-
-
-
-
-
Matematika,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
MATEMATIK ANALIZNING KLASSIK USULLAR BILAN YECHILADIGAN MASALALARI
Bahrom Abdullayev, Rahimberdi Botirov, Ro‘zimboy Madrahimov,Matematika, -
-
-
-
Matematikadan sirtqi olimpiada masalalari
Kamalov Ne'matjon Bahodirovich, Olimbayev To'lqin G'ayrat o'g'li,Matematika, -
-
-
Математик анализ
А. Ғ.Ҳикматов , Т. Т.Турдиев,Ушбу китобда тўпламлар, тўпламлар алгебраси, ҳақиқий сонлар тўплами ва бошқа математик анализга доир мавзулар берилган.
-
Асосий математик анализ курси 1-кисм
Т.Н.Кори Ниёзий,Ушбу китоб "Анализ математик анализ курси" нинг иккинчи кисмини ташкил этади. У республиканинг турли олий мактабларида автор томонидан кўп йиллар мобайнида олий математикадан укилган лекциялардан иборат бўлиб, муҳим ҳусусияти шундаки, автор ўзининг катта педагогик тажрибаси туфайли математиканинг мураккаб тушунчаларини мумкин кадар содда ва равшан килиб берган.
-
Ҳақиқий ўзгарувчининг функциялари назарияси
Саримсоқов Т.А.,Мазкур китобни ёзишда Тошкент Давлат университетининг физика-математика, механика-математика факультетларида бир неча йиллар давомида ўқилган лекциялардан фойдаланиб ёзилган.
-
Функционал анализ курси
А.Т.Саримсоқов,Ушбу китобда функционал анализ курсининг асослари баён қилинган. Китобнинг биринчи қисмида асосий фазолар, иккинчи қисмида операторлар назарияси баён қилинади. Мураккаб функционал фазолар метрика, норма ва скаляр купайтма ёрдамида соддаpоқ фазоларга қулай тарзда акс эттириб ўрганилади.
-
Интеграл ҳисоб курсидан амалий машғулотлар
Э.Ф.Файзибоев, Н.М.Цирмиракис,Қўлланма техника олий ўқув юртларининг кундузги ва сиртқи бўлимлари студентлари учун мўлжалланган.
-
Олий алгебра
А.Я.Окунев,Шу устунларнинг (йўлларнинг) ўринларини алмаштирамиз. Бир томондан, детерминант ўз шпорасини қарама- каршисига ўзгартириши керак (II хоссага қаралсин); агар олдин у D га тенг бўлган бўлса, иккита устунни алмаштир- гандан кейин—D} га тенг бўлиб қолади.
-
Алгебра ва элементар функциялар
Р.А.Калнин,Ихтиёрий бурчакнинг тригонометрии функциялари векторнинг проекциялари сифатида киритилади, Қўшиш формулалари эса вектор синиқ чизиқни проекциялаш билан келтириб чиқарилади. Бундай баён қилиш табиийдир, чунки бундан олдинги „Векторлар“боби ўқувчиларни проекциялар методидан фойдаланишга тайёрлайди.
-
Algebra va matematik analiz asoslari 2
A.Abduhamidov,Ushbu «Algebra va matematik analiz asoslari (II qism)» darsligi shu nomli kitob I qismining uzviy davomi bo‘lib, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun mo'ljallangan hamda shu fan bo‘yicha akademik litseylar va kasbhunar kollejlari o'quv rejasiga asosan aniq fanlar yo'nalishi, tabiiy fanlar yo'nalishi, shuningdek, matematika umumta’lim fani sifatida o ‘rganiladigan guruhlarining algebra va matematik analiz asoslari kursining o ‘quv dasturidagi barcha materiallarni o'z ichiga oladi
-
Алгебра ва сонлар назарияси. 1-қисм
Искандаров Р.И, Назаров Р,Мазкур қўлланма ҳозирги замон алгебрасининг асосини ташкил этувчи тўпламлар назарияси ва математик логика тушунчаларидан бошланади. Қўлланмада натурал, ҳақиқий ва комплекс сонлар назарияси дедуктив-аксиоматик метод асосида баён қилинади.
-
Математик мантиқ ва дискрет математика 1-қисм
Ҳ.Т.Тўраев,Мазкур ўқув қўлланмаси олий ўқув юртларининг математика, амалий математика ва информатика, математика ва информатика, информатика ва информацион технология йуналишлари (бакалавриатура ва магистратура) бўйича таълим олаётган талабаларга мўлжалланган. Китобдан аспирантлар ҳамда радиотехника, электротехника ва амалий математика соҳаларида ишлаётган муҳандис-математиклар ва мутахассислар ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
Геометрия 1-қисм
Н.Д.Додажонов, М.Ш.Жўраева,Мазкур қўлланма геометрия курсининг векторлар алгебраси элементлари, координаталар методи, алмаштиришлар назарияси, ўлчовли аффин ва Евклид фазолари, квадратик формалар ва квадрикалар , кўпёқлар назарияси каби ўлимларни ўз ичига олади.
-
Berilganlar bazasini boshqarish tizimlari
M.X.Hakimov, S.M.Gaynazarov,Darslikda berilganlar bazasi, berilganlar modellari, relatsion algebra, relatsion hisoblash, munosabatlarni normallash, berilganlarning relatsion butunligi, relatsion berilganlar bazasini loyihalash uslubiyati, berilganlarni modellashtiruvchi zamonaviy tizimlar, relatsion berilganlar bazasini yaratish, QBE va SQL tillari, berilganlar bazasini boshqarishda qo‘llanilayotgan zamonaviy tizimlarning nazariy va amaliy asoslari keltirilgan. Relatsion modellarning turlarini tashkil etuvchi «mohiyat-aloqa» (ER) va semantik obyekt modellar o‘zaro taqqoslangan. Relatsion berilganlar bazasining boshqarish tizimlari MS Access va MS SQL Server ning amaliy asoslari «Talabalar o‘quv loyihasi» misolida «Mijoz-server» aloqasi orqali ham tushuntirilgan va obyektlar bilan ishlash ko‘rsatilgan.
-
MATEMATIK ANALIZNING KLASSIK USULLAR BILAN YECHILADIGAN MASALALARI
Bahrom Abdullayev, Rahimberdi Botirov, Ro‘zimboy Madrahimov,Ushbu uslubiy qo‘llanma matematik analizning klassik usullar bilan yechiladigan masalalariga bag’ishlangan bo‘lib, u unversitetlar va pedagogika institutlarining matematika, amaliy matematika va informatika yo‘nalishlari talabalariga mo‘ljallangan.
-
ABSTRAKT ALGEBRA
Sh.A. Ayupov, B.A. Omirov, A.X. Xudoyberdiyev,Mazkur o'quv qo'llanma "Matematika" bakalavr ta'lim yo'nalishi va ma gistratura mutaxassisligi talabalari uchun moʻljallangan bo'lib, "Matematika yo'nalishi oʻquv rejasidan joy olgan Algebra kursi va "Matematika" magistratura mutaxassisligi oʻquv rejasidagi Abstrakt algebra fanlari asosida yozilgan. Qo'llanmada gruppalar nazariyasiga doir dastlabki ma'lumotlardan tortib, ushbu nazariyaning qo'shimcha boblari hisoblangan nilpotent va yechiluvchan gruppalar hamda Silov teoremalari haın keltirilgan. Qo'llanmada halqalar va ideallar nazariyasi batafsil keltirilib, ideallarning turlari va xossalari ham keltirib oʻtilgan. Bundan tashqari, o'quv qoʻllanmada algebraning juda muhim nazarivalaridan biri boʻlgan Galua nazariyasi batafsil yoritilgan. Qo'llanmada har bir mavzuga oid nazariy ma'lumotlar va ta'riflar keltirilib. teoremalar va xossalar toʻliq ishotlari bilan berilgan. Har bir mavzudan keyin misol va masalalar ishlab koʻrsatilgan handa talabalarga mustaqil ishlashlari nchun mashqlar keltirilgan. O'quv qo'llanma gruppalar, halqalar va maydonlar nazariyasini chuqur o'rganishni rejalashtirgan stajer-tadqiqotchi va tayanch doktorantlar uchun ham foydali hisoblanadi.
-
Kompyuterli matematik tizimlar
Y.K.Xudayberganov, Z.R.Raxmonov,O‘quv qoʻllanma 60540200 — “Amaliy matematika” ta’lim yoʻnalishi mutaxassisligi talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, oʻquv rejadagi “Kompyuterli matematik tizimlar” predmetlari dasturlariga to‘liq mos keladi. Hozirgi kunda Maple paketi yordamida elementar va oliy matematikaning deyarli barcha masalalarini yechish mumkin.
-
Альтернатив технологияларни бирга яратамиз
Коллектив.,Ушбу лойиҳа қишлоқ ҳудудларида электр таъминотини яхшилаш мақсадида арзон ва самарали қуёш энергияси тизимини ишлаб чиқишга қаратилган. Тизим кам харажат билан ўрнатилади ва экологик тоза энергия манбаси ҳисобланади. Лойиҳа аҳоли турмуш сифатини ошириш ва энергия танқислигини камайтиришга ёрдам беради.
-
Matematikadan sirtqi olimpiada masalalari
Kamalov Ne'matjon Bahodirovich, Olimbayev To'lqin G'ayrat o'g'li,Mazkur qo'llanmada Xalq ta'limi vazirligining eduportal.uz va Urganch davlat universitetining olimp.urdu.uz saytlarida o'tkazilgan sirtqi Matematika olimpiadalarida taklif qilingan masalalar, tuman, viloyat va respublika fan olim-piadalarida taklif qilingan masalalar joy olgan. Qo'llanma 4 bobdan iborat bo'lib, 1-bobda berilgan 300 ta masalaning to'liq yechimlari 4-bobda berilgan. 2-bobda mustaqil yechishga berilgan 150 ta masalada javoblar va ko'rsatmalar keltirilgan. 3-bob 200 ta testdan iborat bo'lib, testlarning kalitlari berilgan.
-
Parametrga bog'liq integrallar
M.D.Vaisova, B.B.Yusupov, U.M.Sobirov,Uslubiy qo'llanma oliy matematika va matematik analiz fanini o'quvchi bar-cha universitet talabalari, o'qituvchilar, magistrantlari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda parametrga bog'liq xos va xosmas integrallarning funksional xossalarini tek-shirish, bu xossalar orqali integrallarni hisoblash usullari tahlil qilingan. Ba'zi mu-him integrallar alohida o'rganilib, ularni hisoblash va boshqa integrallarni hisob-lashga tadbiq qilish usullari keltirilgan. Mavzularga oid misollar yechimlari yoritil-gan va mustaqil ishlash uchun masalalar bilan boyitilgan.
-
Matematik fizika tenglamalari fanidan masalalar to'plami
M. Ro'zmetov,Qo'llanmada "Matematik fizika tenglamalari" fanidan amaliy mashg'ulotlarda yechish uchun masala va misollar keltirilgan. Ushbu uslubiy qo'llanmaning asosiy maqsadi oliy o'quv yurtlarida matematika, amaliy matematika, mexanika va matematik modellashtirish ta'lim yo'nlaishlarida tahsil olayotgan talabalarda "Matematik fizika tenglamalari" faniga boʻlgan qiziqishlarini oshirishdan iborat.