-
Matematika,
-
-
-
-
Matematika,
-
Diskret matematika va matematik mantiq asoslari
N.X.Kasimov, R.N.Dadajаnov, F.N.Ibragimov,Matematika, -
Matematik analiz (Ko'p o'zgaruvchi funksiyaning differensial va integral hisobi)
R.M.Turgunbayev, K.R.Kadirov, T.Yu.Bakirov,Matematika, -
-
Matematik programmalashtirish va optimallashtirish usullari
N.R.Beknazarova, X.N.Jumayev,Matematika, -
-
-
-
Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika.
A.S.Rasulov, G.M.Raimova, X.K.Sarimsakova,Matematika, -
-
-
-
-
-
-
-
Матрица аргументли голоморф функциялар
Г.Худойберганов, Т.Т.Туйчиев, Р.М.Мадрахимов,Матрица аргументли голоморф функциялар 44 ўқув қўлланмаси Университетларнинг магистратура мутахассислиги “Математика” йуналишига мос келади ва уииверситетларнинг магистратура боскичи 2- курси учун мўлжалланган. Қўлланма 3 бобдан иборат бўлиб, у матрица аргументли функциялар ва даражали қаторлар, матрица аргументли функциялар ва Коши формуласи. кўп матрица ўзгарувчили функциялар мавзуларини ўз ичига олади .
-
Математикадан масалалар тўплами
М.И.Сканави,Ушбу тўплам олий ўқув юртларига кирувчилар учун қўлланма бўлиб , шу билан бирга ёзма ва оғзаки кириш имтиҳонлари материаллари тузишда олий техника ўқув юртларининг олий математика кафедраларига ёрдам беришни кўзда тутади.
-
Математик анализ
Г.Худойберганов , А.Ворисов, Ҳ.Мансуров,Маърузаларнинг ушбу биринчи қисмида ҳақиқий сонлар назарияси, бир ўзгаривчи функциянинг дифференциал ҳисоби ва уларнинг мамбиқлари баён этилган. Маърузалар тайёрлаш ўқув режасига мослаштириб ёзилган бўлиб, ундан математика кенгроқ ўтиладиган олий ўқув юртлари талабалари ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
Ҳақиқий ўзгарувчининг функциялари назарияси
Т.А.Саримсоқов,Ушбу китобнинг биринчи нашри чиққанига 12 йилдан ошди. Бу вақт мобайнида китоб бутунлай тарқалиб, унинг иккинчи нашрига эҳтиёж сезилиб қолди. Ундан ташқари, бу вақт ичида университетларнинг ҳамда педагогика институтларининг ўқув программаларига ҳам баъзи бир ўзгартиришлар киритилди.
-
Matematik mantiq va algoritmlar nazariyasi elementlari
Yunusov A. S., Yunusova D. I.,Darslik pedagogika oily ta'lim muassasalari uchun yozilgan bo'lib, unda to'plamlar nazariyasi elementlari, mulohazalar algebrasi, mulohazalar algebrasu, mulohazarlar hisobi, predikatlar algebrasi, predikatlar hisobi, matematik nazariyalar, algoritmlar boblari yoritilgan.
-
Diskret matematika va matematik mantiq asoslari
N.X.Kasimov, R.N.Dadajаnov, F.N.Ibragimov,Ushbu o'quv qo'llanma "matematika","informatika va axborot texnologiyalari", "Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta'minoti", "Axborot xavfsizligi" va "Amaliy matematika va informatika" bakalavriyat ta'lim yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, "diskret matematika va matematik mantiq" fanining asosiy elementlariga doir mavzulari o'z ichiga oladi.
-
Matematik analiz (Ko'p o'zgaruvchi funksiyaning differensial va integral hisobi)
R.M.Turgunbayev, K.R.Kadirov, T.Yu.Bakirov,Ushbu o'quv qo'llanma pedagogika oliy ta'lim muassasalari "<atematika o'qitish metodikasi" bakalavriat yo'nalishining "Matematik analiz" fani dasturiga mos yozilgan bo'lib,bunda matematik analizning Ko'p o'zgaruvchi funksiyaning differensial va integral hisobi bo'limlaridan nazariy materiallar, asosiy masalalar yechish usullari, misol va masalalar berilgan. Qo'llanmadan "Fizika va astronomiya o'qitish metodikasi" bakalavriat yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalar ham foydalanishi mumkin.
-
Matematik analiz asoslari
T.Azlarov, H. Mansurov,Mazkur darslikning ikkinchi nashri chiqqaniga ham 10 yil bo'ldi. Bu vaqt oraIig'ida Respublikamiz hayotida, ayniqsa o'qish —o'qitish sohasida tub o'zgarishlar sodir bo'ldi. Shulardan eng muhimlari oliy ta'limning ikki bosqichli tizimga, o'tishidir. Bu esa o'z navbatida o'qitiladigan predmetlarning dasturlarini qayta ko'rib chiqishni taqozo qiladi. Ushbu bobda matematika fanining barcha tarmoqlarida keng qo'llaniladigan to'plam tushunchasi haqida ba'zi ma'lumotlar beriladi.
-
Matematik programmalashtirish va optimallashtirish usullari
N.R.Beknazarova, X.N.Jumayev,Ushbu kitob matematik programmalashtirish va optimallashtirish usullari bo`yicha yozilgan o`quv qo'llanma bo'lib, iqtisodiyot yo'nalishidagi axborot texnologiyasi ixtisosligining harakatdagi o`quv dasturi asosida tayyorlangan. O'quv qo'llanmada matematik programmalashtirish va optimallashatirish usullarining asosiy yo`nalishlari va metodlari bayon etilgan hamda ular tegishli misol va masalalar bilan to'ldirilgan.
-
Analitik geometriya
.Narmanov,Bu darslik universitetlaming matematika, mexanika, tadbiqiy matematika va informatika, statistika yo'nalishlari uchun mo‘ljallangan va amaldagi yangi bakalavrlar dasturiga muvofiq muallifning O'‘zbekiston Milliy Universitetda o‘qigan ma’ruzalari asosida yozilgan. Darslik oltita qismdan iborat bo'lib, unda vektorlar algebrasi, tekislikda koordinatalar sistemasini almashtirish, to ‘g'ri chiziqlar va tekisliklar, ikkinchi tartibli chiziqlar va sirtlar nazariyalari yoritilgan.
-
Геометрия 1- қисм
Н.Д.Додожонов , М.Ш.Жўраева,Мазкур қўлланма геометрия курсининг векторлар алгебраси элементлари, координаталар методи, алмаштиришлар назарияси, ўлчовли аффин ва Евклид фазолари, квадратик формалар ва квадрикалар , кўпёқлар назарияси каби ўлимларни ўз ичига олади.
-
Amaliy matematik dasturlar paketi
Olimov Murodilla,Mazkur darslik eng zamonaviy dasturlash paketlari MathCAD va MatLaB dasturiy vositalardan iborat bo'lib amaliy masalalami matematik modellashtirishda samarali vositalardan biri hisoblanadi.
-
Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika.
A.S.Rasulov, G.M.Raimova, X.K.Sarimsakova,Ushbu darslikda «Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika» fanining «tasodifiy hodisalar», «tasodifiy miqdorlar va ulaming funksiyalari» va «matematik statistika» qismlari o‘z aksini topgan.
-
Kombinatorika va graflar nazariyasi
H.To'rayev, I.Azizov, S.Otaqulov,O`quv qo`llanmamada to`plamlar nazariyasining asosiy tusgunchalari, kombinatorikada qo`llaniladigan usul va qoidalar, asosiy kombinatsiyalar, Paskal uchburchagi, Nyuton Binomi, Fibonachchi sonlari, bo'laklashlar, hosil qiluvchi funksiyalar, graflar nazariyasi elementlari maksimal oqim haqidagi masala keltirilgan.
-
Оддий дифференциал тенгламалар
М.С.Салоҳитдинов, Ғ.Н.Насритдинов,Ушбу дарслик университетларнинг математика ва амалий математика ихтисосликлари бўйича таълим олаётган талабалари учун мўлжалланган бўлиб, ундан педагогика олийгоҳлари, олий техника ўқув юртлари талабалари учун ҳам мўлжалланган. Дарсликда дифференциал тенгламалар назариясини баён қилиш билан бирга, унинг амалий масалаларни ечишга татбиқ этилишига ҳам катта эътибор берилган.
-
Комплекс анализ
Г.Ҳудойберганов, А.Ворисов, Ҳ.Мансуров,Мазкур қўлланма университетларнинг математика, механика, тадбиқий математика ва информатика йўналишлари бўйича бакалаврлар тайёрлайдиган факультетлар талабалари учун мўлажалланган. Қўлланма бакалаврлар учун мўлжалланган ўқув дастури асосида ёзилган бўлиб, унда комплекс ўзгарувчили функциялар назарияси баён этилган.
-
Ҳақиқий ўзгарувчининг функциялари назарияси
Т.А.Саримсоқов,Ушбу дарсликда тўпламлар ҳақида тушунча, ўлчов тушунчасини умумлаштириш, узлукcиз функциялар каби мавзуларга алоҳида бобларда атрофлича тўхталиб ўтилган бўлиб, педагогика олийгоҳларининг математика ҳамда физика-математика йўналишларида таҳсил олаётган талабаларга мўлжалланган.
-
Олий математика
Абдалимов Б.,Мазкур дарслик аграр университет ва қишлоқ хужалик олий ўқув юртларининг олий математика дастури асосида ёзилган бўлиб, унда текислик ва фазода аналитик геометрия, математик анализ, дифференциал тенгламалар, векторлар ва чизиқли алгебра элементлари, эҳтимоллар назарияси ва математик статистика элементлари баён этилган
-
Oliy matematika. I qism
M.Karimov,Ushbu o'quv qo'llanma oliy matematikaningn chiziqli algebra, tekislik va fazoda analitik geometriya elementlarini o`z ichiga oladi. Xar bir ma'ruza matni mavzuga oid mustaqil ishlash uchun misollar bilan to`ldirildi. O'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'limning bilim va ta'lim sohasi - <«<Biznes va boshqaruv»>, <<Moliya>>, <<Bank ishi»>, <<Soliq va soliqqa tortish», «Buxgalteriya hisobi va audit»>, <<Kasb ta'limi>>> ta'lim yo'nalishlari uchun moʻljallangan boʻlib, yangi dastur va davlat ta'lim standartlariga mos keladi. Har bir mavzu mustaqil ishlash uchun misollar bilan to'ldirildi.
-
Математик физика тенгламалари
М.Салоҳиддинов,Бу китобда математик физиканинг хусусий ҳосилали дифференциал телгламаларга келадиган масалалари текширилади. Асосий эътибор математик физика телгламаларининг учта классик: эллиптик, гиперболик ва параболик типдаги тенгламаларни ўрганишга қаратилган.