-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Xalqaro baholash tizimi
Ismailov A.A, Xodjaniyazov S.U, Nafasov D.Sh, Matyakubova N.A,Badiiy,
-
Юлдузли тунлар : Бобур
Қодиров Пиримқул,Пиримқул Қодиров «Юлдузли тунлар» романида Бобур Мирэонинг сал кам қирқ йиллик мураккаб. машаққатли хаётини бадиий ифодалади Роман жанри. мисоли. улкан даре унинг сирти, қирғоқлари. гох тўлиб. гоҳ камайиб оқадиган суви бор. Моҳир санъаткор дарёнинг остки оқими. шиддатини асос қилиб олади. «Юлдузли тунларнинг остки оқимида инсон ва шоҳ Бобур руҳиятида кечган ниҳоятда мураккаб жараёнлар акс этган.
-
Momo yer qo'shig'i
Tog'ay Murod,xalqimizning sevimli yozuvchisi Tog'ay Murod -o'z tili va uslubiga ega ijodkor
-
Ёлғизликнинг юз йили
Маркес Габриэль Гарсия,Нобель мукофоти лауреати Габриэль Гарсиа Маркес (1928) жаҳон адабиёти равнақига "Ёлғизликнинг юз йили", "Мустабид паймонаси", "Ўлат изғиган кезларда муҳаббат", "Ойқиз, муҳаббат, авлиё, шайтон ва ва бошқалар". Адиб айни маҳалда "қисса" ва "ҳикоя" жанри устаси, "Ошкора қотиллик қиссаси" сара асарларидан бири ҳисобланади.
-
Komisar Megre
Jorj Simenon,Ishonchimiz komilki, ko‘pchilik detektiv ishqibozlari muayyan asarga yozilgan «so‘zboshi»ni ham, «so‘nggi so‘z»ni ham o‘qishmaydi. Chunki ular shu tobda o‘zlarini qiziqtirayotgan savolga baribir javob topa olmasliklarini biladilar. Xo‘sh, Jorj Simenonning ushbu kitobini, aytaylik, «Megre va vinofurush» romanini mutolaa qilgan o‘quvchini birinchi navbatda nima qiziqtiradi? Sezib turibmiz, hozir siz: «Jilber Piguning keyingi taqdiri nima bo‘ldiykin?» deb o‘zingizcha bosh qotirmoqdasiz. Mabodo: «Bu savolga javob berishdan ojizmiz» desak, «Ana, aytmaganmidim!» deya chuqur uf tortasiz. Lekin ming afsuski, hafsalangizni pir qilishga majburmiz — rostdan ham, shu tobda sizni qiynayotgan savolga baribir qoniqarli javob qaytarolmaymiz. Negaki: 1. Detektiv mavzusidagi har qanday badiiy asar sud yoki prokuratura mahkamalaridagi, jinoiy qidiruv bo‘limlaridagi «shaxsiy delo»lardan butunlay farq qiladi — haqiqatni iskovich itlar yoki moddalarni to‘tiqushdek yodlab olgan «ola tayoqlar» emas, balki aql-idrokli qahramonlar aniqlaydilar. 2. «Megre va vinofurush» romani J. Piguning qo‘liga kishan solinishi bilan yakunlanadi. «Jilber Piguning keyingi taqdiri nima bo‘ldiykin?» degan savolga Jorj Simenonning navbatdagi romanidan javob toppish mumkin edi. Jillaqursa, yozuvchi yangi asarida yo‘lyo‘lakay komissar Megrening o‘tmishdagi xizmatlari qatorida «bir qotil»ni o‘lim jazosidan qutqarib qolganini eslatishi ehtimoldan xoli emas edi. Ammo J. Simenon yangi romanini nihoyasiga yetkazmadi: 1972-yilning oxirlarida u ijodiy ishlardan sovidi, bezib qoldi. Keyinchalik u roman yozishni butunlay yig‘ishtirib qo‘yganini rasmiy ravishda e’lon qildi. Shunday qilib, «Oskar» deb atalgan yangi romani chala-yarim holida yozuv stolida qoldi.
-
Quyonlar saltanati
Xudoyberdi To'xtabayev,Bolalar adabiyotining chinakam fidoiy ijodkori Xudoyberdi Tning bolajonlarimizga atalgan navbatdagi tuhfasi ham o'ziga xos badiiy qimmatga sazovor asar
-
Шайтанат 5-китоб
Тохир Малик,Дунё яралибдики, эзгулик ва ёвузлик мудом инсониятни курашга чорлаб келади. Тохир Маликнинг «шайтанат» олами хақида хикоя қилувчи ушбу асари неча йиллардан буён ўқувчилар эътирофига сазовор бўлиб келмоқда. Жиноятчилар оламининг сир-асрорлари хақида сўз юритувчи мазкур асар Сиз ўқувчилар учуй ажойиб совға бўлишига ишонамиз.
-
Abadiyat qonuni
Nodar Dumbadze,Bugungi kunda ham mazkur asar qo'ldan quyilmay o'qilayotgani yanada e'tiborlidir.
-
Bo'ri odam yili
Stiven king,ushu to'plamdan o'rin olgan hikoyalar sayqal topgan uslubi kutilmagan voqealari bilan o'quvchini hayratga soladi
-
Urush va tinchlik 1-2- kitob
Lev Tolstoz,Bu kitob faqat urush yohud tinchlik haqida emas. Unda mavzular qamrovi- odamlar qismati, ularning taqdiri, o'ylari, qarashlari va ayni paytda bo'layotgan jarayonga munosabati kitobxon e'tiboridan chetda qolmaydi.
-
Qutlug' qon
oybek,Oybekning «Qutlug' qon» romanining bosh qahramoni Yo'lchimard, halol, oqko'ngil, olijanob yigit. Ma'lumki, inson o'zi qanday bo'lsa, o'zgalar haqida ham shunday o'ylaydi. Shuning uchun ham Yo'lchi shahardagi qarindoshlardan mehr-u muruvvat kutadi. U oʻziga qilinadigan yaxshiliklar evaziga halol mehnati bilan badal to'lay oladi. Buni siz romanda yigitning mehnatdan qo'rqmasligi, ishning ko'zini bilishi tasvirlangan o'rinlardan payqab olasiz.Asarning ushbu nashrida asarda uchraydigan ilmiy, tarixiy atamalarga, ruscha va baynalmilal so'zlarga alohida izoh va iqtiboslar berildi va hozirgi o'zbek adabiy til qoidalari asosida qayta tahirilandi.
-
Dikanka qishlog'i oqshomlari
N.V.Gogol.,<<Dikanka qishlog'ining oqshomi, degani nimasi? Qayoqdagi bir arichi asalfurushdan chiqqan qanaqa bu oqshom! Xudoyo tavba! Shuncha g'ozning pati yulinib qalam bo'lsa ham, shuncha latta qog'ozga ketsa ham kamlik qilibdir! Qo'li siyohga bo'yalgan har xil qalang'i-qasang ilar kammidi! Endi arichi ham ularga taassub qilibdi- da! Bosmaxonada chop bo'lib chiqqan qog'oz shunaqa serob bo'lib ketdiki, odam nima o'rashni bilmay qoldi».
-
Zamonamiz qahramoni
Mixail Lermontov,Mixail Lermontovning «Zamonamiz qahramoni» qissasi o‘quvchini haqiqatda o‘ylatadi. Asar insoniy munosabatlar – do‘stlik, muhabbat, sadoqat va xiyonat, axloq qoidalari ustiga qurilgan. Bosh qahramon – Zamonamiz qahramoni, ya’ni Pechorin ijobiy obraz emas, ammo uning aniq bir xislatini odamiylikdan mutlaqo yiroq, deb baholashimiz ham o‘rinli emas.
-
Paganini skripkasi
Kuprin Aleksandr,Ushbu qo‘lingizdagi kitobda ajoyib hayotiy voqelikka mushtarak bog‘langan kichik-kichik hikoyalar o‘rin olgan. Voqealar asnosida ,,Oshig‘im olchi bo‘ldi“, ,,Muttahamlar“ hikoyalarida ba’zi hazilkash qahramonlarimizning holati labingizda nim tabassum uyg‘otadi. „Paganini skripkasi“, ,,Quyoncha“ kabi hikoyalarda esa insonning tushkun holatlarini ko‘rishingiz mumkin. Asosiysi, kitobni o‘qib zerikmaysiz!
-
Zamona zayli
Ivan Aleksandarovich Goncharov,Roman o`sha davr rus jamiyatidagi keskin o`zgarishlar turmush tarzi haqida aytilgan
-
Vinni Pux va uning sarguzashtlari
A.A.Miln,Jahon adabiyotida bolalar uchun yozilgan kitoblar ko'p. Ular orasida Miln ijodi juda ham mashxur. Qo'lingizdagi ertak-sarguzasht asar ham ana shunday qiziqarli va maroqli asardir.
-
Анна Каренина 5-8қисм
Лев Тостой,Бадиий адабиётда муҳаббат мавзусида ёзилган асарлар қанчалик кўп бўлмасин, уларнинг ҳеч бирида тақдирлар, қисматлар, фожиалар, ўйлар, қарашлар бир-бирини такрорламайди. Навоийнинг Лайлиси-ю Мажнуни, Шекспирнинг Отеллоси-ю Дездемонаси, Кнут Гамсуннинг Эдвардаси, Чингиз Айтматовнинг Жамиласи... Лев Толстойнинг Анна Каренинаси ҳам ҳақли равишда мана шундай асар қаҳрамонлари сафида турадики, адиб ижодига ошно бўлган ҳар бир китобхон буни яхши англайди.
-
Ko'hna dunyo
Yoqubov O.,Adib asarda ikki buyuk olimning bolaligi, ijtimoiy muhit, yoshlik yillari, ilk sevgisidan tortib, daho ijodkorga aylanguncha bo`lgan davmi jonli va rangli bo'yoqlarda tasvirlaydi. Ularning ilm-fan taraqqiyotiga qo'shgan buyuk ishlarini umumlashtirishga harakat qiladi.
-
Андишали келинчак
Хушвактов Эркин,Драматург Эркин Хушвакговнинг «Андишали кслинчак» деб номланган ушбу тупламша жамланган пьесаларда узбекона миллии анъанавий урф-одатлар, куй-кушигу ёр-ёрлар тараннум этилган.
-
Амирликни олтин тарихи изидан
Комил Синдаров,Амирликни олтин тахти изидан деб номланган ушбу китобимиз ҳам муқаддам чоп этилган "Қимматга тушган хато", "Темурийлар кутубхонаси сири", "Кечиккан қасос" номли асарларимизнинг мантиқий давомидир.
-
Xalqaro baholash tizimi
Ismailov A.A, Xodjaniyazov S.U, Nafasov D.Sh, Matyakubova N.A,Mazkur darslikda xalqaro baholash dasturlari bo'yicha yoshlarni ilmiy g'oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg'or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo'lda xalqaro tajribalarni o'rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo'nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamkorligi masalalalri o'z aksini topgan.