-
-
-
Iqtisodiyot,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Iqtisodiyot,
-
-
Iqtisodiyot,
-
-
-
-
-
-
Солиққа оид хатолар
Гадоев Э. Ф., Югай Л. П.,Солиққа оид хатоликларга тўловчилар солиқлар ҳақидаги ахборотга эга бўлмаслик, солиққа тортиш бўйича йўриқномалар ҳамда меъёрий ҳужжатларнинг нотўғри талқин қилиниши каби турли сабабларга биноан йўл қўяди. Айни вақтда солиққа оид хатолар унчалик ҳам кўп учрамайди. Ушбу тўпламда баён этилган солиққа оид хатолар билан танишиш биринчидан, уларни амалиётда такрорлаш, иккинчидан солиқ органлари томонидан жаримавий жазоларни қўлланишидан халос бўлишда ёрдам беради.
-
Pul, kredit va banklar
Sh.Abdullayeva,Pul, kredit va banklar bo’yicha respublikamizda chop etilayotgan o’quv qo’llanma bo’lib, unda pul muomalasi, kredit tizimi va banklar faoliyati tashkil etish asoslari ko’rsatib o’tilgan. Pulninig zarurligi, funktsiyalari, milliy valyutani muomalaga kiritilishi, kredit va uning shakllari, kredit tizimi, uni tarkibi kredit muassasalari, banklarning tashkil topishi, rivojlanishi, O’zbekiston Respublikasi bank tizimini tashkil topishi va rivojlanishi, bank faoliyati barqarorligi va likvidliligi to’g’risida fikr yuritilgan. Shuningdek‚ o’quv qo’llanma bir qator bank operatsiyalari‚ jumladan, bankning aktiv, passiv va boshqa operatsiyalari nazariy jihatidan hozirgi zamon talablari asosida yoritib berilgan.
-
Tadbirkorlik asoslari
S.Salayev, N.Fayzullayev, J.Atayev, D.Saidov, M.Gulmonov.,O‘quv qo‘llanma tadbirkorlik faoliyatining nazariy va amaliy asoslari, tadbirkorlikni rejalashtirish va rivojlantirishning nazariy-uslubiy va amaliy muammolariga bag‘ishlangan. Qo‘llanmada tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari tasnifi, jumladan, vositachilik, savdo, ishlab chiqarish, moliyaviy sohadagi tadbirkorlikning o‘ziga xos jihatlari, tadbirkorlik subyektlari va obyekti, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish shart-sharoitlari, tadbirkorlik faoliyatida sherikchilik munosabatlari, ulaming tasnifi va amalga oshirish xususiyatlari kabi masalalar qarab chiqilgan. Shuningdek, qo‘llanmada tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllari hamda ulaming o‘ziga xos jihatlari, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda shartnomaviy munosabatlar va ulami amalga oshirish xususiyatlari, tadbirkorlik faoliyatida menejment va marketing, tadbirkorlik subyektlarini ta’sis qilish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartiblari, tadbirkorlik omadi kabi muammolar bo‘yicha nazariy ma’lumotlar keng bayon etilgan. Ushbu qo‘llanma iqtisodiyot va biznes yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan oliy o‘quv yurtlarining bakalavrlari, magistrantlar, o‘qituvchilar, barcha turdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari, tadbirkorlik va biznes muammolari bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Raqamli iqtisodiyot asoslari
R.H. Ayupov, G.R. Boltaboeva.,Diqqatingizga havola etilayotgan va raqamli iqtisodiyot asosari hamda uning sharoitlarida elektron tijoratni tashkil qilish hamda boshqarish masala va muammolariga bag’ishlangan ushbu darslik hozirgi paytda tezkorlik bilan rivojlanayotgan va bir qancha shov-shuvlarga sabab bo’layotgan raqamli iqtisodiyot hamda uning tarkibiy qismi bo’lgan elektron tijorat sohasiga hamdauning infratuzilmasini atroflicha tavsiflab beradi. Unda zamonaviy elektron tijorat hamda raqamli iqtisodiyotning asosi bo’lgan muammolar bilan bog’liq masalalar, raqamli iqtisodiyotga o’tish mexanizmi, elektron tijorat va elektron biznesning bir qancha samarali biznes modellari haqida ko’plab qimmatli ma’lumotlar berilgan. Undan so’ng, raqamli iqtisodiyotning hamda elektron tijoratning hozirgi davrda shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir qancha asosiy turlari, shu jumladan, bulutli texnologiyalar, moliyaviy texnologiyalar, buyumlar interneti, sun’iy inttelekt, raqamli valyutalar, virtual voqe’lik va ularning asosiy xususiyatlari atroflicha bayon etilgan. Turli hildagi loyihalarga investitsiyalar jalb qilish uchun ishlatiladigan ICO mexanizmi haqida tushunchalar va uning ma’no-mohiyati, elektron tijorat tashkil qilishning samarali zamonaviy usul va vositalari hamda mavjud platformalari hamda qobiqlari ham ko’pchilikka tushunarli holda ko’rsatilgan. Darslik oxirida unda ishlatilgan atamalarni tushunish bo’yicha to’liq glossariy berilganki, uning yordamida bu sohani yanada chuqurroq anglash, tushunish va o’rganish mumkin bo’ladi. Ushbu darslik oliy ta’limning bakalavr va magistr mutahassisliklarida ta’lim olayotgan talabalarga tavsiya etilib, raqamli iqtisodiyot,elektron tijoratva elektron biznes yo’nalishda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan ilmiy xodimlarga hamda bank-moliya hizmatchilari hamda raqamli iqtisodiyot va elektron tijorat sohasidagi innovatsiyalar bilan qiziqqan barcha tadbirkorlik sub’ektlari foydalanishi uchun mo’ljallangan.
-
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
D.S.Qosimova,Ushbu darslikda kichik biznes va xususiy tadbirkoriik nazariyasi, amaliyoti, me’yoriari va huquqiy asoelari, rivojlanishi hamda mazkur subyektlari faoliayti tahlili yoritilgan. Iqtisodiyotning bu sektori korxona va tashkilotlari turi va shakllari, boshqaruv usullari va qaror qabul qilish jarayoni, har bir funksional faoliyati mazmuni, ularni rejalashtirish, tashkillashtirish. baholash, moliyaviy hamda xojalik va tadbirkoriik madaniyati masalalari bo'yicha tushuncha berish nazarda tutilganligi bois mutaxassislikka oid bilim va ko'nikmalami oshirishda ahamiyatii hisoblanadi. Oliy ta’lim rauassasasi, qayta tayyorlash va kasb malakasini oshirish kurelan tinglovchilan hamda. amaliy faoliyat olib boruvchi boshqaruv xodimlari va barcha pog'ona rahbarlari uchun mo'ljallangan
-
Davlat tilida ish yuritish
N.Mahmudov, A.Rafiyev, I.Yo'ldoshev,"Davlat tilida ish yuritish" darsligi ushbu fanning namunaviy o'quv dasturi asosida yaratilgan. Unda yozma nutq savodxonligini oshirish, matn yaratish va uni ijodiy o'zgartira olish yo'llari o'zbek hujjatchiligi tarixi, hujjat turlarini tuzish, zaruriy qismlarni to'g'ri qo'yish, ish yuritish madaniyatiga oid nazariy ma'lumotlar, bu mavzularni mustahkamlashga oid mash va topshiriqlar berilgan.
-
Қишлоқ хўжалик корхоналари фаолияти анализига доир машғулотлар
О.Маҳмудов,Ушбу дарсликда «Корхоналар фаолиятининг таҳлили ва назорати” фанининг назарий, услубий ва амалий масалалари акс эттирилган.
-
Logistika bo'yicha amaliy qo'llanma
Jerri Rudd,Taqdim etilayotgan ishda infratuzilma, uskunalar va operatsion jarayonlar haqida so'z yuritiladi. Qadoqlash va mijozlar talablari, savdo shartlari va inventar nazorati kabi boshqa muhim mavzular ham yoritiladi.
-
Аудит 2 жилд
М. Тулаходжаев,Дебиторлик ва кредиторлик карзлари хамда улар буйича хисоб-китобларга нисбатан самарали ички назорат тизимининг ташкил этилганини текшириш ва унинг сифатини бахолаш
-
IQTISODIY TA'LIMOTLAR TARIXI
Q. YO`LDOSHEV,Ushbu darslik "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" fani bo'yicha chiqqam o'quv adabiyotlaridan o'zining tarkibiy tuzulmasi va mazmuni jihatidan ajralib turadi.
-
Бошқарув ҳисоби
Бобожонов О. , Жуманиёзов К.,Ушбу китоб олий ўқув юртларининг бакалавриат ва магистратура талабалари учун дарслик сифатида тавсия қилинган. Бундан ташқари мутахассис бухгалтерлар, аудиторлар, менеджерлар, молиявий директорлар ва солиқ назоратчилари ҳам ундан ўқув кулланма сифатида фойдаланишлари мумкин.
-
Иқтисодиёт субъектларида омилли таҳлилни такомиллаштириш
М.Пардаев, А.Н.Халикулов,Бозор муносабатларининг чукурлашиб бориши, ҳар бир корхонада мавжуд бўлган ички имкониятларни ҳам аниқлаш за уларни ишга солиб, ўзларининг рақобатбардошлигини аъминлаш заруратини туғдирмокда. Бу эса ўз навбатида
-
Ахборотлашган иқтисодиёт
Тешабаев З.Т., Отақўзхиева М.З.,Мазкур «Ахборотлашган иқтисодиёт>> дарслиги ахборотлашган жамиятнинг иқтисодиёт назариясини яратилганлиги уринишлардан бири бўлиб, ахборотлашган жамият куриш йўлида ахборот коммуникация технологиялари (АКТ) соҳасидаги мутахассисларни республикада янада юқори даражада тайёрлашга қаратилгандир. Унда ушбу фаннинг предмети ва ўрганиш усуллари, интернет тармоғига тегишли (интернет бизнес, унинг хусусиятлари, интернет магазин ва бошқалар), онлайн брокинг, компанияда ходимлар билан ишлаш, маркетинг сиëсати, ахборотлашган иқтисодëтда тадбиркорлик ва шу каби масалалар кенг ёритилган
-
Замонавий менежмент: Назария ва амалиёт. 2-китоб
Назаров Қ. Н., Рахимова Д. Н.,Мазкур дарсликнинг II китоби Президент Ислом Каримов асарларида асослаб берилган “Замонавий менежмент”, “Бошқарувда ахборот технологиялари”, “Инқирозга қарши бошқарув”, “Инвестицияларни бошқариш”, “Корпоратив бошқарув” йўналишлари бўйича кўникмалар ҳосил қилиш, бу борада тингловчилар маҳоратини ошириш, замонавий технологияларни ўзлаштиришга доир назарий ва амалий масалаларга бағишланган
-
Иқтисодий информатика
С. С. Ғуломов, А. Т. Шермуҳамедов, Б. А. Беголов,Мазкур дарсликда иқтисодий информатика фанининг барча бўлимлари: ахборотлашган жамиятнинг шаклланиш йўллари ва муаммолари, ахборотлар тизимларининг ишлаб чиқариш технологиялари, уларнинг техникавий, дастурий таъминотлари, турли хилдаги компьютер тармоқлари, компьютер технологияларини фан, иқтисодиёт ва таълим соҳаларида татбиқ қилиш масалалари батафсил ёритиб берилган
-
Entrepreneurship technological innovation and economic growth
Frederic M.,The Schumpeter Society is decidedly international, with 515 members in 1991 representing thirty-one of the world’s nations. Airlie House was chosen as a conference site because it combines the scenic beauty of rural Virginia with proximity to Washington, D.C., which is a place of special interest to the many Schumpeter Society members attending the meeting from overseas.
-
Буюк ипак йўлидаги шинжон
М. Обидов,Ушбу китобда мўъжизалар диёри бўлмиш Хитойнинг Буюк Ипак йўлида жойлашган Шинжон-Уйғур автоном райони ҳақида, бу худуднинг тарихи, ўзига хос хусусиятлари, маданияти ва иқтисодиёти, тараққиёт босқичлари, бу ерда истиқомат қилаётган турли миллат вакилларининг турмуш тарзи ва бошқа жиҳатлари хусусида қизиқарли маълумотлар берилган.
-
Меҳнат муносабатлари ва менталитет
Умурзоқов Б. У. , Раҳимов М.,Ушбу рисолада миллий менталитнинг меҳнат муносабатларига таъсири меҳнатнинг азалий қадрият сифатида баҳоланиши, оилада меҳнатга янгича муносабатнинг шаклланиш омиллари, устоз-шогирд муносабатларнинг ижтимоий хусусиятлари ҳамда Япония тажрибаси асосида меҳнатга ёндашувнинг айрим қирралари фикр юритилади.
-
Bojxona qiymati
Pardayev T., Suyunov A.,Darslikda import yo`nalishidagi bojxona qiymatining mohiyati, inkoterms xalqaro qoidalarini qo`llash narx ma`lumotlari byulletenidan foydalanish, bojxona qiymatini o`zgartirish eksport yo`nalishidagi tovarlarning bojxona qiymatini belgilash va deklaratsiyalash kabi masalalar keng yoritilgan.