-
Нажот йўли
Абдурауф Фитрат,Абдурауф Фитрат 1886 йили исломий ма-даниятнинг марказларидан бири Бухорода таваллуд топган. Отаси Абдурақимбой за-монасининг маърифатли бойларидан, онаси Бибижон эса укимишли,
-
Ko'hna dunyo
Odil Yoqubov,Adib asarda ikki buyuk olimning bolaligi, ijtimoiy muhit, yoshlik yillari, ilk sevgisidan tortib, daho ijodkorga aylanguncha bo`lgan davmi jonli va rangli bo'yoqlarda tasvirlaydi. Ularning ilm-fan taraqqiyotiga qo'shgan buyuk ishlarini umumlashtirishga harakat qiladi.
-
Yulduzli tunlar
Pirimqul Qodirov,Ulug' adib, O'zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning. "Yulduzli tunlat" romanini mutolaa qilgan yosh kitobxonlarga ayrim so'z hamda iboralar. Yanada tushunarli bo'lmog'i uchun tegishli va zarur izohlar ham berilgan
-
Bir o'lkaki
Farhod Bobojonov,Qo'lingizdagi kitob taniqli jurnalist, “Bir olkaki...” ko'rsatuvi muallifi, qolaversa, o'tgan asrning afsonaviy diktori, 0‘zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, Qoraqalpogiston xalq artisti unvonlari sohibi Farhod Bobojonovning uzoq yillik mehnatlari samarasidir. Muallif televideniye endigina tetepoya bo'layotgan XX asrning 60 yillaridagi diktorlik mas’uliyati va mashaqqatlarini o‘z misolida yorqin, hayajonli satrlarda ko'rsatib bergan.
-
Sarmoyador
Tyodor Drayzer,Bir necha kunda millioner bo‘lish mumkinmi? Shu bilan insonning istaklari poyoniga yetarmikan? Qo‘lingizdagi kitob - “Sarmoyador”ning bosh qahramoni Frenk Kaupervud o‘zining savqi tabiiysiga quloq tutib, bir necha kunda chindan boyib ketadi. Unda o‘smirligidanoq atrofdagilar taʼsirida savdogar va birja o‘yinchisi ruhiyati shakllangandi. Tashabbuskor, iqtidorli va serg‘ayrat yosh yigit asta-sekin hech qanday tamoyilni tan olmaydigan, o‘z hukmini o‘tkazuvchi ochko‘z millionerga aylandi-qoldi. Ammo hayot bir tekis emas, uning uchun kutilmagan og‘ir sinovlar hali oldinda edi... “Sarmoyador” - amerikalik yozuvchi Teodor Drayzerning eng mashhur romanlaridan biri. Adibning "Istak trilogiyasi" dan joy olgan ushbu asari 1912 - yilda nashr etilgan. Unga amerikalik temir yo‘l korchaloni, millioner Charlz Yerksning hayot yo‘li asos qilib olingan. Kitobda konkret inson misolida tadbirkor qanday fikrlashi, xayolidan qanday o‘ylar kechishi, muammolarga qanday yechim topishi tasvirlangan. Bu asar chinakam tadbirkor xarakteriga berilgan chizgidir. Yagona kitob ko'rinishida!
-
O'zgarishlar jarayonidagi prezident tasviri
Ilhom Aliyev,Taniqli yozuvchi-publitsist Elmira Axundovaning qalamiga mansub mazkur kitobda yuqorida qo'yilgan savollarga javob topishga vrinish bar. U sobiq ittifoqning eng iqtidorli va prag-malik siyosatchilaridan biri, eski andazalarga barham bergan yetakchi llhom Haydar o'g'lu Aliyev haqida tegishli materiallar va faktlarning ulkan miqdoridan foydalangan holda, sodda tilda jonli va ishonorli hikoya qilgan.
-
-
Iqbolnoma
SHayx Nizomiy Ganjaviy,Ushbu tarjima adabiyotshunos olimlar Bahrom Sirus va Jabulqo Dodalishoev tomonidan tayyorlanib, 1984 yilda chop etilgan Dushanbe nashri asosida amalga oshirildi. Jahon adabiyotining mumtoz namunalaridan bo'lgan mazkur asar Ozarbayjon Respubtikasining O'zbekistoudagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi bilan hamkorlikda chop etildi.
-
Дийдорнома
Матёлуб Кошжонов,Азал-азалда бўлганидек, ХХ асрда ўзбек диёрида ҳам қатор улуғ сиймолар дунёга келди. Мазкур китобда шундай давлат арбоблар, адибу алломаларнинг ҳаёти, ижодий-илмий фаолияти, айрим хислатлари хусусидаги лавҳалардан иборатдир. Зотан, бу улуғ сиймоларнинг ҳаётига тегишли лавҳалар келажак авлод учун сабоқдир. Китоб кенг ўқувчилар оммасига мўлжалланган.
-
Жаҳолат асираси
Рустам Жабборов,Тақдир, аслида худо томонидан буюрилган инъом. Ва Аллох, таоло бизни ақл билан қам сийлаганки, нима яхши-ю нима ёмон, нима туғри-ю, нима нотуғри, биз бораётган манзил нурафшонми ёки зулматми - уларни бир-биридан фарқлаш ва муносиб қаёт йулини танлашимизни узимизга қуйиб берган
-
-
Генетик
Исажон Султон,Таниқли адиб Исажон Султоннинг «Генетик» романи элнинг олис-яқин қишлоқларидан бирида туғилиб ўсган, замонавий илм ёрдамида ўз халқининг теран илдизларига разм солган йигитчанинг ўй-фикрларидан ҳикоя қилади. Шунингдек, тўпламдан ёзувчининг «Озод» романи ва янги ҳикоялари ҳам ўрин олган. Мураккаб композицияга ва қадим. миллий. анъаналаримизнинг янгича талқинига бағишланган «Озод» асари вояга етиб келаётган бир ўспириннинг маъно ва ҳикмат дунёларига қадам қўйиши, ўзлигини англаб етиши, шунингдек, бутун олам, агар инсйн қиймат бермаса ҳечлиги ва дунёдаги ҳар бир нарса инсон ■ берадиган қийматга зор эканлиги ҳақидадир. Бутун олам, теварак-атрофдаги воқеалар ва ҳодисалар Озодни танийдилар ва унинг ўз мақсадига - бахт-саодат лоласига ҳамда Ҳумо қушига қадар етиб боришини қаттиқ истайдилар. Камолот даражалари сари илгарилаб бораётган Озод теварагидаги кишиларнинг, жонзотларнинг, воқеа ва ҳодисаларнинг барчаси ўша мақсад йўлидаги рамзий ишоратлар эканини сеза боради ва Лоланинг ҳам, Ҳумо қушининг ҳам аслида ўзи туфайли қадру қиммат топишини англаб етгани моҳирона тасвирланади.
-
Katta umidlar
Charlz Dikkens,Katta kitobxon mashxur ingliz yozuvchisi Charlz Dikkensning "Katta umidlar" romani sizning sevimli asarlaringiz qatordan o'rin olishiga ishonamiz.
-
Наполеоннинг жосуси
Шарль Лоран,Француз адиби Шарль Лораннинг мазкур асари укувчини XIX асрнинг бошлари - Наполеон Францияси даврига сайр эттириб, буюк саркарда Наполеон Бонапарт, жосус Карл Шульмейтер ва соҳибжамол Берта камда улар карамогига олган, томирида кироллар кони окаётган асранди бола Ганс каби какрамонларнинг тавдири ва ички кечинмалари оркали урушнинг суронли онларига олиб киради. Нафакат бадиий завк, балки 1805 йилдаги Франция-Авст-рия уртасидаги зиддиятларга оид тарихий маълумотлар билан етарлича танишиш имконини кам берувчи ушбу асар укув-чининг суюкли китоблари каторидан урин олади деб умид Киламиз.
-
Chinor
Asqad Muxtor,Romanning boshida butun yurtga tarqab ketgan uzoq-yaqin qarindoshlaridan xabar olgani otlangan Ochil boboga qo‘shilishib muallif olis safarga chiqadi. Mana shu o‘ta qiziqarli va ibratli safar asnosida bobo peshanalaridagi ajinlar singari bir-biriga ulanib ketgan insoniy taqdirlar haqidagi goh shirin, goh achchiq hikoyalarga oshno tutinasiz.
-
Бегонa
Альбер Камю,Альбер Камю - XX аср француз адабиётининг йирик намояндаларидан бири, адабиёт бўйича Нобель мукофотининг соҳиби, моҳир адиб, драматург, файласуф, “Тубанлашув”, “Вабо”, “Сизиф ҳақида асотир”, “Калигула”, “Асотир ва қиёфа”, “Исёнкор одам”, “Бегона” каби асарлар муаллифи. А.Камю ўз асарларида Иккинчи жаҳон уруши даҳшати оқибатида пайдо бўлган инсоний тақдирнинг абсурд ҳиссиётларини куйлаган. Альбер Камюнинг “Вабо” ва “Бегона” асарлари Аҳмад Аъзам томонидан моҳирона таржима қилинган. “Ҳикматлар", “Ён дафтарчалар” асарлари эса И.Бек томонидан ўзбек тилига ўгирилган. Асар кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
Vatan uchun jon fido qilgan qahramonlar
Mavlon SHukurzoda,Ushbu mo'jazgina kitobda Buxoroyi sharifda tug'ilib, hayotining asosiy qismini O'zbekistonda o'tkazgan, keyinchalik Ozarbayjonda yashab, mamlakat mustaqilligi, uning hududiy yaxlitligi va ona zamin yerlarini bosqinchilardan himoya qilishda janglarda ko'rsatgan shaxsiy jasorati, mardligi va botirligi uchun «Ozarbayjon Milliy Qahramoni» unvoni va «Oltin yulduz» medali sohibi katta leytenant Aznaurov Iskandar Sahrab o'g'lining qisqa va shu bilan birga sharafli hayot yo'li haqida gap boradi. Mazkur mo'jazgina kitobda Iskandarning urush maydonida misli ko'rilmagan qahramonligi, ona Vatanga, oilasiga, do'st-u birodarlariga bo'lgan cheksiz hurmati hamda muhabbati aniq dalil va misollarda ko'rsatilgan. Kitob ikki fasl va yetti qismdan iborat. Birinchi faslda Iskandarning O'zbekistonda o'tgan jo'shqin hayoti haqida so'z boradi. Ikkinchi faslda Iskandarning Krasnodar (Rossiya) va Ozarbayjonda kechgan hayoti bayon etilgan.
-
Kattalashtirilgan surat
Butssati Dino,„Ikki haydovchi“ hikoyasida esa onasini qabristonga kuzatayotgan yolg‘iz o‘g‘ilning iztiroblari bayon etilgan. Yozuvchi dunyodagi eng aziz va mehribon inson - onalaming hayotimizda tutgan o‘rnini mahorat bilan tasvirlab beradi.
-
Ikki eshik orasi
O'tkir Hoshimov,E'tiboringizga havola etilayotgan mazkur kitob O'tkir Hoshimov asarlari ichida qamrovi, o'quvchi qalbiga yaqinligi bilan alohida ahamiyatga ega. Unda adib qariyb qirq yillik davrni o'z ichiga olgan, bir qancha chi-gal va murakkab taqdirlar misolida, o'z xalqining urush davrida bosh-dan kechirgan hayoti, qismati haqida mahorat bilan qalam tebratgan. Zamon va davr qanday sharoitda kechishidan qat'i nazar insoniy qadr-qimmat tushunchalarini saqlab qolgan, taqdirini el-yurti, xalqi, Vatani taqdiri bilan bog'lagan, farzandidan ayrilganida ham qalbiga quvonch baxsh etishi mumkin bo'lgan boshqa sababni o'zi uchun yarata olgan, hayotini sevgi-muhabbat tuyg'ulari bilan bezamoqchi bo'lgani holda urush hukmiga tobe bo'lib qolgan insonlar qisma-tini ifodalovchi ushbu asar mutolaasidan so'ng bugungi o'tayotgan tinch-omon hayotingiz, farzandlaringiz baxti uchun shukrona ay-tasiz. Asar aynan shu jihati bilan qalblarga yaqin
-
Sarkash daryo
V.Y.Shishkov,Taniqli rus yozuvchisi Vyacheslav Shishkovning «Sarkash daryo» romanidagi voqealar Oktabr inqilobiga qadar Sibirda sodir bo'ladi. Ro-manning bosh qahramoni Proxor Gromov bo'lib, butun voqea-hodisalar asosan uning atrofida ro‘y beradi. Avvaliga soddadil, samimiy yigit Pro-xor oiladagi muhit, ijtimoiy vaziyat ta'sirida odamgarchilikdan chiqib, oltinga hirs qo'yadi, xudbin, takabbur bo'lib ketadi.