-
-
-
Tabiiy fanlar,
-
-
Tabiiy fanlar,
-
-
Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi
D.Yormatova,Ushbu darslik oliy o'quv yurtlarining ijtimoiy gumanitar, xuquq, islomshunoslik, madaniyat, iqtisod va buxgalteriya fakultetlari talabalari uchun mo'ljallangan. Unda tabiatshunoslik fanning kelib chiqishi, kelib chiqish markazlari, antik davr olimlari, Markaziy Osiyolik allomalarning tabiiy fanlarni rivojlantirishga qo'shgan hissalari bayon etilgan.
-
Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi
N.Axmedov,Mazkur darslik fan bo`yicha tasdiqlangan namunaviy dastur asosida yozilgan bo`lib, unda fanning maqsadi va vazifalari, tashqi mihit omillari hamda uning ipak qurtining o`sishi, rivojlanishi, biologik va xo`jalik ko`rsatkichlariga ta`siri, ipak kurti tuxumini inkubatsiya qilish, ipak qurtini boqish agrotexnikasi, yani oziqa miqdori va sifatining ipak qurtiga ta`siri, oziqa tayyorlashda foydalaniladigan mexanizmlar, katta va kichik yoshdagi qurtlarni parvarish qilish, qurt boqish usullari, takroriy qurt boqish, qurt boqish ishlarini mexanizatsiyalashtirish, dasta tayyorlash, pilla o`rash sharoiti hamda pillalarni terish va topshirish kabi jarayonlar bayon etilgan.
-
Atrof-muhit sifat analizi va monitoringi
I.X.Ayubova, M.N.Musayev, I.A.Jamgaryan,Ushbu darslik havo, suv, tuproq va atrof-muhitning boshqa obyektlarini ifloslovchi moddalarni tahlil qilish uchun analitik usullarning asosini va amaliy qo'lIanilishini bayon qilishga bag'ishlangan. Darslikda ifloslovchi moddalarni aniqlash uchun turli mamlakatlarda qo'lIaniladigan klassik va analitik usullar hamda asboblar haqida keng ma'lumot beriladi.
-
Geokologiya
A.A.Rafiqov, Sh.M.Sharipov,Mazkur o'quv qo'llanmada geoekologiyaning o'rganish ob'ekti va predmeti, rivojlanish tarixi, geoekologik tadqiqotlarda amal qilinadigan konsepsiyalar, prinsiplar, yondashuvlar va qollaniladigan metodlari yoritilgan.Shuningdek, geoekologik omillar, geoekologik baholash, geoekologik monitoring, geoekologik prognozlash, geoekologik kartalashtirish, geoekologik rayonlashtirish, geotizmlarning inson uchun qulay yoki noqulay darajasini baholash, geoekologik vaziyatni yaxshilash va tabiiy muhitni optimallashtirish chora-tadbirlarini loyihalash va boshqa mavzular bayon yetilgan. Telegram
-
Атроф муҳитни муҳофаза қилиш
Қ.Н.Абирқулов, А.Н.Ҳожиматов, Н.Р.Ражабов,Қўлланмада "Атроф-муҳитни муҳофаза қилиш" фанининг назарий асослари, инсоният ва унинг яшаш муҳити, табиатга антропоген таъсир, атроф-муҳитни ифлословчи асосий манбалар, Ўзбекистон Республикасидаги атроф-муҳит муҳофазасига оид тадбирлар, алоҳида муҳофаза қилинадиган ҳудудлар тўғрисида батафсил маълумотлар берилган. Қўлланма олий ўқув юртлари талабаларига мўлжалланган.
-
Дунё мўъжизалари
Ушбу китобда дунё мўъжизалари ҳақида баён қилинади.Инсония ҳар қандай чўқини заб этар экан,шу чўқидан қараб ўзини нақадар ожиз эканини ҳис этади.Сабаби дунёнинг ўзи бир мўъжизадир. Сизларга бу мўъжизалар саёҳати ёқади деган умиддамиз.