-
Huquq sohalari,
-
-
-
Huquq sohalari,
-
-
-
-
-
Huquq sohalari,
-
-
Huquq sohalari,
-
-
-
-
Yuridik shaxslarni soliqqa tortish
M.I.Alimardonov , S.K.Xudoyqulov , O.A. Yusupov , A.T.Agzamov,Huquq sohalari,
-
Нафақалар тайинлаш ва тўлаш тартиби - жамоатчилик назоратининг объекти
Я.Олламов,Ушбу рисолада давлат пенсияларини тайинлаш ва тўлаш, кам таъминланган оилаларга ижтимоий нафақалар ва моддий ёрдам, пенция тўлаш учун зарур бўлган иш стажига эга бўлмаган қарияларга ва меҳнатга меҳнатга лаёқатсиз фуқароларга нафақалар ва бошқа масалалар ёритилган.
-
Халқ хизматида 75 йил
Ғ.Раҳимов,Мазкур китоб Ўзбекистон милициясининг 75 йиллик издиҳомига бағишлаб чоп этилди.Унда жамоат тартибининг фидойи аскарлари бўлмиш халқ манфаатлари муҳофизларининг шонли ҳаёт йўли акс эттирилди.
-
Мингйиллик маърузаси
Ҳар ўқув йили билимларга янги билимлар кўшиш , шунингдек куч-қудратни сафарбар этиб янги ютуқларга эришиш учун бир олам умид бахш этади. Шу каби, янги мингйилликнинг бошланиши хам кўз билан илғаб булмайдиган орзу-умидлар ва янги имконият хисиётларини инъом этади. Бироқ бу давр, шунингдек янги хавфхатарлар хам олиб келиши мумкин.
-
адича Сулаймонова - ҳуқуқшунос олима давлат арбоби
М.Ҳакимов, Ғ.Аҳмедов, А.Саидов,Рисола ўзбек халқининг асл фарзанди, давлат ва жамоат арбоби академик Хадича Сулаймонова таваллудининг 80 йиллигига бағишланган.
-
Inson huquqi
Rustambayev M.X,Darslik professor-o'qituvchilar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Jinoyat huquqi (Umumiy qism)
X.R.Ochilov,Ushbu o`quv qo`llanma Jinoyat huquqi Umumiy qismi bo`yicha kerakli ma`lumotlarni olishga yordam beradi.
-
Аграр ҳуқуқи 2-қисм
Ю.Т.Додобоев,Дарслик Ўзбекистон Республикаси олий ва ўзта маҳсус таълим вазирлигининг агроиқтисодиёт ва ҳуқушунослик соҳасига бокалавр босқичидаги мутаҳассисларнинг тайёрлаш учун мўлжалланган.
-
Аграр ҳуқуқи 1-қисм
Ю.Т.Додобоев,Дарслик Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг агроиқтисодиёт ҳуқуқшунослик соҳаси боколавр босқичидаги мутахасисларни тайёрлаш учун мўлжалланган.
-
Voyaga yetmaganlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
D.M.Karaxodjayeva,Mazkur o'quv qo'llanma inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligi doirasida bajarilgan loyiha bo'lib, unda voyaga yetmaganlarning fuqorolik huquq va muomalaga layoqatining o'ziga xos jihatlari va shu kabi masalalar yoritilgan.
-
Davlat va huquq nazariyasi
Odilqoriyev X.T.,O`quv qo`llanmada mamlakatda shakllanayotgan fuqorolik jamiyati, demokratik davlatchilik va huquhiy tizim xususiyatlariga oid nazariy xulosalar o`z ifodasini topgan.
-
Қонунлар
Афлотун,Ушбу асарда буюк файласуф Афлотун давлат ва жамият тузилиши, қонунлар, қонунларга бўлган асосий талаблар, уларни аҳолига тушунтириш ва ниҳоят жорий этиш ҳақида мулоҳазалар юритади. Китобда умуминсоний қадриятлар, адолат, мардлик, номус, ватанпарварлик, ота-она ҳурмати, эзгу ишларни амалга ошириш каби масалалар ёритилган.
-
Ўзбекистон Республикасининг "Банкротлик тўғрисида"ги қонунига шарҳлар
Муаллифлар жамоаси,Ўзбекистон Республикасининг "Банкротлик тўғрисида"ги қонунига шарҳ Япония халқаро ҳамкорлик агентлиги (JICA) ҳамда Ўзбекистон Республикаси Олий хўжалик суди ҳамкорлигидаги "Ўзбекистон Республикасининг "Банкротлик тўғрисида"ги қонунига шарҳ тузиш" лойиҳаси доирасида нашр этилган.
-
Yuridik konfliktologiya
D.Q.Ergeshova, M.K.Najimov,Mazkur o‘quv qo'llanma huquqshunoslikning rivojlanib kelayotgan fanlaridan biri «Yuridik konfliktologiya»ga bag‘ishlangan bo‘lib, unda yuridik konfliktlar tushunchasi, tabiati va mohiyati, turlari hamda ularni hal etish va boshqarishning yuridik mexanizmi va muammolari, muayyan sharoitlarda ulaming oldini olish usullarini ishlab chiqish, o'iganish va amaliyotga joriy etish kabi masalalar yoritilgan. O'quv qo'llanmani tayyorlashda mamlakatimizda va xorijda e’lon qilingan yuridik adabiyotlar, ilmiy jumal va ommaviy axborot vositalarida chop etilgan maqolalar va risolalardan foydalanilgan.
-
HUQUQNI MUHOFAZA QILISH ORGANLARI
M.H. RUSTAMBOYEV, YE.N. NIKIFOROVA,Darslikda O`zbekiston Respublikasida amalda bo`lgan qonunchilikka, Oliy sud Plenum qarorlariga asoslangan holda huquqni muhofaza qilish faoliyatining tushunchalari, uning belgilari, funksiyalari, sud hokimiyatining mohiyati, O`zbekiston Respublikasi sud tizimiga tavsif beriladi. Odil sudlovning tamoyillarini izohlash, sudlarning tashkiliy va moddiy-texnik ta'minoti masalalariga, yuridik yordam ko`rsatishni tashkil qilishga alohida e'tibor berilgan. Bundan tashqari jinoyatlarni aniqlash va tergov qilish tushunchasi, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar huquqni muhofaza qilish organlari tizimiga to`xtalib o`tilgan. Mazkur darslik yuridik oliy o`quv yurtlari va fakultetlari talabalari, aspirantlar, ilmiy xodimlar va o`qituvchilar, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun mo`ljallangan.
-
Uy-Joy huquqi
N.F.Imomov,Mazkur darslikda uy-joy huquqi tushunchasi, uy-joy huquqining vazifalari, uy-joyga nisbatan mulk huquqi, uy-joy fondi va uning turlari, uy-joy qonunchiligi, turarjoylardan foydalanish qoidalari, munitsipal, idoraviy va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi turarjoylaridan tjara shartnomasi asosida foydalanish, turarjoylarni saqlash va boshqarish faoliyatining huquqiy asoslari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va ular faoliyatining huquqiy tartibga solinishi. turarjoy ijarasi masalalari ifodalangan. Darslik huquqshunoslik oliy o'quv yurtlari talabalari, katta ilmiy xodim va o qituvchilari, shuningdek, keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
-
Zamonaviy davlat ish yuritish nazariyasi, amaliyoti va boshqaruvini me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash
Z.Jo'rayev,«Zamonaviy davlat ish yuritish nazariyasi, amaliyoti va boshqaruvini me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash» faniga bag'ishlab tuzilgan ushbu o'quv qo'llanma «Arxivshunoslik» yo'nalishi bakalavr bosqichi talabalari uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada fanning predmeti, maqsad va vazifalari, tariximizning turli davr va turli yozuvlarida bitilgan hujjatchilik, ish yuritishga doir tarixiy va zamonaviy ma’lumotlar, ish yuritish haqidagi dastlabki tushunchalar, ma’lumot tusidagi axborot hujjatlari kabi xususiyatlar qayd etilgan.
-
Ўзбекистон Республикаси Фуқаролик кодексининг иккинчи қисмига шарҳлар. 2 жилд (иккинчи китоб)
Фуқаролик Кодексининг биринчи қисми асосий ва умумий қоидаларни белгилаб берувчи нормалардан ташкил топган бўлса, унинг иккинчи қисмидаги нормалар ушбу умумий қоидалардан келиб чиқиб ва уларга асосланиб кундалик ҳатда мавжуд ва бевосита вужудга келиши мумкин бўлган алоҳида турдаги муносабатларни ҳуқуқий тартибга солишга бағишланган муайян қоидалардан иборат.
-
Yuridik shaxslarni soliqqa tortish
M.I.Alimardonov , S.K.Xudoyqulov , O.A. Yusupov , A.T.Agzamov,Mazkur darslikda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliq tizimida yuridik shaxslarni soliqqa tortish tartibi, ulardan undiriladigan umumdavlat va mahalliy soliqlarning iqtisodiy mohiyati, turlari, yuridik shaxslarni soliqqa tortishning o'ziga xos xususiyatlari o'z aksini topgan. Ushbu darslik oliy ta'limning 340000-Iqtisod va biznes» ta'lim sohasidagi 5340800- Soliqlar va soliqqa tortish ta'lim yo'nalishlari talabalari, davlat soliq xizmati organlari, moliya va bank xodimlari. professor-o'qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilarga mo'ljallangan.
-
Ўзбекистон Республикаси Фуқаролик кодексининг биринчи қисмига Умумий тавсиф ва шарҳлар 1 жилд
Ушбу китобнинг биринчи жилдида Ўзбекистонда фуқаролик хуқуқининг ривожланишига умумий тавсиф берилган.
-
Ўзбекистон Республикаси Фуқаролик кодексининг иккинчи қисмига шарҳлар. 2 жилд (биринчи китоб)
Фуқаролик Кодексининг биринчи қисми асосий ва умумий қоидаларни белгилаб берувчи нормалардан ташкил топган бўлса, унинг иккинчи қисмидаги нормалар ушбу умумий қоидалардан келиб чиқиб ва уларга асосланиб кундалик ҳатда мавжуд ва бевосита вужудга келиши мумкин бўлган алоҳида турдаги муносабатларни ҳуқуқий тартибга солишга бағишланган муайян қоидалардан иборат.