-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi
Hamidulla Dadaboyev, Zulxumor Xolmanova,Tilshunoslik, -
-
Tilshunoslik,
-
Tilshunoslik,
-
-
-
-
-
Ўзбек тили тарихий фонетикаси
Ҳ. Неъматов,ХХ асрнинг бошларигача тилнинг товуш системаси, ургу ва интонацион хусусиятлари, асосан, фонетика бобида ўрганилар ади. Сиотем (отруктур) тилшуносликнинг шаклланиши натижасида фонетика билан фонология фани фарқлана бошлади. Фонетикада ҳам, фонодагияда ҳам моддий (материал) томони ирода плани ўрганилади. Лекин улар тилнинг фонетик бирликлари товушлар, ургу ва оҳантни қайси жиҳатдан ўрганиши билан бир-биридан фарқ қилади. Фонетикада товушларнинг акустик артикуляцион, яъни ҳосил бўлиш ва талаффуз каби табиий (физиологик хусусиятлари, урғу ва оҳангнинг моддий (физик) белгилари (миқдори, кучи), товушларнинг ўзаро таьсир асосида ўзгаришлари ўрганилов, фонологияда товуш, ургу ва оҳангнинг ижтимоий вазифаси маъно фарқлаш хусусияти урганилади. Шунинг учун фонетик ҳодисаларни миқдорий куроаткичлар билан асбоб-ускуналар воситасида (акопериментал равиш да) ўрганиш ва кўрсатиш мумкин; фонологик ҳодиса ва хусусият- лар эса тил системной ичидаги элементларни ўзаро қиёслаш асоcида очилади. Тилда фонологик қимматга эга бўлган ҳар бир ҳоди са албатта маълум бир ижтимоий қимматта маъно фарқлаш хусусиятига эга булиши лозим. Масалан, ўзбек тилида кир (кир) ва қир (қыр) сўзларида маъно к ва қ товушлари воситасида фарқланади. Демак, ўзбек тилидаги к ва қ орасида фонологик фарқ мавжуд. Товушларнинг маъно фарқлашга хизмат қилувчи белгилар асоcонда қарама-қарши қўйилиши фонологик зиддият (оппозиция) дейилади. Бир-биридан фақат бир белгиси билан фарқланувчи фонемалар орасидаги зиддият бевосита фонологик зиддият дейилади.
-
Сўз хусусида сўз
Алибек Рустамов,Таниқли тилшунос олим Алибек Рустамовнинг «Сўз хусусида сўз» китоби ўзбек тилининг ўзига хос хусусиятлари, муомала одоби, сўздан-сўзнинг фарқи борлиги ҳақида баҳс юритади. Мамлакатимизда тилшунослик сиёсатининг тўғри йўлга қўйилганлиги, Ленин партиясининг миллий маданият, миллий тилларга қилаётган беқиёс ғамхўрлигини таъкидлайди. Мазкур китоб кенг китобхонлар оммасига мўлжаллангaн.
-
Lingvistik tadqiqot metodologiyasi va metodlari
Nurmonov A.,Qo`llanmada fan mеtodologiyasi, mеtafizik, dialеktik, gеrmеnеvtik, fеnomеnologik, sinеrgеtik singari umumfalsafiy, shuningdеk, tavsifiy, qiyosiy, glottoxronologik, kvantitativ, struktur kabi xususiy ilmiy mеtodlar haqida bahs yuritiladi. Risola filologiya sohasidagi yosh ilmiy tadqiqotchilarga, lingvistika yo`nalishidagi magistrantlarga, filologiya yo`nalishidagi malaka oshirish kurslari tinglovchilariga mo`ljallangan.
-
O‘ZBEK TILI TARIXI
NASIMXON RAHMONOV, QOSIMJON SODIQOY,Mazkur darslik qadimgi turkiy tilning shakllanishi va taraqqiyoti bosqichqichlarini, tilning etnik jarayon bilan bog`liq jihatlarini va qadimgi turkiylarning yozuv xususiyatlarini, qadimgi turkiy tilning fonetik qurilishini, leksik qatlamini, morfologik tuzilishini, sintaktik-stilistik xususiyatlarini o`z ichiga oladi.
-
Умумий тилшунослик
А.НУРМОНОВ, Ш.ИСКАНДАРОВА,Мазкур ўқув қўлланмасида тилшунослик назарияси бўйича қўлга киритилган энг сўнгги ютуқларга таянилди. Китоб филология факультети талабаларига мўлжалланган бўлиб, ундан магистрантлар, аспирантлар, илмий изланиш олиб бораётган ёш тадқиқотчилар фойдаланишлари мумкин.
-
Тилшунослик ва табиий фанлар
Нурмонов А., Йўлдошев Б.,Мазкур ўқув қўлланмада фанла системаси, тилшунослик ва фалсафа, одам генетикаси тўғрисида маълумотлар беринлган. Ўқув қўлланма кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
Матннинг антропоцентрик тадқиқи
Худойберганова Дурдона,Мазкур монографияда ўзбек тилидаги матнларни антропоцентрик парадигма асосида тадқиқ этиш муаммолари ёритилган. Ўзбек тилидаги матнларнинг энг муҳим когнитив-семантик, лингвокультурологик ҳамда психолингвистик хусусиятлари мати яратилиши ва мазмуний идроки ми-солида таҳлил этилган. Монографиядан тилшунослар, матн лингвистикаси билан шугулланаётган тадқиқотчилар ҳамда бакалавр ва магистрлар, умуман, филолог мутахассислар фойдаланишлари мумкин.
-
O'zbek adabiy tili tarixining ilk davrlari (V-XIV asrlar)
Sanaqulov U.,Mazkur o‘quv qo‘llanmasi ham aynan shu maqsad yo‘lida yozilgan xayrli ishlardan biri bo‘lib, o'zbek adabiy tili tarixi- ni o‘rganishga bag'ishlangan. O'quv qo‘llanma, asosan, ikki qismdan tashkil topgan. 0‘quv qo‘llanmaning ikkinchi bobida o‘zbek adabiy tili tarixiy taraqqiyotidagi asosiy bosqichlar (davrlar) va o‘zbek adabiy tilining shakllarrish jarayoni batafsil yoritib berilgan. Qo'llanma so‘ngida tadqiqotdan kelib chiqqan xulosalar bayon etilgan.
-
O'zbek dialektologiyasi
Ashirboyev Samixon,Darslikda ilmiy tadqiqot natijalari va hozirga qadar amalda bo'lgan darslik va qo'llanmalar an'anlaridan foydalanilgan.
-
Eski turkiy adabiy til leksikasi
Abdushukurov Baxtiyor,Mazkur o'quv qo'llanma XIV asr obidasi hisoblanga Qisasi Rabg'uziy leksikasi tadqiqiga bag'ishlangan.Unda qissa so'z boyligi statistikasi, mavzuiy guruhlari, leksik-semantik xususiyatlari haqida so'z yuritilgan.Yodnoma lug'at tarkibidagi o'z va o'zlashma qatlam, polisemiya, ma'no torayishi va ma'no kengayishi hodisalari,yangi ma'no kasb etgan leksemalar tahlil qilingan. Shuningdek,ilk nasriy asarning o'zbek adabiy tili leksikasi shakllanishi va taraqqiyotidagi ahamiyati yoritib berilgan.
-
ХОЗИРГИ ЎЗБЕК АДАБИЙ ТИЛИ
М.М.МИРТОЖИЕВ,Дарсликда ўзбек адабий тилининг фонетика-фонология, ёзув имло ва орфоэпияси, лексикология ва лексокографияси тавсиф килинди. Унинг фонетика ва фонологияси эксперимент якунларига асосланиб тузилди. Барча бахслар тилшуносликнинг сўнгги ютуклари билан ёритиб борилди, бошка фанлар билан муносабатларига диккат қаратилди. Товушлар, нутк товушлари ўзгариши, луғатлар таснифига тамоман янгича ёндошилди. Дарслик университетлар бакалварлари учун мўлжалланади. филология факультетларининг
-
URDU TILI
M.Abduraxmonova, M.Murtazaxodjayeva, U.Zokirova, M.Shorahmedova,Ushbu darslik urfu tilini o'rganuvchilar uchun mo'ijallangan. Darslikda kirish, asosiy qism, glossariy va lug'at o'rin olgan. Darslikning bunday tarkibi urdu tilini mukammal o'zlashtirishiga xizmat qiladi. Giammatik mavzu mashqlar yordamida mustabkamlanadi.
-
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi
Hamidulla Dadaboyev, Zulxumor Xolmanova,Turkiy tillarning grammatik tizimi, umumturkiy taraqqiyot davri va hozirgi rivojlanish boqsqichidagi fonetik-fonologik, leksik-semantik, struktur-grammatik xusussiyatlari haqidagi ma'lumotlarni o'zida jamlagan.Qo'llanma o'zbek tili, qardosh turkiy tillar va rus tilidagi mavjud adabiyotlar asosida tuzilgan bo'lib, fanning asosiy masalalarini qamrab oladi.
-
HINDIY TILI
B.R.Rahmatov, M.Q.Sodiqova, S.S.Nurmatov, M.M.Suleymanova,Mazkur darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy o'quv yurtlarida hindiy tili bo'yicha tahsil oluvchi 1-kurs talabalari uchun mo'ljallangan. Darslik mazkur institutning Janubiy Osiyo tillari kafedrasi o'quv dasturiga binoan tuzilgan bo'lib, ushbu oliy o'quv yurtida hindiy tilini o'qitish bo'yicha orttirilgan tajribaga tayanilgan holda yaratilgan.
-
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi
Dadbayev H. A., Xolmanova Z. T.,Mazkur qo`llanma "Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi" fanining mazmun-mohiyatini yoritish maqsadida tuzilgan bo`lib, turkiy tillarning grammatik tizimi, umumturkiy taraqqiyot davri va hozirgi rivojlanish bosqichidagi fonetik-fonologik, leksik-semantik. struktur- grammatik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlami o‘zida jamlagan. Qo‘llanma o‘zbek tili, qardosh turkiy tillar va rus tilidagi mavjud adabiyotlar asosida tuzilgan bo‘lib, fanning asosiy masalalarini qamrab oladi.
-
ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИЯ ТЕРМИНЛАРИНИНГ ҚИСҚАЧА ИЗОҲЛИ ЛУҒАТИ
Дурдона ХУДОЙБЕРГАНОВА,Мазкур луғатда лингвокультурологияга оид асосий тер- минларнинг маъноси изоҳлаб берилган. Ундан ушбу соҳа бўйича тадқиқот олиб бораётган тилшунослар, шунингдек, филология йўналишида таълим олаётган талабалар, умуман филолог мутахассислар фойдаланишлари мумкин.
-
Turk tilining nazariy grammatikasi
Xudayberganova Z.,Ushbu o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlari "Filologiya va tillarni o'qitish (turk tili)" ta'lim yonalishi bo'yicha tahsil olayotgan talabalarga mo'ljallangan bo'lib, turk tilida morfologik va sintaktik sathiga oid nazariy ma'lumotlarni qamrab olgan. Qo'llanmadagi ma'lumotlar "Lingvistika (turk tili)' magistratura mutaxassisligi bo'yicha tahsil olayotgan talabalar, shu yo'nalishda ish olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar uchun nazariy ko'mak beradi.
-
Amaliy tarjima (fransuz tili)
Dadamirzayeva M., Kudrina Y.,Mazkur o‘quv qo'llanma fransuz tili bo'yicha o'z bilimlarini mustahkamlab, yanada chuqurlashtirmoqchi bo'lganlarga hamda taijimonlik fakultetlari o'quv dasturiga binoan 3 - 4 - bosqich talabalariga mo'ljallangan. Qo'llanmaning asosiy maqsadi talabalarda fransuz tilidan o'zbek va rus tillariga, o'zbek va rus tillaridan fransuz tiliga og'zaki taijima qilish bilim, malaka va ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdir.
-
O'zbek tili
I.Mirzayev, M.Boltayev,Ushbu darslik nafaqat o'zbek tilini ikkinchi til sifatida o'rganayotgan talabalarga, shuningdek, tilimizni chuqur o'rganishga bel bog'lagan boshqa til vakillariga ham xizmat qiladi.
-
Hozirgi o'zbek tili
Baxtiyor Mengliyov,Darslik 5220100- Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili) bakalavri yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun tayyorlangan. Darslikda o'zbek tilini substansial tadqiq qilish natijalari o'z aksini topgan. U umumiy o'rta ta'lim "Ona tili", akademik litseylarning ijtimoiy-gumanitar va filologiya yo'nalishlari "Hozirgi o'zbek adabiy tili" o'quv dasturlarining bevosita davomi bo'lgan 5220100 Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili) bakalavri yo'nalishi uchun mo'ljallangan "Hozirgi o'zbek tili" namunaviy o'quv dasturi asosida yozilgan. Darslikni yaratishda musannifing 2004-yilda chop etilgan "Hozirgi o'zbek adabiy tili, Kirish, fonetika-fonologiya, talaftiz, imlo, leksikologiya. leksikografiya" (Qarshi, 2004) o'quv qo'llanmasi asos qilib olindi. Amatiy mashg'ulotlar uchun mashq va topshiriqlarni tuzishda Y.Hamrayeva, G.Tojiyeva va 1.Islomovlar muallifligidagi "Hozirgi o'zbek adabiy tili. Mashqlar to'plami" (Toshkent. 2005) o'quv qo'llanmasidan keng foydalanildi va buning uchun musannif qo'llanma mualliflariga o'zining cheksiz minnatdorchiligini izhor etadi. Darslik haqidagi fikr-mulohazalar, uni mukammallashtirishga doir takliflar mamnuniyat bilan qabul qilinadi.