-
Tabiiy fanlar,
-
-
-
-
-
Tabiiy fanlar,
-
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
S.S.Buriyev, D.A.Maxkamova, V.X.Sherimbetov,Mazkur oʻquv qo'llanmada tabiat, jamiyat va inson o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning tadrijiy rivojlanishi, ekologiya fanining tushunchasi, predmeti va vazifalari, O'zbekistondagi ekologik vaziyat, organizm va muhit, ekotizimlar va ularning xususiyatlari, biosfera, biologik xilma-xillik ijtimoiy ekologiya, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, at-mosfera, suv va tuproq resurslarini muhofaza qilish, ekologik xavfsizlik ta'minlashning tashkiliy-huquqiy va texnik asoslari, ekologiya va xal-qaro hamkorlik, ekologik ta'lim-tarbiya va barqaror rivojlanishga oid masalalar yoritib berilgan.
-
Ekologiya
Z.Abdalova, D.YO.Yormatova,Mazkur o'quv qo'llanmada Rezpublikada ekologik siyosatning shakllanishi, ekologik omillar,ekologik tizimlar, populyatsiyalar ekologiyasi, biosfera haqida ma'lumot, sanoatdagi ekologik jarayonlar, atrof muhitning ifloslanish darajasi va boshqa mavzular tasdiqlangan o'quv dasturiga muvofiq kiritilgan.
-
Ekologiya
T.Tilovov,Ushbu o'quv qo'llanma ekologiyaning tarixi, vazifalari, sayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolar, ularning oldini olish masalalari haqidagi fikrlar atroflicha bayon etilgan. Shuningdek qo`llanmada "Ekologik monitoring" fanidan yuzaga kelgan va shakllantirilgan yo`nalishlarning asosiy mazmunini ochib berishga qaratilgan. Unda ekologik monitoringning ilmiy-nazariy asoslari, monitoring turlari, ekologik monitoringning xalqaro jihatlari, O`zbekiston Respublikasining ekologik monitoring tuzilmasi va uni turli eko tizimlarda amalga oshirish kabilar atroflicha yoritilgan. Qo`llanma iqtisodchi-ekolog bakalavrlarga mo`ljallangan. Undan sohaga aloqador boshqa ixtisoslikdagi talabalar, mutaxassis ekologlar ham foydalanishlari mumkin.
-
Ekologiya
Z.M.Sattorov,Mazkur o‘quv qoilanmada ekologiya asoslari, ekologiya va xalqaro hamkorlik, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish, tuproqlami muhofaza qilish va uning ifloslanishi, energetika va atrof-muhitni muhofaza qilish, atmosfera havosini changdan va zaharli gazlardan tozalash.
-
Geokologiya
A.A.Rafiqov, Sh.M.Sharipov,Mazkur o'quv qo'llanmada geoekologiyaning o'rganish ob'ekti va predmeti, rivojlanish tarixi, geoekologik tadqiqotlarda amal qilinadigan konsepsiyalar, prinsiplar, yondashuvlar va qollaniladigan metodlari yoritilgan.Shuningdek, geoekologik omillar, geoekologik baholash, geoekologik monitoring, geoekologik prognozlash, geoekologik kartalashtirish, geoekologik rayonlashtirish, geotizmlarning inson uchun qulay yoki noqulay darajasini baholash, geoekologik vaziyatni yaxshilash va tabiiy muhitni optimallashtirish chora-tadbirlarini loyihalash va boshqa mavzular bayon yetilgan. Telegram
-
Атроф муҳитни муҳофаза қилиш
Қ.Н.Абирқулов, А.Н.Ҳожиматов, Н.Р.Ражабов,Қўлланмада "Атроф-муҳитни муҳофаза қилиш" фанининг назарий асослари, инсоният ва унинг яшаш муҳити, табиатга антропоген таъсир, атроф-муҳитни ифлословчи асосий манбалар, Ўзбекистон Республикасидаги атроф-муҳит муҳофазасига оид тадбирлар, алоҳида муҳофаза қилинадиган ҳудудлар тўғрисида батафсил маълумотлар берилган. Қўлланма олий ўқув юртлари талабаларига мўлжалланган.