-
-
-
-
-
-
Musiqa va tomosha san’ati,
-
Musiqa va tomosha san’ati,
-
Musiqa va tomosha san’ati,
-
-
-
Polifoniya
Muxtarova F.,Mazkur darslikda o‘quv rejasi va fan dasturga tayangan holda polifoniyaning asosiy mavzulari izchil va batafsil bayon etilgan.
-
Sahna nutqi
A.Nosirova,Mazkur darslik «Sahna nutqi» fanini o‘qitish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda nutq texnikasi, artikulatsiya, diksiya, nafas va ovoz ustida ishlash bo'yicha kompleks mashqlar, jumladan, manzaraviy parchalar, tez aytish, maqol va matallar orqali nutqiy ohangdorlikka erishish, monolog, dialoglar, she’r, masal, ruboiy va g’azallar ustida ishlash natijasida nutqda ifodaviylikka erishish usullari bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga olgan. Shuningdek, darslikda mazkur mavzularga doir badiiy matnlar namunalari keltirilgan bo‘lib, ular o‘quvchilarning ham nazariy, ham amaliy bilim olishlariga ko‘mak beradi. Mazkur o‘quv adabiyotida dars mashg’ulotlarida yangi pedagogik texnologiya usullarini qoilash va mashg’ulotlaming texnologik xaritalaridan namunalar ham berilgan.
-
Chizmatasvir va rangtasvir
Isahojayeva N. A., Karimov A. F.,Mazkur Chizmatasvir va rangtasvir darsligi To’qimachilik va yengil sanoati instituti 5150900 Dizayn (kostyum) yo’nalishi va 5111000 – Kasb ta’limi (5150900 – Dizayn(kostyum) yo’nalishlarida tahsil oluvchi talabalaruchun mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kun talablarini hisobga olgan holda tuzildi. Darslikdachizmatasvir chizish, rangtasvir ishlash, kompozitsiya bilan shug‘ullanish jarayonida amal qilinishi lozim bo‘lgan eng zarur nazariy hamda amaliy qonun qoidalar to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Darslikdagi har bir bob so‘nggida talabalar bilimlarini mustahkamlash uchun savollar berilgan hamda tasviriy san’at terminlari (glossariy) va foydalaniladigan adabiyotlar ro’yhati keltirilgan. Darslik katta hajmdagi rangli illyustratsiyalardan tashkil topgan. Bundan tashqari darslikdan maxsus kasb-hunar kollejlarining o’quvchilari, shuningdek, barcha tasviriy san’atga qiziquvchilar ham foydalanishlari mumkin.
-
Гармония
Сами Азиз ўғли,Мазкур дарслик умумий гармониянинг бошланғич қисми мавзуларини ўз ичига олади.Дарсликда наўарий мавзулар амалий машғулотлар билан бирга қўшиб баён қилинган бўлиб,улар талабалар ўрганиши лозим бўлган назарий мавзуларни фортепьянода чалиш учун берилган гармоник чизма ва секвенцияларни гармониялашга мўлжалланган куй ва гармоник таҳлил машқларидан иборатдир.
-
Офатижон "Лазги"
Матёқубова Гавҳар,Хоразм «Лазги»си кимларнинг қалбини ҳаяжонга солмаган, кимларни жўштирмаган. Таниқли раққоса, Хоразм рақсларининг моҳир ижрочисн Гавҳар Матёқу6ованинг ушбу рисоласида «Лазги» ўйин турларининг тарихи тўғрисида кўпгина қизиқарли, янги маълумотлар келтирилган, бу гўзал рақсларнинг ўзига хос томонлари ёритилган.
-
Соз билан суҳбат
Р. Носир,Ушбу ўқув қўлланмада ўзбек халқнинг профессионал ҳофизлари томонидан асрлар бўйи ижро этиб келинаётган ҳамд,муножот,наът ва панд-насиҳат ашулалари тасниф эилган.
-
An'anaviy xonandalik: Orifxon Hotamovning bastakorlik ijodi.
M.Norqo'ziyev,Ushbu o'quv qo'llanma Oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalarida xrestamatiya shaklida mutaxasislik fanidan foydalanishlari mumkin
-
Maxsus fortepiano sinfida I.S. Baxning klavir uchun konsertlari
S.A. Gafurova,O‘zbekiston davlat konservatoriyasi maxsus fortepiano kafedrasinirsg professori fortepiano ijrochiligi sohasining yetakchi mutaxassisi S.A. Gafurovaning "Maxsus fortepiano sinfida I.S. Baxning klavir uchun konsertlan" nomli o‘quv qo‘llanmasi buyuk nemis kompozitori I.S. Baxning klavir solo hamda oltita klavir va orkestr uchun yozilgan konsertlarining yaratilish tarixi va ularni interpretatsiya qilish muammolariga bag‘ishlangan.
-
Maqom yakka xonandaligi: Rahmatjon Qurbonov ijrochilik maktabi
Djumaniyazov U.,Ushbu o`quv qo`llanma 60211400-Vokal san`ati (an`anaiy xonandalik) yo`nalishi bakalavriat talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, unda O`zbekiston, Qoraqalpog`istonda xizmat ko`rsatgan artist Rahmatjon Qurbonov ijrosidagi Shashmaqom, Xorazm maqomlari, bastakorlik asarlari va muallifligidagi ashulalar o`rin olgan.Qo`llanmada har ashulaning yaratilish tarixi, shoir, bastakori xususidagi ma`lumotlar va musiqiy jihatdan qisqacha tahlili keltirilgan.
-
Dublyaj san`ati asoslari
Fayziyeva.F.X,Dublyaj san`ati asoslari o`quv qo`llanmasi asosan O`zbekiston Davlat san`at va madaniyat instituti kino, televideniye va radio san`ati fakulteti talabalari, xususan, kino televideniye va radio ovoz rejissorligi,kino televideniye va radio ovoz rejissorligi,kino televideniye rejessorligi bo`limida tahsil olayotgan bakalavr bosqichi talabalari uchun tayyorlandi.
-
Соз билан суҳбат
Р. Носир,Ушбу ўқув қўлланмада ўзбек халқнинг профессионал ҳофизлари томонидан асрлар бўйи ижро этиб келинаётган ҳамд,муножот,наът ва панд-насиҳат ашулалари тасниф эилган. Мумтоз ва замонавий шеъриятимиз намуналари шарҳланиб, уларнинг бадиий мазмун, поэтик шакл нуқтаи назаридан ўзига хосликлари, жанр хусусиятлари, мусиқа, қўшиқчилик санъати билан муносабатлари хусусида фикр юритилган. Китоб маданият, консерватория, санъатшунослик олий ўқув юртлари талабалари, шунингдек, кенг китобхонлар оммаси учун мулжалланган.