-
Tilshunoslik,
-
-
-
-
Tilshunoslik,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Tilshunoslik,
-
-
Theoretical Grammar of the English language
Annaxasanova Irina Baxtiyorovna,Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma ingliz tilida nazariy grammatikaning asosiy tushuncha va tamoyillarini yoritishga bag'ishlangan boʻlib, tilning grammatik tizimi, uning tuzilishi va qonuniyatlarini chuqur o'rganishni maqsad qiladi va mavzuni mustahkamlash uchun esa turli-tuman mashqlar keltirigan.
-
Improving writing skill
Annaxasanova I.B.,Mazkur uslubiy qo'llanmada yozishni o'rgatish metodikasi, yozma nutqni rivojlantirish usullari hamda o'quvchilarning savodxonligini oshirishga qaratilgan samarali pedagogik yondashuvlar yoritilgan. Qo'llanmada yozuv ko'nikmalarini shakllantirish bosqichlari, amaliy mashqlar, interfaol metodlar va ijodiy topshiriqlar bo'yicha tavsiyalar berilgan.
-
O'qish va yozish amaliyoti
Otajanova Lola Ozodovna,Ushbu uslubiy qo'llanma "O'qish va yozish amaliyoti” fani va uning amaldagi ishchi dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi filologiya yo'nalishi (bakalavr) talabalari uchun mo'ljallangan. Qo'llanmaning asosiy maqsadi talabalarga o'rganyotgan tilida (ingliz tili) aniq va to'g'ri yozish hamda matnlami tushunish ko'nikmalarini shakllantirishdan iborat. Ushbu qoʻllanmada talabalar kundalik mavzularda o'qish va yozish faoliyatlarini samarali amalga oshirish uchun zarur bo'lgan leksika, grammatik tuzilmalar va yozma ifoda vositalarini o'rganadilar.
-
English Grammar: workbook with rules
Ruzmetova O.A.,ENGLISH GRAMMAR: WORKBOOK WITH RULES is a methodological guide designed to help learners improve their understanding of English grammar through clear explanations and practical exercises. The workbook includes essential grammar rules, examples, and activities that support the development of language skills. It is intended for students, teachers, and independent learners who want to strengthen their grammatical competence in an effective and systematic way.
-
Xalq og‘zaki ijodi asarlari matnining janriy-lisoniy va lingvostatistik tadqiqi
D.Urinbayeva,Monografiyada matnning lingvostatistik xususiyatlari, jumladan fonetik, leksik va morfologik birliklarning folklor matnlarida qo‘llanishi, folklor asarlari tilini kompyuter yordamida statistik qayta ishlash natijasida chastotali lug‘atning turli zonalarida ehtimoliy va kam qo‘llangan so‘z shakllari asosida matnni to‘ldirish yo‘llari, so‘z shakllarining o‘rtacha qaytalanishi va sintetizm koeffisentlari asosida matnda ijodkorning so‘z qo‘llash mahorati, matnni lingvistik individualligi haqida fikrlar o‘z aksini topgan. Tanlanma matnlardagi so‘z turkumlari va ularning grammatik ko‘rsatkichlari kvantitativ tahlili etilib, o‘ziga xos tipologik tabiati, janriy xususiyatlari yoritilgan va doston, maqol, topishmoq, ertak va qo‘shiqlar matnlardagi so‘zshakllarning lingvopoetik imkoniyatlari aniqlanib, badiiy-estetik qimmati isbotlangan. Monografiya oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan professoro‘qituvchilar, tadqiqotchilar, kompyuter tilshunosligi bo‘yicha qiziquvchilar, talabalarga mo‘ljallangan.
-
Pragmalingvistik terminlarning izohli lug'ati
Mashhura Yuldosheva,lanmasi Pragmalingvistika sohasidagi asosiy tushuncha va terminlarning mazmun-mohiyatini yoritishga bag‘ishlangan. Unda pragmatikaning nazariy asoslari, kommunikativ birliklarning ijtimoiy-pragmatik tahlili, nutq jarayonida ularning ijtimoiy, madaniy va psixologik omillar bilan bog‘liqligi haqida ma’lumot berilgan. Lug‘atda keltirilgan termin hamda izohlar tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlarini o‘rganishda, muloqotning sotsiopragmatik jihatlarini tahlil qilishda amaliy yordam beradi hamda lug‘at oxirida mashhur pragmalingvist olimlarning qisqacha biografiyalari ham keltirilgan bo‘lib, bu bo‘lim sohaning rivojlanish bosqichlari hamda yetakchi vakillari haqida tasavvur beradi.
-
Тил ва ёзув
Маҳмудов Н. М.,Брашурада ёзувнинг аҳамиятн, кишилик жамиятидаги ўрни, пайдо бўлиш тарихи, ҳозирда мавжуд ёзув системалари ҳамда ёзув ва тил ўртасидаги муносабат масалалари оммабоп тарзда баён қилипган.
-
Turkiy til tarixi
Q. Sodiqov,Sharq mumtoz filologiyasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlik bosqichida o‘qiyotgan talabalar uchun qo‘llanma Ushbu qo‘llanmada turkiy yozma yodgorliklar asosida o‘zbek adabiy tilining yuzaga kelishi va uning tarixiy taraqqiyoti, yozma yodgorliklarning fonetik, morfologik o‘zgachaliklari, atamashunoslik tarixi, matn uslubi masalalari yoritib berilgan. Qo‘llanma Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutining Sharq mumtoz filologiyasi bo‘limida o‘qiyotgan talabalar uchun yozildi. Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutining O‘quv-uslubiy kengashi nashrga tavsiya etgan (2009 yilning 13 noyabrida bo‘lib o‘tgan 1- majlis bayonnomasi).
-
DEUTSCHE HILFSVERBEN IN ÜBUNGEN
A.Jumaniyazov,Ushbu o‘quv qo‘llanma nemis tilini o‘rganishda muayyan iyinchiliklar tug‘diradigan yordamchi fe’llar mavzusiga bag‘ishlangan. An’anaviy hamda ilg‘or chet el uslublariga asoslangan leksik va grammatik mashqlar o‘quvchilarning ko‘zlangan mavzu bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini uzvan oshiradi.
-
Ўзбек адабий тилининг тараққиёти ва ёзуви масаласи
К. Юсупов,Ўзбек адабий тилининг тараққиёти ва ёзуви масаласи ҳақида сўз юритилади. Китоб кенг китобхонлар оммосига мўлжалланган
-
Тил назарияси ва лингвометодология
Шаҳриёр Сафаров,Дархақиқат, илмий тафаккур бир жойда тўхтаб қола олмайди, унинг ривожисиз ижтимоий хаётда, иқтисодий, маданий жабхаларда ижобий ўзгаришлар юзага келишини тасаввур қилиш қийин.
-
Когнитив тилшунослик
Сафаров Ш.,Ушбу рисолада изчил тараққиётдаги замонавий илмий-тадқиқот парадигмаси – лисоний фаолиятнинг когнитив таҳлилига оид масалалар ёритилган. Когнитив тилшунослик – янгидан шакл топаётган соҳа, шу сабабли асосий эътибор ушбу йўналишнинг мақсади, таҳлил услублари, методологик тамойилларини ёритишга қаратилган. Рисола замонавий тилшуносликнинг тадқиқот методлари билан қизиқувчи илмий ходимлар, магистрантлар, аспирантларга фойдаланиш учун тавсия қилинади.
-
Ўзбек тилининг исломий лексикаси луғати
Б. Й. Қўшоқова,Ушбу луғат исломий-диний религеонимлар сифатида Аллоҳнинг гўзал исмлари ва Аллоҳни улуғловчи сўзлар ва бирикмалар, муқаддас диний матн ва диний-маънавий китоблар номлари, эзгулик ва ёвуз кучлар номлари, диний мартаба ва унвонларни ифодаловчи лексика, пайғамбарлар исмлари, Ислом халифалари, саҳобалар, тобеъинлар, таба тобеъинлар исмлари, авлиё, анбиё, олимлар, Ислом динига эътиқод қилувчилар номлари, диний маросим ва байрамлар, диний макон ва замонни билдирувчи исломий диний лексикани жамлайди.
-
Гендерная лингвистика Gender tilshunosligi
Н.А. Турсунова,Учебное пособие посвящено гендерной лингвистике- одному из активно развивающихся направлений современного языкознания, изучающему отражение категории гендера в языке, речи и коммуникации. В пособии рассматриваются теоретические основы гендерных исследований, историческое становление гендерной лингвистики, а также гендерные стереотипы в русской и узбекской лингвокультурах.
-
-
Tarjimada til,ta'lim va madaniyat mushtarakligi.(Respublika ilmiy-amaliy anjuman)
Ushbu to'plam tarjimashunoslikning til,ta'lim va madaniyat bilan bog\liq dolzarb masalalarga bag'ishlangan bo'lib,unda jahon tarjimashunosligi va tarjima metodologiyasining ayrim muammolari ham o'z yechimini topgan.To'plam o'zbek,rus va ingiliz tillariga qiziquvchilar,talabalar,magistrantlar va ilmiy izlanuvchilarga mo'ljallangan.
-
Amelia Bedelia. Under Construction. 2
Herman Parish,Amelia Bedelia is a classic children’s book that introduces readers to the lovable and literal-minded housekeeper, Amelia Bedelia. Famous for taking every instruction exactly as it is said, she creates funny misunderstandings—like “dressing a chicken” by putting clothes on it or “dusting the furniture” by spreading dust instead of cleaning it. With its simple language, playful humor, and charming illustrations, the story delights young readers while also helping them explore the quirks of English expressions. This timeless book is perfect for early readers and remains a favorite for its mix of laughter and learning.
-
Matn tilshunosligi
T. H. Asadov,Mazkur o'quv qo'llanma Oliy o'quv yurtlarining Lingvistika (o'zbek tili) ta'lim yo'nalishi magistrlari uchun mo'ljallangan bo'lib, turli hajm va mazmundagi matn ko'rinishlarini tasnif va tavsif qilish, matn tahlili usullari, matnga qo'yiladigan talablar hamda matn lingvistikasining nazariy asoslarini o'rgatadi. Qo'llanmada nazariy ma'lumotlar bilan bir qatorda magistrlarning bilim darajasini oshirishga xizmat qiluvchi savol va topshiriqlar, testlar berilgan.
-
Oʻzbek tilining amaliy uslubiyati fanidan topshiriqlar
Turdiyeva G.S.,Mazkur oʻquv qoʻllanma xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili), maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda xorijiy til (ingliz tili), filologiya va tillarni oʻqitish (ingliz, nemis, fransuz, ispan tili), tarjima nazariyasi boʻlimi talabalari fan boʻyicha amaliy mashgʻulotlar jarayonida foydalanishlari uchun moʻljallangan.
-
English lexicology in practice
Ruzmetova O.A.,English Lexicology in Practice (Exercises, Tasks, and Tests) nomli mazkur o'quv qo'llanma talabalarning ingliz tili lug'at boyligi va so'z tuzilishini tushunishini rivojlantirishga qaratilgan amaliy qo'llanma hisoblanadi. Unda nazariy bilimlarni amalda qo'llashga yordam beradigan turli mashqlar, topshiriqlar va test savollari berilgan. Ushbu materiallar talabalarning tahliliy ko'nikmalarini rivojlantirish, lug'at boyligini kengaytirish hamda ingliz tilidagi turli leksik birliklarni aniqlash va ulardan to'g'ri foydalanish qobiliyatini mustahkamlashga xizmat qiladi. Kitob universitet talabalari, til o'rganuvchilar vα o'qituvchilar uchun ingliz tili leksikologiyasini o'rganish va amaliy mashq qilishda qo'shimcha manba sifatida mo'ljallangan.