalanilgan. adabiyotlar ro'yxati ilova qilingan. Shuningdek, mazkur darslikdan filologiya fakultetlarining talabalari, magistranlari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari va o'qituvchilari foydalanishlari mumkin.
-
O'zbek tili
Yuldasheva Sh,Mazkur adabiyot oliy ta’lim muassasalari filologiya fakultetlari “O‘zbek tilining amaliy grammatikasi” fanidan olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlar jarayonida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Unda asosan, hozirgi o‘zbek adabiy tili tizimining o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatish, ayrim lingvistik hodisalarning vazifaviy xususiyatlarini yoritish, o‘zbek tili fonetikasining o‘ziga xos xususiyatlarini, hamda tarixiy rivojlanish bosqichlarini o‘rganish, o‘zbek adabiy tili grammatik qiyofasining umumiy tasvirini berish asosiy vazifa qilib olindi. Darslik filologiya fakultetlari bakalavriatura yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan
-
Hozirgi o'zbek adabiy tili
H.Jamolxonov,Hozirgi o'zbek adabiy tili darsligi universitet va pedagogika institutlarining o'zbek tili va dabiyoti fakultetlari talabalari uchun yaratilgan.
-
Dariy tili
X.Alimova, Yu.Xo'jaqulov, G.Kurbanova,Darslik hozirgi adabiy dariy tili va uning grammatik normalari asosida tuzilgan. Grammatik mavzular, ularga mo'ljailangan mashqlar dariy tili normativ grammatikasini o'zlashtirish, yozma matnni o‘qib uning mazmunidan foydalanish, og‘zaki va yozma tarjima qilish, o‘z fikrini yozma shaklda ifodalash hamda til egalari bilan erkin so‘zlashish ko‘riikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
-
Ўзбек диалектологияси
Тўйчибоев Б., Ҳасанов Б.,Ушбу китобда ўзбек тилининг кўп шевалилиги унинг бойлиги сифатида қайд этилиб, ўзбек лаҳжаларининг таснифи тарихига қисқача изоҳ, лингвистик географиясига эътибор қаратилади. Диалектологиянинг халқ ва тил тарихи билан узвий алоқада эканлиги таъкидланиб, масалалар ўша мезондан келиб чиққан ҳолда ёритилган.
-
Yuristning nutq madaniyati
Sobir Usmonoy,Ushbu darslik «Yuristning nutq madaniyati» fani dasturiga muvofiq yozilgan bo‘lib, uning maqsadi - bo‘lg‘usi yuristlaming ijtimoiy-huquqiy faoliyatda shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini, turli yuridik vaziyatlarda professional nutqdan foydalanish malakalarini shakllantirish hamda takomillashtirishdan iborat.
-
O'zbek tilining izohli lug'ati II-jild
E.Begmatov, A.Hojiyev, A.Madvaliyev,Bu ko'p jildli O'zbek tilining izohli lug'ati lotin tiliga asoslangan o'zbek alifbosida tayyorlangan dastlabki nashri hisoblanadi. Lug'at hozirgi o'zbek adabiy tilida keng iste'molda bo'lgan 80 mingdan ortiq so' va so'z birikmalarini, fan, texnika, san'at va madaniyat sohalariga oid terminlarni bir nacha shevada qo'llanadigan so'zlarni, ba'zi tarixiy va eskirgan atamalarni o'z ichiga oladi.
-
Tilshunoslik asoslari
Yo‘ldoshev Ibrohim,Tilshunoslik asoslari" fanidan yozilgan ushbu o'quv qo'Ilanmada tilshunoslikning tarixi va nazariyasiga oid materiallar berilgan. Unda "Tilning paydo bo'lishi" , "Til va tafakkur", "Til va jamiyat", "Yozuv va uning paydo bo'lishi", "Leksikologiya", "Grammatik kategoriyalar", "Sotsiolingvistika", 'Tillaming ti pologik tasnifi" kabi mavzular atroflicha yoritib berilgan.
-
Hozirgi o'zbek adabiy tili
A.Nurmonov, N.Mahmudov, A.Sobirov, Sh.Yusupova,“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligi o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan abiturient va talabalarga mo‘ljallangan. darslik “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” kursining “Fonetika”, “Leksikologiya”, “Morfologiya”, “Sintaksis”, “Punktuatsiya”, “Uslubiyat” kabi bo‘limlarni o‘z ichiga olgan. Har bir bo‘limga oid mavzular atrofl icha yoritilgan.
-
Hozirgi o'zbek adabiy tili
Abdurahmonov G'., Xo'jayeva D.,Darslar ona tilidan 9- sinfgacha o‘tilgan materiallarga asoslaniladi, ular mustahkamlanadi va shu ma’lumotlarasosida yangi qoidalar beriladi. Talabalarning og‘zaki va yozma nutqlarini o‘stirish yozma matnlarni tahlil qila bilish va tuza olishga bogliq. Darslikdagi matn, lug‘atlardan foydalanish, alifbo va eng muhim imlo qoidalari, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llash, uslubiyat, sinonimiya ma’lumotlari ana shu maqsadlarni amalga oshirishga mo'ljallangan.
-
Tilshunoslik nazaryasi
Zulxumor Xolmanova,Ushbu darslik oliy o'quv yurti filologiya yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, "Tilshunoslik nazariyasi" fanining asosiy masalalarini yoritishga qaratilgan,
-
Mutaxassislikka kirish (Tilshunoslikka kirish)
I.Yuldashev, S.Muxammedova, Z.Xolmanova, R.Majidova,'' Mutaxassislikka kirish'' fanidan yozilgan ushbu darslikda til nazariyasiga oid materiallar berilgan. Undas mutaxasisilikka kirish fani, uning mundarijasi,maqsadi,vazifasi va ahamiyati asosida fikrlar yoritib berilgan.
-
O'zbek tiliga o'zlashgan forscha so'zlar
Abbosali Vafoiy, Sherali Avezmetov,Filologlar uchun mo'ljallangan.